Научная статья на тему 'TIBBIYOTDA SOYA O’SIMLIGINING AHAMIYATI'

TIBBIYOTDA SOYA O’SIMLIGINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
4
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kamqonlik / anemik va sideropenik sindrom / izoflavonoidlar / genestein / saraton / qandli diabet / buyraklarda tosh yig’ilishi / jigar sirrozi

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Aminjonova Charosxon Akmalovna

maqolada mamlakatimizdagi yuqori sifatli soya o’simligining inson hayotidagi o’rni va ahamiyati haqida, kamqonlik, saraton, qandli diabet, buyraklarda tosh yig’ilishi, jigar sirrozi kabi kasalliklarni davolashda soya o’simligini qo’llanishi haqida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIBBIYOTDA SOYA O’SIMLIGINING AHAMIYATI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A

TIBBIYOTDA SOYA O'SIMLIGINING AHAMIYATI

Aminjonova Charosxon Akmalovna Buxoro davlat universitetining maqsadli tayanch doktaranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10934271

ARTICLE INFO

Received: 1st April 2024 Accepted: 2nd April 2024 Published: 5th April 2024 KEYWORDS

kamqonlik, anemik va sideropenik sindrom,

izoflavonoidlar, genestein, saraton, qandli diabet, buyraklarda tosh yig'ilishi, jigar sirrozi

ABSTRACT

maqolada mamlakatimizdagi yuqori sifatli soya o'simligining inson hayotidagi o'rni va ahamiyati haqida, kamqonlik, saraton, qandli diabet, buyraklarda tosh yig'ilishi, jigar sirrozi kabi kasalliklarni davolashda soya o'simligini qo'llanishi haqida fikrlar bayon etilgan.

Buxoro davlat universitetida o'tkazilgan tajribalarda soya unidan tayyorlangan shirin kulchalardan temir tanqisligi kamqonligi xastaligiga uchragan bemorlarni davolashgan. 10 kun 3 mahaldan soya kulchalarini iste'moli ta'sirida, bemorlarning qonlaridagi gemoglabin miqdori 10 kunda o'rtacha 20,1 g/l ga ko'tarilgan va TTK bilan og'rigan bemorlarga soya unidan tayyorlangan oziq-ovqatlardan foydalanishning samarali ekanligini ko'rsatadi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko'ra, ushbu shakldagi kamqonlikdan har oltita erkakdan biri va dunyodagi har uchinchi ayol aziyat chekadi. Temir ko'plab modda almashinuvi jarayonlari, oziq moddalar almashinuvi, tanadagi gaz almashinuvi bilan bog'liq muhim mikroelement hisoblanadi. Kun davomida kattalar 20-25 mg temir moddasini iste'mol qiladilar, bu elementning tanadagi jami zaxirasi taxminan 4 g.

Temir tanqisligi tufayli rivojlangan kamqonlikning klinik tasviri birinchi navbatda, tana to'qimalarida gaz almashinuvi buzilganligi tufayli anemik va sideropenik sindromni tashkil etadi. Anemik sindromining belgilari:

• Umumiy holsizlik, surunkali charchoq;

• Zaiflik, uzoq jismoniy va ruhiy zo'riqishlarga dosh berolmaslik;

• Diqqat yetishmovchiligi, diqqatni jamlashdagi qiyinchilik, rigidlik;

Page 67

Volume 1, Issue 5, April 2024

• Asabiylashish;

• Bosh og'rig'i;

• Ba'zida hushidan ketish;

• Uyquchanlik va uyqu buzilishi;

• Nafas qisilishi, jismoniy va / yoki psixoemotsional zo'riqishlar vaqtida yurak urishining tezlashishi, shuningdek tinch holatda ham;

• Axlatning qora rangi (oshqozon-ichak traktida qon ketishi bilan bog'liq).

Soyadan tayyorlangan mahsulotlarni quyidagi kasalliklarda tavsiya etiladi: ateroskleroz, gipertoniya, yurak ishemiyasi, miokard-infarktni o'tkazgandan keyingi tiklanish davrida, o't pufagining surunkali yallig'lanishi, surunkali qabziyat, qandli diabet, yog' bosish, tayanch-harakat apparatlari kasalliklari (artrit, artroz), allergik kasalliklar. Soya mahsulotlariga nisbatan biror cheklashlar yoki ularni iste'mol etmaslik ko'rsatmalari hozirgacha yo'qdir.

Soyadan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari rak, yurak ishemiyasi, osteoporoz, qandli diabet, ateroskleroz, anemiya xastaliklarining oldini olishga va insonning immunitetini oshirishga yordam beradi hamda qon tarkibida xolesterinni kamaytiradi. Soya sutidan tayyorlangan mahsulotlarni iste'mol qilishni Rossiya Fanlar Akademiyasi Oziq-ovqat instituti insonlardagi, ateroskleroz, qon bosimini ortishi, yurak ishemik kasalligi, miokard infarktida keyingi tiklanish davrida, surunkali xoletsistit, surunkali qabziyat, qandli diabet, semirish, artrit, artroz, allergik kasalliklar, oshqozon-ichak yo'llarining yallig'lanishi, jigar sirrozi, sariq kasali, jig'ildon qaynashi va yana bir qator kasalliklarni davolashda va uni oldini olishda foydalanishni tavsiya etgan.

Soyadagi mavjud izoflavonoidlar, genestein va o'simlik kislotalari, saraton va yurak-kon tomirlar xastalligini boshlanishini oldini oladi. Izoflavonoidlar saraton to'qimalarining paydo bo'lishini to'xtatadi, genestein shishlarni boshlanish davrida o'sishini to'xtatadi, fitin kislotalari paydo bo'lgan shishlarni o'sishini susaytiradi.

Soya mahsulotlarida beshta ma'lum bo'lgan saratonga qarshi omillar mavjud, ulardan biri fitoestrogenlar (izoflavonlar) bo'lib, ular so'ya oziq-ovqatlari uchun noyob saratonga qarshi omillardir. Olimlar genisteinning antioksidant xususiyatlari va ko'payishning oldini olish uning saratonga qarshi ta'sirining asosiy sabablari degan xulosaga kelishdi. Soya izoflavonlari ko'krak saratoni, yo'g'on ichak saratoni, o'pka saratoni, prostata saratoni, teri saratoni va leykemiyaga aniq terapevtik ta'sir ko'rsatadi. Soya izoflavonlari shuningdek, tuxumdon saratoni, yo'g'on ichak saratoni, oshqozon saratoni va prostata saratoni paydo bo'lishining oldini oladi. Soya izoflavonlari bilan soya ekstraktining funksiyalari va foydalari:

1. Tabiiy soya ekstrakti saratonni oldini oladi, o'smani inhibe qiladi, saraton xavfini kamaytiradi.

2. Soya ekstrakti kukuni xolesterolni kamaytiradi, yurak xuruji ehtimolini kamaytiradi, yurak-qon tomir kasalliklarini oldini oladi va davolaydi.

3. Soya ekstrakti kukuni ayollarning menopauza sindromini engillashtiradi, osteoporozning oldini oladi.

Volume 1, Issue 5, April 2024

Page 68

4. Tabiiy soya ekstrakti inson tanasini erkin radikal zararlardan himoya qiladi, immunitet tizimini yaxshilaydi.

5. Soya ekstrakti oshqozon va taloqni oziqlantirishi, asab tizimini himoya qilishi mumkin.

6. Soya ekstrakti kukuni inson tanasida xolesterin qalinligini kamaytiradi, yurak-qon tomir kasalliklarini oldini oladi va davolaydi.

Soya ekstraktining soya izoflavoni bilan qo'llanilishi:

1. Oziq-ovqat sohasida soya ekstrakti funktsional oziq-ovqat qo'shimchalari va xom ashyo sifatida ichimliklar, suyuqlik va oziq-ovqat turlariga qo'shiladi.

2. Soya ekstrakti surunkali kasalliklarning oldini olish yoki klimakterik sindromning alomatlarini engillashtirish uchun turli xil sog'liqni saqlash mahsulotlariga keng qo'shiladi.

3. Soya ekstrakti terining qarishini kechiktirish va siqilish funktsiyasi bilan kosmetikaga xom ashyo sifatida keng qo'llaniladi, shuning uchun terini juda silliq va nozik qiladi.

4. Soya ekstrakti soya izoflavoni farmatsevtika sohasida qo'llanilishi mumkin.

Soya oziqalari qandli diabetni, buyraklarda tosh yig'ilishini, jigar xastaligini oldini oladi. Shifokorlarning so'zlariga ko'ra, katta insonlarning 10-15 foizi hayotida buyrakda tosh paydo bo'lishi kabi noxush kasallikka duch keladi. Ayniqsa, 40 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan insonlarda xavf ortadi. Bundan tashqari, allaqachon buyragida toshi bor bemorlarda yangi tosh paydo bo'lish ehtimoli 50 foizga oshadi. Buyrakda tosh paydo bo'lishining asosiy sabablaridan biri bu organizmdagi suvning yetishmasligi. Suv peshobdagi ushbu moddalarning konsenratsiyasini suyultirishga yordam beradi, ular keyinchalik qattiqlashadi va toshga aylanadi. Shuning uchun issiq mavsumda namlik va ichimlikning muvozanatiga rioya qilishni kuzatish muhimdir.

Nazorat qilinishi kerak bo'lgan yana bir muhim omil — tuz miqdori. Natriyga boy ratsion siydikdagi kalsiyni ko'paytiradi, bu esa oksalat yoki fosfor bilan birlashib, buyrak toshlarini hosil qiladi. Hattoki ortiqcha hayvon oqsili ham buyrak toshlari xavfini oshiradi, chunki u organizmdagi peshob kislotasi miqdorini oshiradi, bu ham buyrak toshlarini hosil qilishi mumkin.

Jigar sirrozi - jigarning surunkali rivojlanib boradigan kasalligi; bunda jigar to'qimasi yallig'lanib, uning bir qismi biriktiruvchi to'qima bilan almashinadi. Jigarning o'tkir yallig'lanishi — gepatitda, uning B, C, D shakllarida, o'tkir gepatit surunkali gepatitga aylanayotganda, bezgak, sil, zaxm, brutsellyoz kabi yuqumli kasalliklarda, o't pufagi va o't yo'llarining surunkali yallig'lanishida, turli kimyoviy moddalardan muntazam zaharlanishda, shuningdek, alkogolizmda va boshqa sabablarga ko'ra paydo bo'ladi. Jigar sirrozi — sekin rivojlanadigan surunkali kasallik. Jigar sirrozi turlicha namoyon bo'ladi va u xastalikning qaysi shaklida kechishi hamda davriga bog'liq; tekshirganda jigarning qattiqlashgani va funksiyasining buzilganligiga qaramay, kishi uzoq vaqt hech qanday xastalik alomatini sezmay yurishi mumkin. Kasallik zo'rayganda bemor darmonsizlanadi, ozib ketadi, ishtahadan qoladi, kekiradi, ko'ngli ayniydi, ba'zan qusadi, ichi ketadi yoki qotadi, qorni dam bo'ladi, tana xarorati ko'tariladi, qorin bo'shlig'ida suyuqlik to'planishi natijasida u ko'tariladi (istisqo), burni qonaydi, badani qichishadi, ba'zan sarg'ayadi; kamqonlik avjiga chiqadi; jigari va ayniqsa talog'i kattalashadi va qattiqlashadi.

Jigar sirrozi uzoq vaqt davolanadi, kasallik zo'rayganda bemorni darhol kasalxonaga yotqizish kerak. Parhezga qat'iy rioya qilishning ahamiyati katta. Bemorga, asosan, yengil hazm bo'ladigan, qand, oqsil va vitaminlar (ayniqsa, C vitamin va B gruppa)ga boy sutli va o'simlik ovqatlar beriladi. Tvorog (oson hazm bo'ladigan oqsillarga ega), yog'siz go'sht, baliq, shuningdek, ozgina sariyog' bilan qaymoq yoki smetana iste'mol qilish mumkin; spirtli ichimliklar ichish qatiy taqiqlanadi. Jigar sirrozining avj olishiga yo'l qo'ymaydigan dorilar buyuriladi. Jigar sirrozini davolashda avvalo unga sabab bo'ladigan omillarni bartaraf etish muhim. Jigar sirroziga olib kelgan infeksiya aniqlansa, uni tugatish choralari ko'riladi. Jigar sirrozining oldini olish uchun mehnat va turmush sharoitini sog'lomlashtirish, alkogolizmga qarshi kurash olib borish kerak.

References:

1. Aminjonova, C. (2023). RESPUBLIKAMIZDA SOYA O'SIMLIGIGA BO'LGAN TALAB. Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 2(6 Part 6), 215-219.

2. Aminjonova, C. (2023). RESPUBLIKAMIZDA SOYA O'SIMLIGIGA BO'LGAN TALAB. Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 2(6 Part 6), 215-219.

3. Shavkatovich, S. H. (2024). AN ORGAN-PRESERVING SURGICAL OPERATION FOR GENITAL PROLAPSE. Journal of Advanced Scientific Research (ISSN: 0976-9595), 5(1).

4. Shavkatovich, S. H. (2024). COMPLICATIONS DURING EMERGENCY CESAREAN SECTION OPERATION IN OBSTETRICS. JOURNAL OF HEALTHCARE AND LIFE-SCIENCE RESEARCH, 3(2), 30-33. Shavkatovich, S. H. (2024). COMPLICATIONS DURING EMERGENCY CESAREAN SECTION OPERATION IN OBSTETRICS. JOURNAL OF HEALTHCARE AND LIFE-SCIENCE RESEARCH, 3(2),

30-33.

5. Shavkatovich, S. H., & Negmadjanov, B. B. (2020). Optimization Of Pelvic Prolaps Surgical Correction Using Its Own Tissues. The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical

Research, 2(12), 15-19.

6. Ташпулатова, Ф. К., & Абдусаломова, М. И. (2020). Частота и характер побочных реакций от противотуберкулезных лекарственных средств у больных детей

туберкулезом. Новый день в медицине, (2), 544-547.

7. Ташпулатова, Ф. К., & Абдусаломова, М. И. (2020). Частота и характер побочных

реакций от противотуберкулезных лекарственных средств у больных детей

туберкулезом. Новый день в медицине, (2), 544-547.

8. Khomova, N., Tashpulatova, F., & Sultanov, S. (2017). Compliance-is patient adherence

to treatment, as well as partnerships between doctor and patient.

9. Ташпулатова, Ф. К., Жалолов, А. Ж., Медведева, Н. В., & Долгушева, Ю. В. (2016). Уровень комплаенса у больных с лекарственно устойчивым туберкулезом. 1п Медицина:

вызовы сегодняшнего дня (pp. 46-50).

10.

Ubaidullaev, A. M., RSh, K., Stoianovskii, E. A., & Ataullaeva, D. E. (2000). Tuberculosis

epidemiology and disease control in Uzbekistan. Problemy Tuberkuleza, (3), 7-9.

11. Вахабов, А. А., & Ташпулатова, Ф. К. (2018). Поражение печени у больных туберкулезом легких при побочных реакциях от противотуберкулезных препаратов. Молодой ученый, (3), 91-93.

12. Хомова, Н. А., & Ташпулатова, Ф. К. (2018). Сравнительный анализ применения

шкалы Мориски-Грин и опросника" Уровень комплаентности" в исследовании

приверженности к лечению у больных туберкулёзом лёгких. Вестник Авиценны, 20(2-3),

299-304.

13. Ташпулатова, Ф. К., & Дадаходжаева, Л. С. (2013). Применение фитоадаптогеннов

в комплексной терапии у больных деструктивным туберкулезом легких. Клиническая

медицина Казахстана, (2 (28)), 66-67.

14. Yusupbekov, A., Kanda, M., Usmanov, B., Tuychiev, O., Baymakov, S., Sakamoto, J., & Yusupbekov, A. (2020). Surveillance of Esophageal Cancer in the Republic of Uzbekistan from 2000 to 2018. Asian Pacific Journal of Cancer Prevention: APJCP, 21(8), 2281.

15. Baymatovich, U. B., Axmedjanovich, Y. A., Vakhidovich, K. R., & Abdullaevna, I. U. (2016). Analysis of the surgical treatment of the pulmonary metastatic lesions. European science review, (3-4), 197-199.

16. Gayratovich, U. F., Dehkonovich, D. M., & Ahmedjanovich, Y. A. (2016). The modern principles of surgical treatment in non-organ retroperitoneal tumors. European science review, (3-4), 195-197.

17. Yusupbekov, A., Shinozuka, T., Juraev, E., Usmanov, B., Kanda, M., Sakamoto, J., &

Tuychiev, O. (2024). Exacerbated prognostic impact of multiple intramural metastasis versus

single intramural metastasis of thoracic esophageal squamous cell carcinoma: evidence from

an Uzbekistan cohort. Surgery Today, 1-8.

18. Еникеева, З. М., Агзамова, Н. А., Абдирова, А. Ч., Ибрагимов, А. А., Салихов, Ф. С.,

Ярашева, Н. И ., ... & Тилляшайхов, М. Н. (2020). Республиканский специализированный

научно-практический медицинский центр онкологии и радиологии, Ташкент,

Узбекистан. НАЦИОНАЛЬНЫЕ РЕДАКЦИОННЫЕ КОЛЛЕГИИ, 8(3).

19. Usmanov, B. B. (2015). Current strategies for diagnostics and treatment of lung and

pleura metastasis. Russian Journal of Oncology, 20(6), 46-50.

20. Baymatovich, U. B., Axmedjanovich, Y. A., Vakhidovich, K. R., & Abdullaevna, I. U. (2016).

Analysis of the surgical treatment of the pulmonary metastatic lesions. European science review,

(3-4), 197-199.

21. Khairuddinov, R., Usmanov, B. B., Rustamov, S. H., Madiarov, B. T., Juraev, E. E., Rasulov,

A. E., & Djumanazarov, T. M. (2014). 414. Development and improvement of diagnosis and

treatment of invasive esophageal cancer. European Journal of Surgical Oncology, 40(11), S159.

22. Axmedjanovich, Y. A., Baymatovich, U. B., Vakhidovich, K. R., & Dilshodovich, T. O. (2019). Modern views in diagnostics and treatment of esophageal cancer (literature review). European science review, (3-4), 57-62.

23. Ibragimov, A. A., Enikeeva, Z. M., Agzamova, N. A., Madyarov, B. T., Usmanov, B. B., Amonov, A. I., & Pulatov, C. C. MECHANISM OF ANTINEOPLASTIC AND RADIOSENSITY ACTION OF THE PREPARATION K-26. In XIII International Symposium on the Chemistry of Natural Compounds (ISCNC2019) (p. 102).

24. Yusupbekov, A. A., Usmanov, B. B., & Khakimov, Y. S. (2019). THE ROLE OF PARENTERAL CORRECTION OF HOMEOSTASIS IN SURGERY FOR CANCER OF THE ESOPHAGUS AND CARDIOESOPHAGEAL ZONE. Toshkent tibbiyot akademiyasi axborotnomasi, (4), 145-147.

25. Ismailov, S. I., Negmatov, J. B., Rashitov, M. M., Atadjanova, M. M., Allayarova, G. I., Muratova, S. T., ... & Elov, A. A. (2016). Universal salt iodization program in Uzbekistan: A cost-benefit analysis. Europaische Fachhochschule, (2), 21-24.

26. Ismailov, S., Yuldasheva, F., & Muratova, S. (2013, August). Level of iodine supply among

the population of Tashkent region in the Republik of Uzbekistan. In The 27th congress of the

International Pediatric Association. Melbourne, Australia, 24 (p. 812).

27. Muratova, S. T. (2021). Диагностированные нарушения минеральной плотности

костной ткани и уровней кальциотропных гормонов у детей с ювенильным

гипертиреозом. Modern Pediatrics. Ukraine, (3 (115)), 23-30.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

28. Muratova, S., & Alimov, A. (2020, August). Mineral density of bone tissue, parathyroid hormone and vitamin D in children and adolescents with thyrotoxicosis. In Endocrine Abstracts (Vol. 70). Bioscientifica.

29. Муратова, Ш. Т. (2017). Психоэндокринные нарушенияу подростков с болезнью

Грейвса. Международный эндокринологический журнал, 13(4), 271-275.

30.

Muratova, S. (2023, May). A case of follicular thyroid cancer in a girl with Graves.

In Endocrine Abstracts (Vol. 90). Bioscientifica.

31. Muratova, S., Alimov, A., & Azimova, S. (2022, May). Influence of the mother. In Endocrine

Abstracts (Vol. 81). Bioscientifica.

32. Kholbaevich, K. G., Tursunkulovich, E. K., Khamrokulovna, E. Y., & Kayumkhodjaevich, A.

A. (2020). Phenological phases and thermal mode of the winter wheat in the irrigated areas in

the Fergana region. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(5), 3833-3838.

33. Abdullaev, A. Q., Kholbaev, G. X., & Safarov, E. Y. (2009). Guidelines for the use of mathematical statistics, the use of computers and geographic information systems in finding related equations in agrometeorology. T. GMITI.

34. Kholbaev, G. K., & Abdullaev, A. K. (2020). Change of meteorological values in the autumn of Republk of Karakalpakstan and Khorezm region. Change, 7(3).

35. Абдуллаев, А. К., Холбаев, Г. Х., Пулатов, У. Ш., Кутлимуратов, Х. Р., Абдумажитов, Д. И., & Султашева, О. Г. (2007). Многолетние значения метеорологических элементов по странам мира.

36. Kholbaevich, K. G., Kayumkhodjaevich, A. A. L., & Khamrokul, E. (2020). The vegetation period of winter wheat in southern areas of the Republic of Uzbekistan. Journal of Critical

reviews, 7(9), 122-125.

37. Абдуллаев, А. К., & Холбаев, Г. Х. (2005). Рис, пшеница и хлопковое волокно по

странам мира. Т.:. НИГМИ.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.