Научная статья на тему 'TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT SOHASIDA SMART SHARTNOMALARNING HUQUQIY REJIMI'

TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT SOHASIDA SMART SHARTNOMALARNING HUQUQIY REJIMI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
253
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
smart shartnoma / huquqiy smart shartnoma / Blokcheyn / raqamli vakil / Bitkoyn tizimi / kriptovalyuta / tashqi savdo / raqamli tranzaksiyalar. / Smart contract / legal smart contract / Blockchain / digital agent / Bitcoin system / cryptocurrency / foreign trade / digital transactions

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Sultanova, Yulduz Davronbek Qizi

Ushbu maqola tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida smart kontraktlarning huquqiy rejimi haqida bo‘lib, Smart kontraktlarning kelib chiqish tarixi va bugungi kundagi o‘rni yoritib o‘tilgan. Shuningdek, smart shartnomalarni amaliyotda qo‘llash jarayonida vujudga keladigan avzalliklar va kamchiliklar sanab o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL REGIME OF SMART AGREEMENTS IN THE FIELD OF FOREIGN ECONOMIC ACTIVITY

This article is about the legal regime of smart contracts in the field of foreign economic activity, the history of the origin of smart contracts and their current place. It also lists the advantages and disadvantages that arise in the process of putting smart contracts into practice.

Текст научной работы на тему «TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT SOHASIDA SMART SHARTNOMALARNING HUQUQIY REJIMI»

TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT SOHASIDA SMART SHARTNOMALARNING HUQUQIY REJIMI

Sultanova Yulduz Davronbek qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti 4-bosqich Xususiy huquq fakulteti

A potok 1-guruh talabasi E-mail: yulduz. sultanova@internet.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida smart kontraktlarning huquqiy rejimi haqida bo 'lib, Smart kontraktlarning kelib chiqish tarixi va bugungi kundagi o 'rni yoritib o 'tilgan. Shuningdek, smart shartnomalarni amaliyotda qo 'llash jarayonida vujudga keladigan avzalliklar va kamchiliklar sanab o 'tilgan.

Kalit so'zlar: smart shartnoma, huquqiy smart shartnoma, Blokcheyn, raqamli vakil, Bitkoyn tizimi, kriptovalyuta, tashqi savdo, raqamli tranzaksiyalar.

ABSTRACT

This article is about the legal regime of smart contracts in the field offoreign economic activity, the history of the origin of smart contracts and their current place. It also lists the advantages and disadvantages that arise in the process of putting smart contracts into practice.

Keywords: Smart contract, legal smart contract, Blockchain, digital agent, Bitcoin system, cryptocurrency, foreign trade, digital transactions.

AННОТАЦИЯ

Эта статья о правовом режиме смарт-контрактов в сфере внешнеэкономической деятельности, истории происхождения смарт-контрактов и их нынешнем месте. В нем также перечислены преимущества и недостатки, возникающие в процессе применения смарт-контрактов на практике.

Ключевые слова: смарт-контракт, юридический смарт-контракт, Блокчейн, цифровой агент, система Биткойн, криптовалюта, внешняя торговля, цифровые транзакции.

KIRISH

Barcha sohalarda rivojlanib borayotgan texnika va texnologiya fuqarolik huquqiy munosabatlar orqali namoyon bo'luvchi shartnomalar va xalqaro darajadagi shartnomalarga ham o'z ta'sirini ko'rsata boshladi. Endilikda dunyoning istalgan qismidan turib shartnomalar tuzish va o'larni amalga oshirish bugungi kun

Scientific Journal Impact Factor

taraqqiyoti uchun qiyinchilik tug'dirmaydi. Hozirgi zamon tili bilan aytganda bunday shartnomalarni smart ya'ni aqlli shartnomalar deb atash mumkin.

Yuqorida qayd etilganidek, texnologiya aniqroq qilib aytganda informatikaning taraqqiyoti smart shartnoma tushunchasining yaratilishiga asos bo'ldi. Bu atama g'oyasini birinchi marotaba AQShlik informatika, kriptografiya va huquq bo'yicha mutaxassisi Nika Sabo tomonidan 1994 yilda ilgari surilgan bo'lib, u mazkur shartnomani «Tomonlar o'rtasidagi majburiyatlarning raqamli vakili, shu jumladan ushbu majburiyatlarni bajarish uchun protokol», deb ta'riflaydi1.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Smart - shartnoma (inglizcha smart contract - aqlli shartnoma) - biror narsaga egalik qilish to'g'risida ma'lumot yaratish, boshqarish va taqdim etish uchun ishlab chiqilgan kompyuter algoritmi. Tor ma'noda smart - shartnoma blokcheynning biror manzilida joylashgan vazifalar va ma'lumotlar majmuidir2.

Keyinchalik 1998 yilda u "Bit Gold" deb nomlangan yana bir raqamli valyutani ixtiro qildi. Bu Bitkoin mavjud bo'lgunga qadar. Ushbu shartnoma o'z-o'zidan bajarilgan va vazifalarni bajarish uchun kodlarga aylantirilgan. Shu o'rinda aytish joizki, smart shartnomalarning amaliyotga kirib kelishi biroz vaqt o'tib ya'ni 2008 yilda blokcheyn texnologiyasining paydo bo'lishi bilan bog'liq. Blokcheyn (inglizcha Blockchain - blok zanjiri) - ma'lum qoidalar asosida tuzilgan ma'lumotni o'z ichiga olgan bloklarning doimiy ketma-ket zanjiri3.

Blokcheyn atamasi Bitkoyn tizimida to'liq takrorlangan taqsimlangan ma'lumotlar bazasining nomi sifatida paydo bo'ldi. Shuning uchun blokcheyn texnologiyasini kriptovalyutalar bilan bog'liq operatsiyalar sifatida tushuniladi, ammo ushbu texnologiyani istalgan o'zaro bog'liq axborot (ma'lumot)ni bloklariga qo ' llash mumkin4.

Ammo Bitkoynning blokcheyn texnologiyasi shartnoma tuzish uchun vazifalarni belgilash imkonini bermaydi, chunki unda faqat tranzaksiya haqida ma'lumot bo'ladi. Shunga qaramay texnologiyalarning rivojlanishi smart - sharnomalarni ishlab chiqish uchun turtki bo'ldi va oradan besh yil o'tib Ethereum ishlab chiqqan blok platformasi smart - shartnomalarni amaliyotda qo'llash imkonini berdi. Bugungi kunga kelib

1 Bitcoin is not just digital currency. It's Napster for finance.. Fortune (21 января 2014). Дата обращения 19 ноября

2 https://www.ibm.com/topics/smart-contracts

3 Satoshi Nakamoto. Bitcoin: A Peer-to-Peer Electronic Cash System. — 2008. — 9 с.

4 Артем Генкин, Алексей Михеев. Блокчейн. Как это работает и что ждет нас завтра. — М.: Альпина Паблишер,

2018.

2017. — 592 с.

smart - shartnomalardan foydalanish imkonini beradigan bir nechta platformalar mavjud5.

Hozirda esa olimlar smart shartnomalarni ikki xil talqin qilishmoqda: «Smart shartnoma» va «Huquqiy smart shartnoma». Smart shartnoma oldindan belgilangan funksiyalarga ko'ra, muayyan holat yoki shart vujudga kelsa, avtomatik tarzda ishga tushadigan kompyuter kodini anglatadi. Kod taqsimlangan registrda saqlanishi va qayta ishlanishi hamda unga har qanday natijaviy o'zgarishlar yozilishi mumkin. Huquqiy smart shartnoma tushunchasi esa ikki va undan ortiq tomonlarning o'zaro, programmali kod yordamida shakllantirilgan va avtomatizatsiyalashtirilgan qonun doirasidagi kelishuvi sanaladi. Demak, smart shartnoma zamonaviy axborot tehnologiyalar yordamida yaratiladigan virtual shartnoma bo'lib, an'anaviy shartnomaning yangi avlodi deb qarash mumkin.

Xuddi savdo avtomati kabi u faqat kriptovalyuta miqdorini talab qiladi. Qilinishi kerak bo'lgan yagona narsa ularni shartnomaga yozib qo'ymoqchi bo'lgan ma'lumotlar bilan birga yozib qo'yishdir. Har qanday shartnoma tayyor bo'lgunga qadar qoidalar, shartlar va shartlarni belgilash kerak bo'ladi6.

Smart shartnomalardan foydalanuvchilarning fikricha ularning quyidagi afzalliklari tan olinadi:

Tezkorlik. Hujjatlarni qo'lda qayta ishlash ko'p vaqt talab etadi va topshiriqlarning bajarilishini kechiktiradi. Smart - shartnomalar avtomatlashtirilgan jarayonni talab qiladi va ko'p hollarda shaxsiy ishtirokni talab qilmaydi, bu qimmatli vaqtni tejaydi.

Mustaqillik. Smart - shartnomalar uchinchi tomonning aralashuvi ehtimolini istisno qiladi. Sharnomaning kafolati bu vositachilardan farqli o'laroq, uning yaxlitligiga shubha qilish uchun asos bo'lmaydigan dasturning o'zi.

Ishonchlilik. Bloklarda qayd etilgan ma'lumotlar o'zgartirilishi yoki yo'q qilinishi mumkin emas. Agar sharnomaning bir tomoni o'z majburiyatlarini bajarmasa, boshqa tomon smart - shartnoma shartlari bilan himoya qilinadi.

Aniqlik. Tranzaksiyalarni amalga oshirishning avtomatik tizimi va inson omilini yo'qligi shartnomalarni bajarilishida yuqori aniqlikni ta'minlaydi.

Tejamkorlik. Smart - shartnomalar vositachilar uchun harajatlarni olib tashlash va operasion xarajatlarni qisqartirish orqali sezilarli tejashni ta'minlaydi, shuningdek tomonlarga yanada qulay shartlarda birgalikda ishlash imkoniyatini beradi.

Shuningdek kamchiliklari:

5 https://habr.com/ru/post/448056/

6 https://101blockchains.com/smart-contracts/

Tartibga solishning normalari yo'qligi. Xalqaro huquqiy sohada "Blokcheyn", "Smart - shartnoma" va "Kriptovalyuta" degan tushunchalarning mavjud emasligi.

Murakkabligi. Smart - shartnoma shartlarini oddiy hayotdagi elementlar bilan bog'lash murakkablik tug'diradi.

O'zgartirib bo'lmasligi. Shartnoma shartlarini o'zgartirib bo'lmasligi ya'ni tomonlar yanada yaxshiroq bitimga erishgan taqdirda ham shartlarni o'zgartirib bo'lmaydi. Shuning uchun, yangi ishlab chiqiladigan platformalarda sharlarni o'zgartirish varianti ham ko'rib chiqish tavsiya qilinadi7.

Tashqi cavdo shartnoma matnini tuzishda amaliyotda aksariyat nizolarga sabab bo'luvchi yo'l quyilgan kamchiliklardan biri sifatida taraflar tomonidan shartnomaga nisbatan qo'llaniladigan davlat huquqini belgilash bilan bog'liq masala yetarlicha aniqlashtirilmaligi, ushbu holatda shartnoma taraflari qo'llaniladigan huquqni umuman shartnoma uchun ham, uning alohida qicmlari uchun ham tanlab olishlari mumkinligi, qo'llaniladigan huquq taraflar tomonidan shartnoma tuzilayotganda ham, undan keyin ham ictalgan vaqtda tanlanishi mumkinligiga jiddiy e'tibor qaratilmasligi kelgusida ortiqcha noqulayliklar va moliyaviy chiqimlar keltirib chiqarishi mumkin8.

Aqlli shartnomalarni tuzish fuqarolar uchun oson bo'lib, ular faqat avvaldan belgilangan, «agar... keyin...» (If... then...) kabi ko'rinishdagi shartnoma shartlariga roziliklarni bildirishadi. Aqlli shartnoma faqat elektron muhitda mavjud bo'lib, elektron raqamli imzodan foydalanishni talab qiladi. Bunda shartnoma tuzmoqchi bo'lgan shaxsning shaxsiy roziligi kerak bo'lib, boshqa shaxslar nomidan bitimlar tuzilishining oldi olinadi. Dasturlash tilida yozilgan shartnoma shartlari yuqori darajada aniqlashtirilganligi sababli, an'anaviy shartnomalardagidek sharxlash vositalarini bunday shartnomalarga qo'llashning hojati yo'q. Busiz ham ular aniq va tushunarliroq yozilgan bo'ladi. Yana bir o'ziga xos jihati, ushbu turdagi shartnomalar bajarilishining aqlli nazorati mavjudligi bo'lib, smart shartnoma ijrosi jarayonida tomonlarining yoki biron-bir uchinchi shaxsning aralashuvi talab etilmaydi. Avvaldan belgilangan kod orqali majburiyatlar o'z vaqtida bajarilishi axborot texnologiyalari yordamida ta'minlanadi9.

Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning 2018-yil 3-iyuldagi «O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorida investisiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya

7 Блокчейн технологиясига асосланган "смарт-шартномалар": ишончлилиги ва амалиётда кулланилиши А. Ортикбоев («UNICON.UZ» ДУК).

8 Якубов A. - "Тяшки caвдо муноcaбaтлaрини хукукий тaртибгa cолишни тaкомиллaштириш"

9 https://yuz.uz/news/smart-shartnomalar-haqida-nimalarni-bilasiz

101

Scientific Journal Impact Factor

qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning, smart shartnoma (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug'urtalash, kraud-fanding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, «blokcheyn» texnologiyalarini joriy etish uchun zarur huquqiy bazani yaratish kabi vazifalar belgilangan10. Ammo mamlakatimizda hozircha Smart shartnomalar amaliyotda qo'llanilmaydi.

Smart shartnomalarni ko'llash bo'yicha xorijiy mamlakatlar tajribasiga murojaat qilganda ham bunday kelishuvlar faoliyati blokcheyn platformalari bilan bog'lanib, tegishli qonun normalari bilan tartibga solinishini, kuzatish mumkin. Jumladan, AQShning bir necha shtatlari qonunchiligida smart shartnomalar tuzish bilan bog'liq munosabatlar nazarda tutiladi. Masalan, Arizona qonunlariga ko'ra, "Smart shartnoma sodir bo'ladigan hodisalar bilan faollashtirilgan dasturdir va u tarqalgan markazsizlashtirilgan, ko'p foydalanuvchili reestlarda ro'yxatga olinadi hamda bunday reestrlarda aktivlarni boshqarishi va o'tkazishi mumkin bo'ladi. Florida, Nebraska, Tennissi, Vermont shtatlarida smart shartnoma elektron kelishuvlardanda ko'proq qo'llanish sohasiga ega. Ya'ni, bunday reestrda aktivlarni boshqarish va ayriboshlashdan tashqari, aktivlarni yaratish va tarqatish imkoniyatlari ham yaratilgan. Bundan tashqari, dasturiy mahsulotlarga nisbatan huquqlarni boshqarish va ma'lumotlarni sinxronizatsiyalash ham mumkin11.

Yana bir rivojlangan davlatlardan biri hisoblangan Singapurda CSE SG kompaniyasi tashkil etilgan bo'lib, u sog'liqni saqlash, ta'lim, qishloq xo'jaligi, elektron tijorat va bank ishi kabi sohalarda qo'llanilgan "Smart Contract 2.0" ni yaratdi. Smart Contract 2.0 elektron tijorat uchun to'lov tranzaksiyalariga ruxsat berish, sog'liqni saqlash xavfsizligi va samaradorligini oshirish hamda oziq-ovqat ta'minoti barqarorligini ta'minlash uchun ishlatilgan12.

Yurtimizda ham ushbu amaliyotning joriy etilishi shartnomalar tuzishda kelib chiqadigan ayrim muammolarning oldini uchun joriy etilishi taklifi berilmoqda. Ammo undan oldin joriy qilishdagi quyida ko'rsatib o'tilgan muammolarni ham tahlil qilish bilan birga aqlli (smart) shartnomalardan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish borasida taklif va tavsiyalar ham berilmoqda.

10 Y36eKHCTOH Pecnyô^HKacH npe3HgeHTHHHHr «Y36eKHCTOH Pecny6^HKacuga parçaM^u H^THCoguëraH puBO^arnupum Hopa-Tag6up^apH TyrpHCHga»rH rçapopu.

11 The State of Smart Contract Legislation. By Scott H. Kimpel & Christopher Adcock on September 5, 2018

12 Using Smart Contracts in Singapore: Benefits and Risks

Scientific Journal Impact Factor

Birinchidan, Smart shartnomalarni oddiy shartnomalardan farqlagan holda uning foydali tomonlari ko'proqligini hisobga olib, ular bilan ishlashda blokcheyn texnologiyalarini tartibga solish joiz. Mamlakatimiz qonunchiligida ushbu texnologiya bilan ishlash bo'yicha aniq bir normativ-huquqiy xujjatlar ishlab chiqilsa smart shartnomalarning kirib kelishiga yo'l ochish hamda ishtirokchilarning shartnomalardan kelib chiqadigan munosabatlarini ham tartibga solish mumkin.

Ikkinchidan, shartnoma bilan bog'liq muammo vujudga kelsa, tomonlar qaysi yurisdiksiyadan foydalanishlari va nizo kelib chiqqan hollarda qanday tartibda hal etishlari mumkinligini tahlil qilish lozim. Bunda xorijiy rivojlangan va ayni damda smart shartnomalarni amaliyotda qo'llab kelayotgan davlatlarning amaliyotini ham e'tiborga olish tavsiya etiladi.

Uchinchidan, smart shartnoma elektron tartibda tuzilishi aniq, ammo uning yurtimizda qo'llanilishi bo'yicha blokcheyn platformalarida ishlashini davlat tomonidan nazorat qilinishi ham foydadan holi bo'lmaydi.

To'rtinchidan, smart shartnomalarni tuzish uchun amaliy ko'nikmalarni tashkil etish. Ya'ni bu kabi shartnomalar nafaqat yuridik bilim, balki iqtisodiy bilimlarni ham talab qilishini hisobga olib, mahsus mutaxassislarni yetishtirish va bu sohaning yanada rivojlanishi uchun alohida ko'nikmalar berib borish ham tavsiya etiladi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda jahon bozorida ko'pgina rivojlangan davlatlar smart shartnomalardan foydanib kelmoqda. Bu esa shartnoma tuzishda qatnashuvchi taraflarning ham vaqtini ham naqdini tejaydi. Nizolarning kelib chiqishi ham oddiy shartnomalarga nisbatan kamroqligi aytilmoqda. Shularni e'tiborga olgan holda O'zbekiston Respublikasiga ushbu texnologiyaning kirib kelishi va amaliyotda qo'llanilishi fuqarolik munosabatlarida shartnomalarning zamon talabiga javob bera olishini kafolatlaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori

2. Bitcoin is not just digital currency. It's Napster for finance.. Fortune (21 января 2014). Дата обращения 19 ноября 2018.

3. Satoshi Nakamoto. Bitcoin: A Peer-to-Peer Electronic Cash System. — 2008. — 9 с.

4. Артем Генкин, Алексей Михеев. Блокчейн. Как это работает и что ждет нас завтра. — М.: Альпина Паблишер, 2017. — 592 с.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

5. The State of Smart Contract Legislation. By Scott H. Kimpel & Christopher Adcock on September 5, 2018

6. Блокчейн технологиясига acоcлaнгaн "cмapт-шapтномaлap": ишончлилиги Ba aмaлиëтдa култанилиши А. OpraK^oeB («UNICON.UZ» ДУК).

7. Яку6ов A. - "Тaшки caвдо мyноcaбaтлapини хукукий тapтибгa солишни тaкомиллaштиpиш"

8. Akramov A., Mirzaraimov B., Akhtamova Y. FOREIGN EXPERIENCE RELATED TO THE LEGISLATION AND PRACTICE OF TRUST MANAGEMENT OF PROPERTY IN BUSINESS ACTIVITIES //Збipник таукових пpaць Л'ОГОХ. - 2020. - С. 12-14.

9. Akramov, A., Mirzaraimov, B., Akhtamova, Y., & Turdaliyev, M. A. (2020). Prospects For The Development Of Trust Management In Uzbekistan. Psychology and Education Journal, 57(8), 530-535

10. https://www.nortonrosefulbright.com/en-sg/knowledge/publications/1bcdc200/smart-contracts

11. https://101blockchains.com/smart-contracts/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.