Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TA’LIM-TARBIYADA QO‘LLANILADIGAN INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR'

ZAMONAVIY TA’LIM-TARBIYADA QO‘LLANILADIGAN INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1224
154
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muammoli ta’lim / interaktiv ta’lim / pedagogik texnologiyalar / tarbiyalash texnologiyasi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xudoykulov Rustam Quchqorovich, Davlatov Diyor Dilshodovich

Bugungi kunda O‘zbekiston taraqqiyotida xalqning boy ma’naviy salohiyoti va umuminsoniy qadriyatlarga hamda madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu maqolada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o‘zlashtirish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TA’LIM-TARBIYADA QO‘LLANILADIGAN INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ZAMONAVIY TA'LIM-TARBIYADA QO'LLANILADIGAN INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR

Xudoykulov Rustam Quchqorovich

Termiz muhandislik va texnologiya instituti Davlatov Diyor Dilshodovich

Termiz muhandislik va texnologiya instituti talabasi

Anotatsiya: Bugungi kunda O'zbekiston taraqqiyotida xalqning boy ma'naviy salohiyoti va umuminsoniy qadriyatlarga hamda madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so'nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta'lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega.

Ushbu maqolada "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ilg'or pedagogik texnologiyalarnijoriy qilish va o'zlashtirish zarurligi alohida ta'kidlab o'tilgan.

Kalit so'zlar:Muammoli ta'lim, interaktiv ta'lim, pedagogik texnologiyalar, tarbiyalash texnologiyasi.

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7299768

Bugungi kunda ta'limga 3 xil yondashuv mavjuddir:

Ma'lumki pedagogikada talabalarning ta'lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir necha o'qitish uslublari ishlab chiqilgan; muammoli ta'lim, interaktiv ta'lim-ish faoliyatini ifodalovchi o'yinlar, rollar bajarish, mavzuiy o'qitish va hokazo. Ammo ular xalq ta'limi tizimida keng qo'llaniladi deb bo'lmaydi. Bizning fikrimizcha, izlanishni ko'zda tutishni, yuksak kasbiy mahoratni, ijodiy yondashuv va ko'p vaqt sarflashni talab qiladi. Odatda, har bir bunday mashg'ulot ssenariysi o'ziga xos xususiyatga ega va takrorlanmasdir.

Ta'limda og'zaki - ko'rgazmali yondashuv juda katta tajribaga ega va qismlarga ajratilib ishlab chiqilgan bo'lib, ta'lim tizimida ulkan xizmat ko'rsatdi, jadal sur'atlar bilan o'sib borayotgan fan va texnika talablari ta'lim tizimidagi islohotlar raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma'lumot olish istaklarini qondirishga bo'lgan jamiyat ehtiyojlari hamda o'qitish uslublari o'rtasida ziddiyatlar tug'ilishiga olib keladi.

Ta'lim tizimidagi keng qamrovli tarkibiy islohotlarni respublika pedagoglari ilg'or pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va o'quv jarayoniga qo'llash bilan mustahkamlashlari zarur. Avval ta'kidlanganidek, buning uchun pedagoglarimizni o'quv jarayoniga texnologik yondashuvlarini o'rgatish talab etiladi, bu esa pedagogik texnologiyadan foydalanish bilan bir qatorda uni O'zbekiston madaniyati, an'analari va tajribasi bilan boyitishga olib keladi.

Pedagogik texnologiyaning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o'quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o'quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo, tasvirlash emas, bal'ki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko'rsatmali tuzilmada o'z ifodasini topadi.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Maqsadga yo'naltirilganlik, oraliq natijalarni tashxisli tekshirib borish, ta'limni alohida o'qitish usullar hozirgi kunga kelib qayta-qayta takrorlash mumkin bo'lgan ta'lim texnologiyasi g'oyasida mujassamlangan.

U asosano'z ichiga quyidagi omillarni oladi;

> Ta'limda umum maqsadning qo'yilishi;

> Tuzilgan umummaqsaddan aniq maqsadga o'tish;

> O'quvchilarning bilimdarajasini dastlabki (tashxisli) baxolash;

> Bajariladigan o'quv tadbirlari majmuasi (bu bosqichda o'quvchilar bilan muloqat asosida ta'limga joriy tuzatish) kiritilishi lozim;

> Natijani baxolash.

Ta'limga texnologikyondashuv

Tarbiyalash texnologiyasi - nisbatan yangi atama bo'lishiga qaramay, rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Tarbiyalash texnologiyasi yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarning g'oyasi, mazmuni, tarkibini emas, bal'ki bu sohadagi hukumat ishlab chiqqan maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirish bilan shug'ullanadi.Dasturda quyidagi asosiy tarbiyaviy yo'nalishlar va maqsadlar keltirilgan.

1. Fuqaro tarbiyasi. Eng yuksak milliy qadriyatlar va sifatlarni tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatlarni inobatga olgan holda O'zbekiston Respublikasi fuqarosining milliy o'z-o'zini anglashni rivojlantirish.

2. Kasb egallashga, shaxsiy mas'uliyatni yuqori malakali bo'lishga va kasbiy mahoratga intilishni tarbiyalash, mehnat faoliyatiga va doimiy ravishda malakani o'stirib borishga undovchi sifatlarni tarbiyalash.

3. Oilaviy hayotga tayyorlash. Ota-ona va qondosh-qarindoshlar oila oldida mas'uliyat va javobgarlik hissini tarbiyalash.

4. Talabani shaxs sifatida rivojlantirish. Betakror shaxsiy sifatlar va ijtimoiy qiyofaning har tomonlama ijodiy rivojiga ko'maklashish.

Zamonaviy tarbiyalash texnologiyasi - har tomonlama yondashuvni amalga oshiradi va quyidagi majburiy talablarga rioya qiladi:

1. Tarbiyalanuvchilarga uch yo'nalish bo'yicha ta'sir etiladi - tafakkuriga, sezgilariga va xulqiga.

2. Tarbiya (tashqi pedagogik ta'sir) va o'z-o'zini tarbiyalashning uzviyligi tufayli ijobiy natijaga erishiladi.

3. Tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi barcha vosita va tadbirlarning muvofiqlashtirilishi; ijtimoiy institutlar, birlashmalar, ommaviy axborot vositalari, adabiyot, san'at, oila, maktab, huquq targ'ibot idoralari, jamoalar - har tomonlama yondashuvning zaruriy shartidir.

4. Shaxsning ma'lum sifatlari amaldagi tarbiyaviy ishlar majmui orqali hosil qilinadi. Bu ishlar yaqqol ko'rinishda va ko'p yoqlama bo'lishi, ular bir vaqtning o'zida aqliy, jismoniy, xulqiy, estetik va mehnat tarbiyasini uzviy holda olib borishi zarur.

5. Har yoqlama yaxlit tarbiyaviy yondashuv tarbiyachining tizimli munosabatini va boshqaruvini taqoza qiladi. Boshqaruv tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi tashqi va ichki omillar va ularning o'zaro ta'siri inobatga olingandagina muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. O'quv-tarbiya ishlari jarayonida talaba yoshlarni ijodiy fikrlashga, o'zgaruvchan vaziyatlarga

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

o'rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda talabalarni axborot texnologiyalari, elektron darsliklar, versiyalar va multimedialardan amaliy mashg'ulotlarda foydalanishi muhimdir.

Innovatsion texnologiyalar ta'lim-tarbiya jarayonining bir tizimga solingan ilmiy-nazariy va metodik asoslangan yangi shakl, usul va vositalarining majmuidir. Texnologik yondashuv, eng avvalo, tasvirlash emas, bal'ki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko'rsatmali tuzilmada o'z ifodasini topadi.Ta'lim texnologiyasi reproduktiv dars berishga asoslangan bo'lib, undagi o'quv jarayoni talabalarga tipik holatlardagi harakatlarni egallashga yo'naltirilgan.

Ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni o'tish jarayonida muammoli vaziyat talabalarning qiziqishi, bilim saviyasi, fikr yuritish doirasi hisobga olingan holda tashkil qilinadi. Innovatsion texnologiyalar asosida bahs-munozara darslari, aqliy hujum o'yinlaridan keng ko'lamli bilim, tajriba va mustaqillikka asoslangan holda mashg'ulotlar tashkil etilsa, quyidagi natijalarga erishiladi:

> Mashg'ulotlar davomida talabalarning mustaqilligi, ixtiyoriyligi va erkinligiga erishiladi;

> Talabalar o'z fikr va qarashlarini himoya qilishga o'rganadilar, ularni boshqalarga yetkazish mahoratini egallaydilar;

> Talabalar jamoa fikriga tayanishga, uni hurmat qilishga o'rganadilar va ularda o'zaro hurmat hissi ortib boradi;

> Talabalar o'quv faniga doir materiallar bilan mustaqil ishlashga, izlanishga, o'qitishning samarali shakl va uslublaridan ijodiy foydalanishga odatlanib boradi;

> Talabalarda bilimlarni mustaqil egallash, ijodiy fikr yuritish va erkin fikrlash malakalari shakllanadi;

> O'quv mashg'ulotlarida axborot texnologiyalaridan foydalanishga, o'zaro fikr almashishga, pedagogik faoliyatni tanqidiy tahlil qilish va taqqoslashga o'rganadilar.

Bu vazifalar eslatgan, ko'rsatgan, tushuncha bergan, yo'naltirgan, haqqoniylashtirgan, maslahat bergan, bartaraf etgan, hamdardlik qilgan, talabchanlikni qo'llab-quvvatlagan kabi holatlarda namoyon bo'ladi.

Pedagogik texnologiyaning boshqaruvchanligi shundan iboratki, bunda ta'lim jarayonini rejalashtirish, tashhis qilish, natijalash, tuzatish kiritish imkoniyatlari mavjud. Bir so'z bilan aytganda, ta'lim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tadbiq etilsagina, ta'lim samarasi yangi bosqichga ko'tariladi, ya'ni:

• talabaning talabi, moyilligi, istak xohishi, uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi;

• talabaning o'quv mehnatiga mas'uliyati, javobgarligi va burchi oshadi;

• bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi;

• unda umr bo'yi o'z bilimini o'zigina boyitishi mumkinligiga ishonch paydo bo'ladi;

• erkin fikrlash malakasi shakllanadi;

• shaxs jamiyatda o'zining o'rnini tezroq topib olishiga muhit yaratadi.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 2, 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Buning uchun biz talabaga «sen buni bilishing kerak» degan majburlovchi da'vatdan «menga bu zarur va men buni bilishga uni hayotda qo'llashga qodirman» degan ichki ishonch va intilishni uyg'otishga o'tishimiz kerak.

Shunday qilib, innovatsion texnologiyalarni qo'llash talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish, o'quv mashg'ulotlari samaradorligini, o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi, o'qitishda masofaviy ta'lim va kompyuter savodxonligini orttirishga zamin tayyorlaydi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Abdiev U. B., Khudoyqulov R. INNOVATIVE APPROACH TO THE DEVELOPMENT OF TECHNOLOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS.

2. G'ulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. - T.: Sharq,

2000.

3. Tojiev., Salaxutdinov R., Barakaev M., Abdalova S. Ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari. - T.: 2001.

4. Abdiev U.B. Didactic and methodological foundations for teaching the knowledge of alternative energy sources in continuous physics education // Eastern European Scientific Journal. - Germany, 2018. - №4. - rr.278-286.

5. Худойкулов Р. К., Нарзуллоев А. Ш. Методы обучения с научными графическими программами по чертежу геометрии и инженерной графики //Экономика и социум. - 2020. - №. 10. - С. 864-866.

6. Tojiboev, I. O. U. (2021). CHINESE ARCHITECTURE. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 40-42.

7. Odil o'g'li, T. I. (2020). Flactors in speech development in English and other languages. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1(3), 144-146.

8. Tojiboyev, Islom Odil Ogli (2022). XITOY TILINI CHET TILI SIFATIDA

O'QITISHDA "Ши" LARNING ORNI. Oriental renaissance: Innovative, educational,

natural and social sciences, 2 ( Special Issue 24), 430-439.

9. Odil ogli, T. I. (2021, September). Qadimgi Xitoy Madaniyatining Shakllanishi. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 82-84).

10. Odil ogli, T. I. (2021). PRINCIPLES OF USE "7". Eurasian Journal of Academic

Research, 1(6), 95-97.

11. oglu Tojiboyev, I. O. (2021). On the use of modern pedagogical technologies and general grammar in the teaching of English. Science and Education, 2(8), 718-720.

12. Odil o'g'li, T. I. (2021). METHODOLOGY OF TEACHING ENGLISH. World Bulletin of Social Sciences, 1(1), 23-25.

13. Islom Odil Ogli Tojiboyev (2021). XITOY TILIDA AFSONA VA RIVOYATLAR. Academic research in educational sciences, 2 (9), 631-634.

14. Odil o'g'li, T. I. The history of the origin of the Chinese language and the work done to date.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.