UDK 475.82
TEXNIK VOSITALARDAN CHIQAYOTGAN SHOVQINNING INSONLARGA BO'LAYOTGAN TA'SIRINI O'RGANISH
Mamadaliyev Shuxratjon Mashrabboyivich Namangan muxandislik-qurilish instituti Mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi kata o'qituvchisi
Mo'minjonov Nozimjon Ne'madjon o'g'li Namangan muxandislik-qurilish instituti Mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi stajyor-o'qituvchisi [email protected]
Annotasiya: Ushbu maqolada shovqinning hosil bo'lish jarayonlari ularni insonga ta'siri va oldini olish chora-tadbirlari to'g'risida fikr yuritilgan bo'lib, bunda materiallar va konstruksiyalar, konstruksiyaning qalinligi, to'siqning og'irligi, shovqin manbaidan R masofani o'zgarishi bilan shovqin intensivligining sathining o'zgarishini, agar shovqin manbai va ish joyi orasida to'siq-devor bo'lsa, shovqin jadalligi sathi kamayishi o'rganildi. Zamonaviy sivilizatsiyani shovqinsiz tasavvur qilish qiyin. Biz shu shovqin sharoitida ishlaymiz, yashaymiz va dam olamiz. Shovqinga qarshi kurash avtomobilsozlik sanoatining dolzarb va murakkab muammolaridan biridir.
Абстрактный. В данной статье рассмотрены процессы генерации шума, их влияние на человека и меры по их предотвращению, в том числе материалы и конструкции, толщина конструкции, вес барьера, расстояние R от источника шума. с изменением интенсивности шума, если между источником шума и рабочим местом имеется преграда, уровень интенсивности шума снижается. Трудно представить современную цивилизацию без шума. Мы работаем, живем и отдыхаем в этой шумной среде. Борьба с шумом - одна из актуальных и сложных проблем автомобильной промышленности.
Abstract. This article discusses the processes of noise generation, their impact on humans and measures to prevent them, including materials and structures, thickness of the structure, weight of the barrier, distance R from the noise source. It was studied the change of the level of noise intensity with the change, if there is a barrier between the source of noise and the workplace, the level of noise intensity decreases. It is difficult to imagine modern civilization without noise. We work, live and rest in this noisy environment. The fight against noise is one of the urgent and complex problems of the automotive industry.
Kalit so'zlar: Gipsli to'siq, detsibel, shovqin intensivligi, shovqinni yutuvchi materiallar, voylok, shovqinni yutuvchi materiallar, bir necha qatlamli karton.
Ключевые слова: Гипсовый барьер, децибел, интенсивность шума, шумопоглощающие материалы, войлок, шумопоглощающие материалы, многослойный картон.
Key words: Gypsum barrier, decibel, noise intensity, noise-absorbing materials, felt, noise-absorbing materials, multi-layer cardboard.
Shovqin keng ma'noda nutq va musiqani to'g'ri qabul qilishga, xordiq chiqarishga va aqliy mehnatga xalaqit beruvchi begona tovushlar. Shovqin detsibel bilan o'lchanadi. Masalan nafas olish, barglarning shitirlashi 10, qattiq gapirish 60—70, transportning shovqini 80—100, reaktiv samolyot ovozi 140—175 detsibelga teng va hokazo. Qattiq, suyuq, gazsimon muhitlardagi har qanday tebranishlar, turli dvigatel va mexanizmlar shovqinlarning asosiy manbaidir. Mashinalarning detallarini aniq qilib ishlash, mexanizmlarning tovush chiqarishini pasaytirish,
tovushni to'sadigan, yutadigan va titrashni kamaytiradigan vositalarni qo'llash yo'li bilan shovqin kamaytiriladi [1].
Shovqin gigiyenada — odam organizmiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan va turli kasalliklarga sabab bo'ladigan tovushlar. Odam organizmiga uzoq vaqt ta'sir etishi natijasida markaziy asab sistemasi, tomirlar tonusi, hazm yo'llari a'zolari, endokrin sistemasi va hokazoning faoliyati buzilishi, quloq og'irligi, karlik paydo bo'lishi mumkin. Shovqin ta'sirida harakatning aniq muvozanati buzilib, mehnat unumdorligi pasayadi. Ortiqcha shovqin odamni ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan kuchsizlantiradi. Inson uchun 20—30 detsibel zararsiz hisoblanadi. Bu tabiiy holatdir. Umuman odamga 80 detsibelli shovqin ruxsat etiladi. Qiymati 130 detsibelga teng shovqin inson quloqlarida og'riq paydo qiladi, 150 detsibelga yetganda chidash qiyin bo'ladi, 180 denibelda hatto metall chatnab ketadi. 20-asr 70-yillarida shahar ko'chalaridagi shovqin 60—70 detsibelni tashkil qilgan, 21-asr boshida bu ko'rsatkich 100 detsibel va bundan yuqori qiymatga yetdi [2].
Germaniyada transport harakati shovqiniga qarshi kurashda yo'llar chetidagi shovqin darajasini aniqlash uskunalaridan faol foydalaniladi. Fransiyada esa avtomatik foto-videokameralar shovqin darajasi kuchli bo'lgan avtomashinani tanib olish, avtomatik ravishda suratga olish va uning raqamini o'qish qobiliyatiga ega shovqin radarlari bilan jihozlangan bo'lib, mazkur tizim avtotransport egasiga jarima to'lash zarurligi haqida xatni avtomatik ravishda yuboradi. Joriy yilning boshida avtomobil yo'llarida shovqin balandligini o'lchash asboblarini o'rnatish imkoniyatlarini o'rganish, shovqinning zararli ta'siri uchun kompensasiya to'lovi huquqiy mexanizmini joriy etish taklif qilingan edi. Ammo, O'zbekiston qonunchiligida shovqinning zararli ta'siriga qarshi kurashish bilan bog'liq huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus qonun hujjati mavjud emas. Shu bilan birgalikda, ushbu soha yetarlicha o'rganilmagan. Xususan, so'nggi yigirma yil davomida atigi bitta tadqiqot o'tkazilgan [3].
Shunga qaramasdan, ushbu sohada munosabatlar qator texnik hujjatlar bilan tartibga solingan. Shu jumladan, sog'liqni saqlash vazirining 2020 yil 29 dekabrdagi 0008-20-son qarori bilan turar joylarda, jamoat binolarida, aholi yashash hududlarida va dam olish zonalarida ruxsat etilgan shovqin darajasining sanitariya qoidalari va me'yorlari tasdiqlangan. Ushbu qoida va me'yorlarda kunning vaqtiga qarab, tovushning quyidagicha maksimal darajalariga ruxsat etilgan:
1-jadval
№ Bino yoki hududlarning nomlari Sutkaning vaqtlari Tovushning maksimal darajalari, dBA
1 Shifoxona, klinika va 0700 -2300 50
sanatoriylar palatalari hamda operasiya xonalari 2300-0700 40
2 Sinf, o'quv xonalari, ta'lim muassasalari auditoriyalari, seminarlar o'tkazish uchun zallar, masjidlar, kutubxonalar 55
3 Xonadonlarning yotoq yashash xonalari, dam olish 0700 -2300 55
uylari, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgacha ta'lim muassasalari va maktab- 2300-0700 45
internatlari yotoqxonalari
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 4-son https://jurnal.qurilishtalim.uz
132
4 Mehmonxona va kempinglar xonalari va yotoqxonalarning yashash xonalari 0700 -2300 2300-0700 60 50
5 Qahvaxona, restoran, bar va oshxonalarning ovqatlanish zallari 70
6 Bozorlar, do'konlarning savdo zallari, aeroport va vokzallarning yo'lovchilar zallari, maishiy xizmat korxonalari qabul punktlari 75
Yopiq konsert zallari, diskoteka va tungi klublar, restoran, qahvaxona, barlar va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalari, ochiq joylardagi konsert va raqs maydonlari, istirohat bog'lari, bog'lar va dam olish zonalarida tovushni kuchaytiruvchi va tovush chiqaruvchi qurilmalar joylashtirilganda tovushning maksimal darajasi quyidagi jadvalda ko'rsatilganidan yuqori bo'lmasligi kerak [4].
2-jadval
№ Ob'ekt nomlari O'lchash o'tkazish joylari Tovushning maksimal darajalari, dB
1 Konsertlar vaqtida konsert va boshqa zallar Parterning birinchi 5 qatordagi tomoshabin o'rindiqlari oldida 90
2 Diskoteka va tungi klub zallari Tovush manbasidan 2 m masofada 90
Elektroakustik qurilmalar bilan musiqa chalinganda restoran, qahvaxona va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalari zali Tovush manbalariga yaqin bo'lgan stollar oldida 70
4 Istirohat bog'lari, bog'lar va dam olish zonalarining ochiq konsert va raqs maydonlari Tovush manbasidan 2 m masofada 90
Avtomobil hosil qiladigan shovqin uning ishonchliligi, ishlash jarayoni va samaradorligi kabi sifat ko'rsatkichlariga ta'sir ko'rsatadi. Avtoulovning shovqin darajasining pastligi - muhim ergonomik va ekologik mezon bo'lib, jahon bozorida transport vositalarining texnik jihatdan mukammalligi va raqobatbardoshligini belgilovchi sifat ko'rsatkichlaridan biridir
Yevropa tadiqot loyihasi NORAH (Noise-Related Annoyance, Cognition, and Health) doirasida nemis olimlari tadqiqot o'tkazib, odamlar mashinalarning shovqiniga qanchalik ko'p uchrasalar, ularda yurak xuruji paydo bo'lishi ehtimoli shunchalik ko'proq bo'lishini aniqladilar. Tadqiqot Deutsches Ärzteblatt International portalida chop etildi.
Tadqiqot davomida olimlar Reyn-Mayn hududida yashovchi aholi haqidagi ma'lumotlarni tahlil qilib va ularni avtomobillar, poyezd va aerodromlar yaqinida yashovchilardan ajratib, bunday odamlarning yashash manzili va 2014-2015 yillarda yurak xurujidan o'lish darajasi o'rtasida bog'liqlik borligini aniqladilar. Bunda eng kam xatar samolyotlar shovqinini
eshituvchilarda aniqlandi, olimlarning fikricha, buning sababi avtomobil va poyezdlardan farqli, samolyotlar shovqini 65 dB dan ko'proq darajada saqlanmaydi.
Olimlarning fikricha, aniqlangan natijalar bunday shovqin nafaqat yurak xurujiga moyillikning paydo bo'lishi sababi hisoblanishi, balki uning rivojlanishiga ta'sir qilishidan darak bermoqda va shuning uchun transport shovqinini bartaraf etish uchun tegishli choralar qabul qilish lozim.
Shovqin va vibratsiya, agar ularning intensivligi ma'lum sathdan ortib ketsa, kasbiy zarar hisoblanadi. Shovqin bilan kurashish uchun umumiy va shaxsiy himoya vositalari qo'llaniladi. Korxonalar va ularning alohida sexlarini boshqa shovqinli korxonalarga nisbatan to'g'ri rejalashtirish va joylashtirish katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish binolarida shovqinni sezilarli kamaytirishni devorlarni va shiplarni tovush yutuvchi materiallar bilan qoplash orqali amalga oshiriladi. Apparaturalar turli mexanizmlarining loyihalashda va o'rnatishda qurilmalarni maxsus amartizatorlarga o'rnatish, aylanuvchi detallar ekssentrisitetini kamaytirish, o'zaro zarbali qismlarni zarbasizlariga almashtirish va hokazolar hisobiga vibratsiyani kamaytirish imkoniyatini ko'rish zarur.
Olingan natija: Shovqin manbaidan R masofani o'zgarishi bilan shovqin intensivligining sathini Namangan viloyati Islom Karimov ko'chasidagi transport vositalaridan chiqyotgan shovqinni Namangan muhandislik-qurilish instituti o'quv xonalariga bo'layotgan tasirini o'zgarishi o'rganildi.
Ushbu jadvalda Materiallar va konstruksiyalar, konstruksiyaning qalinligi, m1/m2
to'siqning og'irligi, kg keltirilgan
№ Materiallar va konstruksiyalar Konstruksiyaning qalinligi, m 1/m2 to'siqning og'irligi, kg
1 G'isht devor 0,12 250
2 G'ishtdevor 0,25 470
3 G'ishtdevor 0,38 690
4 G'ishtdevor 0,52 934
5 Bir necha qatlamli karton 0,02 12
6 Bir necha qatlamli karton 0,04 24
7 Voylok 0,025 8
8 shovqinni yutuvchi materiallar 0,05 16
9 Temirbeton 0,1 240
10 Temirbeton 0,2 480
11 Shlakobetonli devor 0,14 150
12 Shlakobetonli devor 0,28 300
13 Ikki tomoni suvalgan, 0,02 mmli taxtalardan iborat to'siq 0,06 70
14 Ikki tomoni suvalgan, 0,1 mmli ustunlardan iborat to'siq 0.18 95
15 Gipsli to'siq 0,11 117
Shovqin manbaidan R masofani o'zgarishi bilan shovqin intensivligining sathining o'zgarishini hisoblash quyidagi ifoda bo'yicha amalga oshiriladi:
L « L -20lgR-8[dB] R 1
bu yerda Lr va Li -shovqin manbaidan mos ravishda R metr va bir metr masofalardagi shovqin jadalligining sathlari.
Islom Karimov ko'chasida kunning serqatnov vaqtlarida soat 8:30 va 9:00 oralig'ida o'rtacha Li=90 [dB] ga teng.
Agar shovqin manbai va ish joyi orasida to'siq-devor bo'lsa, shovqin jadalligi sathi N dBga kamayadi:
N = 14,5lg G = 15 [dB]
bu yerda G-bir m2to'siq-devorning og'irligi, kg.
Ish joyidagi shovqin jadalligining sathi to'siq-devorni hisobga olganda quyidagi ifoda orqali hisoblanadi:
lr Lr - N [dB]
Ikki shovqin manbalarining La va Lvsathlardagi shovqin jadalliklarining yig'indisi quyidagi ifodaorqalihisoblanadi:
L = L +AL [dB]
2 A
bu yerda LA-ikki qo'shiladigan sathlardan kattasi, dB; Bir necha manbalarning yig'indi quvvatini aniqlash jadalrog'idan boshlab ketma-ket amalga oshirish kerak bo'ladi.
Li uchta shovqin manbalari uchun aniqlanishini hisobga olish kerak bo'ladi va har bir manba mos ravishdagi to'siq-devor bilan ko'rib chiqiladi.
Devorlar va ship shovqinni yutuvchi materiallar bilan qoplanganida shovqin intensivligini aniqlashda oddiylik uchun to'g'ri tovush nurlari e'tiborga olinadi, to'siq-devorlar bino ichkarisiga joylashgan va tovushni yutishgata'sirqilmaydi deb hisoblash mumkin. Devorlar va shipda tovushni yutilishi quyidagi ifodaorqalihisoblanadi:
M=Snm • a + Sc • ß + Sum • yyutish birligi
bu yerdaSnm, Sc-mos ravishda bino devorlari va shipi maydoni, m2;
a, ß, y-ship devorlar va polga joylashtirilgan materiallarning mos ravishdagi yutish koeffitsientlari. Bino shipi va poli maydonlari o'zaro teng olinadi. Shovqin intensivligini kamayishi quyidagicha bo'ladi:
Ê =10lg M2[dB] M i
bu yerda Mi,M2-mos ravishda devorlar va ship maxsus tovushni yutuvchi materiallar bilan qoplanmagandagi (Mi) va qoplangandagi (M2) tovush yutilishlari (yutilish birligi).
Mi ning qiymati aiißi koeffitsientlardan foydalanib, M2 ning qiymati esa, a2iß2 koeffitsientlardan foydalanib hisoblanadi. Odatda, pol tovushni yutuvchi material bilan qoplanmaydi va hisoblashlarda pol parketli (y =0,061) deb qabul qilinadi.
Ish joyida shovqin jadalligi sathi devorlar va ship tovushni yutuvchi materiallar bilan qoplanganligini hisobga olganda quyidagiga teng bo'ladi.
Ls = L - K [dB]
Shovqinning insonga ta'siri tebranishlar chastotasiga bog'liq. 16 Gs dan kam chastotali tebranishlar odamga silkinish - titrash kabi ta'sir qiladi. Shovqin insonga aosan eshitish organlari orqali ta'sir etib, asab tizimlarini jarohatlaydi. Shuning uchun ham inson doimiy ravishda o'zini shovqinlardan himoyalab yurishi zarur. Shovqinning uzoq muddatli ta'siri ostida insonning eshitish organida kasallik paydo bo'ladi. Shu bilan birga asab tizimi izdan chiqib, buning oqibatida qon bosimi, ko'rish organlarida kasalliklar yuzaga keladi.
Shovqinni me'yorlash asosida tovushni me'yorlash yotadi. Shu maqsad yo'lida qabul qilingan Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 4-son https://jurnal.qurilishtalim.uz
standart me'yorlar (SM) va GOST larning ayrimlari quyidagicha maqsadlarni o'z ichiga oladi:
* GOST 12.1.003 - 83 - tovush me'yori, dBA, ishlab chiqarish korxonalari va transport vositalari uchun;
* SM 3077 - 84 - yashash joyi va binolarini shovqin bo'yicha me'yorlash, ruxsat etilgan shovqin me'yori;
* QMQ II- 12 - 77 - yashash va jamoat binolari va xududlarida shovqinni me'yorlash.
* Maxsus texnikaviy talablar. Titrashdan va shovqindan himoyalanish.13:00
Xulosa
Shovqin ta'siridan himoyalanishdan oldin ularni so'ndirgichlar, izolyatsiya, yutuvchi moslamalardan foydalanilanib, kamaytirish chora-tadbirlari belgilanadi. Shovqinni pasaytirish uchun tovush so'ndirgichlardan, shovqin manbalarini to'siqlar bilan o'rashdan, xonaga turli shakldagi shovqin yutgich materiallarni osish usulidan, turli xildagi to'qima materiallardan foydalaniladi. Shovqinlarni kamaytirishdan tashqari ularning ishchiga ta'sirini kamaytirish maqsadida individual himoya vositalari - quloqchin(naushnik)lardan foydalaniladi. Shovqin ta'siridan kishilar asosan asab kasalligiga yo'liqadilar. Bundan tashqari, shovqinning me'yoridan ortib ketishi kishining ko'zi, oshqozon-ichak faoliyatlarining buzilib, hamda zararlanishiga olib kelishligi hozirgi kunga kelib ma'lum bo'ldi. Shuning uchun ham shovqinga qarshi ko'riladigan chora va tadbirlar muhim ahamiyatga ega bo'lib hisoblanadi.
ADABIYOTLAR
1. A.A.Tursunova «Hayot faoliyati xavfsizligi va Ekologiya »fanidan amaliy mashg'ulotlar bo'yicha topshiriqlar,hamda ularni bajarishga doir uslubiy ko'rsatma Toshkent 2017.
2. Nozimjon, M., & Abdurakhim, K. (2023). To the question of analysis of industrial and environmental safety management systems. Universum: технические науки, (2-5 (107)), 20-23.
3. O'zbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachining turar joylarda, jamoat binolarida, aholi yashash hududlarida va dam olish zonalarida ruxsat etilgan shovqin darajasining sanitariya qoidalari va me'yorlari 2020-yil 29-dekabrda qarori.
4. Nikitin V.S. " Tabiiy xamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda avariya - qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni tashkil etish va o'tkaztsh"(ma'ruza matni). Toshkent,FMI, 2006 yil.