TASVIRIY SAN'AT DARSLARIDA GRAFIK MATERIALLARDA ISHLASHGA O'RGATISH (GUASH BO'YOG'I MISOLIDA)
Ulfat Shuhratovich Ismatov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti u.ismatov@cspi.uz
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola orqali Tasviriy san'at darslarida bo'lajak zamonaviy tasviriy san'at ta'limi o'qituvchilariga grafik materiallarda, xususan guash bo'yog'i xususiyatlari va undan foydalanish texnikasini o'rgatishdan iborat.
Kalit so'zlar: Tasviriy san'at, grafik materiallar, Guash, ijod, uslub, texnika, qalamtasvir, akvarel, yorug'-soya.
TEACHING TO WORK ON GRAPHIC MATERIALS IN FINE ARTS CLASSES (ON THE EXAMPLE OF GUASH PAINT)
Ulfat Shuhratovich Ismatov
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region u.ismatov@cspi.uz
ABSTRACT
This article aims to teach future teachers of contemporary art graphic materials, in particular the properties of gouache and the techniques of its use, in fine arts lessons.
Keywords: fine arts, graphic materials, gouache, creativity, style, technique, pencil, watercolor, chiaroscuro.
KIRISH
MaTumki bugungi kunda oliy ta'lim muassalarining oldiga qo'yilgan asosiy maqsadi; talabalarni o'z mutaxasisligi bo'yicha chuqur bilim olishini taminlash, ularni intellektual rivojlantirish, yangi g'oyalarni topish va amaliyotga tatbiq etishini nazarda tutadi. Bu esa mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida, liar tomonlama yetuk, komil insonni shakllantirish, yuksak malakali, ijodkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega, yangi texnika va texnologiyalarga tez moslashuvchan layoqatli kadrlarni tayyorlash masalasining hozirgi zamon ta'lim nazariyasi va amaliyoti uchun muhimligini ko'rsatib beradi.
Barcha sohalarda bo'lgani kabi tasviriy san'at ta'lim yo'nalishida ham, liar tomonlama mukammal, ijodkor kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan bo'lajak pedagog-rassomlar tasviriy san'at sir asrorlari, tarixi, tur va janrlari haqida chuqur bilimga ega bo'lishi, hamda turli grafik materiallarning xususiyatlari va ularda ishlash texnikalarini yaxshi bilmog'i lozim.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Har bir pedagog-rassom o'z xoxishi, qiziqishi va maqsadiga qarab, turli xil grafik materiallardan foydalanib asar yaratadi. Grafik materiallarda tasvirlashning turlari ko'p bo'lib, har bir ijodkor rassomning asar yaratish jarayonida o'ziga xos uslubi, tasvirlash texnikasi va foydalaniladigan materiallari mavjud. Kimdir akvarel bilan tasvirlashni yoqtirsa, yana kimdir guashda yoki moybo'yoqda, boshqasi esa qalamda, retushda, akril bo'yog'ida, sanginada va boshqa materiallarda tasvirlashni yoqtiradi. Albatta har bir materialdan foydalanishning ham o'ziga xos uslubi mavjud. Rangtasvir ustalarining asarlarini kuzatar ekanmiz, ularning har biri texnologiyasi hamda uslubi jihatidan naqadar rang-barang ekanligini ko'ramiz va rassomlar mahoratiga tan beramiz. Ayniqsa guash bo'yog'ida ham juda ko'p o'tmish rassomlari asarlar yaratganliklari malum. Ularning bir-biridan ajoyib natyurmort, manzara, teatr bezaklari, portret, plakatlari jahon tasviriy san'ati xazinasidan o'rin olgan. Chunki ijodkor rassomlar bo'yoqning tasvir imkoniyatlarini ustalik bilan qo'llaganlar. Asarlarning biri quyuq bo'yoq qatlamidan foydalanib ishlangan bo'lsa, boshqasi esa juda nozik, yupqa qatlamda bajarilgan. Shunday asarlar ham borki, ular murakkab aralash texnikada bajarilgan. Ya'ni ham akvarel, ham guash texnalogiyasi ustalik bilan qo'llangan. Bunday mahoratli ishlangan asarlar qatoriga rus rassomlari V. Serov, K. Yuon, V. Kustodiyevlarning ijod namunalarini qo'shishimiz mumkin. Shunisi ham qiziqarliki, ayrim rassomlar akvarel bo'yog'ida yaratgan asarlarida guashning faqat oqini ishlatganlar va bu yaxshi samara berganligi ko'rinib turadi. Bunday asarlarga S. Gerasimov ijodiga mansub ishlarni misol qilib ko'rsatishimiz mumkin.
MUHOKAMA
Guash bo'yog'i akvarel bo'yog'ining tamoman aksi bo'lib, u kabi tiniq, jarangdor tus bermaydi. Ranglari yorug'likni yutganligi sababli uning tagidagi qog'oz ko'rinib, sezilib turmaydi. Tarkibi esa akvarelniki singari -bo'yoq kukuni va uni bog'lovchi moddalardan iborat. Ammo ular maxsus yog'och yelimi bilan mo'tadil nisbatlarda aralashtirilgan bo'ladi. Guash bo'yog'ining
yana bir muhim jihati uning oq bo'yoq bilan aralashtirib ishlatilishidir. Shuning uchun uning ranglari unchalik jarangdorlik kasb etmaydi. Bo'yoqni ishlatish uchun mo'yqalamlar ham maxsus tanlanib olinadi va ular juda yumshoq bo'lmasligi, bir oz dag'alroq bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Tasvir ishlanadigan sath, ya'ni qog'oz yoki karton ham silliq bo'lmagani yaxshi. Uning yuzasi iloji boricha yelimli qoplama (grunt) bilan ishlov berilgan bo'lishi zarur. Shunda uning sathiga guash bo'yog'ini yaxshi surtish mumkin bo'ladi. Guash ko'pincha grafik ishlarni, bezaklarni, plakatlarni ishlashda va qisman rangtasvirlarni bajarishda foydalaniladigan, suv qo'shib ishlatiladigan, tez quriydigan bo'yoqdir. U bilan tasvirlar bajarishning murakkabligi shundaki, bo'yoq surtilgan paytda to'q, qurigandan keyin esa ochlashib ko'rinishidir. Shu jihatini hisobga olib turilmasa, ranglar orasidagi muvofiqlikni ushlab turish ancha qiyin kechadi. Buning uchun odatda liar bir surtiladigan asosiy ranglar alohida-alohida maxsus idishchalarda tayyorlanib olinib, so'ng unga bir oz boshqa qo'shimchalar aralashtirib tasvir ishlanadi. Ranglarni ishlatishda, uning to'q-ochligi, rang tuslarining qanday topilganini doimo tekshirib, bilib turish uchun bir bo'lak qog'ozga tayyorlangan aralashmani surtib aniqlab, so'ng qo'llansa maqsadga muvofiq bo'ladi.
NATIJALAR
Ammo shunisi borki, bu nozik, saqlanishi ancha qiyin bo'lgan ishlarning ayrimlari, ayniqsa quyuq qilib ishlanganlarining bo'yoqlari o'chib, to'kilib ta'mir talab bo'lib qolganligi sir emas. Guash bo'yog'ida tasvirlarni bajarganda iloji boricha liar bir rang tusi uchun alohida-alohida mo'yqalam tutgan ma'qul. Shunda ranglarni tiniq va toza, jozibali chiqishiga erishiladi. Guash bo'yog'ida ranglavha va ayniqsa portretlar hamda odam tana qismlarini tasvirlash, nozik rang tovlanishlarini berish qiyin ishdir. Buning uchun ancha muncha mahorat, bilim, tajriba kerak bo'ladi. Tasvir ishlashning yo'l-yo'rig'i, usullarini puxta egallash esa ko'p amaliy mashg'ulotlarni talab etadigan jarayondir.
Guash bo'yog'ining keyingi paytda yangi kashf etilgan turi ham mavjud bo'lib, uning nomi «fluoressentli guash» deb ataladi. Uning ijobiy tomoni sun'iy nur tushirilganda yorqinlik kasb etib, «yal-yal» yonib ko'rinishidir. Chunki uning ximiyaviy asoslari ultrabinafsha, binafsha, ko'k, yashil nurlardan g'ayrioddiy yorqin va tabiatdagidan ikki-uch marta kuchli rangda tovlanib ko'rinadi. Shu sababdan bunday bo'yoq turi teatr bezakchiligida keng qo'llanmoqda. Uning ta'sirchan yarqirab ko'rinishi uchun odatda kvars lampalarni nuridan ham foydalansa bo'ladi.
O'quv-mashq ishlarni bajarishda, ayniqsa natyurmortlarni ishlashda guash bo'yog'idan foydalanish juda ham qo'l keladi. Uni moybo'yoqda tasvirlar ishlashdan awal o'rganilsa maqsadga muvofiq keladi. Shuningdek, turli kompozisiyalarning eskizlarini o'quv-mashq namunalarini guash texnikasida bajarish qulaydir. U bilan katta-katta sathlarni yaxlit qilib bo'yash, tez ishlash mumkin.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda bugungi kunda liar bir oliy ta'lim muassasi oldida turgan asosiy maqsadlaridan biri zamonaviy tasviriy san'at o'qituvchilariga turli grafik materiallarda xususan guash bo'yog'ining xususiyatlari va ishlash texnikalarini o'rgatish orqali; ularni borliqdagi va san'atdagi go'zalliklarni ko'ra bilish, idrok etish, tushunish va qadrlashga o'rgatish; estetik va badiiy didni o'stirish, badiiy fikr doirasini kengaytirish; badiiy ijodiy qobiliyat va fantaziyasini rivojlantirish, o'z uslubini, ijod yo'lini topishiga xizmat qilishdan, shu bilan birga tasviriy san'at ta'lim yo'nalishida liar tomonlama tajribali, yetuk kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.
REFERENCES
1. Султанов, X. Э., Анкабаев, P. Т., Хасанова, H. С., & Чориева, Н. Ш. (2017). Инновационные методы обучения на занятиях по изобразительному искусству.
In Актуальные вопросы современной педагогики (pp. 103-105).
2. Ne'mat, А. М., & Ankabaev, R. Т. (2018). Methodological Principles of Training Fine Arts. Eastern European Scientific Journal, (6).
3. Ирбутаева, M. Т., Махмудов, M. Ж., & Махмудов, М. Э. (2020). ЖИВОПИСЬ И ГАРМОНИЯ МУЗЫКИ. Ученый XXI века, 6-1(65), 31-34.
4. Tursunmurotovich, S. S. (2020). Importance of illustrations for perception of content of the book. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 98101.
5. Shuhratovich, I. U. (2020). Application of innovation in teaching process. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(5), 4-8.
6. Saidazimovich, В. I., Turgunovich, A. R., Jabbarovich, M. M., & Tairovna, I. M. (2020). THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE LANDSCAPE GENRE IN THE FINE ARTS. EPRA International Journal of Research and Development, 5(3), 423-424.
7. Eralievich, S. K., Mukhamatsultonovna, M. I., Saidazimovich, В. I., & Turgunovich, A. R. (2020). The Need for Creation of a Cluster of Pedagogical Innovations
in the System of Continuous Education. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05), 6586-6591.
8. Shuhratovich, I. U. (2020). Technologies of working on graphic materials in fine arts classes (on the example of working still life in the pen. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 41-45.
9. Байметов, Б. Б., Собиров, С. Т., & Исматов, У. Ш. (2019). ПРОБЛЕМЫ ПРОФЕССИОНАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ УЧИТЕЛЕЙ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА. Вестник науки, 1(1), 63-66.
10. Tursunmurotovich, S. S., Eraliyevich, S. X., & Shuhratovich, I. U. (2020). Illustration and the Influence of Illustrator on Children's Understanding of Fairy Tales and Works of Art in Books. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05), 3526-3533.
11. Eralievich, S. K., Tursunmurotovich, S. S., & Mukhamatsultonovna, M. I. (2020). THEORETICAL BASIS OF CLUSTER APPROACH IN FINE ARTS EDUCATION. Journal of Critical Reviews, 7(9), 108-111.
12. Tursunmurotovich, S. S. (2020). Bolalar ijodiy qobilyatini rivojlantirishda grafik rassomlar hayoti va ijodiy faoliyatini organishning muhimligi. Педагогика ва психологияда инновациялар, (2), 460-464.
13. Tursunmurotovich, S. S. (2020). Some Factors That Impede The Development Of Students' Creative Abilities In Fine Art Classes. Asian Journal of Research, 1(3), 214-218.
14. Saidazimovich, В. I. (2020). 50 Years Of The Xx Century The Development Of The Uzbek Landscape Genre. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(6), 62-64.
15. Султанов, X. Э., Худайбердиев, П. У., & Собиров, С. Т. (2017). Непрерывное образование в Узбекистане как требование времени. Молодой ученый, (4), 385-389.
16. Ismatov U.Sh, Rajabov Sh. Z, Tursunov M. U, Tasviriy san'at darslarida grafik materiallarda ishlash texnologiyalari. "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi fanlarini boshqa fanlar bilan integratsiyalashning muammolari va yechimlari" mavzusida Xalqaro miqyosida ilmiy-texnik anjumanining MA'RUZALAR TO'PLAMI, Andijon - 2020 y. 287 b.
17. X. E. Sultanov, Rangtasvir (Akvarelda natyurmort ishlash), o'quv qo'llanma, Toshkent 2019 y.
18. Ismatov U. Sh., Technologies of working on graphic materials in fine arts classes (on the example of working still life in the pen. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 4, 2020 Part II ISSN 2056-5853., 41-45 b.
19. Hasanov S. Navoiy poetikasida ranglarning qoTlanilishi. San'at jurnali 1 G' 1990, 2627 betlar.
18. Kukiev, В., O'g'li, N. N. & Shaydulloyevich, B. Q. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 1 (12), 49-54.
19. Achilov Nurbek Norboy o'g'li (2020). Pedagogical and psychological fundamentals of formation of space imagination and creative ability in students. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 38-40.
20. Muratov Khusan Kholmuratovich; Abdulkhamidov Sardor Mardanaqulovich; Jabbarov Rustam Ravshanovich; Khudaynazarova Ugiloy Sharifovna and Baymurzayeva Oykaram Shodiyevna. Methodology of Improving Independent Learning Skills of Future Fine Art Teachers (On the Example of Still Life in Colorful Paintings). International Journal of Psychosocial Rehabilitation ISSN: 1475-7192. March 2020. Volume 24 - Issue 5. -pp. 2043-2048.
21. Xalimov Moxir, Achilov Nurbek, Bekqulov Qudrat, Xo'jaqulov Elbek, Ko'kiyev Boburmirzo CHIZMACHILIK VA CHIZMAGEOMETRIYA FANLARIDA BURCHAK TOPISHNING BAZIUSULLARI 47.
22. Baymetov Botir Boltaboevich. Methods of Portraiture in the Process of Making Sketches and Drawings of the Human Face in Higher Pedagogical Education. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 05, 2020 ISSN: 1475-7192. DOI: 10.37200/IJPR/V24I5/PR2020625 Received: 14 Apr 2020 | Revised: 22 Apr 2020 | Accepted: 12 May 2020. 6408-6415
23. Talipov Nozim Khamidovic;h, Talipov Nigmatjon Nozimovich; Yuldasheva Nilufar Ibrohimovna; Jabbarov Rustam Ravshanovich; Muratov Khusan Kholmuratovich. Development of students' creative abilities through teaching "landscape painting". Journal of Critical Reviews. ISSN- 2394-5125. Vol 7, Issue 6, 2020. -pp. 227-229.
24. Achilov N.N. Develop students' spatial imagination by making simple cuts in drawing. Mysajimm j snyKCiis 6ujiu,MJiendupuy ummuiaiemoduKajibiK J/cypiiaiu №2 2020 ISSN 2181-7138
25. Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students' graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78.