Научная статья на тему 'ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ И ПРАВОВОЙ АНАЛИЗ АДМИНИСТРАТИВНЫХ ДОКУМЕНТОВ'

ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ И ПРАВОВОЙ АНАЛИЗ АДМИНИСТРАТИВНЫХ ДОКУМЕНТОВ Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
249
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Review of law sciences
Область наук
Ключевые слова
административный документ / административный акт / административнопроцессуальный документ / административное действие / административные отношения / административные правоотношения / изменение / отзыв / признание административного документа недействительным / правовой статус / административная процедура / заинтересованное лицо / государственный орган / административный орган / суд / приказ / решение / разрешение / публичное право / особый случай / особая мера / индивидуальный документ / коллективный документ / лицензия / разрешение. / administrative document / administrative act / administrative procedural document / administrative action / administrative relations / administrative legal relations / amendment / revocation / invalidation of an administrative document / legal status / administrative procedure / interested person / state body / administrative body / court / order / decision / permit / public law / special case / special measure / individual document / collective document / license / permit.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Саидазимов Юсуф

В данной статье представлена научно-теоретическая информация об административном праве, на основании которой делаются завершенные выводы. В статье описывается административный документ, являющийся одним из важных аспектов административного права, его аннулирование, изменение и отличия от других документов. При этом подчеркивается роль и значение соответствующих административных органов, а также судов в отмене административного документа. В статье также представлена информация о форме и содержании административного документа, требованиях к форме и содержанию, а также опыте развитых стран в этой сфере. Кроме того, специфика распорядительных документов, их анализ проиллюстрированы практическими примерами. Рассматриваются требования к форме и содержанию административного документа, их особенности, важность и актуальность. Обсуждалась также необходимость обоснования распорядительных документов. При написании статьи использовалось законодательство ФРГ, Китая, России и стран СНГ. В статье содержатся научно обоснованные предложения по разработке нового законопроекта Республики Узбекистан «Об административных процедурах».

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The oretical legal analys is of administrative documents

This article provides scientific and theoretical information about administrative law, on the basis of which the completed conclusions are drawn. The article describes an administrative document, which is one of the important aspects of administrative law, cancellation, change of an administrative document, and their differences from other forms. At the same time, the role and importance of the relevant administrative bodies, as well as courts in the abolition of an administrative document, are emphasized. The article also provides information on the form and content of the administrative document, requirements for the form and content, as well as the experience of developed countries in this area. In addition, the specifics of regulatory documents and their analysis are illustrated with practical examples. In addition, the requirements for the form and content of the administrative document, their features, importance and relevance are considered. The need to substantiate regulatory documents and their importance are also discussed. When writing the article, the legislation of Germany, China, Russia and the CIS countries was used. The article contains scientifically substantiated proposals for the development of a new draft law of the Republic of Uzbekistan, «On Administrative Procedures».

Текст научной работы на тему «ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ И ПРАВОВОЙ АНАЛИЗ АДМИНИСТРАТИВНЫХ ДОКУМЕНТОВ»

UDC: 342.9 (042)

Saidazimov Yusuf

Toshkent davlat yuridik universiteti "Ma'muriy va moliya huquqi" kafedrasi kabinet mudiri E-mail: [email protected]

MA'MURIY HUJJATNING NAZARIY-HUQUQIY TAHLILI

Annotatsiya. Ushbu maqolada ma'muriy huquqqa oid ilmiy-nazariy ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, ular asosida tugallangan xulosalar berilgan. Maqolada ma'muriy huquqning muhim jihatlaridan hisoblangan ma'muriy hujjat, ma'muriy hujjatni bekor qilish, o'zgartirish va ularning boshqa hujjatlardan farqli jihatlari yoritib berilgan. Shu bilan birga, ma'muriy hujjatni bekor qilishda ma'muriy organlar, manfaatdor shaxslar hamda sudlarning o'rni va ahamiyati ham yoritib o'tilgan. Shuningdek, maqolada ma'muriy hujjatning shakli va mazmuni borasida ma'lumotlar, shakliga va mazmuniga qo'yilgan talablar hamda bu borada rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi o 'rganilgan. Bundan tashqari, ma 'muriy hujjatlarning o 'ziga xos xususiyatlari, ularning tahlili amaliy misollar yordamida hamda ma 'muriy hujjatning shakli va mazmuniga qo 'yilgan talablar, ularning o'ziga xos xususiyatlari, ahamiyati va dolzarbligi masalasi yoritib berilgan. Shuningdek, ma'muriy hujjatlarning asoslangan bo'lish talabi va uning ahamiyati muhokama qilingan. Maqolayozishda Germaniya Federativ Respublikasi, Xitoy, Rossiya va MDH davlatlari qonunchiligidan foydalanilgan. Maqola asosida O'zbekiáton Respublikasining "Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida"gi qonunining yangi loyihasini ishlab chiqishga oid ilmiy asoslangan takliflar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ma'muriy hujjat, ma'muriy akt, ma'muriyprotsessual hujjat, ma'muriy harakat, ma'muriy munosabat, ma'muriy-huquqiy munosabat, ma'muriy hujjatni o'zgartirish, bekor qilish, haqiqiy emas deb topish, huquqiy maqom, ma'muriy tartib-taomil, manfaatdor shaxs, davlat organi, ma'muriy organ, sud, buyruq, qaror, ruxsatnoma, ommaviy huquq, maxsus ish, muayyan chora, individual hujjat, jamoaviy hujjat, litsenziya, ruxsat berish.

Саидазимов Юсуф

заведующий кафедрой «Административное и финансовое право» Ташкентского государственного юридического университета

ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ И ПРАВОВОЙ АНАЛИЗ АДМИНИСТРАТИВНЫХ

ДОКУМЕНТОВ

Аннотация. В данной статье представлена научно-теоретическая информация об административном праве, на основании которой делаются завершенные выводы. В статье описывается административный документ, являющийся одним из важных аспектов административного права, его аннулирование, изменение и отличия от других документов. При этом подчеркивается роль и значение соответствующих административных органов, а также судов в отмене административного документа. В статье также представлена информация о форме и содержании административного документа, требованиях к форме и содержанию, а также опыте развитых стран в этой сфере. Кроме того, специфика распорядительных документов, их анализ проиллюстрированы практическими примерами. Рассматриваются требования к форме и содержанию административного документа, их особенности, важность и актуальность. Обсуждалась также необходимость обоснования распорядительных документов. При написании статьи использовалось законодательство ФРГ, Китая,

России и стран СНГ. В статье содержатся научно обоснованные предложения по разработке нового законопроекта Республики Узбекистан «Об административных процедурах».

Ключевые слова: административный документ, административный акт, административно-процессуальный документ, административное действие, административные отношения, административные правоотношения, изменение, отзыв, признание административного документа недействительным, правовой статус, административная процедура, заинтересованное лицо, государственный орган, административный орган, суд, приказ, решение, разрешение, публичное право, особый случай, особая мера, индивидуальный документ, коллективный документ, лицензия, разрешение.

Saidazimov Yusuf

Office Manager, Department of Admini^rative and Financial Law, Tashkent State University of Law

the oretical legal analysis of administrative documents

Abûract. This article provides scientific and theoretical information about administrative law, on the basis of which the completed conclusions are drawn. The article describes an administrative document, which is one of the important aspects of administrative law, cancellation, change of an administrative document, and their differences from other forms. At the same time, the role and importance of the relevant administrative bodies, as well as courts in the abolition of an administrative document, are emphasized. The article also provides information on the form and content of the administrative document, requirements for the form and content, as well as the experience of developed countries in this area. In addition, the specifics of regulatory documents and their analysis are illustrated with practical examples. In addition, the requirements for the form and content of the administrative document, their features, importance and relevance are considered. The need to substantiate regulatory documents and their importance are also discussed. When writing the article, the legislation of Germany, China, Russia and the CIS countries was used. The article contains scientifically substantiated proposals for the development of a new draft law of the Republic of Uzbekistan, «On Administrative Procedures».

Keywords: administrative document, administrative act, administrative procedural document, administrative action, administrative relations, administrative legal relations, amendment, revocation, invalidation of an administrative document, legal Status, administrative procedure, interested person, State body, administrative body, court, order, decision, permit, public law, special case, special measure, individual document, collective document, license, permit.

Boshqa huquq sohalariga qaraganda ma'muriy huquq sohasidagi ma'muriy hujjatlar tushunchasiga juda ko'p duch kelamiz. Sababi ma'muriy hujjatlar kundalik hayotda juda ko'p uchraydi. Misol uchun, yerdan foydalanish to'g'risidagi hokim qarori yoki litsenziya olish bilan bo'g'liq, notarial tasdiqla-nadigan va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar. Ush-bu hujjatlarning boshqa hujjatlardan qanaqa farqli jihatlari va o'ziga xos xususiyatlari bor degan savol tug'iladi. Ma'muriy hujjatlarning huquqiy ma-qomi masalasi ancha payt turli muhokama va bahs-munozaralarga sabab bo'ldi. Bu masalaga 2018-yil 8-yanvar kuni uzil-kesil chek qo'yildi. Sababi ayan shu kuni O'zbeki^on Respublikasining

"Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida"gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun ma'muriy hujjatlarning to'liq huquqiy maqomini ochib berdi desak mubolag'a bo'lmaydi, chunki ushbu qonunning eng asosiy qismini ma'muriy hujjatlarni qabul qi-lish, bekor qilish, o'zgartirish va haqiyqiy emas deb topish bilan bog'liq normalar tashkil etadi. Qonunning 4-moddasida ma'muriy hujjat tushunchasiga alohida ta'rif berilgan bo'lib, unga binoan "Ma'muriy hujjat - ma'muriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, o'zgar-tirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jis-moniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga ko'ra ajratiladigan shaxs-

lar guruhi uchun huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruv-chi ta'sir chorasidir".

"Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida"gi qonun asosida fikr yuritar ekanmiz, birinchi navbatda, ma'muriy tartib-taomillar haqida olimlar fikrlarini keltirib o'tamiz. Bu borada ko'plab olimlar o'z nuqtai nazarla-rini bildirishgan. Jumladan, ma'muriy tartib-taomillar fuqarolarning (ommaviy) ma'muriyat bilan bo'ladi-gan huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarni ro'yobga chiqarishga xizmat qiladigan va huquq subyektlarining o'z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish (ro'yobga chiqarish)iga qaratilgan munosabatlar (S.Z. Jenetel), manfaatdor shaxslarning huquq va qonuniy manfaat-lari ro'yobga chiqarilishini ta'minlaydigan protsessual (ijobiy) faoliyatga qaratilgan munosabatlar (Y.A. Tixo-mirov), fuqaro va tashkilotlarning kon^itutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishni ta'minlashga xizmat qi-ladigan maxsus mazmundagi protsessual munosabatlar (O.V. Morozova). Bu kabi tushunchalar tahlilini bosh-qa olimlarning asarlarida ham ko'rish mumkin. Bun-dan tashqari, bir qator davlatlar, misol uchun, Yaponiya qonunchiligiga ko'ra ma'muriy tartib-taomillarga faqat ma'muriy hujjatni qabul qilish bilan bog'liq ma'mu-riy-huquqiy (ijobiy) tartibga solish (regulyativ) masa-lalarini kiritish mumkin.

Shundan kelib chiqqan holda ma'muriy hujjat tushunchasini batafsil yoritib berish uchun rivojlan-gan xorijiy davlatlar qonunchiligiga murojaat qila-miz. Birinchilardan bo'lib ma'muriy hujjat tushun-chasi Fransiya qonunchiligida ishlatila boshlangan va fransuz huquqi orqali kontinental huquqiy oila-ning barcha mamlakatlari tomonidan qabul qilingan. Germaniyada Ikkinchi jahon urushi tugashidan oldin ma'muriy hujjatning yagona me'yoriy konsepsiyasi mavjud bo'lmagan. Buning o'rniga qonun, buyruq, qaror, ruxsatnoma, vakansiya va shunga o'xshash narsalar mavjud bo'lgan [1]. Ma'muriy hujjatning birinchi me'yoriy hujjatlari sifatida davlat boshqaru-vi organi tomonidan muayyan munosabat bilan qabul qilingan ma'muriy yoki huquqiy hujjat hisoblanishi va boshqaruvning normativ aktidan farqli o'laroq ma'muriy hujjat huquqiy normalar yaratmasligi, bal-ki bevosita muayyan huquqiy munosabatlar, odatda, ma'muriy-huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishi, tugatishi yoki o'zgartirishi ta'kidlangan [2]. Bundan xulosa qiladigan bo'lsak, ma'muriy hujjatlar ushbu boshqaruv organining vakolati doirasida chiqariladi va belgilangan tartibda ijrochilar e'tiboriga yetkazi-ladi.

Germaniya Federativ Respublikasi ma'muriy qonunchiligidagi ma'muriy hujjatning me'yoriy ta'rifidan oltita xususiyat ajralib turadi, ularning ba-jarilishi ma'muriy hujjatning mavjudligini ko'rsatadi

[3]:

> ushbu chora ma'muriy organ tomonidan amal-ga oshirilishi;

> o'lchov kuchi;

> ommaviy huquq o'lchovi;

> tartibga solishga qaratilgan bo'lishi; maxsus ish (ushbu chora muayyan ishni tartib-

ga solishi kerak);

tashqi huquqiy harakatga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat bo'lishi.

Bundan kelib chiqadiki, ko'rilayotgan chora ma'muriy organ tomonidan amalga oshirilishi natijasida qabul qilingan hujjat bo'lishi, muayyan o'lchov kuchiga, ya'ni ma'muriy organ o'z kuchidan bir tomonlama foydalansa, avtoritetli harakat qila-di. Bu xususiyat, xususan, ma'muriy jamoat huquqi shartnomasidan ma'muriy harakatni farqlash uchun muhimdir.

Ma'muriy hujjatning shakli Ma'muriy qonunchiligimizga binoan ma'mu-riy hujjat yozma bo'lishi lozim. "Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida"gi qonunning 52-moddasiga bi-noan ma'muriy hujjat yozma shaklda qabul qilinadi. Ushbu moddaning ayni shu qismida ta'kidlanishicha, qonun hujjatlarida ma'muriy hujjat boshqa shaklda, jumladan, boshqa tegishli hujjatni berish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yo'li bilan qabul qilinishi mumkinligi hollari nazarda tutilishi mumkin.

Bu borada xorijiy tajribaga qaraydigan bo'lsak, Germaniya davlatida ma'muriy hujjat yozma bo'lishi lozimligi to'g'risidagi norma mavjud emas va Rossiya, MDH davlatlarida ham ma'muriy hujjat tushunchasi faqat yozma tarzda qabul qilinishi bel-gilanmagan. Rossiya, MDH va Yevropaning ko'plab davlatlarida ma'muriy hujjat emas, ma'muriy akt tushunchasi qo'llanadi. Sababi ma'muriy aktlar turli harakatlar, shartli belgilar, muayyan huquqni berish kabilar bilan ham amalga oshiriladi. Masalan, Germaniya Federativ Respublikasida yo'l belgilariga ham ma'muriy akt sifatida qarashmoqda [4].

Ma'muriy hujjatning mazmuniga qo'yiladi-gan talablar

"Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida"gi qonun-ning 53-moddasiga binoan ma'muriy hujjat qonuniy,

asoslangan, adolatli, aniq va tushunarli bo'lishi ke-rak. Ushbu moddaga asosan ma'muriy hujjatda qu-yidagilar ko'rsatilishi lozim [5]:

> ma'muriy hujjatning nomi va qabul qilingan sana;

> ma'muriy hujjatni qabul qilgan ma'muriy or-ganning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);

> ma'muriy ish yuritish ishtirokchilari to'g'risi-dagi axborot;

> ma'muriy hujjat orqali hal qilinadigan masala-ning tavsifi (tavsif qismi);

> ma'muriy hujjatning asosi (asoslantiruvchi qismi);

qabul qilingan qaror bayoni (xulosa qismi);

> ma'muriy hujjat u^idan shikoyat qilish mud-dati va tartibi;

> ma'muriy organning ma'muriy hujjatni qabul qilgan mansabdor shaxsi (kollegial organ a'zolari) ning lavozimi, ismi va familiyasi.

Yuqoridagi talablarga javob bergan ma'muriy hujjat aniq va tushunarli hisoblanadi. Keyingi qismiga qaraydigan bo'lsak, ma'muriy ixtiyoriylik (diskret-sion vakolat) asosida qabul qilinadigan hujjatlarga ham alohida talablar qo'yilishi mumkin. Ma'muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) asosida qabul qilin-gan ma'muriy hujjatda quyidagilar nazarda tutilishi mumkin:

• muayyan huquq yoki majburiyatning kuchga kirish, o'z kuchini yo'qotish payti yoki amal qilish muddati;

• muayyan hodisaga yoki kelajakda huquq yo-xud majburiyatning kuchga kirishi yoki o'z kuchini yo'qotishi bilan bog'liq bo'lgan shartga doir ko'rsatma;

• ma'muriy hujjatni bekor qilish huquqi yoki kelgusida qo'shimcha farmoyishlar berish huquqi ma'muriy organda saqlanib qolishi to'g'risidagi izoh;

• adresatga muayyan harakatlarni amalga oshi-rish, amalga oshirishga yo'l qo'yish yoki amalga oshirishdan tiyilish xususida ko'rsatma beruvchi qo'shimcha farmoyishlar.

Demak, ma'muriy hujjat asosli bo'lishi va maz-mun jihatdan ma'lum bir talablarga javob berishi lozim. Bundan tashqari, ma'muriy hujjatning asoslantiruvchi qismida qabul qilingan ma'muriy hujjatning barcha haqiqiy va yuridik asoslari keltirilishi kerak.

Ma'muriy hujjatni asoslantirish chog'ida ma'muriy organ tekshirilmagan yoki ma'muriy ish yuritish jarayonida ma'muriy ishga qo'shib qo'yilmagan yo-xud ma'muriy ish yuritish ishtirokchilariga tanishish

imkoniyati berilmagan dalillarga tayanishga haqli emas. Agar ma'muriy hujjatni qabul qilishda ma'muriy organga ma'muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) berilgan bo'lsa, ma'muriy hujjatning asoslan-tiruvchi qismida u yoki bu ma'muriy ixtiyoriylikka (diskretsion vakolatga) yoxud undan voz kechishga sabab bo'lgan barcha baholar, vajlar va mulohazalar bayon etiladi. Bunda ma'muriy organ o'zi qabul qilgan ma'muriy hujjatning ma'muriy tartib-taomillar prinsiplariga muvofiqligini asoslab berishi kerak [6].

Ma'muriy hujjatning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi.

Birinchidan, ma'muriy hujjatlarni qabul qilish bilan bog'liq munosabatlar ma'muriy-huquqiy mu-nosabat hisoblanadi. Unda taraflar o'zaro teng emas. Buning sababi ma'muriy organ va xususiy shaxs ma'muriy hujjatni qabul qilishda shartnoma tuzish-dagi singari bir-biriga shartlar qo'ya olmaydi.

Ikkinchidaii, ma'muriy hujjat ommaviy huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Masalan, litsenziya berish haqidagi ma'muriy hujjatning qabul qilinishi ma'muriy organlarning xususiy shaxslar faoliyatida litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish bilan bog'liq munosabatni vujudga keltiradi.

Uchinchidan, ma'muriy hujjatlarni qabul qilish bilan bog'liq munosabatlar ma'muriy-huquqiy mu-nosabat hisoblanadi. Unda taraflar o'zaro teng emas. Buning sababi ma'muriy organ va xususiy shaxs ma'muriy hujjatni qabul qilishda shartnoma tuzish-dagi singari bir-biriga shartlar qo'ya olmaydi. Ammo ma'muriy organ va uning mansabdor shaxslari ish-ni mazmunan qonun talablari doirasida hal etishlari kerak [7].

Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, ma'muriy hujjat tushunchasi 2018-yildan keyin, ya'ni O'zbekis-ton Respublikasining "Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida"gi qonuni qabul qilinishi bilan bog'liq, ungacha ma'muriy hujjat atamasi qo'llanilma-gan. Shu nuqtayi nazardan ma'muriy hujjat boshqa hujjatlardan farq qiladi. Ma'muriy hujjatlar quyidagi hujjatlardan farqlanadi:

normativ-huquqiy hujjat; ma'muriy harakatlar;

> protsessual hujjatlar.

Ma'muriy hujjatning normativ-huquqiy hujjatdan farqi

O'zbeki^on Respublikasi "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi qonunining 3-moddasiga ko'ra normativ-huquqiy hujjat ushbu qonunga mu-

vofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko'rsat-malari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o'zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir [8].

Birinchidan, ushbu qonunga asoslanadigan bo'lsak, normativ-huquqiy hujjat umummajburiy xarakterga ega bo'ladi hamda yakka shaxsga nis-batan qaratilmaydi. Ma'muriy hujjatda jismoniy yoki yuridik shaxs ko'rsatib o'tiladi. Ya'ni unda jismoniy shaxsning ismi va sharifi, yashash manzili va boshqa shu kabi qo'shimcha ma'lumotlar keltiriladi. Yuridik shaxs bo'lsa, uning firma nomi, uning joylashgan manzili va shu kabi qo'shimcha ma'lumotlar qayd etib o'tiladi. Bir qancha jismoniy yoki yuridik shaxs-lardan iborat guruhga qaratilgan ma'muriy hujjatda ular haqida batafsil ma'lumot bo'lmasligi mumkin. Ammo ma'muriy hujjatning mazmunidan u qaysi gu-ruhdagi shaxslarga tegishli ekani namoyon bo'ladi. Masalan, mahalliy hokimiyat organi tomonidan qabul qilingan davlat da^uriga binoan muayyan hudud-da qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan eski uy-joylarni buzish to'g'risidagi qaror ma'muriy hujjatdir. Unda qaysi hududdagi uy-joylar buzilishi aniq ko'rsatib o'tiladi. Garchand unda uy-joy tegishli bo'lgan fuqarolar sanab o'tilmasa-da, qarorning mazmunidan hududda joylashgan eski uy-joy egalari nazarda tutiladi. Ma'muriy hujjat aynan to'g'ridan to'g'ri ularning huquqlariga daxldordir [9].

Ikkinchidan, ma'muriy hujjat huquqni qo'llash hujjati bo'lsa, normativ-huquqiy hujjat qonun hujjati hisoblanadi.

Ma'muriy hujjatning ma'muriy harakatlar va protsessual hujjatlardan farqi

Ma'muriy harakatlar - ma'muriy organning jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ma'muriy-huquqiy faoliyat sohasida amalga oshirilgan, yuridik ahamiyatga ega harakatlari (harakatsizligi). Protsessual hujjat esa ma'muriy organ tomonidan ma'muriy ish yuritish davomida qabul qilinadigan, ma'muriy ishni mazmunan hal etmaydigan hujjatlar hisoblanadi. Protsessual hujjatlar ma'muriy hujjat qabul qilinmasdan avval ma'muriy ishni ko'rib chiqish jarayonida qabul qilinadi. Protsessual hujjat ishni tugal shaklda hal qilib bermaydi. Masalan, litsenziya talab etiladigan faoliyat bilan shug'ullanish uchun tegishli ma'muriy organning qarorini olish uchun murojaat qilish ma'muriy-huquqiy munosabatdir. Ma'muriy organ tomonidan qabul qilingan qaror ma'muriy hujjat bo'lsa, qaror qabul qilingungacha bo'lgan bosqichda ishni

ko'rib chiqish bilan bog'liq qabul qilinadigan hujjat protsessual hujjat hisoblanadi.

Demak, ma'muriy hujjatlar boshqa hujjatlardan farq qilar ekan. Shunga ko'ra ma'muriy hujjatlarni o'zgartirish, bekor qilish va haqiyqiy emas deb topish-ning o'ziga xos jihatlari mavjud. O'zbeki^on Res-publikasining "Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risi-da"gi qonuniga binoan Ma'muriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki ma'muriy shikoyatiga ko'ra ma'muriy hujjatni qabul qilgan ma'muriy organ, yuqori turuvchi ma'muriy organ tomonidan, shu-ningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar-da boshqa organlar tomonidan ham bekor qilinishi yoki o'zgartirilishi mumkin. Ushbu qonunga asosan ma'muriy hujjatni bekor qilish va o'zgartirish uchun tashabbus manfaatdor shaxslar va hujjatni qabul qilgan organ tomonidan ham qabul qilinishi mumkin.

Ma'muriy hujjatni bekor qilish yoki o'zgartirish zaruriyati qonun hujjatlaridagi o'zgartishlar, ja-moat manfaatlariga bo'lgan tahdidning oldini olish, ma'muriy hujjatning qonun hujjatlariga nomuvofiqli-gi aniqlanganligi sababli yuzaga kelgan hollarda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ma'muriy organ o'zi qabul qilgan ma'muriy hujjatni o'z tashab-busiga ko'ra bekor qilishga yoki o'zgartirishga haqli hisoblanadi. Lekin ayrim hollarda ma'muriy hujjatni bekor qilish faqatgina sud tomonidan amalga oshirili-shi mumkin. Shu o'rinda savol tug'ilishi tabiiy: qaysi hollarda ma'muriy hujjat sud va ma'muriy organ tomonidan bekor qilinadi? Ma'muriy hujjatni faqat sud tomonidan bekor qilish qonun hujjatlari bilan belgi-lab qo'yilishi kerak. Ma'muriy organ tomonidan esa quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

qonun talablariga muvofiq yoki bunday im-koniyat bevosita ma'muriy hujjatning o'zida nazarda tutilgan bo'lsa;

> agar keyinchalik o'zgargan haqiqiy holatlar tufayli yoki qonun hujjatlaridagi o'zgartishlar aso-sida jamoat manfaatlariga zarar yetishining oldini olish maqsadida ma'muriy hujjatni bekor qilish zarur bo'lsa;

> agar ma'muriy hujjat bilan qo'shimcha maj-buriyatlar bog'liq bo'lsa va manfaatdor shaxs ularni bajarmagan bo'lsa;

> agar manfaatdor shaxs ma'muriy hujjat aso-sida o'ziga berilgan pul mablag'laridan, buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmayotgan bo'lsa;

> agar ma'muriy hujjatni bekor qilish yoki o'zgartirish ushbu hujjat yuborilgan manfaatdor

shaxs foydasiga amalga oshirilsa va bunda boshqa manfaatdor shaxslarga qiyinchilik tug'ilmasa.

Shuni ta'kidlash lozimki, xuddi shunday maz-mundagi ma'muriy hujjatni takroran qabul qilish uchun boshqa asoslar mavjud bo'lgan hollarda ma'muriy hujjatni tegishli asoslarda bekor qilishga yoki o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi [10].

Yuqoridagilardan qisqacha xulosa qilgan holda ma'muriy huquqqa oid, ma'muriy hujjatlar borasida O'zbeki^on Respublikasining "Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida"gi qonuniga bir qancha takliflar ishlab chiqildi.

Birinchidan, "Ma'muriy tartib-taomillar to'g'-risida"gi qonunning 52-moddasiga binoan ma'muriy hujjatning yozma shaklda qabul qilinishi va boshqa shakllar to'g'risida qonun hujjatlarida maxsus belgi-lanishi tartibi keltirilgan. Shunga ko'ra agar boshqa shakl maxsus belgilanmagan bo'lsa, ma'muriy hujjat, qoida tariqasida, yozma shaklda qabul qilinishi talab etiladi. Bu esa ma'muriy organlar tomonidan hamda huquqni qo'llovchilar uchun biroz noqulay bo'lishi mumkin. Shuning uchun qonunning o'zida ma'muriy hujjatning elektron, belgili va boshqa shakllari to'g'risida tegishli qoidalarni to'g'ridan to'g'ri belgi-lab qo'yish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Ikkinchidan, Germaniya Federativ Respublika-si, Turkmani^on, Qirg'izi^on va boshqa bir qator davlatlarda ma'muriy hujjatni bekor qilish, haqiqiy emasligi bilan bog'liq masalalar alohida tartibga so-linganini ko'rish mumkin. Biroq O'zbeki^on Respublikasining "Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risi-

da"gi qonunida bu masalalarning barchasi bitta moddada berilgan bo'lib, mazkur qoidalarni anglashda turli xil qarashlar yuzaga kelmoqda. Va bu qonunni tushunishni qiyinlashtirmoqda va turli chalkashliklar-ga sabab bo'lmoqda. Ma'muriy hujjatning haqiqiyli-gi yuzasidan taklif etilayotgan mazkur qoidalar Germaniya Federativ Respublikasi va ayrim MDH davlatlarining ma'muriy tartib-taomillar to'g'risidagi qonunida o'z aksini topgan.

Uchinchidan, qonunning barcha moddalarida "ma'muriy hujjat" degan so'zlarni "ma'muriy akt" deb o'zgartirish maqsadga muvofiqdir. Zero, ma'muriy akt va uning rasmiylashtirilish shakli bo'lmish hujjat (dokument) bir xil tushuncha emas. Bundan tashqari, "Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida"gi qonunning bir qator me'yorlarida rus tilidagi "dokument" va "akt" so'zlari o'zbek tilida bir xilda "hujjat" tarzida keltirilganini ko'rish mumkin.

Shunga ko'ra "Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida"gi qonunning o'zbek tilidagi tahririda "ma'muriy hujjat"ni "ma'muriy akt" deb o'zgartirish masalasini o'rganib chiqish maqsadga muvofiq hi-soblanadi.

To'rtinchidan, ma'muriy hujjatni bekor qilish, o'zgartirish va haqiyqiy emas deb topishni protsessu-al jihatdan yanada soddalashtirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlari u^unligi-ni ta'minlash maqsadida ularning manfaatlariga hal bo'lishi lozim bo'lgan ma'muriy hujjatlarni o'zgartirish, bekor qilishning eng samarali va tezkor usullari-ni ishlab chiqish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Maurer Н. Allgemeines Verwaltungsrecht. - München: C.H. Beck, 2011.

2. Муратаев С.А., Мусаев Б.Т., Артиков Д.Р. Маъмурий ^у^у^ ва процесс. - Т.: ТДЮУ, 2020. - 423 б.

3. Wienbracke М. Allgemeines Verwaltungsrecht // JURIQ Erfolg^raining. - C.F. Müller, 2012.

4. Wü^enbecker Н., Sommer Ch. Werwaltungsrecht AT1. - 16-Mün&er: Alpmann Schmidt, 2016. -S. 228.

5. Крнун ^ужжатлари маълумотлари миллий базаси. - 2018. - 9 январь. - 03/18/457/0525-сон. -2020. - 7 январь. - 03/20/600/0023-сон.

6. Крнун ^ужжатлари маълумотлари миллий базаси. - 2018. - 9 январь. - 03/18/457/0525-сон. -2020. - 7 январь. - 03/20/600/0023-сон.

7. Wienbracke М. Allgemeines Verwaltungsrecht // JURIQ Erfolg^raining. - C.F. Müller, 2012.

8. Крнун ^ужжатлари маълумотлари миллий базаси. - 2018. - 5 январь. 03/18/456/0512-сон.

9. Муратаев С.А., Мусаев Б.Т., Артиков Д.Р. Маъмурий ^у^у^ ва процесс. - Т.: ТДЮУ, 2020. - 423 б.

10. Мусаев Б. Административно-правовые основы деятельности специальной комиссии по противодействию пандемии вируса COVID-19 // Review of law sciences. - 2020. - N° 2. - URL: https://cyberlenin-ka.ru/article/n/admini^;rativno-pravovye-osnovy-deyatelno^;i-spetsialnoy-komissii-po-protivodey^viyu-pan-demii-virusa-covid-19

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.