Научная статья на тему 'TARKIBIDA AZOT VA FOSFOR SAQLAGAN KORROZIYA INGIBITORLARI VA ULARNI TADQIQOT USULLARI'

TARKIBIDA AZOT VA FOSFOR SAQLAGAN KORROZIYA INGIBITORLARI VA ULARNI TADQIQOT USULLARI Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Korroziya ingibitori / sinov muhiti / qoplama / natriy sulfat / natriy sulfid / natriy gidrokarbonat / natriy gipoxlorid / natriy karbonat / kaliy xlorid. / Corrosion inhibitor / test medium / coating / sodium sulfate / sodium sulfide / sodium bicarbonate / sodium hypochloride / sodium carbonate / potassium chloride.

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Rahmatov, E.A., Xalilov, J.A., Adilova, B.A.

Ushbu maqolada metall konstruksiyalarni qoplama hosil qilish orqali turli muhitlarda korroziyadan himoyalash darajasi va ularni tadqiqoti o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CORROSION INHIBITORS CONTAINING NITROGEN AND PHOSPHORUS AND METHODS OF THEIR RESEARCH.

In this article, the degree of corrosion protection of metal structures by forming a coating in various environments and their research is studied.

Текст научной работы на тему «TARKIBIDA AZOT VA FOSFOR SAQLAGAN KORROZIYA INGIBITORLARI VA ULARNI TADQIQOT USULLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

UDK 21474

TARKIBIDA AZOT VA FOSFOR SAQLAGAN KORROZIYA

INGIBITORLARI VA ULARNI TADQIQOT USULLARI

Rahmatov E.A.

Iqtisodiyot pedagogika universiteti o'quv ishlar bo'yicha prorektor,

t.f.d., professor v.b.

Xalilov J.A. texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori, (PhD).

Adilova B.A.

Iqtisodiyot pedagogika universiteti talabasi

ANNOTATSIYA.

Ushbu maqolada metall konstruksiyalarni qoplama hosil qilish orqali turli muhitlarda korroziyadan himoyalash darajasi va ularni tadqiqoti o 'rganilgan.

Kalit so'zlar. Korroziya ingibitori, sinov muhiti, qoplama, natriy sulfat, natriy sulfid, natriy gidrokarbonat, natriy gipoxlorid, natriy karbonat, kaliy xlorid.

ИНГИБИТОРЫ КОРРОЗИИ, СОДЕРЖАЩИЕ АЗОТ И ФОСФОР, И МЕТОДЫ ИХ ИССЛЕДОВАНИЯ

АННОТАЦИЯ

В данной статье изучена степень защиты металлических конструкций от коррозии путем формирования покрытия в различных средах и их исследование.

Ключевые слова. Ингибитор коррозии, испытательная среда, покрытие, сульфат натрия, сульфид натрия, бикарбонат натрия, гипохлорид натрия, карбонат натрия, хлорид калия.

CORROSION INHIBITORS CONTAINING NITROGEN AND PHOSPHORUS AND METHODS OF THEIR RESEARCH.

ABSTRACT

In this article, the degree of corrosion protection of metal structures by forming a coating in various environments and their research is studied.

Keywords. Corrosion inhibitor, test medium, coating, sodium sulfate, sodium sulfide, sodium bicarbonate, sodium hypochloride, sodium carbonate, potassium chloride.

KIRISH

Zamonaviy qurilishda metall konstruktsiyalar muhim rol o'ynaydi, ular har qanday qurilishda, hatto kichik bo'lganlarda ham qo'llaniladi; Metall konstruksiyalarning afzalliklaridan biri bu juda uzoq xizmat muddati, ammo har qanday material kabi ular ham kamchiliklarga ega va eng muhim va sezilarli

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

kamchilik korroziyaga kuchli sezgirlikdir. Shuning uchun, qurilish vaqtida asosiy jihat korroziyaga qarshi himoya yoki metallni qayta ishlashdir [1].

Metallarga turlicha ishlov berish usullari mavjud va ular to'g'ridan-to'g'ri material tanlashda e'tiborga olinishi kerak bo'lgan quyidagi omillarga bog'liq:

•foydalanish shartlari, bunda ob-havo sharoiti va seysmik omillarning bevosita ta'siri kuzatiladi.

•konstruksiyaning turi va uning ishlash vaqtidagi maqsadi.

•qo'llash sohasining o'lchami.

•tashqi omillarning ta'siri [2].

Metallni korroziyadan himoya qilish fuqarolik va qurilish konstruksiyalarining ajralmas qismidir. Ammo, barcha pudrat tashkilotlari bunga zaruriy e'tibor qaratmaydilar va shuning uchun metall buyumlarni zarur himoya darajasini ta'minlamaydilar. buning natijasida tuzilmalarni atrof-muhit ta'siriga duchor qiladilar. Metall doimo korroziyaga uchraydi, ishlab chiqarishning o'zidan boshlab, tashish va saqlashgacha, shuningdek, foydalanish paytida ham yuzaga keladi. Korroziya paytida metall o'z massasini yo'qota boshlaydi, strukturasi o'zgaradi, bularning barchasi tuzilmalarning yomonlashishiga va strukturaning mustahkamligini jiddiy yo'qotishiga olib keladi [1]. Bugungi kunda qurilishda metallni korroziyadan himoya qilishning bir necha usullaridan foydalanadi:

• metallning kimyoviy tarkibi yaxshilanadi, bu korroziyaning oldini oladi.

• po'lat yuzasi maxsus materiallar bilan izolyatsiyalanadi.

• qurilish maydonchasida atrof-muhitning tajovuzkorligi kamayadi.

• tashqi oqim qo'llaniladi, bu metallning yuqori darajadagi elektr himoyas ini shakllantirishga yordam beradi [3].

Uslub va materiallar. Neft-gaz korxonalarida bo'ladigan ko'plab baxtsiz hodisalar va iqtisodiy zararlarning asosiy sabablaridan biri bu metallarning korroziyalanishi ekanligi o'rganilgan. Neft va gaz sanoatidagi uskunalarning ishdan chiqishi sabablari 1993 yilda o'tkazilgan so'rov natijalari o'rganilganda, Shimoliy dengizdagi neft va gaz uskunalarini ta'mirlash uchun ishlab chiqarish platformalariga sarflangan barcha xarajatlarning 60% korroziya natijasida yuzaga kelgan. Neft va gaz bo'yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalarda o'tkazilgan 2003 yilgi so'rovda korroziyaga qarshi yillik xarajat 900 million dollarni tashkil etganini e'lon qilgan edi. 2006 yilda o'tkazilgan yana bir so'rov shuni ko'rsatdiki, Qo'shma Shtatlar neft va gaz sanoatidagi korroziyadan yillik qiymati 1,372 milliard dollargacha zarar ko'rgan. Neft va gaz sanoatida korroziyaning global narxi energiyaga juda yuqori talab tufayli yaqin kelajakda yanada oshadi [4].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

NEFT GAZ USKUNALARINING ALMASHTIRISH SABABLARI

■ Karroziya ■ Vaqt ■ Ishqalanish iBoshqa sabab

1 25%

1.

1-rasm. Neft va gaz uskunalarining ta'mirlash va almashtirish sabablari.

Ushbu tadqiqot natijalaridan shuni ko'rish mumkinki, neft va gaz uskunalarining ta'mirlash va almashtirishning asosiy sabablarining 60 % miqdori korroziya natijasida kelib chiqmoqda. 25 % vaqt o'tishi bilan, 5 % ishqalanish va sirpanish bilan, 10 % miqdori boshqa omillarga bog'liq bo'lmoqda [4].

Shuningdek, NACE tadqiqot markazi tomonidan o'tkazilgan so'nggi tadqiqotga ko'ra, korroziya tufayli atrof muhitga yuzaga keladigan umumiy iqtisodiy yo'qotishlar 2,5 trillion AQSH dollarini tashkil etadi, bu esa dunyo YaIM ning 3,4% ga teng. Mavjud korroziyaga qarshi kurash usullaridan foydalangan holda, korroziya narxining 15 dan 35% gacha tejashga erishish mumkinligi taxmin qilinmoqda; ya'ni global miqyosda har yili 375 dan 875 milliard dollargacha tejamkorlik olib keladi [5].

Tadqiqotlar natijasida korroziya uchun sarflangan global xarajatlar har bir iqtisodiy mintaqa uchun tahlil qilindi va 1-jadvalda keltirildi.

1-jadval

Iqtisodiy rayonlar Qishloq xo'jaligi korroziya ga sarflangan xarajatlar milliard dollar Korroziyani ng sanoat xarajatlari milliard dollar Korroziya ga qarshi xizmatlar qiymati milliard dollar Korroziyani ng umumiy qiymati milliard dollar Jami YaIM milliar d dollar Korroziya ning narxi % YaIM

AQSH 2.0 303.2 146 451.3 16720 2.7%

Hindiston 17.7 20.3 32.3 70.3 1670 4.2%

Yevropa mintaqasi 3.5 401 297 701.5 18331 3.8%

Arab davlatlari 13.3 34.2 92.6 140.1 2789 5%

Xitoy 56.2 192.5 146.2 394.9 9330 4.2%

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Rossiya 5.4 37.2 41.9 84.5 2113 4%

Yaponiya 0.6 45.9 5.1 51.6 5002 1%

Makau 1.5 29.9 27.3 58.6 2302 2.5%

Dunyonin 52.4 382.5 117.6 552.5 16057 3.4%

g qolgan

qismi

Umumiy 152.7 1446.7 906 2505.4 74314 3.4%

Neft gaz sanoatidagi korroziyaga qarshi ishlatiladigan ingibitorlarning yillik global bahosi taxminan 1372 milliard AQSH dollarini tashkil etadi.

Bularning barchasi qurilishdan oldin ham, binolarning keyingi ekspluatatsiyasi paytida ham metallni korroziyadan himoya qiladi.

Ushbu muammolarni hisobga olgan holda ilmiy va sanoat tajribalar asosida, neft va gaz quduqlari quvurlarining foydalanish muddati davomida quduqning korroziyaga qarshi jarayonlarini ko'rib chiqish uchun kompleks yondashuvda aniq kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Bundan tashqari, yangi va keng qamrovli yondashuv bilan po'latdan yasalgan korpus va quvurlarni turli xil muhitlarda, jumladan, yakunlovchi suyuqlik, suyuq uglevodorodlar ya'ni, benzin, kondensat, industrial yog'da, shuningdek, ishlab chiqarish oqimining kimyoviy muhitga ta'sirchanligiga e'tibor qaratildi. Ushbu yondashuv kimyoviy moddalarning oqimini butun muddatini va barcha mumkin bo'lgan shartlarni qamrab oladi. Har bir qismda korroziya ingibitorlarining yutuqlari va ularning ingibision mexanizmi ilmiy nuqtai nazardan ko'rib chiqilgan. Shuningdek, ularni in'eksiya qilish, qo'llash va sinovdan o'tkazish operatsion va sanoat nuqtai nazaridan muhokama qilindi. Ushbu tadqiqotlar, shuningdek, tadqiqot natijalari va korroziya ingibitorlarini qo'llashni o'z ichiga oladi. Ishning asosiy maqsadlarini yaxshiroq tushunish uchun ushbu tadqiqotning dastlabki qismlarida korroziya mexanizmlari va turli yumshatish usullari qisqacha muhokama qilindi.

Sinovni o'tkazish: Bunday qoplamalarga qo'yiladigan talablar GOST 9.401-91da aniq tartibga solinadi. Ular nafaqat korroziyani oldini oladi, balki mahsulotni kerakli rangga bo'yash imkonini beradi. Agar qatlam shikastlangan bo'lsa, uni osongina tiklash mumkin, bu esa bu usulni tejamkor qiladi.

Olib borilgan tadqiqotlar natijasida OS-1 markali qoplamaning fizik-mexanik xossalari, xususan, issiqlikka chidamlilik, kuchlanish, yuqori bosim, egilishda kuchlanish va ta'sir kuchlari, shuningdek Brinell qattiqligi, suvni yutish va adgeziyasi aniqlandi.

NSO-3 markali korroziyaga qarshi qoplamaning kimyoviy tarkibi o'rganildi.

1-jadval

OS-1 markali korroziyaga qarshi qoplamaning kimyoviy tarkibi

Kimyoviy tarkiblar Fe Cr N Mn Si Pb C O

Natijalar. OS-1 markali korroziyaga qarshi qoplamaning kimyoviy tarkibi o'rganilganda, uning tarkibida temir, xrom, azot, marganes, kremniy, fosfor, uglerod, kislorod bor ekanligi aniqlandi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Sinov na'munalarining shakli va o'lchamlari sinov usuli, sinov natijalarini GOST 9.908 standartiga ko'ra baholash mezonlari va usullariga muvofiq tanlanadi.

Sinov uchun GOST 380 bo'yicha oddiy sifatli uglerodli po'lat ST20 markasidan foydalanildi.

Sintez qilingan OS-1 markali korroziyaga qarshi qoplamalarni gravimetrik usul yordamida aniqlandi (2-jadval).

2-jadval

OS-1 markali korroziyaga qarshi qoplamalarni gravimetrik usul yordamida korroziya tezligi va himoya darajalari

Sinov muhiti Ko'rsatgichlar Nazorat namunasi NSO-1 NSO-2 NSO-3

H2O K 0,961 0,0145 0,0143 0,0141

Z - 95,2 96,3 97,9

Na2SÜ4 (6%) (natriy sulfat) K 0,945 0,163 0,0159 0,0158

Z - 90,9 92,8 93,4

Na2S (6%) (natriy sulfid) K 0,958 0,0183 0,01802 0,0174

Z - 90,2 91,6 94,7

NaHCOs (6%) (natriy gidrokarbonat) K 0,931 0,0263 0,0257 0,0249

Z - 89,7 91,5 94,6

NaClO (6%) (natriy gipoxlorit) K 0,942 0,0428 0,0416 0,0409

Z - 90,1 92,5 94,2

Na2CO3 (6%) (natriy karbonat) K 0,978 0,0119 0,01162 0,0114

Z - 89,8 91,9 93,2

KCl (kaliy xlorid) K 0,936 0,0862 0,0849 0,0830

Z - 90,5 91,8 93,9

K2SO4-MgSÜ4-6H 2O (5%) K 0,947 0,0196 0,0190 0,0187

Z - 87,1 89,6 91,1

MgSO4KClH2O (5%) K 0,919 0,0279 0,0276 0,0271

Z - 90,8 91,6 93,4

CaCO3 (5%) K 0,981 0,0182 0,0179 0,0175

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Z - 90,8 92,1 94,3

CaCL2 (6%) K 0,944 0,57 0,543 0,5306

Z - 87,6 91,8 94,1

MgCl2 (5%) K 0,959 0,13 0,126 0,1231

Z - 88,2 90,9 93,1

MgS04 (5%) K 0,962 0,214 0,2093 0,2069

Z - 90,8 92,8 93,9

CaS04 (5%) K 0,943 0,0316 0,0308 0,0301

Z - 90,4 92,5 94,7

*K, (g/sm2 s) - korroziya tezligi; Z %, - Himoya darajasi.

Xulosa. 2-jadvalda tadqiqotlar natijasida OS-1 markali korroziya ingibitorining turli muhitlarda himoya darajalari aniqlangan. Ushbu eritmalar suv, natriy sulfat, natriy sulfid, natriy gidrokarbonat, natriy gipoxlorid, natriy karbonat, kaliy xlorid,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

K2SO4-MgSO4-6H2O, MgSO4-KClH2O, CaCO3, CaCL2, MgCb, MgS04, CaS04 kabi sinov muhitlarida tajribalar olib borilgan. Eritmalarda NSO-3 korroziyaga qarshi qoplamaning qalinligi 100 mkm dan kam bo'lmagan miqdorda surtilgan. Ushbu ingibitor uchun eng yaxshi muhit suvli eritma bo'lib, himoya darajasi 97,9 % ni tashkil qilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Халилов Ж. А. У., Нуркулов Ф. Н., Джалилов А. Т. Синтез и исследование ингибитора коррозии OS-1 для нефтегазовой промышленности //Universum: технические науки. - 2023. - №. 2-4 (107). - С. 49-53.

2. Jamshid K., Fayzulla N., Abdulahat D. Research And Properties Of AFMD-2 Brand Corrosion Inhibitor For Corrosion Protection Of Oil And Gas Wells //Universum: технические науки. - 2023. - №. 5-8 (110). - С. 12-16.

3. Khalilov J.A. Extraction of corrosion inhibitors soluble in petroleum products and their analysis / Universum:технические науки № 9 (126) ст.69-72.

https://7universum.com/ru/tech/archive/item/18195.

4. Xalilov J.A. Neft quvurlarining korroziyalanishga ta'siri va ularni tadqiq etish // Jurnal "O'zMU xabarlari" Toshkent — 2022 3/2/1 295-297 bet.

5. Nurkulov Khalilov,Avazov. Obtaining and testing results of PF-1 brand corrosion inhibitor obtained based on the processing of chlorinated organic waste used in the oil and gas industry European Journal of Emerging Technology and Discoveries ISSN (E): 2938-3617 Volume 2, Issue 5, 2024/5 ст. 1-8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.