Научная статья на тему 'TIL BIRLIKLARINI RIVOJLANISHIDA LINGVOKULTUROLOGIYA FANINING O‘RNI'

TIL BIRLIKLARINI RIVOJLANISHIDA LINGVOKULTUROLOGIYA FANINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2041
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TIL BIRLIKLARI / TIL MADANIYATI / INSON VA JAMIYAT MADANIYAT / TILSHUNOSLIK / MADANIYATLARARO MULOQOT / NUTQ / TIL / LINGVOKULTUROLOGIYA / LINGVOMADANIYAT

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Chuliyeva O.Z.

Ushbu maqolada tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishi hisoblangan lingvokulturologiya haqida mulohazalar yuritilgan. Til birliklarini rivojlanishida lingvokulturologiya fanini rivojlantrish haqida tahlillar berilgan. Shuningdek, olimlarning ilmiy izlanishlari yoritilgan. Til birliklarini rivojlanishida lingvokulturologiya fanini o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Bundan tashqari, til birliklarini rivojlanishida lingvokulturologiya fanini rivojlantirish bo‘yicha hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar ochiq ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF LINGUCULTUROLOGY IN THE DEVELOPMENT OF LANGUAGES

This article discusses linguoculturology, a modern branch of linguistics. An analysis of the development of the science of linguoculturology in the development of language units is given. It also covers the scientific research of scientists. The peculiarities of the science of linguoculturology in the development of language units are revealed. In addition, the tasks to be solved in the development of linguistic units in the development of the science of linguoculturology are clearly indicated.

Текст научной работы на тему «TIL BIRLIKLARINI RIVOJLANISHIDA LINGVOKULTUROLOGIYA FANINING O‘RNI»

TIL BIRLIKLARINI RIVOJLANISHIDA LINGVOKULTUROLOGIYA FANINING O'RNI

O.Z. Chuliyeva1

doi: 10.15350/24103586.2022.2.14

Annotatsiya

Ushbu maqolada tilshunoslikning zamonaviy yo'nalishi hisoblangan lingvokulturologiya haqida mulohazalar yuritilgan. Til birliklarini rivojlanishida lingvokulturologiya fanini rivojlantrish haqida tahlillar berilgan. Shuningdek, olimlarning ilmiy izlanishlari yoritilgan. Til birliklarini rivojlanishida lingvokulturologiya fanini o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Bundan tashqari, til birliklarini rivojlanishida lingvokulturologiya fanini rivojlantirish bo'yicha hal qilinishi kerak bo'lgan vazifalar ochiq ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: Til birliklari, til madaniyati, inson va jamiyat madaniyat, tilshunoslik, madaniyatlararo muloqot, nutq, til, lingvokulturologiya, lingvomadaniyat.

Kirish

Hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda til eng muhim aloqa vositasi hisoblanadi. Til madaniyatning bir qismidir. Til insonlararo aloqa vositasi hisoblanadi. Kishilar madaniyatini til orqali namoyon qilishadi. Hozirda davrda til va madaniyatning o'zaro bog'liqligi haqida gumanitar yo'nalishdagi olimlar tadqiqot va izlanishlar olib borishgan. Bu tabiiy jarayon, chunki madaniyat inson va jamiyatning eng muhim ko'rsatgichi, belgisi bo'lsa, til esa inson va jamiyat hayotida muloqot vositasi sifatida eng zarur va muhim o'rin egallaydi. Agar til madaniyatning bir qismini tashkil qilsa, madaniyat esa tilda zohir bo'ladi. Tadqiqotlarimizda Lingvokulturologiya til birliklarining madaniy ahamiyatga ega bo'lgan jihatiga, xalqning madaniy dunyosiga til prizmasi orqali nigoh tashlashga, shuningdek, til madaniyatni ro'yobga chiqaruvchi vosita ekanligiga asosiy e'tibor qaratadi [1]. Shuning uchun ham til shunchaki belgilarning umumiyligi emas, bu ma'lum bir tuzilish (tuzilishi) bo'lgan tizimdir. Ushbu tuzilishni tashkil etuvchi elementlar o'z-o'zidan mavjud, ular bir-biri bilan bog'lanib, bitta butunday paydo bo'ladi. Belgisi ma'lum bir belgi tizimining a'zosi. Tilning o'ziga xos funksiyasi - bu aloqa vositasidir. Til madaniy ahamiyatga ega axborotlarni to'plash va saqlash vositasi hisoblanadi. Bir qancha birliklarda bu malumotlar hozirgi kun til egasi uchun implisit xarakterga ega bo'ladi. U asriy o'zgarishlarga uchrab, faqat bilvosita tekshirganda namoyon bo'ladigan tarzda yashiringan bo'ladi. Biroq u mavjud va ong ostida "ishlaydi". (Masalan, quyosh so'zi - oy, osmon, ko'z, xudo, bosh so'zlari bilan bir semantik chiziqda yotadi) [2]. Til birliklarida joylashgan madaniy axborotlarni ajratib olish uchun lingvokulturolog bir qancha o'ziga xos usullarni qo'llashi kerak bo'ladi. V.N.Teliya lingvokulturologiyaning obyekti nafaqat o'ta milliy, shuningdek, umuminsoniy (Masalan, Qur'on, Injil kabi turfa madaniyatlarda ham uchraydigan) madaniy axborotlardir. Bu sohani aniq bir xalqqa yoki qarindosh xalqlarga tegishli bo'lgan madaniy axborotlar qiziqtiradi. Lingvoo'lkashunoslik va lingvokulturologiya shunisi bilan farqliki, lingvoo'lkashunoslik asosan tilda o'z aksini topgan milliy realiyalarni o'rganadi. Mazkur til birliklari muqobilsiz bo'lib (E.M.Vereuagin va V.G.Kostomarovning fikricha), mazkur madaniyatning o'ziga xos jihatlaridir. Etnopsixolingvistika lingvokulturologiya sohasi bilan chambarchas bog'liq sohalardir [3]. Etnopsixolingvistika muayyan an'anaga oid bo'lgan xulq-atvorning nutq faoliyatida qanday namoyon bo'lishini o'rganadi, turli til egalarining verbal va noverbal fe'l-atvoridagi farqlarni tahlilga tortadi, nutq odobi va,,dunyoning rangli manzarasi"ni, madaniyatlararo aloqalarda matn lakunalarini tadqiq etadi, ikki tillilik va ko'p tillilikni turli xalqlar nutq odobining o'ziga xos tomoni sifatida talqin qiladi. Etnopsixolingvistikaning asosiy tadqiqot metodi assotsiativ tajriba bo'lsa, lingvokulturologiya tilshunoslikdagi barcha metodlarni qo'llay olishi bilan ajralib turadi [4].

Ma'lumki, B. Uorf va E.Sepir Amerika antropolingvistikasida F.Baos ta'limotining davomchilari bo'lishgan. B. Uorf va V.Gumboldtning har bir til, borliqni o'ziga xos

1Chuliyeva Oynur Zaxit qizi - Qarshi Davlat Universiteti Pedagogika instituti, Tillar fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi.

ifodalab, til sohibi u orqali olamni ko'rish va mazmunlashtirishga majbur, degan fikrini davom ettirgan. B. Uorf,,Rukovodstvo"ga yozgan kirish so'zida, til va madaniyat o'rtasidagi aloqa o'zaro bog'liq emas, agar tilning holati haqiqatdan ham madaniyatga bog'liq bo'lsa, u holda madaniyatning holati bevosita til bilan aniqlanmaydi, deb yozadi. E. Sepir esa bir necha bor, madaniyatning tilga va tilning madaniyatga ta'siri bir xil emasligi haqidagi F. Baosning fikrlarini inkor qilgan. Shunga qaramay, Sepir ham Gumboldt va Uorf fikrlariga yaqin mulohaza yuritgan. Darhaqiqat, Sepir va Uorfning ta'limotlari Amerika tilshunosligi rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. D.Xaymsdan boshlab AQShda etnolingvistika (amerikaliklar uni solsiolingvistika deb ataydi) maktabi shakllandi [5,6].

Lingvokulturologiya sohasida jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A. Maslova esa ushbu sohaning rivojini 3 bosqichga ajratadi [7]:

1) fan shakllanishiga turtki bo'lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V. Fon Gumboldt, E.Benvnist, L.Vaysgerber, A.A. Potebnya, E.Sepir) kabi tilshunoslarning ishlari );

2) lingvokulturologiyaning alohida soha sifatida ajratilishi;

3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi.

Jumladan, V.N. Teliya bu haqida shunday yozadi: "Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog'i insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo'lgan inson to'g'risidagi antropologik paradigmaga xos bo'lgan yutuqlar majmuasidir" [8].

V.V. Vorobyev fikriga ko'ra ingvokulturologiya - sintezlovchi toifadagi kompleks ilm sohasi bo'lib, u madaniyat va til o'rtasidagi o'zaro aloqalar va ta'sirlashuvlarni o'rganadi. Bu jarayonni yagona lisoniy va nolisoniy (madaniy) mazmunga ega birliklarning yaxlit tarkibi sifatida mazkur jarayonni zamonaviy nufuzli madaniy ustuvorliklarga (umuminsoniy me'yorlar va qadriyatlar) qaratilgan tizimli metodlar yordamida aks ettiradi", - deb ko'rsatadi [9]. Ushbu tushunchalarning o'zaro farqli jihatlarini professor O'.Yusupov quydagicha izohlaydi.

"Lingvokulturema - o'z semantikasida (ma'nosida) madaniyatning biror bo'lagini aks ettiruvchi til yoki nutq birligi.

Hozirgi vaqtda lingvokulturologiya jahon, xususan, rus, o'zbek tilshunosligida eng rivojlangan yo'nalishlardan biri bo'lib, bu borada bir qancha o'quv qo'llanmalar yaratilgan. Tilshunoslarning e'tirof etilishicha, ularning orasida eng mashhuri V.A. Maslova tomonidan yaratilgan o'quv qo'llanma hisoblanadi. Mazkur o'quv qo'llanmada lingvokulturoligiya sohasining metodlari, obyekti va predmeti, yo'nalishlari yoritib berilgan, muayyan til birligini lingvokulturologik tahlil qilish namunalari ko'rsatilgan.

Lingvokulturologik yondashuvdagi tadqiqotlar o'zbek tilshunosligida oxirgi o'n yilliklarda paydo bo'la boshladi. Professor N.Mahmudovning "Tilning mukammal tadqiqi va yo'llarini izlab..." nomli maloqasida lingvokulturologiya, umuman, antropotsentrik paradigmaning mohiyati va bu boradagi muammolar chuqur va asosli yoritib beriladi. Ushbu maqolani o'zbek tilshunosligida lingvokulturologiya haqida jiddiy mulohazalar bayon qilingan birinchi asar sifatida baholash mumkin. Maqolada lingvokulturologik nazariyaning shakllanishi uchun hizmat qilgan omillar, undagi asosiy tushunchalar, ularning talqinidagi har xilliklar haqida juda asosli mulohazalar aytilgan.

XIX asrda V.Gumboltdning til va tafakkur munosabatlarini o'rganishda millat madaniyatiga asosiy e'tibor berilishi lozimligi haqidagi mulohazalari XX asrning 90-yillarida qator tilshunoslar tomonidan yangi fan lingvokulturologiyaning yuzaga kelishiga sabab bo'lib, ushbu fan hozirgi zamon tilshunosligida o'ta tez sur'atlarda rivojlanib, umumiy tilshunoslikdan alohida o'rin egalladi [10].

O'zbek tilshunoslik ilmida ham bu yo'nalishda qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, o'zbek tilshunosligida lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishi, madaniyatning tilda aks etishi kabi qator masalalarga qaratilgan dastlabki ishlar sifatida A.Nurmonovning "O'zbek tilida lingvokulturologik yo'nalish", N.Mahmudovning "Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab", "O'xshatishlar - obrazli tafakkur maxsuli", N.Sayidrahimovaning "Lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishiga doir ayrim mulohazalar", "Lingvokulturologiyaning komponentlari" nomli maqolalarini, D.Xudoyberganovaning "Matnning antroposentrik tadqiqi" mavzusidagi monografiyasi, "O'zbek tili o'xshatishlarining izohli lug'ati"ni belgilash mumkin. Mazkur maqolamizda lingvokulturologiyaning fanlar sistemasidagi maqomi va uning etnolingvistika, sotsiolingvistika va etnopsixolingvistika bilan bog'liqligi masalalari o'rganilgan. Keyingi yillarda lingvokulturologiyaga bag'ishlangan ishlar ko'payib qoldi.

Jumladan, Y.S. Stepanov "Konstantias Rus madaniyati lug'ati"ni yaratgan bo'lib, rus tili egalarining tillari uchun faol bo'lgan konseptlarni jamlagan va keng ma'lumot bergan. (Stepanov, 2001). N.D. Arutyunovaning "Til va inson olami" tadqiqoti turli davrlar va turli xalqlar madaniyatiga tegishli universal terminlarni o'rganishga bag'ishlangan. V.N. Teliya va uning maktabi vakillari esa iboralarni o'rgandi, bundan maqsad esa ularning milliy-madaniy ko'chma ma'nolarini tavsiflash va mentalitetning xarakterlovchi qirralarini ochib berishdir. Yuqoridagi olimlarning ilmiy izlanishlaridan kelib chiqib, lingvokulturologiya - madaniyat va tilning qo'llanish jarayoni maqomidagi o'zaro ta'sirlashuvlarni o'rganuvchi fandir [11].

Asosiy qism

Lingvokulturologik tadqiqotlar sotsiolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, lingvomamlakatshunoslik, madaniyatshunoslik va boshqa shunga yaqin sohalararo miqyosda olib boriladi. Bir-biridan farq qiladigan turfa yo'nalishlarning mavjud bo'lishiga qaramay, zamonaviy lingvokulturologiyaning predmeti ikki xil kod bo'lgan til va madaniyatning o'zaro ta'sirida shakllanadigan lisoniy belgilarning madaniy semantikasini o'rganishdan iborat.

Misol qilib keltirish mumkinki, A. Vejbitskoy ana shunday holatga misol tariqasida nemis orkestrini boshqarishga taklif qilingan ingliz dirijeri bilan yuz bergan hodisani keltirgan. Ishlar unchalik yaxshi ketmagan ingliz dirijeri inglizcha gapirgani uchun musiqachilar uni "o'ziniki" sifatida qabul qilmayapti, deb o'ylaydi. Shundan keyin u nemischa o'rgana boshlaydi va o'qituvchisidan "Eshitinglar, meningcha, mana bunday chalsak, yaxshiroq bo'ladi" jumlasini nemischa qanday aytish mumkinligini so'raydi. O'qituvchi o'ylanib turib, shunday javob qiladi: "Albatta, jumlani shunday tuzish mumkin, lekin mana bunday degan yaxshiroq: "Mana bunday chalish kerak". Yoki ingliz tilidagi "Can you write this scientific research in English?" savoliga bir o'zbek "No, it's very difficult" deb javob berishi mumkin. Biroq ingliz nutqiy muomalasi va so'z tanlash me'yorlaridan kelib chiqqan holda, shunday javob berishi o'rinli bo'ladi: "It's very difficult, but I'll try". Yoxud: "Bu kitob sizniki emasmi?" yoki "Ertaga band emasmisiz? savoliga deyarli barcha madaniyatlarda "Yo'q, meniki emas", "Yo'q, band emasman" -deb inkor mazmunida javob beriladi. Koreys (yoki yapon) madaniyatida "Ne, ne cheki animnida"("Ha, mening kitobim emas") va "Ne, babiji ansimnida" ("Ha, band emasman"), - deb tasdiq mazmunida javob qaytariladi. Muxtasar qilib aytganda, madaniy to'siq nafaqat nutqiy muomala me'yorlaridagi farqlar, balki muloqotchilar tomonidan kiritiladigan turli ma'nolar bilan ham bog'liqdir. Bir qarashda bir xil ko'ringan so'zlarning ma'nolarida nomutanosiblik mavjud bo'ladi. So'nggi yillarda til bilan bog'liq bo'lgan ong va madaniyat tushunchalarini bir biriga bog'liq holda tushunishga urinadigan nazariy doirani shakllantirish jarayonida bir qancha boshqa tamoyillardan foydalanmoqda. Ushbu doirada madaniy ong va til madaniyat darajasidagi hayot mavjudligi to'g'risidagi qarashlarni ilgari surilishi bilan tasvirlanadi. Ko'p olimlar tildan foydalanishda madaniyat tushunchasini e'tiqod va xulq atvorni bog'lab turuvchi aloqalarni yoritib berish uchun o'ta mavhum deb hisoblaydilar. Lingvokulturologiya, jumladan, madaniy ong va madaniy konseptlarning nazariy doirasi lingvistlarda o'z fikrlarini ifodalash uchun zarur bo'lgan analitik doirani ta'minlashga bo'lgan urinishdir. Ferzad Sharifianning fikricha, ushbu nazariya madaniyat tushunchasining mavhumligidan yiroqdir, aksincha u madaniy jihatdan tuzilgan konseptlarni o'rganishga e'tibor qaratadi. Yuqorida aytilganidek, ushbu nazariya kognitologiya va kognitiv lingvistika kabi bir qancha tamoyillardan foydalanadi. Uning analitik vositalari madaniy semalar, madaniy kategoriyalar va madaniy metaforalardir. Ushbu analitik vositalar madaniy konseptlarni sistematik va chuqur o'rganishga yo'l ochib beradi. Shuningdek, ular tilda mustahkam o'rnashgan madaniy konseptlar bilan inson tilining aloqadorligi xususiyatlarini tahlil qilishda ham qulayliklar yaratadi.

Xulosa

Xulosa qilib aytish mumkinki, lingvokulturologiya rivojlantrishda quyidagi masalalarni hal qilish maqsad muofiq bo'ladi:

1) til konseptlarini shakllanishida madaniyat qanday ishtirok etadi;

2) til belgisi ma'nosining qaysi qismiga "madaniy ma'nolar" biriktiriladi;

3) bu ma'nolar so'zlovchi va tinglovchi tomonidan anglashiladimi va ular nutq strategiyasiga qanday ta'sir ko'rsatadi;

4) haqiqatan ham til egasining madaniy-lisoniy qobiliyati mavjudmi;

5) konseptosfera (muayyan madaniyatning asosiy konseptlari yig'indisi) va bir madaniyat va ko'p madaniyat egasi yo'nalgan madaniyat diskursi qanday bo'ladi;

Ученый XXI века • 2022 • № 2 (83)

6) mazkur fanning asosiy tushunchalarini qanday sistemalashtiriladi, ya'ni fanning asosiy tushunchaviy-terminologik apparatini qanday yaratiladi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Maslova V.A. Lingvokulturologiya: Ucheb. Posobie. - M.: Academia, 2001-208s.[1]

2. Mahmudov N. - Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab...// O'zbek tili va adabiyoti.-Toshkent, 2012.-№5.-B. 3-16.[2]

3. Трубецкий Н.С. Поведения и мышления к языку. - М.,1960. [3]

4. MaoMBa В.В. Лингвокультурология в системе гуманитарного знания / Критика и семиотика. - М.,1987. [4]

5. V.Gumboldtning til va shaxs haqidagi fikrlari to'g'risida qarang: Nurmonov A. Ovrupoda umumiy va qiyosiy tilshunoslikning maydonga kelishi. Nurmonov A.Tanlangan asarlar.2- jildlik.- Toshkent: Akademnashr, 2012. [5]

6. Maсловa В.В. Лингвокультурология в системе гуманитарного знания / Критика и семиотика. - М.,1987.[6]

7. Шайхисламов, Н. (2020). Зооним компонентли метафораларнинг антропоцентрик таджик; этишда гендер жихэтлар. Образование и наука в XXI веке, 1(6), 304-309. [7]

8. Шайхисламов, Н. (2020). Фондаментхои технологияи асосии забон ва назарияи гендерй. Мактабгача таълим муассасаларида, умумтаълим мактабларида ва олий таълим муассасаларида чет тиллар укитишнинг узвийлиги, 734-735. [8]

9. Воробьев В.В. Лингвокультурология. -М.: Изд.-во Российского университета дружбы народов, 2006. [9]

10. Palmer, Gary B. 1996. Toward a Theory of Cultural Linguistics. Austin, TX: University of Texas Press. [10]

11. МасловаВ. А. Введениевлингвокультурологию. -М., 1997./Телия В.Н. Первоочередные задачи и методологические проблемы исследования фразеологического состава языка в контексте культуры // Фразеология в контексте культуры / отв. ред. В.Н. Телия. М.: Языки русской культуры, 1999. С. 13-24 [11]

12. Sherzodovich, A. S. (2020). The role оf опИм teaching and innоvative methоds. Science and education, 1(3), 524-528.

13. Аслонов, Ш. Ш. (2020). КОМПЬЮТЕРНАЯ ЛИНГВИСТИКА И ФИЛОЛОГИЯ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ. Гуманитарный трактат, (84), 17-19.

14. Aslonov, S. S. (2020). O'ZBEK VA INGLIZ TILIDA JINS MAZMUNINI BILDIRUVCHI SO'ZLAR TAHLILI. Студенческий вестник, (16-10), 55-58.

© O.Z. Chuliyeva, 2022.

THE ROLE OF LINGUCULTUROLOGY IN THE DEVELOPMENT OF LANGUAGES

O.Z. Chuliyeva

Abstract. This article discusses linguoculturology, a modern branch of linguistics. An analysis of the development of the science of linguoculturology in the development of language units is given. It also covers the scientific research of scientists. The peculiarities of the science of linguoculturology in the development of language units are revealed. In addition, the tasks to be solved in the development of linguistic units in the development of the science of linguoculturology are clearly indicated.

Key words: Language units, language culture, human and social culture, linguistics, intercultural communication, speech, language, linguoculturology, linguoculture.

© O.Z. Chuliyeva, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.