INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
TALABALARNI XOR DIRIJYORLIGI BO YICHA KASBIY FOLIYATGA TAYORLASHNING USLUBIY ASOSLARI Yakubov Z.M
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7295384
Annotatsiya. Ta'limning barcha bo'g'inlarida va fanlar yo'nalishlarida bo'lgani kabi o'quvchi -yoshlarni axloqiy, estetik, ma'naviy jihatdan yetuk qilib tarbiyalash hamda ularning badiiy tafakkurini o'stirishda umum ta'lim maktablarida "musiqa madaniyati" fani o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasi muhim orin egallaydi. Bu o'rinda ta'lim mazmunini takomillashtirib borish bo lajak o qituvchilarni o z sohasi bo syicha har tamonlama malakali kadrlar bo lib yetishishlariga erishish lozim bo ladi.
Kalit so^zlar: musiqa ta'limi, xor ijrochiligi, bolajak musiqa o'qituvchisi, dirijorlik, kasbiy kompetensiya, dirijorlik mashg'ulotlari.
МЕТОДИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ ПОДГОТОВКИ СТУДЕНТОВ К ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ХОРОВОГО ДИРИЖЕРА
Аннотация. Как и во всех отраслях образования и областях науки, «музыка» используется в общеобразовательных школах для повышения нравственной, эстетической и духовной зрелости учащихся и молодежи, развития их художественного мышления. учителя «культуры» занимает важное место. В этом месте необходимо совершенствовать содержание образования, сделать будущих учителей полноценными кадрами своего дела.
Ключевые слова: музыкальное образование, хоровое исполнительство, будущий учитель музыки, дирижирование, профессиональная компетентность, дирижерская подготовка.
METHODOLOGICAL PRINCIPLES OF PREPARING STUDENTS FOR THE PROFESSIONAL ACTIVITY OF CHOIR CONDUCTING
Abstract. As in all branches of education and disciplines, "musical culture" in general education schools is used to educate young people to be morally, aesthetically, spiritually mature, and to develop their artistic thinking. The level of professional training of science teachers occupies an important place. In this place, it is necessary to improve the content of education, to make future teachers fully qualified personnel in their field.
Key words: music education, choral performance, future music teacher, conducting, professional competence, conducting training.
KIRISH
Mamlakatimizda ertangi kunimizning bunyodkorlari bolmish oquvchi-yoshlarimizni har tomonlama yetuk, aqliy barkamol, jismonan sog'lom, milliy, madaniy qadriyatlarga ongli munosabatda bo'ladigan, bilimli insonlar qilib tarbiyalashga qaratilgan barcha vazifalar ichida alohida e'tibor berilmoqda. Zamonaviy ijtimoiy-madaniy sharoitlarda musiqa ta'limi o'qituvchisining kasbiy faoliyati ijtimoiy va ta'lim funktsiyalarining murakkabligi tufayli yangi mazmun bilan to'ldirilmoqda. Bugungi kunda tor doiradagi yangi mutaxassis emas, balki malakali, pedagogik madaniyati, boy shaxsiy va ijodiy salohiyatiga ega bo'lgan o'qituvchini sifat jihatidan yangi shakllantirgan musiqa ta'limi o'qituvchisini tayyorlash muammosi ayniqsa dolzarbdir. Uning faoliyati samaradorligini faqat yuqori darajadagi kasbiy va pedagogik mahorat
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
bilan ta'minlash mumkin. Bo'lajak musiqa ta'limi o'qituvchisining raqobatbardoshligini rivojlantirish zaruriyati, bandlik bozori, olingan bilimlarining sifati, ularning harakatchanligini oshirish, musiqa pedagogik ta'lim strukturasi va mazmunini o'zgartirishni talab qiladi. Bugungi kunda musiqiy kompyuter texnologiyalarini jadal joriy etish, turli madaniyatlar va ijod turlarining o'zaro aloqasi musiqiy-ilmiy izlanishga tayyor va kasbiy kompetentliligi yuqori bo'lgan bo'lajak musiqa o'qituvchilarini, san'at va ta'limning turli sohalarida bilimlarini rivojlantirish, o'zlarining professional faoliyatida fanlararo aloqalarini o'rnatish, pedagogik madaniyati va mahoratiga ega bo'lagan bo'lajak musiqa o'qituvchilariga talab katta. METOD VA METODOLOGIYASI
Umum ta'lim maktabida o'qituvchi faoliyatining murakkabligi va ko'p qirraliligi uning kompetentlilik darajasiga, tanlagan kasbida shakllangan chuqur bilim va ko'nikmalariga alohida talablar qo'yadi. Bitiruvchining kasbiy muammolarni hal qilishga tayyorligi kasbiy kompetentsiyani shakllantirish uchun asosdir. Hozirgi vaqtda turli ilmiy sohalardagi bilimlarni o'z kasbiy faoliyatiga qo'sha oladigan mutaxassisni tayyorlash zarurati tufayli universitetda o'quv jarayonini tashkil etishning yangi shakllari va vositalarini topishga qiziqish ortmoqda. Ushbu qadam zamonaviy ta'lim tizimini isloh qilishga qaratilgan bo'lib, mavjud tanlangan ta'lim va o'qitishning cheklangan vaqtga mo'ljallangan modelini almashtirish hamda mehnat bozorida tez o'zgarib turadigan talabga javob beradigan, hamma uchun yetarlicha diversifikatsiyalangan va moslashuvchan umrbod ta'lim tizimini rivojlantirish istagida namoyon bo'ladi. Shundan kelib chiqqan holda, 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-2909-son1 asosida ishlab chiqilgan oliy ta'limining asosiy maqsadi mehnat bozorida raqobatdosh, tegishli darajadagi va mutaxassislikga ega bo'lgan malakali, mas'uliyatli, o'z kasbini yaxshi biladigan va tegishli faoliyat sohalariga yo'naltirilgan, o'z mutaxassisligi bo'yicha jahon standartlari darajasida samarali ishlashga qodir, doimiy kasbiy o'sishga, ijtimoiy va kasbiy harakatchanlikka tayyor kasbiy kompetentsiyali mutaxassisni tayyorlashga qaratilgan. Shunga asoslanib, hozirgi bosqichda maqsadlarga erishishning samarali usullarini izlash, umuman, mutaxassisni va xususan musiqa ta'limi o'qituvchisini tayyorlashga xos bo'lgan muammolarni hisobga olgan holda qurilishi kerak.
TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMASI
Bu o'rin musiqa darslarining asosiy faoliyati bo'lmish jamoa bo'lib qo'shiq kuylash faoliyatini tashkil qilish, boshqarish o'qituvchidan xor va xorshunoslik asoslari bilan birgalikda "Dirijorlik" boshqaruvchi bo'yicha ham keng qo'llashi bilan va iqtidorga ega bo'lishini talab etadi. Bo'lajak musiqa o'qituvchilari faoliyatida "Dirijorlik" fani bo'yicha egallagan kompetensiyalari orqali musiqa darslarida jamoaviy ijroni badiiy yuksak sifat va samaradorlik kasb etishini ta'minlaydi. Shuning uchun ham bo'lajak musiqa o'qituvchilarini Dirijorlik faoliyatiga tayyorlash o'ziga xos ilmiy - nazariy, uslubiy, amaliy jarayonni talab qiladiki, uning pedagogik asoslarini ochib berish ushbu tizimni talab darajasida shakllantirishda o'z samarasini beradi.
Ma'lumki, musiqa o'qituvchisi tayyorlash o'ziga xos murakkab va ko'p bosqichli jarayon hisoblanadi. Umumta'lim maktablari uchun musiqa o'qituvchilari tayyorlashga ixtisoslashgan pedagogika oliy o'quv yurtlaridagi "musiqiy ta'lim" yo'nalishida bo'lajak mutaxassislarni nazariy va amaliy bilimlari, ko'nikma va malakalarini hamda kasbiy layoqatlarini Davlat Ta'lim Standartida belgilangan talablar darajasida shakllantirish bu yerga o'qishga qabul qilinayotgan talabalarni boshlang'ich musiqa ta'limi bo'yicha ma'lum
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
tayyorgarlikka ega bo'lishlarini taqazo etadi. Chunki, bu sohada mutaxassislikka ega bo'lish uchun birgina musiqa san'atining nazariy va amaliy ijrochilik bilan bog'liq bir necha fan sohalaridan zaruriy bilim va malakalarga ega bo'lish talab qilinadi. Bunday fanlar tizimida musiqa nazariyasi, tarixi, garmoniya, musiqa asarlari tahlili, solfedjio, xor va xorshunoslik asoslari, vokal ijrochiligi, asosiy cholg'u asbobi, cholg'u ansambili kabilar asosiy mutaxassilik fanlari hisoblanadi. Musiqa mashg'ulotlarini olib borish jarayonida ushbu fanlar bo'yicha bilim va malakalar asosiy rol o'ynaydi. Mazkur fanlar qatorida "Dirijorlik" fani o'ziga xos alohida mavqyega ega bo'lib, u musiqa o'qituvchisining musiqa mashg'ulotlarini uyushtirish va olib borishda o'qituvchi faoliyatining eng muhim tarkibiy qismi sifatida xizmat qiladi. Chunki, maktab musiqa darslari o'zining tashkiliy - tuzilishi xususiyatiga kora bir necha faoliyatlar negizida olib boriladi va bu faoliyatlar ichida jamoa bo'lib qo'shiq kuylash (xor bo'lib kuylash) yetakchi orinni va darsning eng kop qismini egallaydi. Jamoaviy ijroni sifat va samaradorlik kasb etishida musiqa o'qituvchisi (ayni paytda xor dirijyori) ning "Dirijorlik" bo'yicha kasbiy tayyorgarligi, bilim va mahorati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Dirijorlik boshqaruvi orqali butun bir sinf jamoasi yaxlit bir organizmga birlashtiriladi, ijroni bir butunligi, badiiy yaxlitligi va emosional ta'sirchanligi ta'minlanadi. Bu esa har bir o'qituvchidan Dirijorlik san'ati bo'yicha zarur bilim va malakaviy tayyorgarlikka ega bo'lishlikni talab qiladi.
"Xor dirijorligi" mashg'ulotlarida talabalar musiqiy qobiliyatini o'stirib (musiqiy eshitish qobiliyati, his etish, ritm, xotira, musiqiy tafakkur, artitizm) maktabda vokal - xor ishlarini amalga oshirish uchun kasbiy tayyorlanadilar va fan yuzasidan oz kompetensiyalarini shakllantiradi. Musiqa o'qituvchilarining dirijorlik faoliyatiga tayyorgarligida yana bir jihat bu san'atni anglashga o'rgatish, bu asarni g'oyaviy - badiiy mazmunini mustaqil ravishda ochib beraolish ko'nikmasini anglatadi. Nota matnini vokal o'zlashtirish tovush balandligi, ritm, tembr, nafas kabilar xor ijrochiligida xor rahbari - dirijorning doimiy diqqat markazida bo'lishi lozim.
Dirijorlik fani o'qitilishida yana bir pedagogik vazifalardan bu bo'lajak o'qituvchining dirijorlik texnikasi, dirijorlik postanovkasi va manual (qo'l) texnikasini yaxshi o'zlashtirishga erishishi hisoblanadi. Musiqa o'qituvchisi - dirijor, ya'ni bolalar xor jamoasi rahbari oldida bir talay xor bo'lib kuylashga tayyor bo'lgan bolalar bilan ishlashdek og'ir mehnat turadi. Bunday jamoani boshqarish birinchi navbatda ijrochilarni xor ijrochiligiga ko'niktirishni talab etadi. Buning uchun esa inson ovozi tabiatni, uning imkoniyatlari va ijobiy hamda kamchilik tomonlarini yo'llarini bilishni, faqat asar o'rgatish bilan cheklanib qolmay, bolalarni ovozlarini soz, ansambil, ritm, intonasion xususiyatlarini ishga sola bilishi kerak. XULOSA
Pedagogika oliy o'quv yurtlaridagi "musiqiy ta'lim" ixtisosligida "Dirijorlik" fani "vokal ijrochiligi", "asosiy cholg'u asbobi" kabi fanlar o'zining tuzilishi, tashkiliy xususiyatlari va musiqa o'qituvchisining kasbiy faoliyatidagi tutadigan o'rni bilan ajralib turadi. Xulosa qilib aytganda musiqa darslarini olib borishda o'qituvchi musiqa san'atining bir necha fanlardan olingan bilimlarini bir dars davomida qo'llashiga to'g'ri keladi. Darsning asosiy faoliyati hisoblanmish jamoa bo'lib qo'shiq kuylash esa dirijor boshqaruvi bilangina amalga oshiriladi. Bu esa bo'lajak musiqa o'qituvchilarini dirijorlik bo'yicha ham kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimini o'ziga xos metodik tizim asosida yo'lga qo'yilishini taqazo etadi. Dirijorlik mashg'ulotlarini tashkiliy - uslubiy asoslarini to'g'ri yo'lga qo'yish, ta'lim - tarbiya ishlarini pedagogikani umumdidaktik prinsiplariga tayangan holda, fanni o'qitishning o'ziga xos spesipik xususiyatlariga ko'ra tashkil etish lozim. O'qitish jarayonini har bir bosqich (kurslar) kesimida
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
oddiydan murakkabga tamoyili va talabalarni individual qobiliyat va musiqiy tayyorgarliklarini hisobga olgan holda olib borilsa maqsadga muvofiqdir. Dirijorlik sinfida bo'lajak musiqa o'qituvchilarini maktab faoliyatiga tayyorlash tizimini ta'minlashtirish, shu jarayonda talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
1. Dirijorlik. O'quv - uslubiy majmua. - SamDU, 2019 yil;
2. Andriyev A.M. Metodika prepodovaniya xorovogo dirijirovaniya. M; - Prosvedeniya, 1989 yil
3. Azimov K. O'zbekiston dirijyorlari. T;- G.Gulom nomidagi Adabiyot san'at nashriyoti-2001 yil
4. Ro'ziyev Sh. Xorshunoslik. - T; O'qituvchi, 1987 yil.
5. Soipova D. Musiqiy va musiqiy nazariy bilimlarni o'zlashtirish jarayonini takomillashtirish. -T;- Fan va texnologiyalar, - 2006 yil.