Научная статья на тему 'TARAQQIYOT STRATEGIYASI YANGI O’ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY ISLOHOTLAR ASOSI'

TARAQQIYOT STRATEGIYASI YANGI O’ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY ISLOHOTLAR ASOSI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1057
169
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi O’zbekiston / ma’naviyat / ma’rifat / ilm-fan / ijtimoiy islohotlar. / New Uzbekistan / spirituality / enlightenment / science / social reforms

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mamatqulov, Eldor

Ushbu maqolada Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida ilgari surilgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Ma’naviy islohotlarning Yangi O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi yuksak ahamiyati misollar asosida ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT STRATEGY IS THE BASIS OF SPIRITUAL REFORM IN NEW UZBEKISTAN

This article provides a philosophical analysis of the spiritual and educational reforms put forward in the New Uzbekistan Development Strategy. The high importance of spiritual reforms in the socio-economic development of New Uzbekistan is illustrated by examples.

Текст научной работы на тему «TARAQQIYOT STRATEGIYASI YANGI O’ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY ISLOHOTLAR ASOSI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TARAQQIYOT STRATEGIYASI YANGI O'ZBEKISTONDAGI MA'NAVIY

ISLOHOTLAR ASOSI

Ushbu maqolada Yangi O 'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida ilgari surilgan ma'naviy-ma'rifiy sohadagi islohotlar falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Ma'naviy islohotlarning Yangi O'zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi yuksak ahamiyati misollar asosida ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, ma'naviyat, ma'rifat, ilm-fan, ijtimoiy islohotlar.

В данной статье проводится философский анализ духовно-образовательных реформ, выдвинутых в Новой стратегии развития Узбекистана. На примерах показано высокое значение духовных реформ в социально-экономическом развитии Нового Узбекистана.

Ключевые слова: Новый Узбекистан, духовность, просвещение, наука, социальные реформы.

This article provides a philosophical analysis of the spiritual and educational reforms put forward in the New Uzbekistan Development Strategy. The high importance of spiritual reforms in the socio-economic development of New Uzbekistan is illustrated by examples.

Keywords: New Uzbekistan, spirituality, enlightenment, science, social reforms.

Ma'lumki, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jamiyatning ma'naviy axloqiy rivojlanishiga bog'liq. Ma'naviyat, eng avvalo ajdodlardan saqlanib qolgan bebaho moddiy-ma'naviy qadriyatlar, urf-odatlar majmuasi, diniy-ma'rifiy merosdir. Ma'naviy jarayonlar taraqqiy etmagan jamiyat esa, tabiiyki tanazzulga mahkumdir. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub sifat o'zgarishlarining amalga oshirilayotganligi bilan xarakterlanadi. Tabiiyki, ushbu mas'uliyatli vazifani hal etish xalqimiz, xususan yosh avlodning ma'naviy-ijodiy faolligini oshirib borish va ma'nan yetuk, axloqan barkamol qatlamni kamol toptirish bilan chambarchas bog'liqdir. Jamiyat ma'naviy hayotini rivojlantirish kishilarning ma'naviyat va

950

Mamatqulov Eldor

Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ma'rifat, madaniyat va ilm-fan to'g'risidagi tasavvurlarining nechog'lik ilmiyligi, shuningdek, to'g'ri nazariy va amaliy negizga qo'yilganligi bilan bog'liqdir 1. Ma'naviyatni rivojlantirish sohasidagi mustaqillik siyosati ma'naviy hayot, madaniy taraqqiyotning umumiy qonunlarini ilmiy jihatdan yangicha ishlab chiqishni, ma'naviy-ma'rifiy omilning demokratik, insonparvarlik tamoyillari va bozor iqtisodiyoti asosida qurilayotgan Yangi O'zbekistonda tutadigan o'rnini belgilab olishni kun tartibiga qo'yadi. Zero, "ma'naviyat - jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir"2.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

So'nggi yillarda mamlakatimizda ma'naviyat sohasini rivojlantirish borasida bir qancha qaror va farmonlar qabul qilinayotganligi ushbu soha rivoji uchun tirgak vazifasini bajarayotganligi barchamizga ma'lum. Jumladan, "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni mazkur sohaning butunlay yangi, yuqori bosqichga chiqishi uchun xizmat qilib kelmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Taraqqiyot strategiyasi "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" degan tamoyil asosida amalga oshirilishi belgilangan bo'lib, 7 ta ustuvor yo'nalishni o'z ichiga qamrab oladi. "Beshinchi yo'nalish doirasida asosan ma'naviy va ma'rifiy sohalar rivojlantirilishi nazarda tutilgan. Shu maqsadda "Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasi amalga oshiriladi. Madaniyat va san'atni yuksaltirish, yoshlarni sog'lom e'tiqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va o'zaro hurmatni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi"3.

Yangilanayotgan O'zbekistonning ma'naviy qiyofasini yuksaltirish masalasiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, mamlakatimizning o'z istiqlol va taraqqiyot mafkurasini belgilab olishida milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizning, muqaddas dinimizning bebaho ahamiyatini e'tiborga olish lozim. Zero, ma'naviyat murakkab ijtimoiy hodisa bo'lib, uning taraqqiyotiga juda ko'p omillar - siyosat, iqtisod, fan, axloq, san'at, din

1 E. Umarov. Ma'naviyat asoslari. - Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2005. - B. 3.

2 Sh. M. Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. - B. 267.

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o'z lavozimiga kirishishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 06.11.2021.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kabi hodisalar bevosita ta'sir etib turishi ma'lum. Bu tizimda dinning alohida o'rni mavjudligi ham o'z-o'zidan ravshan. Buning boisi avvalo shundaki, din ming yillar mobaynida insoniyatning barcha jihatlari bilan chambarchas bog'lanib, uning turmush tarziga aylanib ketdi. Ikkinchidan, din ta'sirining zamirida savob va gunoh haqidagi tasavvurlar turadiki, odamlar bu ma'naviy hodisalarga hech qachon befarq qaramagan. Binobarin, savob va gunoh, shuningdek, savobli ish qilganlarning taqdirlanishi, gunohkorlarning esa jazolanishi to'risidagi qarashlar kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichlarida shakllangan, ijtimoiy ong tarkibida alohida o'rin tutgan. Shuningdek, diniy e'tiqodlar bilan bog'liq fazilatlar inson psixologiyasiga asrlar davomida kuchli ta'sir ko'rsatib kelgan4. Aynan shu nuqtai nazardan so'nggi yillarda mamlakatimizda muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyatini yoshlarimiz orasida keng targ'ib va tashviq qilish, islom allomalarining jahon ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan bebaho hissalarini ular yozib qoldirgan boy ma'naviy meros -asarlari orqali o'rganish masalasiga jiddiy ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, muhtaram Prezidentimizning bevosita tashabbusi bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O'zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazlarining tashkil etilganligi yuksak ilmiy, ma'naviy va axloqiy salohiyatga ega bo'lgan ajdodlarimizning bizga qoldirgan boy merosini o'rganish sohasida, yangi ma'naviy makonni yaratishda tayanch muassasalar bo'lib xizmat qilmoqda. Yangi ma'naviy makon "...biz orzu qilayotgan Yangi O'zbekistonning ma'naviy qiyofasi yaqqol aks etadigan, xalqimiz intilayotgan va el-yurtimiz baxtiyor yashaydigan ma'rifatli jamiyatdir"5. Zero, bugungi mafkuraviy tahdidlar avj olgan, ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, mutaassiblik kabi illatlar xavf solib turgan dunyoda islom dinining sof ma'naviy-axloqiy g'oyalarini yosh avlod ongiga singdirish, yuksak axloqiy fazilatlar bilan yo'g'rilgan mutafakkirlarimizning hikmatlari bilan qurollantirish ushbu ma'naviy makonning kengayishiga, uning mustahkam asosga ega bo'lishiga xizmat qiladi. Jamiyatimizni ma'naviy-axloqiy jihatdan mustahkamlash va taraqqiy ettirishda xalqimizning boy madaniy tarixini chuqur o'zlashtirish, jahon madaniyati tarixida munosib o'rin egallagan allomalarimizning merosini har tomonlama o'rganish katta ahamiyatga egadir. Madaniyat yutuqlari ma'naviy jarayond a voyaga yetgan va uni o'z faoliyatida gavdalantirgan, asarlarida moddiylashtirgan olimlar, donishmandlar, adiblar, din arboblari qoldirgan tarixiy merosning mazmunini tashkil qiladi. Shu sababli ular yaratgan asarlar borasida muayyan bilimga ega bo'lish

4 A. Erkayev. Ma'naviyat — millat nishoni. - Toshkent, "Ma'naviyat", 1997. - B. 132.

5 Sh. M. Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. - B. 276.

952

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

o'zligimizni anglashda, milliy istiqlol g'oyasining tarixiy asoslarini egallashda muhim ma'naviy omil bo'lib xizmat qiladi6.

XULOSA VA TAKLIFLAR.

Bugungi davr voqeliklari, shiddat bilan o'zgarib borayotgan dunyoning ma'naviy-siyosiy qiyofasi mustahkam, ilm-ma'rifat asosiga qurilgan ma'naviy makonni tashkil etish vazifasini kunning dolzarb vazifasiga aylantirmoqda. Buni amaliyotga joriy qilish uchun esa yuksak ma'naviyat, axloq va ilm bilan qurollangan ma'naviyatli avlodga ehtiyoj seziladi. Shu nuqtai nazardan sohani rivojlantirish maqsadida Yangi O'zbekiston strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni og'ishmasdan amaliyotga joriy etish, xususan, bir necha ming yillik tarixiy asoslarga egan bo'lgan ma'naviy merosimizni, qadriyatlarimizni o'rganish, o'rgatish, bu borada turli innovatsion, ommabop loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. - 464 bet.

2. Umarov E. Ma'naviyat asoslari. - Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2005. - 128 bet.

3. Erkayev A. Ma'naviyat — millat nishoni. - Toshkent, "Ma'naviyat", 1997. - 166 bet.

4. Musurmonova O. Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. - Toshkent, "O'qituvchi", 1996. - 227 bet.

5. Saidov, S. (2022). TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 525-528.

6. Saidov, S. (2022). "TADBIR UL-MANZIL" RISOLASI-OILAVIY MUNOSABATLAR UCHUN DASTURULAMAL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 894-897.

6 O. Musurmonova. Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. - Toshkent, "O'qituvchi", 1996. - B. 172.

953

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.