Научная статья на тему 'KASB-HUNAR MAKTABLARIDA KIMYO FANIDA “METALLAR KORROZIYASI” MAVZUSIDA LABORATORIYA MASHG’ULOTLARINI ANIMATSON ASOSDA O’QITISH'

KASB-HUNAR MAKTABLARIDA KIMYO FANIDA “METALLAR KORROZIYASI” MAVZUSIDA LABORATORIYA MASHG’ULOTLARINI ANIMATSON ASOSDA O’QITISH Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
158
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Kasb-hunar maktabi / kimyo fani / metallar korroziyasi / laboratoriya mashg’ulotlari / animatson asosda o’qitish / havo / suv / kislota / ishqor / tuzlarning eritmalari / katod / anod / ko’rgazmali qurollar / vidioroliklar. / vocational school / chemistry / metal corrosion / laboratory classes / animation training / air / water / acid / alkali / salt solutions / cathode / anode / visual aids / videos.

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Baxrom Xurramovich Sobirov

Ushbu maqolada kasb-hunar maktablarida kimyo fanida “metallar korroziyasi” mavzusida laboratoriya mashg’ulotlarini animatson asosda o’qitish masalasi yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANIMATED TEACHING OF LABORATORY SCHOOLS IN CHEMISTRY ON "CORROSION OF METALS" IN VOCATIONAL SCHOOLS

This article discusses the issue of animation teaching laboratory classes on "metal corrosion" in chemistry in vocational schools.

Текст научной работы на тему «KASB-HUNAR MAKTABLARIDA KIMYO FANIDA “METALLAR KORROZIYASI” MAVZUSIDA LABORATORIYA MASHG’ULOTLARINI ANIMATSON ASOSDA O’QITISH»

KASB-HUNAR MAKTABLARIDA KIMYO FANIDA "METALLAR KORROZIYASI" MAVZUSIDA LABORATORIYA MASHG'ULOTLARINI

ANIMATSON ASOSDA O'QITISH

Baxrom Xurramovich Sobirov

Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar

maktabi kimyo fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kasb-hunar maktablarida kimyo fanida "metallar korroziyasi" mavzusida laboratoriya mashg'ulotlarini animatson asosda o'qitish masalasi yoritib berilgan

Kalit so'zlar: Kasb-hunar maktabi, kimyo fani, metallar korroziyasi, laboratoriya mashg'ulotlari, animatson asosda o'qitish, havo, suv, kislota, ishqor, tuzlarning eritmalari, katod, anod, ko'rgazmali qurollar, vidioroliklar.

ANIMATED TEACHING OF LABORATORY SCHOOLS IN CHEMISTRY ON "CORROSION OF METALS" IN VOCATIONAL SCHOOLS

ABSTRACT

This article discusses the issue of animation teaching laboratory classes on "metal corrosion" in chemistry in vocational schools.

Key words: vocational school, chemistry, metal corrosion, laboratory classes, animation training, air, water, acid, alkali, salt solutions, cathode, anode, visual aids, videos.

Hozirgi vaqtda kimyo va kimyoviy ishlab chiqarish xalq xo'jaligida g'oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. U tabiatda bo'lmaydigan mahsulotlarni sintez qilishga, ulardan turli-tuman mashina va asboblar yaratish uchun, turar joy binolari qurish va xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish uchun foydalanishga imkon berdi. Tabiatdan faqat xomashyo, ruda, toshko'mir, neft va boshqalargina olinmoqda.

Ko'pchilik metallar havo, suv, kislota, ishqor va tuzlarning eritmalari ta'sirida yemiriladi. Bu hodisa korroziya deyiladi. Korroziya so'zi lotincha «corrodore» -yemirilish degan ma'noni anglatadi. Korroziya o'zining fizik-kimyoviy xususiyati jihatidan ikki xill bo'ladi: kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya. Ko'plab miqdorlarda asosiy kimyo sanoatining mahsulotlari-kislotalar, ishqorlar, tuzlar ishlab chiqariladi. Kimyoning imkoniyatlari bitmas - tuganmasdir.

Metallarda qanday turdagi korroziya sodir bo'lishi metallni qurshab turgan muhitga bog'liq bo'ladi. Metallarga quruq gazlar (kislorod, sulfid angidrid, vodorod

sulfid, galogenlar, karbonat angidrid va h.k.), elektrolit bo'lmagan suyuqliklar ta'sir etganda kimyoviy korroziya sodir bo'ladi. Bu ayniqsa yuqori haroratli sharoitda ko'p uchraydi, shuning uchun bunday yemirilish metallarning gaz korroziyasi deb ham ataladi. Gaz korroziyasi ayniqsa, metallurgiyaga katta zarar keltiradi. Temir va po'lat buyumlarini gaz korroziyasidan saqlashsuchun ularning sirti alyuminiy bilan qoplanadi.

Suyuq yoqilg'ilar ta'sirida vujudga keladigan korroziya ham kimyoviy korroziya jumlasiga kiradi. Suyuq yoqilg'ining asosiy tarkibiy qismlari metallarni korroziyalantirmaydi, lekin, neft va surkov moylari tarkibidagi oltingugurt, vodorod sulfid va oltingugurtli organik moddalarning metallarga ta'siri natijasida korroziya vujudga keladi. Suvsiz sharoitidagina bu ta'sir namoyon bo'ladi. Suvda elektrokimyoviy korroziyaga aylanadi.

Metallarni korroziyadan saqlash uchun bir necha choralar qo'llaniladi:

a) metall sirtini boshqa metallar bilan qoplash;

b) metall sirtini metall bo'lmagan moddalar bilan qoplash;

d) metallarga turli qo'shimchalar kiritish;

e) metall sirtini kimyoviy birikmalar bilan qoplash.

Metall sirtini boshqa metallar bilan qoplash usullaridan biri anod qoplash hisoblanadi. Bu maqsadda ishlatiladigan metallning standart elektrod potentsiali metallarning aktivlik qatorida korroziyadan saqlanishi kerak bo'lgan metallnikiga qaraganda manfiy qiymatga ega bo'lishi lozim. Masalan, temirni rux bilan qoplash (anod qoplash) nihoyatda katta foyda keltiradi, chunki temir buyum uning sirtini qoplagan ruxning hammasi tugamaguncha yemirilmaydi.

Temirni qalay bilan qoplanganda katod qoplama olinadi, chunki qoplovchi metall qoplanuvchi Imetallga nisbatan aslroq. Katod qoplamaning biror joyi ko'chsa, himoya qilinuvchi metall, ya'ni temir juda tez yemiriladi.

Metallarning sirtini lak, bo'yoq, rezina, surkov moylari (solidol, texnik vazelin) bilan qoplash, emallash va hokozolar metallarni korroziyadan saqlaydi.

Odatdagi po'latga 0,2-0,5% mis qo'shish bilan po'latning korroziyaga bardoshliligini 1,5-2 marta oshirish mumkin. Zanglamaydigan po'lat tarkibida 12%ga qadar xrom bo'ladi, bu xrom passiv holatda bo'lib, po'latga mustahkamlik beradi. Po'latga nikel va molibden qo'shilganida uning korroziyaga chidamliligi yanada ortadi. Bunday po'latlar legirlangan po'latlar deyiladi.

Metall sirtini kimyoviy birikmalar bilan qoplash. Maxsus kimyoviy operatsiyalar o'tkazib, metall sirtini korroziyaga chidamli birikmalar pardasi bilan qoplash mumkin. Bunday pardalar - oksidli, fosfatli, xromatli va boshqa pardalar nomi bilan yuritiladi. Metall sirtida korroziyaga chidamli oksid parda hosil qilish jarayoni oksidirlash deyiladi.

Metall buyumni oksidirlashning uch usuli mavjud:

1) metall buyum sirti yuqori haroratda organik moddalar bilan oksidlantiriladi (qoraytiriladi, ko'kartiriladi va hokazo);

2) metall buyum (MnO2; NaNO3; K2Cr2O7 kabi) oksidlovchi moddalar ishtirokida konsentrlangan ishqor eritmasi suyuqlikning qaynash haroratigacha qizdiriladi;

3) metall buyumni biror elektrolit eritmasi ichida anod qutbga joylab elektroliz o'tkaziladi, bu jarayon anodlash deyiladi.

Korrozion aktivator va ingibitorlar. Korroziya jarayonining tezligiga eritmalarda bo'lgan ionlar, ya'ni N+ va ON - ionlari kontsentratsiyasi, eritmaning - N katta ta'sir ko'rsatadi. N+ ionlari konsentratsiyasi ortsa, korroziya kuchayadi, ON-ionlari konsentratsiyasining ortishi temirning korroziyalanishini susaytiradi. Lekin gidroksidlari amfoter xossaga ega bo'lgan metallar (Zn, Al, Pb)ning korroziyasi ON-ionlari konsentratsiyasi ortganda tezlashadi.

Odatdagi po'latga 0,2-0,5% mis qo'shish bilan po'latning korroziyaga bardoshliligini 1,5-2 marta oshirish mumkin. Zanglamaydigan po'lat tarkibida 12%ga qadar xrom bo'ladi, bu xrom passiv holatda bo'lib, po'latga mustahkamlik beradi. Po'latga nikel va molibden qo'shilganida uning korroziyaga chidamliligi yanada ortadi. Bunday po'latlar legirlangan po'latlar deyiladi.

Metall sirtini kimyoviy birikmalar bilan qoplash. Maxsus kimyoviy operassiyalar o'tkazib, metall sirtini korroziyaga chidamli birikmalar pardasi bilan qoplash mumkin. Bunday pardalar - oksidli, fosfatli, xromatli va hokazo pardalar nomi bilan yuritiladi. Metall sirtida korroziyaga chidamli oksid parda hosil qilish jarayoni oksidirlash deyiladi.

Metall buyumni oksidirlashning uch usuli mavjud:

1) metall buyum sirti yuqori haroratda organik moddalar bilan oksidlantiriladi (qoraytiriladi, ko'kartiriladi va hokazo);

2) metall buyum (MnO2; NaNO3; K2Cr2O7 kabi) oksidlovchi moddalar ishtirokida kontentrlangan ishqor eritmasi suyuqlikning qaynash haroratigacha qizdiriladi;

3) metall buyumni biror elektrolit eritmasi ichida anod qutbga joylab elektroliz o'tkaziladi, bu jarayon anodirlash deyiladi.

Korrozion aktivator va ingibitorlar. Korroziya jarayonining tezligiga eritmalarda bo'lgan ionlar, ya'ni N+ va ON- ionlari konsentratsiyasi, eritmaning - N katta ta'sir ko'rsatadi. N+ ionlari konsentratsiyasi ortsa, korroziya kuchayadi, ON-ionlari konsentratsiyasining ortishi temirning korroziyalanishini susaytiradi. Lekin gidroksidlari amfoter xossaga ega bo'lgan metallar (Zn, Al, Pb)ning korroziyasi ON-ionlari konsentratsiyasi ortganda tezlashadi.

Ishning bajarilishi

1. Kerakli jihozlar: Shisha nay, probirkalar, stakanlar,

2. Kerakli reaktivlar: Xlorid kislotaning 1.0 n. eritmasi, rux plastinkasi, mis sulfat eritmasi, rux bo'lakchasi, alyuminiy bo'lakchasi, simob (Il)-nitrat eritmasi, mis xlorid eritmasi, qizil kon tuzi.

1-Tajriba. Metallning kislotada erish jarayoniga galvanik juft hosil bo'lishining ta 'siri.

Burchak hosil qilib egilgan shisha nayga xlorid kislotaning 1.0 n. eritmasidan quying va uning bir tirsagiga ensiz rux plastinkasini tushiring. Reaktsiya tenglamasini yozing.

Korroziyani ajralib chiqayotgan vodorod pufakchalariga qarab kuzatish mumkin. Nayning ikkinchi tirsagiga huddi shu eritmaga, rux plastinkasiga tegmaydigan qilib, mis sim tushiring. Mis yuzasida vodorod ajralmayotganiga to'la qanoat hosil qiling. Mis simni, rux bilan tutashguncha, suyuqlikka ko'proq kiriting. Shunda mis yuzasida vodorod pufakchalari paydo bo'ladi. Bu galvanik juftda boradigan jarayonlarni tushuntiring. Bundagi katod va anodni tushuntirib bering

Shunday qilib, kasb-hunar maktablarida kimyo fanlaridan laboratoriya mashg'ulotlarini animatson dars ishlanmalari asosida o'qitish ("Metallar korroziyasi" mavzusidagi laboratoriya ishi misolida quyidagi xulosalar chiqarildi:

1. Ilg'or pedagogik texnologiyaning interfaol usullaridan foydalanish ta'lim oluvchilar bilim olishini yengillashtiradi, ularning mashg'ulotlardagi faoliyatini oshiradi.

2. Ta'lim berishda o'qitishning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ta'lim oluvchilarning fanga oid bilimlarni o'zlashtirishini osonlashtiradi, jihozlarning tuzilishi va ishlash prinsipi, jarayonlarning borishi haqida aniq tasavvurlar hosil qilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

3. Kasb-hunar maktablarida kimyo fanidan laboratoriya mashg'ulotlarni mikroguruhlar asosida o'qitish samarador usuldir.

4. Dars ishlanmalari yaratishda e'tiborni ko'proq ko'rgazmali qurollar, animassiyalar, vidioroliklar va ma'lumotlar keltirilgan jadvallarga qaratish o'qitishni osonlashtiradi hamda o'quvchilarda mavzuga doir bilim, malaka va ko'nikmalarni shakillantiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprel 187- sonli "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori.

2. Мадихонов Н, Ёкубова М, Абдугофуров И. «Умумий ва анорганик кимёдан амалий ишлар». -Т.: Мехнат, 1997.

3. Захаров Л.Н. «Техника безопасности в химических лабораториях». -Л.: Химия, 1991.

4. Rahmatullayev N.G\, Omonov H.T., Mirkomilov Sh.M. "Kimyo o'qitish metodikasi", O'quv qo'llanma, Toshkent, "Iqtisod-Moliya" - 2013 yil.

5. Тухташев Х., Исмоилов А. «Анорганик кимёдан амалий ва лаборатория ишлари». -Т.: Укдтувчи, 1984.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.