Научная статья на тему 'Tarixiy manbalarda Zarafshon toponimikasi'

Tarixiy manbalarda Zarafshon toponimikasi Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1837
160
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Zarafshon / Politimit / Mastchoh daryosi / Naxr-us Sug`d / Vodi-us Sug`d / Siyob / Xaramkom / Ko`hak / Miyonkol / oltin eltuvchi daryo / Zarafshon / Politimit / Mastchoh river / Naxr-us Suede / Vodi-us Suede / Siyob / Kharamkom / Kòhak / Miyonkol / golden elliptical river

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Rasulova Dilfuza Saypullayevna

Ushbu maqolada Zarafshon daryosining turli davrlarda qanday nomlar bilan atalganligi, yunon olimlari, arab, xitoy, rus geograf va tarixchi olimlarining daryo nomlanishi haqida yuritgan fikr-mulohazalari haqida ma`lumot berilgan. Shuningdek, ushbu daryoning nomlanishi yuzasidan ayrim munozarali qarashlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE TOPONYMY OF ZARAFSHON IN HISTORICAL SOURCES

In this article, naming Zarafshon river during different historical periods, opinions and views about naming Zarafshon river by greek scholars, arabian, chinese, russian geographer and historian scholars are given. Moreover, some debatable views about naming this river are indicated

Текст научной работы на тему «Tarixiy manbalarda Zarafshon toponimikasi»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

TARIXIY MANBALARDA ZARAFSHON TOPONIMIKASI

Rasulova Dilfuza Saypullayevna

Zarafshon shahar 13-ayrim fanlar ixtisoslashtirilgan umumtalim maktabi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Zarafshon daryosining turli davrlarda qanday nomlar bilan atalganligi, yunon olimlari, arab, xitoy, rus geograf va tarixchi olimlarining daryo nomlanishi haqida yuritgan fikr-mulohazalari haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek, ushbu daryoning nomlanishi yuzasidan ayrim munozarali qarashlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Zarafshon, Politimit, Mastchoh daryosi, Naxr-us Sug'd, Vodi-us Sug'd, Siyob, Xaramkom, Ko'hak, Miyonkol, oltin eltuvchi daryo.

THE TOPONYMY OF ZARAFSHON IN HISTORICAL SOURCES

Rasulova Dilfuza Saypullayevna School №13, Zarafshon city

Abstract: In this article, naming Zarafshon river during different historical periods, opinions and views about naming Zarafshon river by greek scholars, arabian, chinese, russian geographer and historian scholars are given. Moreover, some debatable views about naming this river are indicated.

Keywords: Zarafshon, Politimit, Mastchoh river, Naxr-us Suede, Vodi-us Suede, Siyob, Kharamkom, Kdhak, Miyonkol, golden elliptical river.

Zarafshon vodiysi - qadimiy maskan hisoblanadi. Azaldan Garb va Sharq o'rtasida ‘‘koprik sifatida‘xizmat qilgan vodiy qadim tarixga ega. Tarixiy manbalarda Zarafshon nomi XVII asr boshidan boshlab tilga olingan. Dastlab Politimit nomi bilan antik davr tarixchilari Arrian, Kursiy Ruf, Strabon asarlarida keltirilgan. Politimit Zarafshonning qadimiy nomi emas, balki yunonlar tomonidan berilgan nomdir. Arrian Politimit Keng “hududni sug'oradigan va qumliklarga kirib yuqolib ketadigan daryo” deb yozadi. Politimitning uzunligi xususida gapirib, u Fessoliyadagi Peniya daryosidan katta ekanligini aytadi, xolos. Kvint Kursiy Ruf Politimitning yuqori oqimiga oid ba'zi tafsilotlarnigina keltiradi. U daryoning tor ozani togrisida yozib, bunday deydi: bu daryo qum ichiga kirib, yer tagiga yoqoladi. Daryo suvining shovqini yer tagidan oqish yonalishini korsatib turardi, biroq shunday katta daryo tagidagi tuproq namni butunlay buglantirmaydi. Politimit nomi Strabonning yozishicha, mahalliy nomning yunoncha tarjimasi bo'lsa kerak.

г<м

390

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Zarafshonning hozirgi nomi XIII -asrdan boshlab yozma manbalarda uchraydi: bu nom xalq tilida qo'llangan yoki qo'llanmaganligi noma'lum, faqatgina “oltin daryo” atamasi ayrim shoxobcha nomi sifatidagina uchraydi. (B.B.Bartold)

Iskandar yurishi tarixiga oid manbalarda Politimit daryosi to'g'risida So'g'd poytaxti Maroqanda hududida bo'lib o'tgan voqealarni bayon etish munosabati bilan so'z yuritiladi. Biroq Maroqandani Samarqand bilan bir shahar deb hisoblash yoki hisoblamaslikdan qat'iy nazar, Politimitning Zarafshonning aynan o'zi ekanligi shubhasizdir. Xitoy manbalarida bu nom ostida Sirdaryoning yuqori oqimi tushunilgan. Zarafshon esa uning irmog'i deb aytilgan. Bundan kelib chiqadiki, Xitoy ma'lumotlarida chalkashliklar ko'p. Qadimgi o'rta asr arab geograflari asarlarida Zarafshon haqida to'liq malumotlar berilgan. Arab muarrixi Ibn Xavqal tomonidan Mastchoh daryosi Zarafshonning irmog'i sifatida tilga olinadi. Shunisi ham borki, Istaxriy va Ibn Xavqallar faqat Zarafshon daryosinigina Naxr-us Sug'd deb atamasdan, balki Siyobni ham shunday nom bilan ataganlar. B.B.Bartold Vodi-us Sug'dni Zarafshonning aynan o'zi deb hisoblaydi va shuning uchun ham Samarqandning tarixiy topografiyasi noto'g'ri tasvirlangan, degan fikr bilan M.E.Masson B.B.Bartoldni asossiz tanqid qiladi. M. E. Massonning fikricha, arab mualliflari Vodi-us Sug'd nomi ostida birinchi navbatda Zarafshonning tabiiy o'zanlaridan biri-Siyobni aytganlar.

Bu masalaga bir tomondan qaraganda B.B.Bartold haq, chunki arab geograflari o'z asarlarida Vodi-us Sug'd nomi ostida M.E.Masson hisoblaganidek, Siyob to'g'risida emas, (balki Sug'd vodiysi daryosi ustida) hamma vaqt Zarafshon daryosi ustida so'z yuritganlar. Zarafshon daryosining qadimgi toponimlari to'g'risida XVI asrga oid tarixiy manbalarda aniq malumotlar keltirilgan. Xaramkom nomi Buxoro vohasining quyi qismi toponimikasi orasida emas, balki uning yuqori qismi, xususan Karmana bilan G'ishti o'rtasida joylashgan topografik punktlar: Azvijon, Vag'shiton, Hamman, Marjonxotun, Farodbud, Fag'miton, Xizorko'l, Nishontal va boshqa qishloqlar nomi bilan birga tilga olinadi. Ma'lumki, to'rt qishloq hozirgi kunda shu nom bilan yuritilib, ular Navoiy viloyatining g'arbiy qismida joylashgan. Bu ma'lumotga qaraganda, Zarafshon daryosi XVI asrda Buxoro vohasida Ko'hak nomi bilan bir qatorda Xaramkom deb atalgan. Orta asrlarda Zarafshon daryosi Ko'hak nomi bilan mashhur bo'lgan. Daryoga berilgan bu nom dastavval XII asr mahalliy mualliflaridan Nasafiyning Samarqand tarixiga oid Qandiya nomli asarida tilga olinadi. XIV-XVI asrlarga tegishli tarixiy manbalarda, Hafizi Abro asarida, "Boburnoma", "Shayboniynoma" kabi asarlarda ham Zarafshon daryosi Ko'hak nomi bilan ataladi. Zarafshon daryosi nima sababdan Ko’hak nomini olganini Zahiriddin Muhammad Bobur quyidagicha talqin qilgan: “Ko’hak suvi shimoldan oqar, Samarqanddin ikki quruq bo'lgay. Bu suv bila Samarqand orasida bir pushda tushubdur. Ko’hak derlar bu rud muning tubidan oqar Ko’hak suvi derlar...”

г<м

391

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Bobumomada keltirilgan bu malumotga qaraganda, Ko’hak' qadimgi

samarqandliklar tomonidan daryoga berilgan mahalliy nom bo' lishi ehtimoldan uzoq emas.

Keltirilgan ma'lumotlarga kora, Zarafshon daryosining qadimgi mahalliy nomlari Xaramkom va Ko'hak bo'lib, vodiyning quyi qismi Buxoro vohasida Xaramkom, yuqori qismu Samarqand vohasida Ko'hak nomi bilan atalgan. 18411842 yil Buxoro va Samarqand shaharlarida bo'lgan va Zarafshon vodiysi bo'ylab geologik tekshiruvlar o'tkazgan rus tog' injenerlari K.F.Butenov va

F.Bogoslovskiylar ham o'z asarlarida daryoni ikki nom: Ko'hak va Zarafshon deb yozadilar. 1820 yil Rossiyadan Buxoroga yuborilgan diplomatik missiyaning ishtirokchisi E. K. Meyendorf bu masala yuzasidan quyidagicha ma'lumot keltirib o'tadi. Uning yozishicha, daryo Samarqandda “Ko'hak va Buxoroda Zarafshon nomlari bilan atalgan. Ko'hak ismini Zarafshon, ya'ni lug'aviy ma'nosi bilan olinganda “Zar to'quvchi”, “Zar keltiruvchi “nomiga qanday sabab bilan almashib qolgani va daryoning tamoman oxirgi nomga ko'chirilgani bizga hozirgacha no'malum bo'lib qolmoqda.

Ammo uning Zarafshon deb atalishi to'g'risida xalq og'zaki adabiyotida qiziq bir afsona bor. Uning qisqacha variantini K.F.Butenev quyidagicha keltiradi: Qadim zamonlarda. hozirgi Buxoro shahri joylashgan viloyat va uning atrofidagi keng hudud Zarafshon daryosining toshqin suvlari bilan qoplangan ko'l va botqoqliklardan iborat bo'lgan. Makedoniyalik Iskandar bu viloyatni quritish maqsadida daryoning bo'sh bo'lgan qismiga oltindan to'g'on qurdirib suvni bog'lagan. Natijada daryoning yuqori oqimida katta ko'l hosil bo'lib uning quyi oqimidagi botqoqliklar qurigan. Ammo oltin to'g'ondan oqib o'tgan suv uni yuvib mayda oltin zarrachalarini o'zi bilan quyiga olib borgan. Shuning uchun ham daryo Zarafshon, ya'ni oltin keltiruvchi nomini olgan. Lekin bu Zarafshon daryosi to'g'risidagi afsona, xolos. Zarafshon toponimiyasi qanday kelib chiqqanidan qat'iy nazar, har holda daryoning oltin keltiruvchanligi K.F.Butenev yozganidek, faqat uning nomiga asoslanmay, balki suvining vodiy xalqi uchun nihoyatda keraklidir. Lekin bu xususida turli xil manbalarda turlicha ma'lumotlar keltirilgan.

Xulosa qilib aytganda, Zarafshon vohasi hududida joylashgan Zarafshon daryosi turli xil manbalarda turlicha nomlar bilan atalgan. Bu daryo qanday atalgan bo'lmasin, baribir vohaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o'rin tutgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Toshev X. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Zarafshon o'zbeklarining xo'jaligi va ish turmushi. T. : Fan, 1987. -4 -bet.

2. Samarqand tarixi [ 1-tom] T. :Fan, 1971. -214-bet.

392

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

3. Muhammadjonov A. Quyi Zarafshon vohasining sug'orilish tarixi. T. :Fan, 1972. -142-bet.

4. Sanayev I. XIX asrning 2-yarmi va XX asrning boshlarida Zarafshon vodiysi adabiy muhiti. S. :Fan, 2001. -8-bet.

5. Xolmurodov R. Xatirchi tumani tarixidan lavhalar. T. : Fan, 1996. -11-12-betlar.

393

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.