TARIX FANINI O'RGANISHDA YANGI BOBIL DAVLATINING O'RNI VA
AHAMIYATI
Yahyobek Mo'minov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga va old Osiyoga oid manbalarni o'rganishimizda, juda boy arxivga, tarixga ega bo'lgan Yangi Bobil davlati haqida so'z boradi.
Tayanch so'zlar: Mesopatamiya, Bobil, Frot, Dajla, Ossuriya, Nabopalasar, Novaxundonosor, xaldey, Urartu, Eron, Kayxusrav.
THE ROLE AND IMPORTANCE OF THE NEW BABYLONIAN STATE IN
THE STUDY OF HISTORY
Yahkyobek Mominov
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region
ABSTRACT
The article discusses the New Babylonian state, which has a very rich archive and history, as we study the sources of the history of the Ancient East and Central Asia.
Keywords: Mesopotamia, Babylon, Frot, Tigris, Assyria, Nabopalasar, Novaxundonosor, Chaldeans, Urartu, Iran, Kaykhusrav.
KIRISH
Ossurlarning jabr-zulmiga qarshi mil.avv. 628-yilda xoldey hukumdori Nubopalasar boshchiligida qo'zg'olon ko'tarildi. U ossurlarni bobildan haydab chiqaradi va Yangi Bobil podsholigiga asos soladi. Bobildan quvilgan ossurlar Misr fir'avini Nixo bilan ittifoq tuzib bobilliklarga qarshi kurashni davom ettirishadi. Mil.avv 605-yilda hukumdor Nobopalasar vafot etadi. Uning o'rniga taxtga o'g'li Novaxundonosor ll (605562) o'tiradi. Mil.avv 605-yilda Kirxamish Misr-ossur qo'shinlari ustidan porloq g'alabaga erishadi. Novoxundonosor Suriyani ishg'ol qilib Misrliklarni O'rta yer dengizining sharqiy qismidan siqib chiqaradi. Shu davrdan quldorlikka asoslangan Yangi Bobil podsholigi yuksaladi. Bobil shahri esa sharqning eng muhtasham,go'zal shaharlaridan biriga aylanadi. Mil. avv 562-yilda Yangi Bobil podsholigining so'ngi hukumdori Novaxundomosor vafot etadi. Shundan so'ng mamlakatda toju-taxt uchun kurash boshlanadi. Bu ayovsiz kurashlarda ruhoniylar g'alaba qozonishadi va taxtga
o'zlarini vakili Nabonidni o'tqazadilar. U Bobilda (556-539) yillarda hukumdorlik qiladi. Nabonid va uning o'g'li Valtasar hukumronligi davrida Eron shohi Kayxusrav (Kurush ll) Bobil va Mesopatamiyani istilo etib, Eronga qo'shib ilinadi. Jang vaqtida Nabonid asr tushadi, Valtasar halok bo'ladi. Shu bilan Yangi Bobil podsholigining ham umri payoniga yetadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Dajla va frot daryolari vohasida, O'rta yer dengizi havzasining sharqiy sohillari hamda Kichik Osiyoning markaziy tog'lik rayonlarida eramizdan avvalgi asrlarda Urartu, Bobil kabi davlatlar mavjud bo'lib,ular jahon san'ati,madaniyati rivojiga katta qo'shgan. Yangi Bobil podsholigida hashamatli saroy va ibodatxonalar quriladi. Eramizdan avvalgi Vll asrda Yangi Bobil rivojlanish davrini boshdan kechiradi. Novaxundonosor ll hukumronlik qilgan yillarda Bobilda shahar qurilishi avj oldirib yuboriladi. Shahar qurilishi reja asosida amalga oshirilib, yangi binolar barpo etiladi. Shahar atrofi baland devor bilan o'rab olindi. Shaharning sakkiz darvozasi bo'lib, ular ichida Ishtar darvozasi o'zining ko'rkam, serhashamliligi bilan ajralib turgan. Bu darvozadan shaharning bosh ibodatxonasiga boradigan yo'l boshlanar edi. Ibodatxona oldida 90 metrlik Bobil minorasi qurilgan edi. Novaxundanosor fantaziyasi boy inson bolganligini biz u qurgan, serhasham, viqorli go'zal Osma bog'lari orqali ko'rishimiz mumkin. Ammo bu san'at asarlari dushmanlar davrida vayron etilgan. Bobil tarixini er. aw. VII—VI asrlariga doir ma'muriy matnlar, yozuvlar, podsho farmonlari va farmoyishlari yetib kelgan.Bobil to'g'risida ayrim antik mualliflar ma'lumotlari mavjud.Hujjatlarga ko'ra, bu davrda qullarning soni ko'paygan. Ibodatxona xo'jaligida yuzlab qullar ishlagan, boylaming yerlarida 3—5 qul, tadbirkor uylarda o'nlab qullar mehnat qilganlar. Yirik yeregalari erkin kishilaiga va qullarga yemi ijaraga bir xil shartlardaberganlar.Yollanma ishchilar, kam yerli yoki yersiz kishilar ko'pchiliknitashkil qilgan. Yangi Bobil podsholigi davrida savdo-tadbirkorlikuylari keng tarqalgan. Arxiv ma'lumotlariga ko'ra Egibi va Murashu uylari katta-katta yerlarni ijaraga berganlar. Ibodatxonalarham tovar-pul munosabatlariga tortilgan. Ular yer va qullarniijaraga berganlar. Er. aw. I ming yillikda podsho xo'jaligi sezilarlirol o 'ynamagan. Podsho yerlari ham ijaraga berilgan. Ibodatxonava xususiy xo'jaliklar yetakchi o'rinni egallaydilar.
MUHOKAMA
Bobil xalqaro savdoda Sharqiy O'rtayer dengizi qiig'og'i mamlakatlari va Mesopotamiyadan janubiy-sharqda turgan viloyatlaro'rtasida savdoda vositachilik qilgan. Misr, Suriya, Elam va KichikOsiyo bilan gavjum savdo qilingan. Bobil ahmoniylar viloyatlarigag'alla, kiyim-kechak va jun, gazlama yetkazib beradigan
asosiymarkaz bo'lgan. Bobil Fors davlatining eng boy satrapliklaridan biri edi, u har yili xazinaga 1000 talant (30 tonna) kumush bilan davlat solig'ini to'lagan. Bobilda o'tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida ko'plab tarixiy binolar qoldiqlari topildi. Bu binolarning old tomonlari hashamatli rasmlar, sir berib ishlangan rang-barang naqshlar bilan bezatilgan. "Bobil" deb ataladigan tepalik qazilganida u yerdan katta saroy xarobalari topildi. Juda ko'p xonali va katta-kichik imoratlardan iborat bo'lgan bu saroy balandligi 18 metr keladigan sayxon tepa qurilgan. Uylarning poliga qumtoshdan yasalgan plitalar yotqizilgan. Bu plitilarga : " Bobil podshosi Nabopalasarning o'g'li, shu mamlakat podshosi Novaxundanosorga qarashli saroy" deb yozilgan.
"KASR" tepaligi qazilganda Novaxundanosor zamondan qolgan juda ajoyib binolar topildi, bu tepalik "Janubiy qal'a" deb atalgan qoldiqlarini yashirib kelgan. Bu yerdan juda katta saroy va uning ichida podsho taxti o'rnatilgan hashamatli zalning qoldiqlari topilgan.
XULOSA
Bobil judayam go'zal va tom ma'noda ulkan shahar bo'lgan. U barchani ulkanligi, rang-barangligi, kosmopolitligi, bag'rikengligi va o'ta zamonaviyligi bilan hayratda qoldirgan. Yahudiylarda, xristianlarda, yunonlarda u hashamat, boylik va axloqiy buzuqlik ramziga aylangan. Insoniyat taraqqiyotining mazmunini ochib beradigan, o'tmishning mantiqini, his-tuyg'ularini tushunishga, 4-ming yillikdagi madaniy xilma-xillikni tushunishga ko'mak beradigan tarixdir bu Bobil tarixi. O'tmishga sayohat qilish mumkin bo'lsa, Bobilni ko'rishni xohlardim. Afsus, buning iloji yo'q.
REFERENCES
1. A.Kabirov Qadimgi sharq tarixi.Toshkent-2018. Arxeologlar hikoya qiladi.
2. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198
3. Сулаймон Амиркулович Хдйдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671
4. Хайдаров С. (2020). Узбекистон тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган хрлда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.
5. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.
6. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.
7. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистан тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.
8. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.
9. Хдйдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.
10. Хайдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.
11. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.
12. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617