TARIX FANINI O'RGANISHDA TROYA DAVLATINING O'RNI VA
AHAMIYATI
Bekzod Pardayev
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 1-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Har bir tarixchi tarix sohasini mukammal o'rganishda Qadimgi shahar-davlatlar shu jumladan Troya davlati haqida bilishi zarur. Maqolada Troya davlatining tarix fanida tutgan o'rni va bu davlatning tugatilishi haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Ellada, Genrix Shiliman, Hisorlik, ot o'rgatuvchilar, Ellion, sohibjamol Yelena.
THE ROLE AND IMPORTANCE OF THE TROJAN STATE IN THE STUDY
OF HISTORY
Bekzod Pardaev
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region
ABSTRACT
Every historian must know the ancient city-states including the state of Troy, in order to study history thoroughly, The article discusses the role of the state of Troy in history and the abolition of this state.
Key words: Illiada, Genrix Shliman, Gisarlik, horse trainers, Illion, beatiful Yelena.
KIRISH
Hozirgi kunga kelib qadimgi Troya davlati haqida bir qancha ilmiy maqolalar,ilmiy ishlar yaratilgan bo'lsa ham bu davlat haqida to'liq manbalar yetarli emas. Troya podsholigi Kichik Osiyoning shimoliy g'arbiy burchagida tashkil topgan. Olimlarni haqiqatdan Troya davlati bo'lganmi yoki bu yunon afsonasimi degan savol qiynaydi. Arxealogik qazishmalar natijasida hozirgi Turkiyaning Hisorlik tepaligida Genrex Shliman Troya qoldiqlarini topishga muaffaq bo'ladi. Bundan 4 ming yil muqaddam bu shahar Traoda viloyatining markazi bo'lgan. Miloddan avvalgi XX asrda shahar dushmanlar tomonidan talanib, vayron qilib yondirib yuborilgan. Keyinchalik Troya o'zini tiklab olgan. Mil.av XVIII-XIII asrlarda Troya podsholigi gullab yashnadi. Troyada xettlar, luvinlar, frigiylar, yunonlar va boshqa xalqlar yashaganlar.
www.scientificprogress.uz
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Troya shahri atrofi tosh va pishiq g'ishtlar bilan o'ralgan, mustahkam qal'a bilan o'ralgan mudofa qalasi bo'lgan. Bu davlat shu shahar nomi bilan Troya podsholigi deyilgan. Miloddan avvalgi XVIII-XIII asrlar orasida podsholikda dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik va savdo sotiq rivojlangan. Troyaliklar yilqichilikka alohida e'tibor berganlar. Ular otlardan harbiy va ho'jalik maqsadlarida foydalanganlar. Yunon tarixchisi Geradot troyaliklarni ot o'rgatuvchilari deb ataydi va ularning jang aravalarini ham eslab o'tadi.
Miloddan avvalgi 1260-yilda Meken shohi Agamenon boshliq yunon shahar davlatlarining floti Troya ustiga bostirib kelganligi haqida malumot uchraydi. Yunonlar Troyani 10 yil qamal qilishadi, o'ninchi yili bosib olishga muvaffaq bo'lishadi. Yunonlar va Troyaliklar o'rtasidagi urushni Gomer o'zining Illiada dostonida batafsil tariflab bergan. Gomerning yozishicha qadim zamonlarda Spartaning shavkatli shohi Tindar Itoliya podshosi Testiyning qizi mabuda monand Ledaga uylanadi. Ledaning 4 farzandi bor edi. Ulardan ikkisi; Sohibjamol Yelena bilan Poledivk-chaqmoqlar tangrisi Zevsning qizi Klinestra bilan Kastor-Tindarning bolalari edi. Yelena go'zallikka beqiyos edi. Hattoki unga mabudlar ham hasad bilan qarashardi. Yelenaning go'zalligi butun yunon eliga tarqaladi, natijada butun atrofdan Tindar saroyiga sovchilar kela boshlaydi. Lekin Tindar qizini Atrey o'g'li Menelayga beradi. Menelay Tendar o'lgandan so'ng Sparta podshosi bo'ladi. Spartaga kelgan Troya podshosining o'g'li Paris Yelenani o'g'irlab ketadi. Paris Yelenani Troyaga olib kelgandan so'ng bashoratchi Kassandra, Paris yunon ayolini o'g'irlab kelgani Troyaliklarni boshiga fojea bo'lishi mumkunligi haqida ogohlantiradi, lekin Troya ahli bunga parvo ham qilmaydi, hech kim Parisga qarshilik ko'rsatmaydi. Yelena ham Parisning aldoviga uchib Menelay qasrini Tark etib Troyaga keladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Menelay Parisdan o'ch olish maqsadida akasi Agamennondan maslahat so'raydi, Agamenon Parisni yengishda, bir paytlar unga yordam berishga va'da bergan yunon bahodirlaridan yordam so'rashini taklif qiladi. Menelay donishmand Nester, Itaka podshosi Adessiy, va pahlavon Axilisni olib Troyaga qarshi urushga otlanadi.
Yunon bahodirlari yurish boshlaagan Troya shahri qudratli va buyuk davlat bo'llgan. Unga Zevs o'g'li Dardaanning nevarasi IL asos solgan edi. Yunonlar Troyaga yurish boshlagan paytda Troya podshosi Ilning nabirasi Priam bo'lgan, u nihoyat darajada boy bo'lgan. Priamni ellikta o'g'li bo'lib ular orasida saxovatli Xektor ajralib turgan. Jang oldidan yunonlar bir orolda tuplanishadi va 1186 ta kemada Troyaga qarab suzib ketishadi. Troyaga kelgan yunonlar yetib kelganliklaridan hursand bo'ladilar lekin jang oson kechmasligini tushunib yetadilar. Sohilda ularni Xektor boshchiligida qudratli
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
qo'shin kutib turganligini ko'radilar va kim birinchi sohilga qadam qo'ysa o'lishini tushunib yetadilar. Troyani jang qilib yenga olmagan yunonlar hiyla qilishadi Odessiyning maslahatiga binoan ichi bo'sh ot yasaydilar, ichini askar bilan to'ldirib Troyaga yuboradilar.
XULOSA
Troyaliklar otni o'z xudolari bo'lgan Afina pallada sovg'a qilgan deb o'lab otni qabul qilishadi. Tunda qurollangan yunon askarlari darvozani yunonlarga ochib beradi, shu tariqa Troya davlati yunonlar tomonidan bosib olinib vayron etiladi. Biz Troyani bosib olinishiga e'tibor bersak yunonlarning maqsadi o'ch olishni o'zi bilan cheklanib qolishmagan. Ular mo'l-ko'l o'ljaga boy Troya yerlarini bosib olishga va boylliklarni talashga harakat qilishgan, shu tariqa yirik sivilizatsiya o'choqlaridan biri bo'lmish Troya davlati parchalanib ketgan va butunlay zavolga yuz tutgan.
REFERENCES
1. Gomer "Iliada" G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyoti. 1988-yil ruschadan Qodir Mirmuhamedov tarjimasi 10-22 betlar.
2. J.Kabirov "Jahon tarixi" O'qituvchi nashriyoti. 2001-yil 113-116 betlar.
3. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198
4. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617
5. Сулаймон Амиркулович Гайдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671
6. Хайдаров С. (2020). Узбекистон тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.
7. Хдйдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.
8. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.
9. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.
10. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистон тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.
11. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.
12. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хдссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Х,алкдро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.
13. Хдйдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.