Научная статья на тему 'SHOVQIN MIQDORLARINI AVTOMOBIL HARAKATLANISHI JARAYONIDA BAHOLASH'

SHOVQIN MIQDORLARINI AVTOMOBIL HARAKATLANISHI JARAYONIDA BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
171
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtomobil / shovqin / transport vositalari / texnik holat / avtotransport korxonalari / ekologik xavfsizlik / texnik xizmat / texnik talablar / автомобиль / шум / транспортные средства / техническое состояние / автотранспортные предприятия / экологическая безопасность / техническое обслуживание / технические требования.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Nazarov Anvar Aripovich, Odilov Nurmuhammad Eshpo’lat O’g’li

Ushbu maqolada avtotransport vositalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida shovqin miqdorining oshib ketishi sabablari, hosil bo‘layotgan shovqin miqdorini tajriba yo‘llari bilan aniqlash va kamaytirish, ekspluatatsiya davridagi konstruktiv va ekologik xavfsizlikni ta’minlash usullari tahlil etilgan. Ushbu maqolada ishlab chiqilgan tavsiyalar asosan avtotransport vositalarining ekspluatatsiya davrida texnogen zararlanishini kamaytirib, ekologik xavfsizligini ta’minlashga qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Evaluation of noise during vehicle movement

В данной статье анализируются причины увеличения количества шума при эксплуатации автотранспортных средств, методы определения и снижения количества создаваемого шума опытным путем, обеспечение конструктивной и экологической безопасности при эксплуатации. Рекомендации, разработанные в данной статье, направлены в основном на снижение техногенного ущерба при эксплуатации и обеспечение экологической безопасности автотранспортных средств.

Текст научной работы на тему «SHOVQIN MIQDORLARINI AVTOMOBIL HARAKATLANISHI JARAYONIDA BAHOLASH»

тупрока ишлов бериб, асос рамага нисбатан тупрокни суради. Иккинчи катордаги дискли иш органлари асос рама томон сурулган тупрокларни кайта дала юзаси буйлаб тенг таксимланишини таъминлайди. Натижада интенсив бог катор оралари сифатли юмшатилиши ва бегона утларни йукотилишига эришилади.

Хулоса. Тавсия этилаётган курилмадан фойдаланилганда алох,ида техника воситаси сотиб олиш талаб этилмайди, катор ораларидан утишлар сони кам булиши х,исобига тупрок кам зичланади ва бу дарахларни илдиз системасини яхши ривожланишига замин яратиб беради. Бундан ташкари, х,ар хил турдаги тупрокка ишлов берадиган машиналарга булган эх,тиёж ва тугридан-тугри килинадиган эксплуатацион хдражатлар 30 фоизга камаяди, иш унуми эса 1,5-2,0 марта ортади.

АДАБИЁТЛАР

1. "Кишлок хужалик бирлашмаларининг аъзолари, мева-сабзовот кластерлари иштирокчилари ва тадбиркорлик субъектларига махаллий шароитда етиштирилган интенсив кучатлар(пакана ва ярим пакана) хураки, кишмишбоп ва саноатбоп ток кучатлари хдмда пайвандтагларни сотиб олиш харажатларининг бир кисмини коплаш учун субсидия ажратиш тугрисида"ги Вазирлар Мах,камасининг 2021 йил 24 июндаги 458-сон карори. lex.UZ.

2. Узбекистон Республикаси Президентининг «Кишлок хужалиги мах,сулотларини чукур кайта ишлаш ва озик-овкат саноатини янада ривожлантириш буйича кушимча чора-тадбирлар тугрисида» 2019 йил 29 июлдаги ПК-4406-сон карори.

3. Узбекистон Республикаси Призидентининг "Мева-сабзавотчилик ва узумчилик тармогини янада ривожлантириш, сохдга кушилган киймат занжирини яратишга доир кушимча чора тадбирлар тугрисида"ги 2019 йил 11-декабрдаги ПК-4549-сонли карори.

4. Узбекистон Республикаси Призидентининг "Узбекистон Республикаси Кишлок хужалигини ривожлантиришнинг 2020-2030 йилларга мулжалланган стратегиясида белгиланган вазифаларни 2021 йилда амалга ошириш чора-тадбирлари тугрисида" ги 2021 йил 26 февралдаги ПК-5388- сон Фармони.

5. Ю.Б.Саимназаров., А.У. Арипов., Х.А. Бобоева., Г.М. Караходжаева. Интенсив олма богларини ташкил этиш ва уларни парвариш килиш технологияси буйича тавсиянома. - Тошкент: Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi, 2019. - 42 б.

6. Имомкулов КБ, Аманов А.К, Абдуназаров Э.Э. Интенсив бог катор ораларига ишлов беришнинг самарали усуллари. "Инновацион техника ва технологияларнинг кишлок хужалиги озик - овкат таъминотидаги муаммо ва истикболлари" мавзусидаги III Халкаро илмий- техник анжуман. -Тошкент, 2023. -Б.100-101.

UDK 656.13

SHOVQIN MIQDORLARINI AVTOMOBIL HARAKATLANISHI JARAYONIDA

BAHOLASH

Nazarov Anvar Aripovich Toshkent davlat transport universiteti, t.f.d. Professor

Odilov Nurmuhammad Eshpo'lat o'g'li JizPI, katta o'qituvchi, [email protected], +99897.328-92-92

Annotatsiya. Ushbu maqolada avtotransport vositalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida

shovqin miqdorining oshib ketishi sabablari, hosil bo'layotgan shovqin miqdorini tajriba yo'llari bilan aniqlash va kamaytirish, ekspluatatsiya davridagi konstruktiv va ekologik xavfsizlikni ta'minlash usullari tahlil etilgan. Ushbu maqolada ishlab chiqilgan tavsiyalar asosan avtotransport vositalarining ekspluatatsiya davrida texnogen zararlanishini kamaytirib, ekologik xavfsizligini ta'minlashga qiladi.

Аннотация. В данной статье анализируются причины увеличения количества шума при эксплуатации автотранспортных средств, методы определения и снижения количества создаваемого шума опытным путем, обеспечение конструктивной и экологической безопасности при эксплуатации. Рекомендации, разработанные в данной статье, направлены в основном на снижение техногенного ущерба при эксплуатации и обеспечение экологической безопасности автотранспортных средств.

Abstract. This article analyzes the reasons for the increase in the amount of noise during the operation of motor vehicles, the methods of determining and reducing the amount of noise generated by experiments, and ensuring structural and environmental safety during operation. The recommendations developed in this article are aimed mainly at reducing man-made damage during operation and ensuring environmental safety of motor vehicles.

Kalit so'zlar: avtomobil, shovqin, transport vositalari, texnik holat, avtotransport korxonalari, ekologik xavfsizlik, texnik xizmat, texnik talablar.

Ключевые слова: автомобиль, шум, транспортные средства, техническое состояние, автотранспортные предприятия, экологическая безопасность, техническое обслуживание, технические требования.

Key words: car, noise, vehicles, technical condition, motor transport enterprises, environmental safety, technical service, technical requirements.

Bugungi kunda aholi avtomobillashtirish darajasi o'sib borishi, shaharlar va aholi yashash punktlaridagi avtomobillar qatnovining ham ortishiga, bu esa o'z navbatida atrof muhit va odamlarga turli xil zararli oqibatlarni keltirib chiqaruvchi avtomobil transport shovqinining ortishiga sabab bo'lmoqda. Avtomobil yo'llarida va shahar ko'chalarida avtotransport vositalari harakatlanishida shovqin miqdorlarining oshib ketishi natijasida ekologik xavf oshib bormoqda. Bu salbiy holatlarni oldini olish hozirgi davrning dolzarb muammolaridandir.

Ushbu muammoni hal qilish maqsadida ko'plab mamlakatlarning yetakchi universitetlarida har-xil loyihalar ishlab chiqilmoqdaki, bularning barchasi endilikda ekologiyaning yaxshilanishi, ekologik jihatdan sof energiya ishlab chiqarish va zararsiz, shovqinsiz avtomobillarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishga qaratilgan [9]. Bu esa insonlar ezgulikga intilyotganidan darak beruvchi omillardir. Hozirgi kunda har bir inson bu oqibatlarga befarq bo'lmasdan o'z hissasini qo'shsa kelajak avlod uchun biz zaharlangan olamni emas balki musaffo olamni meros qilib qoldirgan bo'lardik.

Bugungi kunning dolzarb massalalaridan biri, ekspluatatsiya davomida transport vositalarining texnik soz harakatlanishini ta'minlashdir. Albatta, transport vositalari harakatlanish davomida unga bir qancha omillar ta'sir qiladi va ular quydagilardir:

- Yo'l sharoiti;

- Iqlim sharoiti;

- Ekspluatatsion sharoit;

- Haydovchi malakasi va tajribasi [1].

Turli omillar ta'sirida transport vositalarining texnik ishchi qobiliyati yo'qolib boradi va ekologik ko'rsatkich hisoblangan shovqin darajasi belgilangan me'yor ko'rsatkichidan oshib ketadi [9]. Shu o'rinda shovqinning quyidagi turlarini qayd etish mumkin.

Mexanik shovqin: avtomobil konstruksiyasi yoki detallaridagi turtkilar, tashqi

jihozlanish va avtomobil tashqarisidagi tebranishdan hosil bo'ladigan shovqinlar [7].

Mexanik shovqin asosan transport vositalari harakatlanish jarayonida avtomobilning dvigatelida, transmissiyasida, uzatmalar qutisida, tormoz tizimining mexanizm va qismlarida paydo bo'ladi.

Avtomobil transmissiyasining ishlash jarayonida shovqinni yo'qotish uchun birlashgan detallar doimiy mustahkamlanishi, transmissiyon moylarning qovushqoqligi yo'qolmasligi va kamaymasligini nazorat qilish lozim. Transmissiya agregatlaridagi tishli shesternyalarning bir biriga ilashishida hech qanday tirqish qolmasligini ta'minlash kerak, uzatmalar qutisidagi shesternyalarga ham xuddi shunday talab qo'yiladi [8].

Dvigatel va transmissiya agregatlari atrofini shovqin yutuvchi po'lat bilan qoplash, shovqin muhofazasida eng qulay usullardandir. Shovqinni so'ndirish uchun dvigateldagi tishli va zanjirli uzatmalar o'rniga tasmali uzatmalar, mexanik tizim bilan ishlaydiga barcha qurulmalarni gidravlik sistemalarga almashtirish kerak bo'ladi. Dvigatelning bir-biriga ishqalanuvchi detal va uzellariga zamonaviy ishqalanishga qarshi maxsus qovushqoq surkov moylari (ester, nanopartikullar)dan foydalanish avtomobildan chiqadigan shovqin darajasini kamaytiradi [11]. Dvigatel va transmissiya agregatlari tarkibidagi materiallar yeyilishga chidamli, elastik xususiyatlarga ega bo'lishi kerak. Uzatmalarning yig'ilishida juda kichik tirqishlarning mavjud bo'lishi ham shovqinni keltirib chiqaradi, shuning uchun loyihalash jarayonlari mukammal va sifatli bajarilishi lozim.

Mexanik uzatmalar tasnifi quyidagi rasmda keltirilgan (1-rasm).

1-rasm. Mexanik uzatma tasnifi.

Uzatmalardagi va podshipniklardagi shovqinlarni aniqlash va diadnostikalash metodi quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval). _1-jadval

Yuqori chastotali tebranishlarni podshibniklar aylanishi bo'yicha diagnostikalash metodi bilan qiyosiy tahlili

Peak Vue metodi va yuqori chastotali tebranishni so'ndirish Zarba impuls metodi

Afzalli gi

1.Moylashdagi nuqsonlarning sezuvchanligi 2.Yeyilish nuqsonlariga yuqori sezuvchanligi 3.Yig'ish jarayonlariga yuqori sezuvchanligi 4.Nuqsonlar turlarini aniqlash imkoniyati 5.Nuqsonlar tarqalish darajasini aniqlash imkoniyati 6.Texnik holatini bashorat qilish imkoniyati 1.Moylashdagi nuqsonlarning yuqori sezuvchanligi 2.Yeyilish nuqsonlarning yuqori sezuvchanligi 3.Yig'ish jarayonlari yuqori sezuvchanligi 4.Texnik holati bo'yicha qisqa tezkor bashoratlash imkoniyati

Kamchi igi

1.Moylashdagi nuqsonlar aniqlashda ishonchliligining chegaralanganligi 2.Nuqson paydo bo'lishdagi kuchlar guruhi sezuvchanligining pastligi 3. Detallar yuzasidagi shovqin darajasi yuqoriligi 1.Nuqsonlar turlarini aniqlash imkoniyati yo'qligi 2.Ishqalanuvchi yuzalardagi bir qator nuqsonlarni aniqlash imkoni yo'qligi 3.Tarqaluvchi nuqsonlarni aniqlash imkoniyati

Aerodinamik shovqin: ishlatilgan gazlar chiqarish jarayonida (kiritish va chiqarish

kollektori) hosil bo'ladigan shovqinlar [3].

Aerodinamik shovqinni kamaytirish maqsadida avtomobillarning tovush so'ndirgichlariga katalitik neytralizatorlar o'rnatilmoqda. Bu tizim nafaqat dvigateldan chiqayotgan gazlarni tozalab qolmasdan balki undan chiqayotgan shovqinni ham me'yor darajasida pasaytirishga ham xizmat qiladi. Avtomobilni bu tizim bilan jixozlash uning konstruksiyasiga va dvigatel quvvati yo'qolishiga ko'p ta'sir qilmaydi, lekin shovqin darajasi sezilarli darajada ta'sirini ko'rsatadi. Shu maqsadda, hozirda avtomobil va dvigatel konstruksiyasiga bog'liq ravishda ko'p slindrli dvigatellarda ikkita katalitik neytralizator qo'llaniladi [10-12], hamda payvandlanib quvurlar orqali markaziy ovoz so'ndirgich bilan shovqinni pasaytiradi (2-rasm).

2-rasm. Katalitik neytralizator

Neytralizatorlar aktiv katalitik moddalar bilan qoplangan keramik yoki metal monolit element bo'lib shovqin darajasini kamaytiradi.

Elektromagnitli shovqin: elektromexanik qurillma elementlaridagi magnit kuchlaridan ( stator, generator) hosil bo'ladigan shovqinlar.

Ma'nbalardan ma'lumki, inson quloqlari tovushning tebranishlar soni 16 Gs dan 20000 Gs gacha oraliqda bo'lsa eshitadi. Gers - bu tovush chastotasi. Ya'ni bir sekund davomida

tebranishlar soni bilan ifodalanadi. Shovqin-tovushning bosimi, jadallik va boshqa ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Tovush jadalligi shartli o'lcham - 1B (bell) bilan o'lchanadi. Bu odamning eshitish a'zosi qabul qila oladigan eng kuchsiz tovush. Amalda tovush jadalligi detsibel (dB) bilan o'lchanadi, u 0,1B ga teng. Odamning eshitish organi qabul qiladigan eng kichik jadallik 1B yoki 10 dB "eshitilish ostonasi" dir [2].

Shovqin darajasi. Shovqin darajasini me'yorlashtirish shovqinning insonga salbiy ta'sirini kamaytirishga qaratilgan asosiy tadbirlardan biri hisoblanadi. Shovqinning inson sog'ligiga ta'siri uning chastotasiga bog'liq bo'lganligi sababli, har bir shovqin oktava polosasi uchun alohida ruhsat etilgan shovqin darajasi belgilangan. Shovqinning eng yuqori ruhsat etilgan darajasi past chastotalar uchun, ruhsat etilgan past darajasi esa yuqori chastotali shovqinlar uchun qabul qilingan [6]. Masalan, eng kichik tovush bosimi nazariy va ilmiy ishlar bajariladigan ish joylari uchun belgilangan bo'lib, u o'rtacha geometrik chastota 8000 Gs bo'lganda 30 dB deb qabul qilingan. Eng yuqori tovush bosimi esa doimiy ish joylarida, ishlab chiqarish binolari, mashina va traktorlarning kabinalari uchun belgilangan bo'lib, u o'rtacha geometrik chastota 63 Gs bo'lganda 99 dB ga teng [4].

Shu o'rinda shovqin kuchi xarakteriga ko'ra 4 guruxga bo'linadi:

1. Shovqin kuchi 0-05 DB bo'lsa normal ovoz hisoblanadi. Masalan: daraxtlarning shivirlashi, soatning yurishi, normal musiqa ovozi.

2. Shovqin kuchi 60-90 DB bo'lsa yoqimsiz ovoz hisoblanadi. Masalan: yengil sanoat korxonalari, ko'cha transporti shovqini, chang yutgich, kir yuvish mashinalarining ovozi.

3. Shovqin kuchi 100-120 DB bo'lsa, zararli va inson sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatadigan ovozdir. Masalan: to'qimachilik, paxtachilik sanoatidagi dastgohlar, mototsikl, tramvay, temir yo'l, qishloq xo'jaligi mashinalari, qattiq musiqiy ovoz.

4. Shovqin kuchi 130-200 DB bo'lsa, juda xavfli. Masalan: portlash, reaktiv samalyot ovozi, havo trevogasi [5].

3-rasm. NOR-140-NNR markali shovqin o'lchash qurilmasi.

Hozirgi vaqtda transport oqimining shovqinni aniqlash uchun GOST 17187-81ning talablariga mos bo'lgan shovqin o'lchash qurilmasi - shumomer bilan ma'lum masofalarda va holatda joylashtirilib o'lchanadi (3-rasm) [4].

Har-bir sinov o'tkazilayotgan vaqtda shovqinni o'lchash qurilmasi kolibirovka qilinib keyin tadqiqot o'tkaziladi.

Tadqiqot jarayonida, haydovchi ish o'rni, uning joylashuvi va uning ish faoliyatiga ta'sir etuvchi turli tarkibdagi shovqinlarni miqdori bo'yicha aniqlash maqsadga muvofiqdir (4-rasm).

4-rasm. Shovqinni aniqlash nuqtasi.

Bir qancha avtomobillarning xarakatlanishidagi hosil qilayotgan shovqin darajasini quyidagi metod bo'yicha baholash amalga oshiriladi:

Tanlangan n toifadagi avtomobillar shovqinining o'rtacha arifmetik L 0-n qiymati

L.

L =

uort ,--iJi=l '"mi

(1)

Bu erda: L mi- m - chi avtomobillarning shovkin tasnifining i- qiymat miqdori j - m - chi avtomobilni o'lchash qiymati m - tanlangan avtomobil nomeri Shovqin tasnif ko'rsatkichlarning arifmetik miqdori

Bu erda n - tanlangan avtomobillar soni

Ishlab chiqarish me'yor og'ishining o'rtacha kvadrati S p ni baholash

Jami o'rtacha kvadrat og'ishi Si ni baholash

5., =JS} + S?

(2)

(3)

(4)

'1 - V■ "p

Bu erda S k - o'lchov hisobi bo'yicha o'rtacha kvadrat og'ish bahosi, bu shovqinga sinov me'yor standarti bo'yicha o'rnatiladi.

Tanlab olingan avtomobillarning taxlil koeffitsienti К quyidagicha hisoblanadi.

K= l,55i +0,564 {Gm — S±) (5)

Baholovchi ko'rsatkich Grn tajriba jarayonida jadval asosida o'tkazilgan tadqiqotlar bo'yicha tanlanadi va Si =0,5 DB teng deb hisoblanadi (2-jadval).

2-Jadval

Shovqin tasnifini aniqlash metodi Baholovchi ko'rsatkich, -DB

O'rtacha geometrik chastota Gs Lo 'r tovush quvvati ning korrektiv O'rtacha tovush darajasi uchun Lp

qiymati

60 125 250 500 1000 2000 1000 8000

Haydov chining ishchi o'rindig'ida statsionar holatda - 3,5 2,5 2,0 2,0 2,0 2,0 3,0 2,0 -

Haydovchini ng ishchi o'rindig'ida dinamik holatda 5,5 5,5 3,5 2,5 2,5 2,5 2,5 3,55 2,5 3,0

Avtomobildan shovqinni kamaytirish bo'yicha tavsiyalar:.

- avtomobilda mexanik shovqinni konstruktiv xususiyatining yuqori aniqlikni oshirish;

- mexanik shovqinni yuzaga keltiruvchi zarba bilan ishlaydigan detallarga termik ishlov

berish;

- Aerodinamik shovqinnig yuzaga kelishida dizel, injektor va karbyuratorli dvigatellardan chiquvchi chiqindi gazlar zararliligini kamaytirish; [12]

- dvigatellarda katalitik neytralizator qo'llash;

- elektromexanik qurillma elementlaridagi magnit kuchlaridan hosil bo'ladigan shovqinlarni rostlash va maxkamlash darajasini oshirish orqali kamaytirish.

Xulosa o'rnida ekspluatatsiya sharoitlarida avtotransport vositalarining ekologik xavfsizlik nazoratini amalga oshirganda, foydalanadigan ekologik me'yorlar avtotransport korxonasining ishlab chiqarish texnika bazasi bilan jihozlanganlik darajasiga bog'liqligini hisobga olish talab qilinadi. Shu o'rinda ishlab chiqarish texnik baza belgilangan tartibda bo'lishi, transport vositalarining texnik holatini texnik jihatidan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholashni tashkil etish va o'tkazish uchun tegishli texnologik, sinov jihozlari va o'lchash vositalari bilan ta'minlangan bo'lishi maqsadga muvofiq bo'lib, avtomobillardan chiqayotgan shovqin darajasini kamaytirishga olib keladi.

Yuqoridagi tartibda avtomobillarning shovqin daraja holatlarini baholash yetarli emas, shu maqsadda ekspluatatsion ko'rsatkichlari bilan baholash tashkil etilsa, avtomobillarning ekologik xavfsizligi ta'minlanib, samarali ishlashiga olib keladi.

ADABIYOTLAR

1. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi avtotransport oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etgan. Prof. Sidiqnazarov Q.M. umumiy tahriri ostida, Toshkent "VORIS-NASHRIYOT", 2008. 560 b

2. GOST 17187-2010. Ovoz balandligi taymerlari. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo'yicha davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan (2010 yil 10 iyundagi 37-sonli bayonnomasi).

3. GOST 19358-85 «Avtomobillarning ichki va tashqi shovqini. Ruxsat etilgan darajalar va o'lchov metodlari"

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Azizov Q. H. "Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari". Fan va texnalogiyalar nashriyoti. T.2009. 267b

5. Osipov, G.L., Prutkov, B.G., Shishkin, I.A., Karagodina, I.L., Shaharlarni shovqin muhofazasi va unga qarshi kurashish bo'yicha tadbirlar, M., 1975, 215s.

6. Исломов, Ш. Э., & Одилов, Н. Э. У. (2022). АВТОМОБИЛ ТРАНСПОРТИ МАЖМУАСИ ИШТИРОКИДА АТРОФМУ^ИТ СИФАТИНИНГ ТЕХНОГЕН УЗГАРИШИ. Academic research in educational sciences, 3(5), 479-486.

7. Адилов, О. К., & Одилов, Н. Э. (2022). РАСЧЕТ РАМНЫХ КОНСТРУКЦИЙ АВТОМОБИЛЬНЫХ ПРИЦЕПОВ. Вестник науки, 4(3 (48)), 210-216.

8. Одилов, Н. Э. (2021). Особенности эксплуатации двс газобаллонных автомобилей. Academic research in educational sciences, 2(12), 238-244.

9. Odilov, N., & Muxtorov, A. (2022). Avtomobillar harakatini xavfsiz tashkil etishda GPS tizimlaridan foydalanish samaradorligi. Academic research in educational sciences, 3(2), 298-303.

10. Nurmukhammad, O. (2021). Safety methods at gas filling stations for cars. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(1), 27-36.

11. Odilova, S. S. Q., & Odilov, N. E. O. (2021). Muqobil yonilg'ilardan motor yonilg'isi sifatida foydalanish istiqbollari. Academic research in educational sciences, 2(1).

12. Odilov, N. (2020). The analysis of the development of gas cylinder supply system. Academic research in educational sciences, (3).

13. O'G, O. N. E. L. (2022). Jamoat transportlarida yo'lovchilar oqimini aniqlashning zamonaviy usullari tahlili. Механика и технология, 4(9), 130-137.

14. Методические рекомендации по защите от транспортного шума территорий, прилегающих к автомобильным дорогам. M: 2011. 127 c. http://xn-7sbbsihqkmec5avi8eva1bg7a.xn--p1ai/images/files/met rec rad.pdf

15. Traffic noise reduction in Europe. Health effects, social costs and technical and policy options to reduce road and rail traffic noise. http://www.ce.nl

16. Highway Design Manual. Chapter 1100. Highway traffic noise abatement. June26, 2006. р.7. https://www.nysdot.gov/divisions/engineering/design/dqab/hdm

17. http://www.fhwa.dot.gov/environment/noise/design/index.htm

18. http://www.xabar.uz/uz/avtomobil/mamlakatlarda-kishi-boshiga-nechtadan-avtomobil-togri-keladi

19. https://www.env.go.jp/en/air/noise/noise.html

20. http://privetstudent.com/kursovyye/kursovyye-po-ekologii/1961-issledovanie-urovnya-shuma-v-zone-vliyaniya-avtomobilnyh-dorog.html.

UDK 631.31

SUBSTANTIATION PARAMETER SPHERICAL COULTER OF REVERSIBLE

PLOUGH

A.R.Normirzaev

NamECI, associate professor, candidate of technical sciences, [email protected]

Abstract. The article presents an experimental study of the determination of rational parameters values between racks is determined disks, the vertical load on disk, translational speed of qualitative indicators of the unit. Rational values of size of disks and operating modes of a disk skating rink defined the use of a method of mathematical planning of multiple-factor experiments and joint solution of received regression equations.

Аннотация. В статье представлено экспериментальное исследование по

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.