Научная статья на тему 'DORIVOR SUT QUSHQO’NMAS OSIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA UNDAN OQILONA FOYALANISH'

DORIVOR SUT QUSHQO’NMAS OSIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA UNDAN OQILONA FOYALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1041
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dorivor / sut qushqo‘nmas / shifobaxsh / tibbiyot / kimyoviy tarkib / tabiiy / choy. / medicinal / milk thistle / medicinal / medical / chemical composition / natural / tea.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — A. Saminov, D. Ismoiljonova, M. Rahmataliyeva

Maqolada dorivor sut qushqo‘nmas o‘simligining shifobaxshlik xususiyatlarini o’rganish orqli o‘simlikdan, tibbiyotda va xalq tabobatida foyalanish yo’llari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USEFUL PROPERTIES OF THE MEDICINAL MILK ASPARAGUS PLANT AND ITS WISE USE

The article highlights the ways of using the medicinal plant of milk thistle to study the healing properties of the medicinal plant, in medicine and in folk medicine.

Текст научной работы на тему «DORIVOR SUT QUSHQO’NMAS OSIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA UNDAN OQILONA FOYALANISH»

UIF-2022: 8.2SCIENCE AND INNOVATION

2022

ISSN: 2181-3337INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

DORIVOR SUT QUSHQO'NMAS OSIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA

UNDAN OQILONA FOYALANISH Saminov Avazbek Alimardon o'g'li

Farg'ona davlat universiteti zootexniya va agronomiya kafedrasi o'qituvchisi Ismoiljonova Durdona Erkinjon qizi

FarDU talabasi Rahmataliyeva Mohidil Ilhomjon qizi

FarDU talabasi https://doi org/10.5281/zenodo. 6959301

Annotatsiya. Maqolada dorivor sut qushqo' nmas o' simligining shifobaxshlik xususiyatlarini o' rganish orqli o' simlikdan, tibbiyotda va xalq tabobatida foyalanish yo' llari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: dorivor, sut qushqo'nmas, shifobaxsh, tibbiyot, kimyoviy tarkib, tabiiy,

choy.

ПОЛЕЗНЫЕ СВОЙСТВА ЛЕКАРСТВЕННОЙ МОЛОЧНОЙ СПАРЖИ И ЕЕ

РАЗУМНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ

Аннотация. В статье изучаются лечебные свойства лекарственного растения расторопши лекарственной, освещаются пути его применения в медицине и народной медицине.

Ключевые слова: лекарственный, расторопша, целебный, лечебный, химический состав, натуральный, чай.

USEFUL PROPERTIES OF THE MEDICINAL MILK ASPARAGUS PLANT AND ITS

WISE USE

Abstract. The article highlights the ways of using the medicinal plant of milk thistle to study the healing properties of the medicinal plant, in medicine and in folk medicine.

Keywords: medicinal, milk thistle, medicinal, medical, chemical composition, natural,

tea.

KIRISH

Dorivor sut qushqonmas - O'zining shifobaxsh xususiyatlari tufayli ko'plab mintaqada iqlimlashtirilgan o'simlik-sut qushqo'nmas ko'pchilik ma'lum va mashhurdir. Asil vatani Hindiston bo'lgan bu o'simlik 2000 yildan beri xalq tabobatida foydalanib kelingan. O'simlikning barglari singan vaqtda ajrab chiqadigan sutsimon suyuqlik sut qushqo'nmas nomini olishiga sabab bo'lgan.

Ko'pchilik ilmiy manbalarda tuproq, dorivor o' simliklarning makro- va mikroelementlar tarkibi [1, 2, 4], ulardan tibbiyotda va xalq tabobatida foydalanish, tarkibida og' ir metallarni to' planishi [5], farmatsevtikada dori vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning iqtisodiy samaradorligi hamda tuproq-o' simliklarning biogeokimyoviy xususiyatlari bo' yicha ma' lumotlar keltirilgan [12].

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Morfologik tuzilishiga ko'ra o'simlik bir yillik va ikki yillik o'simlik hisoblanadi. Balandligi 90-145 sm bo'lib poyasi oddiy ba'zi vakilida shoxlangan tikansiz. O'ziga xos tikanli barglari poyada ketma-ket joylashgan. Barg yaprog'ining chetlari o'yilgan va barg yaprog'ining tikanli bo'lishi o'simlikni turli o'txo'r hayvonlardan himoya qilishga moslashgan. Guli pushti,

UIF-2022: 82SCIENCE AND INNOVATION

2022

ISSN: 2181-3337INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

to'q qizil va oq rangda bo'lib 2 jinsli naysimon tuzilishda.Ildiz sistemasi baquvvat o'q ildiz. Mevalari oilasi uchun umumiy bo'lgan doncha meva. Sut qushqo'nmas aslida begona o't o'simlik. Lekin ko'p dorivorlik xossalarini o'zida jamlagani tufayli ekib o'stiriladi.

Xususan, o'simlikni yurtimizning janubiy viloyatlarida ya'ni Surxondaryo va Qashqadaryoda ko'plab maydonlarda ekib o'stirilmoqda.

TADQIQOT NATIJALARI

Sut qushqo'nmas kimyoviy tarkibini asosan flavonoidlar tashkil etadi. Flavonoidlardan silibinin, silikristin, isosilybin, silidianin va silimarin uchraydi. Bundan tashqari tashqari alkaloidlar, saponinlar, yog' kislota oqsil A, E, F, K vitaminlar va B guruhiga mansub darmon dorilar, gistamin, smolalar mavjud. Shu bilan birga makro va mikro elementlar mavjud bo'lib 1 gr moddada 1.16 mg ruh (sink), 16.58 mg kaltsiy, 9.3 mg kaliy, 4.2 mg magniy, 0.08 mg temir moddalari bor.

Tibbiyotda va xalq tabobatida ishlatiladi. Xususan yetilgan doncha mevalaridan tibbiyotda spirt va suvli ekstrakti olinadi. Sut qushqo'nmasni dorivorlik xususiyatlari o'zida namoyon qiluvchi organlari ichida urug'lari beqiyos ahamiyatga molikdir. Urug'laridan sovuq presslash jarayonini orqali olingan moylari va o'ziga xos kukunlari ko'plab kasalliklarga qarshi ishlatiladi. Uning urug'lari yuqorida aytganimizdek silimarin flavonoidini mavjudligi tufayli antioksidant va yallig'lanishga qarshi ishlatiladi. Shu xossasiga ko'ra, sut qushqo'nmas o'simligi nazariy jihatdan surunkali yallig'lanishlar, jigarning toksik shikastlanishi, surunkali gepatit, sirroz, yurak qon tomir kasalliklari, o't qopi kasalliklari o't qopidagi tosh shu bilan birga saraton kasalliklarga qarshi ishlatiladi.

Sut qushqo'nmasni surunkali gepatit va sirrozda qo'shimcha ravishda terapiya sifatida, nur va kimyoterapiya kurslaridan keyin tavsiya qilinadi. Chunki sut qushqo'nmas antioksidant xossalari tufayli jigarni zararli toksinlardan tozalab jigarning yallig'langan hujayralarni kamaytiradi, va jigarni sog'lom hujayralar sonini ko'paytirishga xizmat qiladi. Saraton kasaligini davolashda ham sut qushqo'nmas o'simligidan davolash samaradorligini oshirishda foydalaniladi.

Miya bilan bog'liq bo'lgan turli xil asab kasalliklari davolashda va Parkinson hastaliklarida ham davo choralari sifatida qabul qilinadi. Yoshga bog'liq xotira pasayishini sekinlashtirish holati ham mavjud biroq ,bu holat labaratoriya sut emizuvchilar hayvonlarida amalga oshirilgan va tasdiqlangan bo'lsada, insonlar ustida hali tekshiruv o'tkazishmagan. Sut qushqo'nmas o'simligidan yana insonlar orasida ko'p uchrovchi qandli diabet kasaliga qarshi foydalanilishi mumkin.

O'simlik birikmalari qandli diabet kasaliga qarshi kurashib, to'qimalarni insulin gormoniga sezgirligini yaxshilab, qonda, glyukoza miqdorini kamaytirish va hujayralarda gulkozani gilikogenga aylantirishni ta'minlaydi. Husnbuzarlarni davolashda va immunitetni oshirishda ham foydalanadi. Sut qushqo'nmas o't suyuqlikni ishlab chiqarishni kuchaytirish qobiliyati orqali organizmdagi yog' miqdorini emulsiya keltirish holatini yaxshilab xolisterin darajasini pasaytiradi. Bu xossasi orqali yurak qon-tomir kasalliklari, poliartrit, varikoz tomir kasalliklarini oldini oladi. Bundan tashqari, ona suti ishlab chiqarishni yaxshilab, ushbu jarayonni kuchaytiradi. O'simlikni bu xususiyatini amalga oshirishda uning choylaridan xalq tabobatida foydalanish mumkin. Ya'ni ushbu o'simlikning choy mahsulotlari ona suti ishlab chiqaradigan garmon prolaktinni faoliyatini kuchaytirish qobiliyati mavjud.

UIF-2022: 82SCIENCE AND INNOVATION

2022

ISSN: 2181-3337INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

O'simlik mahsulotini chiqish shakllari: tabletka holida, kukun, suvli ekstrakti holida va damlama choylar shaklida chiqariladi.

Har bir o'simlik mahsulotlaridan foydalanishda me'yoriy qoidalariga amal qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Shu jihatdan sut qushqo'nmas o'simligidan ham mumkin bo'lgan holatlarda shifokor ko'rsatmasiga binoan qabul qilinadi. Mahsulotni yuqori sezuvchanlik, 18 yoshgacha bo'lgan bolalar, homilador va emizikli ayollarga shifokor ko'rsatmasiga binoan tavsiya etiladi. Mahsulotni qabul qilinganda nojo'ya xolatlar qorin dam bo'lishi, ko'ngil aynishi, bosh og'rishi, ich ketishi yoki ich qotishi holatlari yuz berishi mumkin. Bunday holatlarda shifokorga murojaat qilish kerak.

Sut qushqo'nmas o'simligidan nafaqat tibbiyot sohasida foydalanib qolmay, kosmetologiyada ham soch va tirnoqlar holatini yaxshilash xossalariga ega. Ayniqsa sochlarni parvarish qilishda o'simlik yog'i juda yaxshi samara beradi. Uy sharoitida sochlarni laminatsiya qilinadi. Soch hujayralar soni ko'payib, yangilashda, qazg'oqni davolashda va sochlarni jilovlantirib tez o'sishida foydalanadi.

Xalq tabobatida dorivor maqsadlar uchun urug'laridan choy yoki qaynatma tayyorla sh mumkin. Mahsulot choyini tayyorlash uchun 1 choy qoshiqda urug'laridan olib 1 stakan qaynoq suv quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi, 1-2 soatga damlab qo'yiladi. Shundan so'ng kun mobaynida ovqatlanishdan yarim soat oldin 90 yoki 100 ml kuniga 3 marta issiq shaklda ichish lozim. Mahsulotni qaynatmasini tayyorlash uchun 25-30 g urug'lari ezilib, qaynoq 0,5 litr suvga qo'shiladi. Qaynatma 2 barobar kamayguncha qaynatiladi. Uni bir osh qoshiqdan ovqatlanishdan yarim soat oldin, kuniga 3 marta qabul qilinadi. Qabul qilish vaqti 1 oy mahsulot kukuni ham muhim dorivor eritma tayyorlashda foydalaniladi. Bunda urug'larni ezib kukun holiga keltiriladi. Kukunidan 1 choy qoshiq olib suv yoki sharbat bilan kuniga 2 marotaba ichish kerak. Bundan tashqari kukunini sut bilan ham ichish mumkin. Sut qushqo'nmas yog'i ham juda foydali xisoblanadi[6]

Ovqatdan damlamalari singari yarim soat oldin ichiladi. Shu bilan birga yo'g'ini ovqatga qo'shib iste'mol qilinsa bo'ladi. Yo'g'ini qabul qilish kursi 30-60 kunga mo'ljallangan bo'lib, so'ng 30 kun to'xtatib yana keyin davom ettirish mumkin.

Mamlakatimizda ham sut qushqo'nmas o'simligidan shifobaxsh choylari ishlab chiqarish keng yo'lga qo'yilgan. Xususan Farg'ona viloyatida joylashgan Mehrigiyo korxonasi ham yetakchi o'rinda turadi. Bu korxonaning sut qushqo'nmas o'simligidan tayyorlangan choylariga zaytun barglari qo'shib ishlab chiqarilmoqda. Choylarning zaytun barglari bilan qo'shib chiqishiga asosiy sababi yashirin infeksiyali kasalliklarda zaytun barglari infeksiyalarni qarshi tabiiy tanlab oluvchi vosita bo'ladi. Zaytun barglaridagi oleuropein moddasi shu xususiyatni ta'minlaydi.

MUHOKAMA

Sut qushqo'nmas o'simligi nam muhitni va quyoshni yaxshi ko'radi. Quyosh nuri yetishmagan holatlarda barg sathi qisqarib sekin o'sadi. O'simlik iqlimlashtirish oson bo'lganligi tufayli ko'plab joylarida ekib o'stirilmoqda. Xususan Yevropa davlatlarida mart-aprel oylaridan ekila boshlanadi. Tuproqqa moslashish talablari ko'p emas. O'simlikning o'siv davri 180 -200 kun davom etadi. Uning yaxshi o'sib rivojlanishi uchun +17 -25 gradus qulay sharoit hisoblanadi. Urug'lari +3 + 5 gradusda 1-2 hafta ichida o'sib chiqadi[3, 7]. Urug'lari ekishdan oldin 18-21 sm chuqurlikda namlik holatini yo'qotmaslik uchun shu chuqurlikkacha bo'lg an joyini ag'darilmay egatlar olinadi. Egatlar mavjud xo'jaligidagi texnikalar orqali 70, 90 va 140

UIF-2022: 8.2SCIENCE AND INNOVATION

2022

ISSN: 2181-3337INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

sm oraliqda olinadi. Urug'larini 30 -50 sm masofa oralig'ida 4-5 sm chuqurlikda ekiladi. O'simlik iyul -avgust oylarida gullaydi. O'simlikni suvga bo'lgan extiyoji o'sish muhitidan kelib chiqqan holda suvga bo'lgan talabi qondiriladi. Muhimi normal rivojlanishi uchun namlik 75 - 80 % dan kam bo'lmasligi lozim. Mevalari sentyabr oyining ikkinchi yarmidan pisha boshlaydi. So'ng o'simlik mevalari va urug'lari yegib olinib tibbiyotda va xalq tabobatida foydalanish mumkin[8, 10, 11].

XULOSA

Xulosa qilib aytganimizda, bizning asosiy maqsadimiz sut qushqo'nmas dorivor o'simlikni shifobaxsh xususiyatlari to'liq o'rganib mamlakatimizda moslashish imkoniyatlarini kengaytirib sut qushqo'nmas o'simligini plantatsiya markazlarini tashkil etgan holda aholiga sifatli tibbiy mahsulotlarni taqdim etishdir. Chunki kun sayin dunyoda dorivor o'simliklar xom-ashyosidan olinadigan tabiiy dorilarga talab ortmoqda. Shu sababli jahon miqyosida, O'zbekistonning tabiiy dorilar o'simliklari xomashyosini brendiga ega bo'lishi bizning oldimizda turgan dolzarb vazifalardandir.

REFERENCES

1. Askarov K., Musayev I., Turdaliev A., Eshpulatov Sh. 2020. Geochemical barriers in irrigated soils and the impact of them on plants. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7, - pp. 3082-3089.

2. Askarov K.A., Turdaliev A.T. Geochemistry of trace elements in the soils of Central Fergana // Modern scientific research and development. 2018. - № 5. - p. 42-45.

3. Ataboyeva X.N., Xudayqulov J.B., O'simlikshunoslik.Toshkent 2018.

4. Valijanovich, M.O., Tuychibaevich, M.I., Turdalievich, A.T., Abdullaevna, K.A.Biogeochemistry Properties of Calcisols and Capparis Spinosa L.Annals of the Romanian Society for Cell Biology. Volume 25, Issue 1, 2021, Pages 3227-3235.

5. Isagaliev, M., Abakumov, E., Turdaliev, A., Obidov, M., Khaydarov, M., Abdukhakimova, K., ...& Musaev, I. (2022). Capparis spinosa L. Cenopopulation and Biogeochemistry in South Uzbekistan. Plants, 11(13), 1628.

6. Xolmatov H.X., Ahmedov O'.A., Farmakognoziya. Toshkent 1995.

7. O'G'Li, Saminov Avazbek Alimardon, Ismoiljonova Durdona Erkinjon Qizi, and Kamoliddinova Iroda Toxirjon Qizi. "Dorivor momordika yetishtirish va o'simlikning o'ziga xos xususiyatlari." Science and innovation 1.D4 (2022): 14-18.

8. O'G'Li S. A. A., Qizi A. A. D. O. K., Qizi N. B. H. Dollar daraxtining yetishtirish texnologiyasi //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 297-300.

9. Anvarjonovich, Davronov Qaxramonjon, Saminov Avazbek Alimardon O'g'li, and Xusanboyev O'g'li. "The importance of fungicides and stimulants in preparing seed grains." Asian Journal Of Multidimensional Research 10.4 (2021): 415-419.

10. O'G'Li S. A. A., Qizi N. D. K. Zanjabil o'simligini ochiq maydonlarda yetishtirish texnologiyasi //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 26-30.

11. Saminovich, Mamanazarov Baxtiyor, Xoshimova Nasiba Gulomatovna, and Saminov Avazbek Alimardon O'G'Li. "Petrushka o'simligini yetishtirish va undan oqilona foydalanish." Science and innovation 1.D3 (2022): 259-262.

UIF-2022: 8.2SCIENCE AND INNOVATION

2022

ISSN: 2181-3337INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

12. Turdaliev A., Yuldashev G., Askarov K. and Abakumov E. (2021) Chemical and Biogeochemical Features of Desert Soils of the Central Fergana. Agriculture (Pol'nohospodârstvo), Vol.67 (Issue 1), pp. 16-28. https://doi.org/10.2478/agri-2021-0002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.