УДК 004.9
TASVIRIY SAN'AT DARSLARINI O'QITISHDA CORELDRAW GRAFIK MUHARRIRI
IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH
U.X. Xayitov1, D. Shokirova2
Rezyume
Maqolada tasviriy san'at darslarini oqitishda Corel Draw grafik muharriri imkoniyatlaridan foydalanish, ular orqali dars jarayonini tashkillashtirish usullari va ularning o'quv tarbiyaviy jarayondagi o'rni haqida fikrlar tahlil etilgan
Таянч сузлар: Corel Draw редактори, мультимедиа, анимация, электрон кулланма, интернет.
O'zbekiston Respublikasida chuqur, keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilar ekan, uzluksiz iqtisodiy ta'lim tizimini shakllantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. Prezidentimizning 2002 yil 30 maydagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot - kommunikastiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida" farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va vazirlikning bu boradagi tegishli ko'rsatmalari o'quv-ta'lim jarayonlarida axborot-kommunikastiya texnologiyalarini keng joriy etish hamda xalqaro axborot ta'lim resurslaridan samarali foydalanish va ularni mahalliy resurslar bilan uyg'unlashtirish yo'lida munosib zamin yaratadi. Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimiga amal qilish bo'lib hisoblanadi. Mavjud ta'lim tizimini tubdan isloh qilish va milliy dasturni zamonaviy ilmiy tafakkur yutuqlariga, ijtimoiy tajribaga tayangan holda, uzluksiz ta'lim tizimini barcha shakldagi ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini ta'minlovchi ilg'or ilmiy metodik texnologiya sifatida amalga oshirishdir. Bulardan ko'rinadiki, hozirgi paytda ta'limga, xususan informatika fanini o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiya va axborot texnologiyalarini jadal tadbiq etish, ta'lim jarayonini kompyuterlashtirish etakchi pedagogik - metodik g'oyaga aylangan. Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yilgan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchiga etkazib berish, ularda ma'lim faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarini hosil qilishdir. Shu bilan birgalikda zamonaviy texnologiyalar o'quvchilarni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. Dars ta'limning asosiy shakli bo'lib, o'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik vazifasini bajaradi, o'quvchi esa qo'yilgan muammolarni hal qilishda "faol qatnashuvchi" sifatida ishtirok etadi. Kasb - hunar kollejlari o'quvchi - talabalarini o'qitishda zamonaviy o'qitish usullari - interaktiv metodlar, innovastion texnologiyalarning o'rni kattadir.
Barcha sohalar kabi loyihalash ishlarida ham kompyuterning dasturiy vositalaridan foydalanish amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda kompyuterning grafik imkoniyatlaridan foydalanish zamon talablaridan biridir. Zamonaviy bino va inshootlarni loyihalashda, hujjatlarni bezashda, matbuotda vektorli grafikaga mo'ljallangan CorelDraw dasturiy paketi grafik dizaynli har qanday ishlarni bajarishda, elektron hujjatlar tayyorlashda qo'l keladi. CorelDraw dasturiy paketi takomillashib, ko'p imkoniyatlarga ega bo'lgan vositaga aylandi. Dastur oynasida loyihalash ishlariga mo'ljallangan shunday uskunalar paneli piktogrammalari mavjud bo'lib, ular yordami-da chegaraviy chiziqlar, millimetr o'lchami, soya berish, masshtabni o'zgartirish, matn
айитов Умиджон Хамидович - преподаватель, Бухарский государственный университет, Узбекистан.
2Шакирова Дилором - преподаватель, Каганский профессиональный колледж дошкольного образования и сервиса, Узбекистан.
Педагогические науки
yozish, diagrammalar, tayyor figuralar va shakllardan foydalanib chizish, chiziq turlari, ob'ektlarni biror burchakka burish va boshqa amallarni mukammal bajarish mumkin. Bu imkoniyatlardan loyihalash jarayonida keng foydalaniladi. CorelDraw fazoviy figuralar va tekislikdagi shakllarni tasvirlovchi dastur hisoblanib, kompyuter grafik im-koniyatlarining deyarli barcha jihatlarini ochib beradi. Dastur uch o'lchamli fazoda ish olib borishga mo'ljallangan. Dasturiy paketdan qurilish va arxitektura mutaxassisligiga yo'naltirilgan kollejlarda hamda chizmachilik, geometriya fanlari chuqur o'rgatiladigan listeylarda informatika darslarida foydalanilsa, samarali natijalarga erishiladi. Masalan, talabalar chizmachilik darslarida bino va inshootlarning old ko'rinishi - bosh fasad, orqa tomondan ko'rinishi - hovli fasadi, yon fasadlari, ustidan ko'rinishini tomning planini chizishni hamda geometriya darslarida fazoviy shakllarni chizishni amaliy mashg'ulotlarda kompyuterda bajarib ko'radilar. Har xil animastiyalardan foy-dalanib, shakllarni harakatga keltiradilar. Bu esa shu fanga qiziqishni orttiradi va darsning samaradorligini ta'minlovchi omillardan biri hisoblanadi.
1.CorelDraw dasturiy paketidagi turli animastiyalar loyihaning chiroyli bo'lishini ta'minlaydi. Bu esa yoshlarimizning nozik didli, mustaqil fikrli bo'lib etish-ishlariga yordam beradi.
2.CorelDraw dasturiy paketi boshqa grafik muharrirlarga nisbatan matnlar bilan yaxshi ishlaydi, ya'ni nashriyot tizimlarida, masalan, yumoristik yoki boshqa kitoblarni har xil, turli o'lchamdagi harflar bilan yozish mumkin. O'quvchilar bu dastur bilan ishlash jarayonida shunga amin bo'ladilarki, uning boshqa grafik muharrirlardan imkoniyati keng, mavjud amallar ancha ko'p va murakkabdir. Bu muharrirda fayl va ularning kengaytmasi file.cdr ko'rinishda bo'lib, fayllarni import va eksport qilishda eng yaxshi qulayliklarga ega hisoblanadi. CorelDraw vektorli grafik muxarririda tasvir ixtiyoriy shakldagi konturlardan iborat bo'ladi. Bu konturlardan tasvir yaratiladi. Yaratiladigan kontur bir yoki bir nechta segmentlardan iborat bo'ladi.
3.CorelDraw dasturi bilan ishlash jarayonida ob'ektlar ustida murakkab amallarni bajarish imkoniyati mavjud. Ob'ektlar ustida ish bajarish jarayonida menyudan, klaviaturadan, sichqonchadan, uskunalar panelidan foydalanish mumkin. Foydalanuvchiga qaysi usuldan foydalanish qulay bo'lsa uni o'zi tanlaydi. Bu dasturda nafaqat shakllar yaratish, balki ularga rang berish, belgilangan konturning xohlagan tugunining o'rnini o'zgartirish imkoniga ega vertikal uskunalar paneli mavjud Bu esa foydalanuvchiga qator qulayliklar yaratib beradi. Vertikal uskunalar panelida joylashgan tugmalar juda ko'p funkstiyalarni bajaruvchi bo'lib, tugmalarning o'ng tomoni pastida joylashgan belgi orqali ochiluvchi tugmalarni tavsiya etadi Bu esa tanlash imkoniyatining kengligini ko'rsatadi.
4.Kasb-hunar kollejlarida tasviriy san'at fanlarini o'qitilishida CorelDraw va Adobe Photoshop dasturlarini o'rgatish yo'lga qo'yilsa, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida CorelDraw va Adobe Photoshop dasturining imkoniyatlari ochib berilsa hamda loyihalash ishlarida foydalanish usullarini yaratilsa, talabalarning grafik obektlar yaratish va ular bilan bajariladigan amallarga bilimlarini oshiradi, ko'nikma va malakalarini mustahkamlaydi.
Фойдаланилган адабиётлар:
l.Abduqodirov A.A. «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari». Toshkent. O'qituvchi. 1997
2.Sh. Razzoqov, Sh. Yo'ldoshev «Kompyuter grafikasi» o'quv qo'llanma. Toshkent. «Talqin». 2006
3.D. Mironov «Corel Draw 9». Uchebniy kurs. Sankt-Peterburg. 2000
4.M.Aripov, A.Haydarov «Informatika asoslari» Akademik litsey va kasb - hunar kollejlar uchun Toshkent «0*qituvchi»-2002.
© U.X. Xayitov, D. Shokirova, 2016
УДК 004.9
МЕТОДИКА СОЗДАНИЯ УЧЕБНЫХ РЕСУРСОВ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ГРАФИЧЕСКОГО РЕДАКТОРА COREL DRAW
У.Х. Хайитов, Д. Шакирова
Аннотация. В статье проанализированы методика создания учебных ресурсов при помощи графического редактора Corel Draw, их использования в создание уроков и определено её место в учебно-воспитательном процессе.
Ключевые слова: редактор Corel Draw, мультимедиа, анимация, электронное обучение, интернет.
© У.Х. Хайитов, Д. Шакирова, 2016.
UDC 004.9
TECHNIQUE OF CREATION OF EDUCATIONAL RESOURCES WITH USE
GRAPHIC COREL DRAW EDITOR
U.X. Xayitov, D. Shokirova
Abstract. The article analyzes the views on the qualities that has to be taken into consideration in the process and their place in edicational process.
Keywords: Corel Draw, system Moodle, multimedia, animatsion, electronic education, internet.
© U.X. Xayitov, D. Shokirova, 2016