Научная статья на тему 'TILSHUNOSLIK: ZAMONAVIY YO‘NALISHLAR HAMDA ULAR XUSUSIDA TAHLIL VA MUAMMOLAR'

TILSHUNOSLIK: ZAMONAVIY YO‘NALISHLAR HAMDA ULAR XUSUSIDA TAHLIL VA MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
13588
1229
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tilshunoslik – lingvistika / termin / sotsiolingvistika / statik lingvistika / kompyuter lingvistikasi

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Nursulton Shayxislamov

Ushbu maqolada tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritilgan bo‘lib, hozirgi kundagi dolzarbligi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TILSHUNOSLIK: ZAMONAVIY YO‘NALISHLAR HAMDA ULAR XUSUSIDA TAHLIL VA MUAMMOLAR»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 9 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TILSHUNOSLIK: ZAMONAVIY YO'NALISHLAR HAMDA ULAR XUSUSIDA

TAHLIL VA MUAMMOLAR

Nursulton Shayxislamov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tilshunoslikning zamonaviy yo'nalishlari to'g'risida fikr-mulohazalar yuritilgan bo'lib, hozirgi kundagi dolzarbligi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: tilshunoslik - lingvistika, termin, sotsiolingvistika, statik lingvistika, kompyuter lingvistikasi

KIRISH

Lingvistika termini qator Yevropa mamlakatlari: ingliz, fransuz, nemis, ispan, rus va boshqa tillarda faol qo'llanilib, til haqidagi fanni anglatadi. Ushbu so'zning o'zagi lingua bo'lib, til degan ma'noni beradi. Binobarin, lingvistika terminining o'zbek tilidagi muqobili, ma'nodoshi tilshunoslik bo'lib, ular o'zaro sinonimik munosabatga kirishadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Lingvistika yoki tilshunoslik fani o'ziga xos murakkab ijtimoiy hodisa bo'lgan aloqa qurolini - tilni sistema sifatida - bir butun obyekt sifatida tadqiq va tahlil qiladi. Ayni jarayonda u turli ko'rinishlarda, shakllarda kuzatiladi. Bu ijtimoiy xarakterga ega bo'lgan tilning mohiyatidan, uni turli tomondan o'rganish, tekshirish lozimligidan va bu ilmiylik nuqtayi nazaridan mutlaqo to'g'ri ekanligidan kelib chiqadi.

Lingvistika nihoyatda qudratli ma'naviyat belgisi, millat boyligi bo'lgan tilni o'rganish jarayonida quyidagi ko'rinishlarda namoyon bo'ladi:

1. Dinamik lingvistika.

2. Statik lingvistika.

3. Sinxron lingvistika.

4. Diaxron lingvistika.

5. Intralingvistika.

6. Ekstralingvistika.

7. Paralingvistika.

8. Psixolingvistika.

9. Sotsiolingvistika.

10. Matematik lingvistika.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 9 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

11. Kompyuter lingvistikasi.

12. Kognitiv lingvistika.

13. Pragmalingvistika.

14. Lingvokulturalogiya.

MUHOKAMA

1. Dinamik lingvistika. Dinamik lingvistika, asosan, tilni real mavjudligida, kommunikativ jarayonda turlicha vazifalarni faol bajarishda, «taraqqiyotda», o'zgarishda tadqiq qiladi.

2. Statik lingvistika. Statik lingvistika til faoliyatidagi to'liq sinxronlashgan muayyan bir davrni (bo'lakni) ajratadi va uni tasvirlaydi. Tilshunoslikning ushbu sohasi, dinamik lingvistikadan farqli, tildagi rivojlanish va o'zgarish jarayonidan mutlaqo chetlashgan, unga yaqinlashmagan holda tilning hozirgi - zamonaviy davri bilan bog'liq ma'lum bir «qotgan» qismini - holatini tekshiradi.

3. Sinxron lingvistika. Sinxron lingvistika statik va struktural lingvistika bilan uzviy bog'liq bo'lib, tilning ma'lum bir davrdagi «qotgan», «turg'un» holatini tasvirlashga xizmat qiladi.

4. Diaxron lingvistika. Diaxron lingvistika dinamik va atomistik lingvistika bilan uzviy bog'liq bo'lib, tilning taraqqiyot, til birliklarining esa rivojlanish qonuniyatlari hamda natijalarini o'rganadi.

5. Intralingvistika (ichki lingvistika). Ichki lingvistika til birlik-larining sistem aloqasini, munosabatini ekstralingvistik faktorlarga bog'liq bo'lmagan holda o'rganadi. Ichki lingvistikaning tadqiqot manbai bo'lib fonologiya, leksikologiya va grammatika hisoblanadi.

6. Ekstralingvistika (tashqi lingvistika). Tashqi lingvistika tilning taraqqiyoti va vazifasini ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-tarixiy, etnik, jo'g'rofiy kabi faktorlar bilan bog'liq holda o'rganadi. Shunga ko'ra, ushbu lingvistika tilni ijtimoiy hodisa sifatida tekshiradi.

7. Paralingvistika. Paralingvistika bevosita nutq faoliyati bilan bog'liq bo'lib, nutq jarayonida fikr ifodalash bilan bir vaqtda yuzaga keluvchi, so'zlashuv nutqining doimiy hamrohi bo'lgan qo'l va yuz harakatlarini(imo-ishora, mimika), nutqning balandligi, ekspressiv-emotsional bo'yoq kabi qator jihatlarni o'rganuvchi sohadir.

8. Psixolingvistika. Psixolingvistika psixologiya va lingvistika fanlarining umumlashmasi (sintezi) sifatida nutq jarayonini mazmun nuqtayi nazaridan, kommunikativ ahamiyati, nutq aktining muayyan ijtimoiy-amaliy maqsadga yo'naltirilganligi, shunga muvofiqligi jihatidan o'rganadi. U nutqdagi - fikr ifodalashdagi shakl va mazmun birligiga alohida e'tibor beradi.

Psixolingvistika lisoniy imkoniyatlar asosida nutqiy birliklarni hosil qilish va qabul qilish, nutq jarayoni (fikr almashtirish-ifodalash va anglash)da ruhiy holatlarga, bunda

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 9 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

sharoit (situatsiya), o'xshashlik (analogiya), farqlash (differensiatsiya), ta'sirchanlik, so'zlovchi va tinglovchi ruhiy holati masalalariga alohida e'tibor beradi.

9. Sotsiolingvistika. Sotsiolingvistika sotsiologiya va lingvistika fanlarining zaruriy va mantiqiy bog'liqligidan hosil bo'lib, jamiyat va til (til va jamiyat) munosabati masalasi bilan shug'ullanadi. U tilni ijtimoiy hodisa sifatida talqin qiladi. Shu jihatdan sotsiolingvistikaning eng muhim, asosiy muammosi tilni - til tabiatini ijtimoiy hodisa sifatida tekshirish, uning jamiyatdagi, tilshunoslik fanidagi o'rni va ahamiyatini belgilashdir.

Sotsiolingvistika, asosan, til va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy hayot, taraqqiyot hodisalari, faktlari o'rtasidagi bog'liqlikni, ushbu bog'liqlikning sabablarini o'rganadi. Anig'i, mazkur soha jamiyatning yashash va rivojlanishida tildagi ijtimoiy hayot, ya'ni, tashqi-ekstralingvistik faktorlarning (omillarning) ta'siri natijasida hosil bo'lgan hodisalarni, jarayonlarni, o'zgarishlarni tahlil qilib boradi. Demak, sotsiolingvistika ijtimoiy faktorlarning tilga qanday ta'sir qilishi, til sistemasida (strukturasida) qanday namoyon bo'lishi, qanday shaklda aks etishi kabilarni tadqiq qiladi.

Eslatamiz, sotsiolingvistika statistik ma'lumotlar, aholi ro'yxati va anketa ma'lumotlari metodikasi bilan o'z faoliyatini kengaytirib boradi1.

10. Matematik lingvistika. Matematik lingvistika tilni o'rganish va tasvirlash jarayonida matematik usullarning (masalan, statistik usul, informatsiya nazariyasi kabilarning) qo'llanish imkoniyatlarini tekshiradi.

11. Kompyuter lingvistikasi. Kompyuter lingvistikasi amaliy tilshunoslikning bir bo'limi bo'lib, uning asosiy maqsadi tilshunoslikka oid muammolarni kompyuter vositasida, bevosita uning "rahbarligida" hal qilishdir. Aniqrog'i, kompyuter lingvistikasi tillarni o'qitish (o'rganish), muayyan fanga oid bilimlarni baholash, matnlarni tahrirlash, bir tildan ikkinchi bir tilga tarjima qilish, statistik tadqiqotlar olib borish kabi qator jarayonlarda faol xizmat qilmoqda.

12. Kognitiv lingvistika. Kognitiv lingvistika tilshunoslikdagi eng yangi yo'nalishlardan biridir. Ushbu tilshunoslik kognitologiya (inson bilimini o'rganuvchi fan) va lingvistika fanlarining o'zaro zaruriy bog'lanishidan, hamkorlikda ish olib borish maqsadida yuzaga kelgan.

13. Pragmalingvistika. Pragmatik lingvistika struktur tilshunoslik yutuqlari, natijalari asosida shakllangan yangi bosqichdagi fahmiy (emprik) tadqiqotlar, izlanishlar natijasidir. U lisoniy birlikning qo'llanilish vaziyatini, nutqiy faoliyatini sistema sifatida oladi. Shunga ko'ra muayyan birlikni nutqiy faollikda, voqelanishda, nutqda namoyon bo'lishda turli nolisoniy omillar va turli sathlar bilan hamkorlikda, ular bilan o'zaro bog'liqlikda o'rganadi, tekshiradi.

1 В.А.Аврорин. Проблемы изучения функциональной стороны языка (к вопросу о предмете социолингвистики). -Л., 1975, 242-245- ЬеАаг.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 9 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

14. Lingvokulturalogiya. Lingvokulturalogiya tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnografiya, psixolingvistika sohalari asosida shakllandi. U madaniyat, etnos, milliy mentallik bilan o'zaro aloqasi va ta'sirini antropotsentrik paradigma tamoyillari asosida o'rganadi.

NATIJA

Xullas, lingvistika fani umumiylik sifatida, qayd etilganidek, turlicha xususiyliklari, sohalari orqali til sistemasini butun mohiyati, murakkabligi bilan, kommunikativ cheksiz imkoniyatlari bilan tadqiq qiladi. U ayni jarayonda qator fanlar bilan o'zaro aloqada, hamkorlikda ish olib boradi, til va jamiyat, til va tarix, til va taraqqiyot, til va tafakkur, til va nutq kabi o'ta dolzarb va o'ta murakkab masalalarning yoritilishida faol ishtirok etadi.

XULOSA

Lingvistika fani jamiyat taraqqiyotining, gullab-yashnashining eng muhim, eng asosiy, tengi yo'q mezonlaridan biri til - aloqa quroli ekanligini tasdiqlash va isbotlash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, u ta'lim oluvchiga ona tili imkoniyatlarini-ayni bir fikrni, narsa-hodisani yuzlab usullar bilan ifodalash yo'llarini yetkazish bilan unda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga, ona tilida fikrlash va ona tili qurilishining o'ziga xosligi, boshqa tillardan tubdan farq qilishi, olamni «o'zicha» aks ettirishni singdirish bilan milliy ong, milliy dunyoqarash, milliy g'urur va mafkurani shakllantirishda mustahkam poydevor vazifasini o'taydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. В.А.Аврорин. Проблемы изучения функциональной стороны языка (к вопросу о предмете социолингвистики). -Л., 1975, 242-245- betlar.

2. R.Rasulov. Umumiy tilshunoslik (oliy ta'lim muassasalkarining bakalavriat talabalari uchun darslik). Toshkent - 2012.

3. Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2022). AKADEMIK LITSEYLARNING MUTAXASSISLIK YO 'NALISHLARIDA ONA TILI DARSLARINI O 'QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARASI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(4), 296-300.

4. Shayxislamov, N. (2021). TOPONIMIK KONVERSIYA HAQIDA TUSHUNCHA. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 1(1), 73-77.

5. Шайхисламов, Н., & Шайхисламова, Р. (2022). ПРЕЗЕНТАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯСЫ ЖЭНЕ ОНЫ ЭДЕБИЕТ САБА^ТАРЫНДА ^ОЛДАНУ ЭД1СТЕМЕС1. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(5), 339-345.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 9 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

6. Шайхисламов, Н., & Шайхисламова, Р. (2022). ГРАММАТИКАЛЫЩ ТАЛДАУ ЭД1С1 АР^ЫЛЫ АНА ТШН О^ЫТУДЫЦ ТИ1МД1Л1КТЕР1. Scientific progress, 3(5), 134-139.

7. Шайхисламова, Р. Б. (2022). ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ЖАНРА КОМЕДИИ В МИРОВОЙ ЛИТЕРАТУРЕ. Scientific progress, 3(7), 28-31.

8. Туляганова, Р. Б. (2022). ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ЖАНРА КОМЕДИИ В МИРОВОЙ ЛИТЕРАТУРЕ. Scientific progress, 3(Special Issue 1), 55-60.

9. Туляганова, Р. (2022). ЗЛОБОДНЕВНЫЕ И ВЕЧНЫЕ ПРОБЛЕМЫ В РОМАНЕ М. БУЛГАКОВА «МАСТЕР И МАРГАРИТА». Scientific progress, 3(Special Issue 1), 61-67.

10. Шайхисламова, Р. Б., & Сергеева, Э. С. (2022). ФОРМИРОВАНИЕ «ВЕЧНЫХ ТЕМ» В ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ ДРАМАХ АН ОСТРОВСКОГО. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(6), 302-309.

11. Shayxislamov, N. (2021). JOY NOMLARINING PAYDO BO 'LISHI TO 'G 'RISIDA MULOHAZALAR. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 1(2), 60-63.

12. Shayxislamov, N. (2021). OT SO 'Z TURKUMIDA METONIMIYA HODISASI. Scientific progress, 2(6), 1883-1888.

13. Шайхисламов, Н. (2021). ТИЛДА ЛАКУНА МУАММОСИ ВА УНИНГ ЕЧИМИ. Scientific progress, 2(7), 1285-1290.

14. Шайхисламов, Н. (2021). УЗБЕК ТИЛИ АССОЦИАТИВ ЛУЕАТИНИНГ ТУЗИЛИШИ ТУЕРИСИДА МУЛОХДЗАЛАР. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(1), 20-25.

15. Shayxislamov, N. (2021). JAHON LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYASIDA TARKIBIY QISMLAR MASALASINING O 'RGANILISHI. Scientific progress, 2(5), 333-337.

16. Шайхисламова, Р. (2022). ПОНЯТИЕ ЗЛОБОДНЕВНОГО И ВЕЧНОГО В СОВРЕМЕННОЙ ЛИТЕРАТУРЕ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(7), 39-42.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.