Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’ATNI O’QITISHDA “USTOZ SHOGIRD” TIZIMINING AHAMIYATI'

TASVIRIY SAN’ATNI O’QITISHDA “USTOZ SHOGIRD” TIZIMINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

272
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / ta’lim oluvchilar / hamkorlik / pedagogikasi / ustozshogird an’anasi. / education / learners / pedagogy of collaboration / mentor-apprentice tradition.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ma’mura Irbutaeva

Maqolada ta’lim sifatini oshirishda hamkorlik pedagogikasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, yo‘nalishlari yoritilgan. Shu bilan birga “ustoz-shogird“ an’anasining kelib chiqishi, rivojlanishi, ta’lim oluvchining kamolotidagi o‘rni haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF THE TEACHER-STUDENT SYSTEM IN TEACHING THE FINE ARTS

The article highlights the issues of cooperation pedagogy, its features and directions, the role in improving the quality of education. The origin and development of the mentor-student tradition, its place in the improvement of the student is also considered.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’ATNI O’QITISHDA “USTOZ SHOGIRD” TIZIMINING AHAMIYATI»

cademic Research in Educational Si enees

TASVIRIY SAN'ATNI O'QITISHDA "USTOZ - SHOGIRD" TIZIMINING

AHAMIYATI

Ma'mura Irbutaeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada ta'lim sifatini oshirishda hamkorlik pedagogikasi va uning o'ziga xos xususiyatlari, yo'nalishlari yoritilgan. Shu bilan birga "ustoz-shogird" an'anasining kelib chiqishi, rivojlanishi, ta'lim oluvchining kamolotidagi o'rni haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar; ta'lim, ta'lim oluvchilar, hamkorlik, pedagogikasi, ustoz-shogird an'anasi.

THE IMPORTANCE OF THE TEACHER-STUDENT SYSTEM IN TEACHING THE FINE ARTS

Mamura Irbutaeva

Teacher of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABSTRACT

The article highlights the issues of cooperation pedagogy, its features and directions, the role in improving the quality of education. The origin and development of the mentor-student tradition, its place in the improvement of the student is also considered.

Keywords: education, learners, pedagogy of collaboration, mentor-apprentice tradition.

KIRISH

Bugungi kunda O'zbekiston o'z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga qadam qo'ymoqda. Biz milliy tiklanishdan - milliy yuksalishga erishishni o'z oldimizga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo'ydik. Bu ulug' maqsadga esa jahon ahli bilan hamjihat va hamkor bo'lib yashash, ochiq demokratik jamiyat qurish, hayotimizda milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini yanada keng qaror toptirish orqaligina erishish mumkinligini biz yaxshi anglaymiz. Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida liar bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste'dodi va qobiliyatlarini to'liq amalga oshirishga

cademic Research in Educational Sciences

e'tibor berishga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun bu masala liar doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo'lmadi. Unda alohida bo'lim davlatning yoshlar siyosatini takomillashtirishga bag'ishlangan. U O'zbekistonning 10 million fuqarosi yoki mamlakat aholisining 31 foizini tashkil etuvchi yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ustuvor vazifalarni qamrab oladi.O'zbekiston Prezidentining davlatning rivojlanish istiqbollari haqidagi strategiyasida prinsipial yondashuvini ifodalaydi. Shavkat Mirziyoyev asosiy e'tiborni yoshlarga qaratilmoqda. Yoshlarning oliy o'quv yurlarida tahsil olib,turli iqtisosliklarni, jumladan, san'at soxasini chukur o'rganish uchun keng imkoniyatlar vujudga keldi. Ana shunday sharoitda o'qib ulg'aygan yoshlar, avlodlar uchkuni paydo bo'ldi. Ma'lumki, oliy ta'lim muassasalaridagi oquv-tarbiya jarayonini, xususan, tasviriy san'at o'quv jarayonini modernizatsiyalash, rassom-pedagog boladigan mutaxassislar tayorlash tizimi sifat darajasini oshirishda oqituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, ularni sohaga oid zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish, ilmiy-texnik innovatsiyalardan mustaqil ravishda, ijodiy foydalanish hamda istiqbolli vazifalarni liai qila olish ko'nikmalarini rivojlantirish muhim vazifalardan sanaladi. Bunda badiiy ta'lim bosqichlarining o zaro mazmunan bog'liqligi, uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash; oliy ta'limda tasviriy san'at o'quv jarayonini tashkil etishning ilgor pedagogik texnologiyalarini joriy qilish, bu borada o'quv uslubiy majmualar sifatini ta'minlash, pedagogik texnologiyalarni joriy etishda professor-oqituvchilarning kompyuter va Internetdan foydalanish bo'yicha savodxonligini doimiy oshirib borish; oliy ta'limning axborot resurs va zamonaviy o'quv adabiyotlari bilan ta'minotini yanada rivojlantirish; tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishlarida ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish oliy ta'lim muassasalarida rassom-pedagoglarining faoliyat yo'nalishlari tarkibini belgilaydi.

Yuqoridagi fikrlardan ko'rinib turibdiki oliy ta'lim tizimini xususan, tasviriy san'at ta'lim tizimini modernizatsiyalash (ingl. modem — yangilangan, zamonaviy, tekor o'sish) o'quv jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvni talab etadi. Pedagogik jarayonda to'plangan tajribalar asosida ko'plab usul va texnologiyalarni qo'llashga to'g'ri keladi, ushbu metodlardan biri ijodiy to'garak ustaxonasida ustoz-

catlemic Research in Educational Sciences

shogird an'anasi asosida ishlash mustaqil ta'lim, ijodiy to'garak mashg'ulotlarida foydalanish tashkil etadi.

NATIJALAR

Ijodiy ustaxonada ustoz bilan birgalikda ishlash mashg'ulotlari talabalar ijodiy fikrlashlari va faoliyatlarining rivojlanishlari uchun samarali imkoniyatlar yaratadi. Ijodiy ustaxona pedagog uchun talabalardagi tabiiy qobiliyatlarni amalga oshirish va uni liar xil ijodiy faoliyatlarda qo'llashga yordam beradigan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni cheksiz qo'llash iinkoniyatini yaratadi. Bu texnologiyalarga -shaxsiyatga mo'ljallangan; talabaga liar tomonlama hurmat va muhabbat bilan yondashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash asosiga qurilgan -yakkama-yakka ta'lim texnologiyasi; talabalar bilan birga maqsadni belgilab olish, ular bilan birga ijod qilish, ularga do'st sifatida qarash, ularning qiziqishlariga, ijobiy hissiyotlarining hamohangligini yaratishga qaratilgan - pedagogik hamkorlik texnologiyasini; ijodkorlik imkoniyatlarning rivojlanishi darajasidagi tabaqalashtirilgan ta'lim; muammoli holatlarni yaratish va talabalar uning yechimini mustaqil ravishda topishlarini faollashtirishga qaratilgan - muammoli ta'lim; talabaning shaxsiyatini tarbiyalash, uning ilmiy tadqiqot, ijodiy faoliyati qobiliyatlari iinkoniyatini loyihalashtirish usuli bo'yicha xususiy texnologiyani qo'llash kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni misol qilish mumkin.

Ijodiy to'garak ustaxonasi metodiga asoslangan usul; quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishni talab qiladi.

- talabaning ta'lim jarayonida va hayotiy faoliyatida olgan bilim, ko'nikma va mahoratlarini takomillashtirish;

- mustaqil ijodiy izlanish ko'nikmalarini rivojlantirish;

- tasviriy san'atning barcha tur va janrlariga qiziqishlarini oshirish, liar xil materiallar texnikalarni o'zlashtirish xohishlarini rivojlantirish;

- olgan bilimlarini amalda kundalik hayotda qo'llash, shaxsiyatini va atrof borliq haqidagi fikrlarini tubdan o'zgartirish;

- inson hayoti tabiat, san'at, kundalik turmush bilan uyg'unligini idrok etish haqidagi ma'naviy savodxonligini oshirish;

- milliy qadriyatlarni va urf odatlarni sevish, hurmat qilish hissini tarbiyalash;

- jamiyatdagi o'z o'rnini topishda, o'z ijodiy mehnat mahsullarining jamiyatga nechog'lik kerakligini his qilish, o'tmishdagi ajdodlarimiz me'rosiga hurmat nazari bilan qarash va kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash;

Academic Research in Educai mal Sciences

MUHOKAMA

Ijodiy ustaxonada nimani amalga oshirish kerakligini asosan shogirdning o'zi tanlaydi, ustoz faqat uning ishidagi xatolarini tuzatib, qanday tasvirlash vositalaridan foydalanish mumkinligi haqida maslahatlar beradi. Ustoz va shogirdning birgalikdagi harakati asosida ijodiy faoliyat yaratiladi. Shogird tasviriy san'atning qaysi turi yoki janrida ishni boshlashni xohlasa, ustoz yordamida o'zining faoliyatini rejalashtiradi: eskizlar bajaradi, ishlash uchun material tanlaydi, ish joyini tayyorlaydi keyin o'ylagan rejasini amalga oshirishga kirishadi. Ijodiy ustaxonadagi liar bir shogird - bu o'z asarini tomoshabinlar hukmiga qo'yishga tayyorlanayotgan rassom. To'garakda ijodiy ustaxona usulida bajarilgan liar bir ish, o'z holicha bir loyiha, tugallangan buyum bu konkurs, olimpiada yoki ko'rgazmaga qo'yiladigan tayyor mahsulotdir.

Ijodiy ustaxonada ishlashni rejalashtirish to'garakdagi, asosiy e'tibor liar bir talabaning hohishi va qiziqishlari asosida liar bir talaba shaxsiy xususiyatini hisobga olib tuziladi. Ammo pedagog nafaqat talabaning shu paytgacha o'zlashtirgan bilimlari, ko'nikma va malakalarini hisobga olishi, balki o'sish nuqtasini ham belgilab borishi, kelgusidagi kamolotga erishish imkoniyatlari, ularning yangi tajribalarni egallashlarida yordamlashishi, yangi texnologiyalar va texnikalar bilan tanishtirib borishlari kerak bo'ladi. Ijodiy ustaxonada mashg'ulotda qatnashayotgan talabalarning o'zi ham doimo yangi texnologiyalarni izlashadi, yangi tajribani o'zlashtirishga, atrofdagilar bilan o'rtoqlashishga harakat qilishadi.

Mashg'ulotlar jarayonida ijodiy ustaxona usulidagi ishlash metodikasining psixologik jihatlariga e'tibor berish juda muhim. Sir emaski tasviriy san'at bilan endi shug'ullanishni boshlagan talabalar o'ziga ishonmaslik, o'z ishini past baholash, "men yaxshi chiza olmayman", "chiroyli chiqara olmasamchi?", "hech kimga yoqmasachi?", "men umuman hech narsani eplay olmayman" kabi cho'chish hissi yuqori bo'ladi. To'garakdagi mashg'ulotlar jarayonida asta-sekin bu cho'chish hissi yo'qolib boradi, chunki tasviriy san'at mashg'ulotlarida bajargan ishlariga liar doim ball qo'yib borilmaydi, tugallash uchun vaqtlar chegaralanmaydi. Oxirgi natijaga esa albatta erishiladi, ishni qaysi paytda to'xtatishni (ishini ko'rgazmaga qo'yadimi, konkursga jo'natadimi yoki biron kishiga sovg'a qilishiga qarab) talabaning o'zi hal qiladi.

XULOSA

Talabalarni ko'rgazmalarga olib borish ham muhim o'rin egallaydi. Tadbirdan maqsad tasviriy san'ati turlari dunyoqarashlarini kengaytirish, san'at turlarini farqlay rassomlarning asarlari bilan tanishish orqali ijodiy qobiliyatlarini hamda bilim va malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Bundan ko'rinib turibdiki, talabalarga aniq maqsad qo'yilsa, ularning ijodiy ishi natijasini ko'rsatish imkoniyati

cadem • Research i Educational Sciences

yaratilsa, talabalardagi ijod qilish, yaratishga bo'lgan qiziqishi ortadi. Ijodiy ustaxona sharoitida birga ishlash barobarida ustozga nisbatan mehr va hurmat tuyg'ularini oshganligi yaqqol seziladi.

Demak, kichik mutaxassislar tayyorlashda «Ustoz-shogird odobi» an'analaridan ta'lim-tarbiya jarayonida takomillashtirish va rivojlantirishda pedagoglar o'rni va ahamiyati katta. Shuningdek, Yosh avlod vakillari o'tmishda yaratilgan merosni, asarlarni ko'rib, ardoqlab, idrok qilib o'zlashtirsalar, zamonaga munosib rassomlar bo'lib yetishishlari mumkin.

REFERENCES

1. Султанов, X. Э., Анкабаев, P. Т., Хасанова, H. С., & Чориева, Н. Ш. (2017). Инновационные методы обучения на занятиях по изобразительному искусству. In Актуальные вопросы современной педагогики (pp. 103-105).

2. Ne'mat, А. М., & Ankabaev, R. Т. (2018). Methodological Principles of Training Fine Arts. Eastern European Scientific Journal, (6).

3. Ирбутаева, M. Т., Махмудов, M. Ж., & Махмудов, М. Э. (2020). ЖИВОПИСЬ И ГАРМОНИЯ МУЗЫКИ. Ученый XXI века, 6-7(65), 31-34.

4. Tursunmurotovich, S. S. (2020). Importance of illustrations for perception of content of the book. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 98-101.

5. Shuhratovich, I. U. (2020). Application of innovation in teaching process. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(5), 4-8.

6. Saidazimovich, В. I., Turgunovich, A. R., Jabbarovich, M. M., & Tairovna, I. M. (2020). THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE LANDSCAPE GENRE IN THE FINE ARTS. EPRA International Journal of Research and Development, 5(3), 423-424.

7. Eralievich, S. K., Mukhamatsultonovna, M. I., Saidazimovich, В. I., & Turgunovich, A. R. (2020). The Need for Creation of a Cluster of Pedagogical Innovations in the System of Continuous Education. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05), 6586-6591.

8. Shuhratovich, I. U. (2020). Technologies of working on graphic materials in fine arts classes (on the example of working still life in the pen. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 41-45.

9. Байметов, Б. Б., Собиров, С. Т., & Исматов, У. Ш. (2019). ПРОБЛЕМЫ ПРОФЕССИОНАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ УЧИТЕЛЕЙ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА. Вестник науки, 1(1), 63-66.

catlemic Research in Educational Sciences

10. Tursunmurotovich, S. S., Eraliyevich, S. X., & Shuhratovich, I. U. (2020). Illustration and the Influence of Illustrator on Children's Understanding of Fairy Tales and Works of Art in Books. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05), 3526-3533.

11. Eralievich, S. K., Tursunmurotovich, S. S., & Mukhamatsultonovna, M. I. (2020). THEORETICAL BASIS OF CLUSTER APPROACH IN FINE ARTS EDUCATION. Journal of Critical Reviews, 7(9), 108-111.

12. Tursunmurotovich, S. S. (2020). Bolalar ijodiy qobilyatini rivojlantirishda grafik rassomlar hayoti va ijodiy faoliyatini organishning muhimligi. Педагогика ва психологияда инновациялар, (2), 460-464.

13. Tursunmurotovich, S. S. (2020). Some Factors That Impede The Development Of Students' Creative Abilities In Fine Art Classes. Asian Journal of Research, 7(3), 214-218.

14. Saidazimovich, В. I. (2020). 50 Years Of The Xx Century The Development Of The Uzbek Landscape Genre. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(6), 62-64.

15. Султанов, X. Э., Худайбердиев, П. У., & Собиров, С. Т. (2017). Непрерывное образование в Узбекистане как требование времени. Молодой ученый, (А), 385389.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.