Научная статья на тему 'TARIXIY MEROSIMIZDA O‘LMAS G‘OYALAR MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYANING TAYANCHIDIR'

TARIXIY MEROSIMIZDA O‘LMAS G‘OYALAR MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYANING TAYANCHIDIR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
29
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Avesto / Zardusht / Ahura Mazda / Movaraunnahr / YAsna / Videvdod / Gohlar / YAshtlar / Vandidod / Vispirad / ma’naviyat / tarbiya / yoshlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umarova Feruza Roziboevna

Movarounnahr xalqlarining qadimiy tarixi, ma’naviy madaniyati, turmush tarzi va o‘zligining qaror topishi va rivojlanishida Zardushtiylik dinining “Avesto” kitobi beqiyos ahamiyatga ega. Bu asarni milliy o‘zlikni anglash to‘g‘risidagi ma’naviyaxloqiy qarashlar yig‘indisi deyish mumkin. “Avesto”da “ avvalo,”ezgu niyat”, “ezgu so‘z”, “ezgu amal” orqali insonning axloqiy etukligi masalalari ustuvor qo‘yiladi. Ushbu maqolada tarixiy merosimiz “Avesto”da ilgari surilgan o‘lmas g‘oyalar ruhida tarbiyalangan xalqlarda shakllangan turmush tarzi, diniy e’tiqodi, milliy qadriyatlarning bugungi kunda yoshlar ma’naviyatining shakllanishi va buzg‘unchi g‘oyalar, ma’naviy tahdidlarning oldini olishdagi ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIXIY MEROSIMIZDA O‘LMAS G‘OYALAR MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYANING TAYANCHIDIR»

TARIXIY MEROSIMIZDA O'LMAS G'OYALAR MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYANING TAYANCHIDIR Umarova Feruza Roziboevna

ToshDAU - assistent https://doi.org/10.5281/zenodo.10885795

Annotatsiya. Movarounnahr xalqlarining qadimiy tarixi, ma'naviy madaniyati, turmush tarzi va o'zligining qaror topishi va rivojlanishida Zardushtiylik dinining "Avesto" kitobi beqiyos ahamiyatga ega. Bu asarni milliy o'zlikni anglash to'g'risidagi ma'naviy- axloqiy qarashlar yig'indisi deyish mumkin. "Avesto"da " avvalo,"ezgu niyat", "ezgu so'z", "ezgu amal" orqali insonning axloqiy etukligi masalalari ustuvor qo'yiladi.

Ushbu maqolada tarixiy merosimiz "Avesto"da ilgari surilgan o'lmas g'oyalar ruhida tarbiyalangan xalqlarda shakllangan turmush tarzi, diniy e 'tiqodi, milliy qadriyatlarning bugungi kunda yoshlar ma'naviyatining shakllanishi va buzg'unchi g'oyalar, ma'naviy tahdidlarning oldini olishdagi ahamiyati to'g'risida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Avesto, Zardusht, Ahura Mazda, Movaraunnahr, YAsna, Videvdod, Gohlar, YAshtlar, Vandidod, Vispirad, ma'naviyat, tarbiya, yoshlar.

KIRISH

Dunyoviy taraqqiyotdan ma'lumki, yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida e'tirof etib kelingan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yo'naltirib va qo'llab-quvvatlab turishni talab etadi. Bu haqda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda: "Buyuk yunon olimi, Sharqda "Birinchi muallim" deb ulug'lanadigan Aristotelning "Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi", degan so'zlari, qarang, miloddan 350 yil avval aytilgan. Demak, insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon ta'lim va tarbiya masalasi, doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Binobarin, mustaqillik va javobgarlik mas'uliyatini chuqur anglagan uni vijdonan his etadigan yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.

Mustaqillik tufayli yurtimizda qadim zamonlarda kechgan davlatchilik taraqqiyoti, ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, madaniy- ma'naviy hayotni xolisona o'rganish va tadqiq etish imkoniyati paydo bo'ldi. "Eng mu'tabar, qadimgi qo'lyozmamiz "Avesto"ning yaratilganiga 3000 yil bo'lyapti,- dedi Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov, tarixchi olimlar bilan uchrashuvda. - Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig'ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma'naviy, tarixiy merosidir."Avesto" ayni zamonda bu qadim o'lkada buyuk davlat, buyuk madaniyat bo'lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi". Darhaqiqat, asrlar silsilasida milliy ruhiyatimizning ma'naviy va axloqiy manbai bo'lib kelayotgan madaniy- tarixiy, diniy merosimiz "Avesto"dir. Bu asarni milliy o'zlikni anglash to'g'risidagi ma'naviy- axloqiy qarashlar yig'indisi deyish mumkin."Avesto"da, avvalo, "ezgu niyat, ezgu so'z va ezgu amal" orqali insonning axloqiy komilligi, ma'rifiy etukligi masalalari ustuvor qo'yiladi. Ushbu maqolada buyuk tarixiy merosimiz "Avesto"dagi ma'naviy- axloqiy merosning bugungi kundagi ahamiyati haqida so'z yuritiladi.

Zardushtiylik dinining asosiy aqidalari uning muqaddas kitobi "Avesto"da bayon etilgan. "Avesto" miloddan avvalgi VII asrning oxiri VI asrning boshlarida yaratilgan. Unga Zardusht asos solgan, eng so'nggi tahriri milodiy VI asrda tugallangan. Demak, "Avesto" bir necha ming yildan

ortiq muddatni o'z ichiga olgan voqealarni qamrab olgan bo'lib, unda faqat diniy ma'lumotlarning o'zigina bo'lmay, balki tarixiy hodisalar ham o'rin olgan.Tadqiqotchilarning fikricha, "Avesto"da diniy ta'limotdan tashqari falsafa, siyosat, axloq, madaniyat, turmush masalalari ham keng ko'lamda ifoda etilganligi sababli Eron hamda Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy madaniyatini (e'tiqodi, tili, adabiyoti), qisman tarixini o'rganishda asosiy manba hisoblanadi. YUrtboshimiz o'qtirib o'tganidek, "Bu asarda, avvalo, tabiatga munosabat, tabiatga hurmat tuyg'usi, borliq olamning yaxlitligi va bir butunligi, tabiat va inson uyg'unligi, atrof- muhitni saqlash va asrash odamzotning asosiy vazifasi ekani tasvirlab va isbotlab berilgani bilan bugungi kunda ham har qanday odamni hayratda qoldiradi".

Zardushtning "ezgu niyat, ezgu so'z va ezgu amalni olqishlayman! Niyat, so'z va amallar ichidan men ezgu niyat, ezgu so'z va ezgu amalni tanlayman. Men barcha qabih andisha, qabih so'z va qabih amaldan yuz buraman", degan hikmatli so'zlari bugungi kunda xalqimiz milliy o'zligini anglashda katta tarbiyaviy ahamiyatga molik. Bu o'lmas g'oyalar keyinchalik paydo bo'lgan dinlar, jumladan, xristianlik va islom ta'limotiga ham hamohangdir. Demak, bu kitob o'z davrida shakllangan g'oyalar tizimidan iborat bo'lgan jamiyat mafkurasi edi.

SHoh Vishtasp farmoniga binoan Zardusht 1200 bobdan iborat pandnomasi "Avesto"ni oltin taxtachalarga yozib, shohning otashkadasiga topshirgan,- deydi Firdavsiy o'zining "SHohnoma" asarida. Keyinchalik u kitob 12 ming ho'kiz terisiga bitilgan, makedoniyalik Iskandar SHarqni zabt etganda uning nodir nusxasini Elladaga eltib, kerakli joylarini tarjima qildirgan, qolganini yondirgan. Bu fikrni Ma'sudiy, Tabariy va Beruniylar ham o'z asarlarida bildiradilar. YOdnomaning boshqa bir qismi esa islom dini kirib kelishi (674-715 yillar) vaqtida yo'q qilingan. Asarning bizgacha etib kelgan qismi professor E.E Bertel'sning ma'lumotlariga qaraganda 83000 so'zdan iboratdir.

SHunday qilib "Avesto" eng qadimiy, yakkaxudochilikka asoslangan dinning muqaddas kitobi bo'lib, e'tiborli tarixiy manba va madaniyat yodgorligi hisoblanadi.

Olimlarning qayd etishicha, "Avesto" afsonalari, tantanali qo'shiqlari uzoq yillar mobaynida Turon xalqlari tomonidan o'qilib, yoddan aytib kelingan. Keyinchalik esa ularning jamlamasi tarzida "Avesto" yuzaga kelgan. "Avesto" so'g'd va baqtriya tiliga yaqin, yunon yozuvi bilan parfiya yozuvining isloh qilingan shaklida yozilgan. Bu "Avesto" yozuvi deb tarixga kirgan.

Zardusht o'z tartibotini she'riy qo'shiqlarda ifodalab, ularni Gohlar deb atagan. Zardushtdan 17 ta Goh "Avesto"ning YAsna (YOsin) bo'limi tarkibida etib kelgan. Bu she'riy asarlar "Avesto"ning eng qadimiy, izohlanishi murakkab qismi hisoblanadi.

Zardushtiylikda Ahura Mazda azal mavjud va abadiy iloh sifatida alohida mavqega qo'yilgan.Barcha yaxshilik, go'zallik va ezgulik homiysi Ahura Mazdaga oltita yorqin kuchlar yordam beradi. "Abadiy yaxshilik", "YAxshi fikr", "YAxshi tartib", "Munosib qudrat", "Sihat-salomatlik", "Abadiylik" Umuman, barcha ezgu borliq uning tomonidan yaratilgan deyiladi. Har bir ezgu xilqatning yovuz ziddi esa Axriman tomonidan yaratiladi.

YOmonlik va buzg'unchilik xudosi Anhra Manuning kuchlari yolg'onchilik, firibgorlik, jaholat, qabohat timsoli. Unga "YOmon fikr"ni ifodalovchi Ana Mana, "o'lim" va "so'lish" devlari Tuarvi va Zariklar, buzg'unchilik devi Ayshma, urush, janjal qo'zg'atuvchi sifatida yordam beradi.

Umuman olganda "Avesto"da yaxshilik va yomonlik, yorug'lik va zulmat, ezgulik va yovuzlik bir- biriga qarama- qarshi kuchlar sifatida Ahura Mazda va Axriman timsollarida bayon etiladi."Avesto"da dastlabki falsafiy qarashlar bilan diniy- afsonaviy tasavvurlar uyg'unlashib

ketadi. SHu zaminda ma'naviy- axloqiy barkamol odam uyg'unlik- ezgulikni barqaror qila oladigan kurashchan, adolatparvar insonni shakllantirish g'oyasi markaziy o'rinni egallaydi. Keltirilganlardan ko'rinadiki, zardushtiylik dini va ta'limotidagi "Ezgu fikr", "Ezgu so'z", "Ezgu amal" birligi nafaqat ularning falsafiy- axloqiy, shuningdek, umumiy dunyoqarashini ham belgilagan.

Markaziy Osiyoda xalqlarning ilk diniy qarashlarida tuya va otlarni muqaddaslashtirishlar keng o'rin olgan. Bu jarayon eramizdan oldingi III ming yillikning oxirida va II ming yillikning boshlarida ko'chmanchilik turmush tarzi va u bilan bog'liq xo'jalik ishlarining shakllanishi tufayli yanada rivojlangan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi bo'lmish "Avesto"da tuyani muqaddas hayvon hisoblangan. YA'ni tuya boshqa obrazlar (shamol, ho'kiz, ot, to'ng'iz, yovvoyi qo'y, yosh yigit va echki parilar) bilan bir qatorda urush va g'alabaning dahosi bo'lgan Veretragning timsoli sifatida namoyon bo'ladi. Qolaversa, zardushtiylik payg'ambarining ismi bo'lmish Zardushto tarjima qilinganda tillarangli, keksa tuyalarning sohibi ma'nosini bildiradi. Eramizning III-IV asrlaridan boshlab 300 yildan ko'proq davr maboynida qadimiy Buxoroda zarb etilgan tangalarda, garchi turli- tuman ko'rinishlarda bo'lsa ham, tuyaning tasvirlari chop etilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining diniy qarashlarida bunday hayvon shakllaridagi muqaddaslashtirishlarning qoldiqlari uzoq davrlar mobaynida saqlanib qolgan. CHunonchi bu vaziyat Siyovush (bu "qora ayg'ir ot, toycha ma'nosini anglatadi) bilan bog'liq qarashlarda ham o'z ifodasin topgan.

Qadimgi Turkiston miloddan avvalgi 2- ming yil oxirlaridayoq yuksak ijtimoiy va ma'naviy taraqqiyotga erishgan, o'z davlatchiligiga ega bo'lganligi sababli bu erlik xalqlarda diniy e'tiqodlar, urf- odatlar, qarashlar, ta'limotlarni saqlab qolish va rivojlantirish alohida ahamiyatga ega bo'lgan. Markaziy Osiyo ko'pdan- ko'p e'tiqodlar va zardushtiylik diniy- falsafiy ta'limotining, qadimgi bitiklaru, "Avesto"ning asl vatanidir. SHu bilan birga, ta'kidlash kerakki, Markaziy Osiyo nafaqat qadimgi dunyoning, balki bir butun er yuzi, dunyo xalqlarining ham madaniy markazi bo'lib hisoblanadi. N.N.Konradning adolatli yozishicha, Markaziy Osiyo dunyo madaniyatining o'choqlaridan biri bo'lgandir.

Darhaqiqat, insoniyat tarixida , madaniyati, falsafasi va ma'naviy hayotida Markaziy Osiyo madaniyati, diniy e'tiqodlari, jumladan zardushtiylik va uning noyob kitobi "Avest"ning ta'siri beqiyosdir.

Qadimdan ma'lumki, insonning ma'naviy etukligi uning do'stlikka sadoqati, kechirimli bo'la olishi, johillarning qalbini hidoyat nuri bilan yorita olishi, yomonlikka yaxshilik bilan javob bera olishi kabi holatlar bilan belgilanadi. "Avesto"ning turli qismlarida ana shunday fazilatlarni targ'ib etadigan ko'plab parchalarni , alohida band va fargardni uchratamiz. "O'zgalarni yaxshilikka yo'llay olgan odamlarnigina yaxshi odam deyish mumkin", "Menga hamisha g'ayrat va shijoat baxsh et. Meni hamisha g'aflat uyqusidan yiroq tut". Tabarruk manbaning "Vandidod" hamda "Vispirad" qismlarida ham inson ma'naviyati bilan bog'liq mulohazalar mavjud. CHunonchi, poklik va rostlik haqidagi fikrlar shular jumlasidandir. Zardusht aqidasicha Ahura Mazda dini bu poklik g'oyasi. SHuning uchun u odamlarga poklik va rostlikni eltadi. Zardusht Tangriga murojaat etadi:

"Ey, Ahura Mazda!

YAxshilik elchisi mening huzurimga kelib ilk bor ahkomlaringdan saboq olgan kundan boshlab seni poklik bilan kashf etganman. Sening payomlaringni xalqqa etkazish qanchalik mashaqqatli bo'lmasin, sening ahkoming men uchun mu'tabardir. Men uni o'z egalari -mardumlarga albatta etkazgum!".

SHunda Ahura Mazda dedi:

"O'zgalarga ro'shnolik istagan odamning yo'li albatta hamisha nurafshon bo'lg'ay!". Odamning tanasi ham, so'zi ham, ishi-yu tafakkuri ham pok bo'lmog'i lozim, deyiladi fargardlardan birida.

"Avesto"da bayon etilgan YAxshilik ruhi- deb to'g'ri ta'kidlaydi professor T.Maxmudov, - bu yaratuvchilik kuchi, yomonlik ruhi esa buzish va buzg'unchilikka olib keladi. YAxshilik hayot ramzi, erni odamlar foydali hayvonlar va o'simliklar bilan to'ldirish, insoniyat umrini sog'liq, kuch- qudrat, baxt va shodlik, umid va ishonch, go'zallik va ezgu fikrat, to'kin- sochinlik bilan munavvar etmakdir. YOmonlik esa qurg'oqchilik va ocharchilik, mollarning qirilib ketishi, kasallik va ofat, jismoniy va ruhiy buzilishning oqibatidir.Bu kurash asnosida goho yolg'on va zo'ravonlik, zulmat va betoblik, nohaqlik va firibgorlik ustun kelib qolsa-da, Ahura Mazdaning yorqin kuchlari pirovardida Anhra Manu ustidan g'olib chiqadilar va dunyoda nur, yaxshilik, go'zallik va quvonch tantana qiladi. Tabarruk manbadagi o'lmas g'oyalar bugungi kunda ham insoniyat tinchligi va barqaror taraqqiyotiga to'sqinlik qiluvchi terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa ko'rinishdagi tahdidlarga qarshi kurashda o'z ahamiyatini saqlab qolmoqda.

X U L O S A

Umumlashtirib aytganda "Avesto"da birinchidan, yaxshilik va yomonlik bir- biriga qarama- qarshi kuchlar sifatida Ahura Mazda va Axriman timsollarida bayon etiladi; ikkichidan, unda dastlabki falsafiy qarashlar bilan diniy- afsonaviy tasavvurlar uyg'unlashib ketadi. Ezgulikni barqaror qila oladigan, kurashchan, adolatparvar insonni shakllantirish g'oyasi markaziy o'rinni egallaydi; uchinchidan, asarda ma'naviy- axloqiy qarashlarning umumiy manzarasi Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi zamonlardan islom davrigacha bo'lgan tarixini qamrab oladi; to'rtinchidan, "Avesto" ta'limoti asosida tarbiyalangan xalqlarda shakllangan tarmush tarzi, diniy e'tiqodi, milliy qadriyatlarning uyg'unlasha borishi bugungi kunda fuqarolarimizning ayniqsa yoshlarimizning ma'naviy yuksalishi va milliy o'zligini anglashiga poydevor bo'lib xizmat qilmoqda.

REFERENCES

1. Sh.Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi", T.: "O'zbekiston" nashriyoti, 2022 yil. B. 275-276

2. Karimov I.A. "Avesto" kitobining 2700 yilligiga bag'ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasining ochilish marosimdagi nutq // Xalq so'zi, 2001 yil 6 noyabr'.

3. Karimov I.A. YUksak ma'naviyat- engilmas kuch. T.: Ma'naviyat, 2008.-B.-32.

4. Avesto. Tarixiy- adabiy yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi. T.: SHarq, 2001.-B.-114-115.

5. Konrad N.I. Zapad i Vostok. M.: Nauka, 1972.-S.67.

6. Maxmudov T. Avesto haqida. T.: SHarq, 2000.-B.-33-34.

7. Maxmudova G.T. Filosofskaya suщnost' Avestbi. T.: San'at, 2010.-S.-87.

8. Sulaymonova F. Nur SHarqdan taraladi // Fan va turmush, 1992 yil 11-12 sonlari, 8 bet.

9. Xo'jamurodov I.R., Abduraimova M.E. Siyosat, din va milliy o'zlikni anglash. T.: Falsafa va huquq, 2010.-B.-39-41.

10. Xo'jamurodov I.R. Avestoda ma'naviyat muammolari // Muloqot, 1996 yil 1-soni, 57-61 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.