Научная статья на тему 'THE PLACE OF COMPUTER GRAPHICS IN SYSTEM MODELLING'

THE PLACE OF COMPUTER GRAPHICS IN SYSTEM MODELLING Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
47
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ГРАФИКА / ПИКСЕЛЬ

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Тахиров Б. Н., Туракулова Г. Х.

В статье проанализировано местонахождения компьютерной графики в системе моделирование.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕСТО КОМПЬЮТЕРНОЙ ГРАФИКИ В СИСТЕМЕ МОДЕЛИРОВАНИЕ

In article locations of computer graphics in system modeling is analysed.

Текст научной работы на тему «THE PLACE OF COMPUTER GRAPHICS IN SYSTEM MODELLING»

Технические науки

UDC004

KASBIY SOHAGA OID LOYIHALASH ISHLARINI BAJARISHDA KOMPYUTER GRAFIKASINING O'RNI

B.N. Taxirov1, G.X. To'raqulova2

Rezyume

Maqolada kompyuter grafikasining turli soxalarda loyixalash ishlaridagi o'rni haqida fikrlar tahlil etilgan.

Tayanch so'zlar: grafika, modellashtirish, Photoshop, Corel Draw,o'lcham, piksel.

Fan-texnikaning jadal sur'atlarda rivojlanishi ta'lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlarga sabab bo'ldi. Prezidentimizning 2002 yil 30 maydagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot - kommunikastiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida" farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va vazirlikning bu boradagi tegishli ko'rsatmalari o'quv-ta'lim jarayonlarida axborot-kommunikastiya texnologiyalarini keng joriy etish hamda xalqaro axborot ta'lim resurslaridan samarali foydalanish va ularni mahalliy resurslar bilan uyg'unlashtirish yo'lida munosib zamin yaratadi.Buning natijasida kasbiy fanlarni o'qitish jarayonida kasbiy sohalarda olib borilayotgan loyihalash ish-larida kompyuter grafikasining o'rni beqiyosdir. Kompyuter grafikasi yordamida loyihalashtirish, modelning aniq tasvirini ochib, ko'rgazmaliligini oshiradi.

Kompyuter grafikasi uch turga bo'linadi: rastli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog'ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi.

Rastli grafikada tasvir nuqtalar (kog'ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko'p bo'lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko'rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning ruxsat etish qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo'lib, unda gorizontal va vertikal yo'nalishlardagi nuqtalar soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish imkoniyati deyiladi.

Odatda, bunday ko'rsatkich 640x480, 800x600, 1024x768 yoki bulardan yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o'lchovi ruxsat etish qobiliyati bilan bog'liqdir. Bu parametr dpi(dots per inch-nuqtalar soni zichligi) bilan o'lchanadi. Ekran dioganali 15 dyuymli (1dyuym=2,54 sm) monitorda tasvir o'lchovi 28x21 sm ni tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, 800x600 pikselli monitor ekranining tasvirlash qobiliyati 72 dpi ga teng bo'ladi. Demak, kompyuter xotirasidagi rangli tasvir ko'p joy olinishini tushunish qiyin emas. Misol uchun 10x15 sm li rasm taxminan 1000x1500 piksellardan iborat bo'ladi.

Rastli grafika elektron (multimedia) va matbaa nashrlarida keng qo'llaniladi. Nashrlarda turli illyustratciyalarni yaratishda, odatda, skaner orqali olingan raqamli foto yoki videokamera (hozirda bunday fotoapparat va videokameralar keng tarqalgan) yoki rassom, loyihachi tomonidan tayyor-langan tasvirlardan foydalaniladi. Shuning uchun ham rastli grafikada tahrir qiluvchi dastur vositalaridan keng foydalaniladi. Bu dasturlar, odatda, tasvirlarning aniqroq ko'rinishda bo'lishini ta'minlaydi.

Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi sifatida chiziq qaraladi.

Chiziq sifatida to'g'ri chiziq yoki egri chiziq olinishi mumkin. Rastli grafikada bunday chiziqlar nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa, vektorli grafikada esa tas-

1Тахиров Бекзод Насриддинович - преподаватель, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

2Туракулова Гулшан Хужаевна - преподаватель, Каганский профессиональный колледж дошкольного образования и сервиса, Узбекистан.

YneHbiH XXI BeKa • 2016 • № 11 (24)

virlarni yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo'lgan chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq ko'rinishga bo'ladi.

Vektorli grafika asosan illyustratciyalar yaratish uchun yo'naltirilgandir. Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyixalash byurolarida, nashriyotlarida va boshqa joylarda keng qo'llaniladi.

Vektorli grafika bilan ishlaydigan dasturlarga misol sifatida Adobe Illustrator 7.0, Macromedia Freehand 8.0 va Corel Draw 5.0 larni keltirish mumkin.

Fraktal grafika. Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo'lib, uning vektor grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday ob'ektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar o'zgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi.Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo'llaniladi.

Keyingi paytda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo'la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo'shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi. Bunda bo'lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya'ni kompyuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi.

Asl maketlarni tayyorlashda hozirgi zamon dasturlash vositalari Quark Xpress, PostScript, PageMaker nashriyot tizimlaridan foydalaniladi. Turli formulali matnlarni (matematika, fizika, ximiya) tayyorlashda Tex va Latex tahrirlovchi dasturlardan foy-dalanish dunyo ilmiy amaliyotida keng qo'llaniladi. Bunday tahrirlovchilar kompyuter xotirasida ko'p joy olmaydi. Quark Xpress, PageMaker tizimlari katta hajmdagi xotira-ga ega bo'lgan kompyuterda ishlashi mumkin bo'lsa, Latex tizimi hatto 286 protses-sorida ham bemalol ishlatiladi. Bu esa uning juda katta afzalligidir.

PageMakerni dasturi bosh menyuda joylashishi mumkin bo'lgan Adobe guruhidagi — TypeManager 4.0, Photoshop, Illustrator va boshqa dastur maxsulotlari tarkibiga kiradi. Bu guruhda PageMaker paketining o'rnatish komponentalarining ko'rsatkich yorliqlari joylashgan

CorelDraw tasvirlarni va har xil modellarni tasvirlovchi dastur hisoblanib, kompyuter grafik imkoniyatlarining deyarli barcha jihatlarini ochib beradi. Dastur uch o'lchamli fazoda ish olib borishga mo'ljallangan. Dasturiy paketdan qurilish va arx-itektura, kiyimlarni loyihalashtirish mutaxassisligiga yo'naltirilgan kollejlarda in-formatika darslarida foydalanilsa, samarali natijalarga erishiladi. Talabalar model-lashtirish jarayonida har xil animastiyalardan foydalanib, shakllarni harakatga kelti-radilar. Bu esa shu fanga qiziqishni orttiradi va darsning samaradorligini ta'minlovchi omillardan biri hisoblanadi.

Kompyuter grafikasidan kiyimlarni modellashtirishda, interyer dizaynerlik so-hasida ham keng foydalaniladi. Modelyer dizaynerlar har bir yaratayotgan kiyimining tashqi ko'rinishi, ularni aksossuarlar bilan bezatilish jarayonlarini avvalo grafik mu-harrirlar yordamida loyihalashtirib olishadi va kiyimga qanday matolar mos kelishini, zamon talablariga mos libos yaratishni loyihalar yordamida amalga oshirishadi. Bu loyihaning tez amalga oshishiga grafikaning yorqin ranglari dizaynerga ko'makchi bo'ladi.

Interyer dizayner sohasida yaratilayotgan uyning barcha imkoniyatlari va qulayliklari hisobga olib modellashtililadi. Buyurtmachiga grafik ko'rinishida tayyor-langan uyning tashqi va ichki ko'rinishlari uch o'lchovli formatda loyuhalashtirib ko'rsatiladi va mijoz didiga mos ravishda loyuhalar o'zgartiriladi. Bu esa ishni ancha oson bajarilishiga olib keladi.

Kompyuter grafikasidan loyihalash jarayonlarida foydalanish loyihaning chi-royli bo'lishini ta'minlaydi. Bu esa yoshlarimizning nozik didli, mustaqil fikrli bo'lib etishishlariga yordam beradi.

0оüдаAаниAган adaöuemAap:

1. Abduqodirov A.A. «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari». Toshkent. O'qituvchi.

1997

2. Sh. Razzoqov, Sh. Yo'ldoshev «Kompyuter grafikasi» o'quv qo'llanma. Toshkent. «Talqin». 2006

3. D. Mironov «Corel Draw 9». Uchebniy kurs. Sankt-Peterburg. 2000

© B.N. Taxirov, G.X. To'raqulova, 2016

УДК 004

МЕСТО КОМПЬЮТЕРНОЙ ГРАФИКИ В СИСТЕМЕ МОДЕЛИРОВАНИЕ

Б.Н. Тахиров, Г.Х. Туракулова

Аннотация. В статье проанализировано местонахождения компьютерной графики в системе моделирование.

Ключевые слова: графика, моделированные, Photoshop, Corel Draw, мерка, пиксель.

© Б.Н. Тахиров, Г.Х. Туракулова, 2016

UDC004

THE PLACE OF COMPUTER GRAPHICS IN SYSTEM MODELLING

B.N. Taxirov, G.X. To'raqulova

Abstract. In article locations of computer graphics in system modeling is analysed. Keywords: graphics, modelirovanny, Photoshop, Corel Draw, measure, pixel.

© B.N. Taxirov, G.X. To'raqulova, 2016

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.