Научная статья на тему 'TALABALARDA BADIIY-ESTETIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI'

TALABALARDA BADIIY-ESTETIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
80
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
estetik / san’at / tarbiya / inson / talabalarda / badiiy-estetik / madaniyatni / rivojlantirish / o‘smir / go‘zallik / qadriyat. / Aesthetics / art / education / human / students / artistic-aesthetic / culture / development / teenager / beauty / value.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Z.U. Amonova

jamiyatdagi xar bir inson yakka xolda, tashqarida yashamaydi. U odamlar orasida osadi, ulg’ayadi, xayot kechiradi, uning butun xayoti va faoliyati davomida xar – hil toifadagi ko‘plab insonlar bilan muloqotda bo‘ladi. Bu insonning kundalik xayotiy extiyojlarini qondirish zaruratidan kelib chiqadi. Demak doimo axloqiy va estetik munosabatda bo‘ladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGY OF DEVELOPMENT OF ARTISTIC AND AESTHETIC CULTURE IN STUDENTS

Not everyone in society lives alone on the street. They grow up, mature, live among people, and interact with various categories of individuals throughout their lives and careers. This is due to the need to meet the daily life needs of individuals. Therefore, there is always a moral and aesthetic relationship.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA BADIIY-ESTETIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI»

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

DOI : 10.24412/2992-9024-2024-1-101-108

© Z.U. Amonova _

1Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy

Annotatsiya

KIRISH: jamiyatdagi xar bir inson yakka xolda, tashqarida yashamaydi. U odamlar orasida osadi, ulg'ayadi, xayot kechiradi, uning butun xayoti va faoliyati davomida xar - hil toifadagi ko'plab insonlar bilan muloqotda bo'ladi. Bu insonning kundalik xayotiy extiyojlarini qondirish zaruratidan kelib chiqadi. Demak doimo axloqiy va estetik munosabatda bo'ladi

MATERIALLAR VA METODLAR: o'z ma'naviy hayoti va kelajagini qurayotgan har bir davlat milliy ezgulik, odamiylik, halollik, fidoiylik, olijanoblik, mehr-oqibat, vijdoniylik, adolat singari axloqiy qadriyatlarga murojaat qiladi. Talabalarda badiiy-estetik madaniyatni rivojlantirish avvalambor jamiyat, jamoat va oila muhitida shakllanadi.

MUHOKAMA VA NATEJALAR: axloq - ma'naviyatning amalda namoyon bo'lishidir. Ilm, bilim, dunyoqarash, idrok va iymon insonning xulq-atvorida o'ziga xos tarzda aks etadi. Insoniylik ma'naviyati esa axloqiy fazilatlar orqali namoyon bo'ladi. Axloq - insof va adolat, iymoniylik va halollik, mehr va muruvvat, sahovatpeshalik va bag'rikenglik, rahmdillik va muruvvatlilik, mehribonlik va g'amhurlik singari ma'naviy tushunchalarini insonning hayotiy faoliyatida yuzaga chiqaradigan ma'naviy hodisadir.

xulosa: qadriyat deganda biz, odatda shaxs, millat, jamiyat tomonidan qadrlanadigan ma'naviy - moddiy ob'ektlarni tushunamiz. Har qanday qadriyat yoki qadriyat darajasiga ko'tarilgan har bir ob'ekt inson tomonidan baholanmay qolmaydi. Qadriyatlar sohaviylik tabiatiga ega bo'lishi barobarida darajalarga bo'linishi bilan ham ajralib turadi. Bugungi kunda inson o'zini rang-barang olam o'rab turgan barcha narsa-hodisalarning go'zal bo'lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi. Badiiy-estetik madaniyatni rivojlantirish lozim, uning qamrovini san'atning o'zi bilangina chegaralab qo'yishga haqqimiz yo'q.

Kalit so'zlar: estetik, san'at, tarbiya, inson, talabalarda, badiiy-estetik, madaniyatni, rivojlantirish, o'smir, go'zallik, qadriyat.

ТЕХНОЛОГИЯ РАЗВИТИЯ ХУДОЖЕСТВЕННО-ЭСТЕТИЧЕСКОИ КУЛЬТУРЫ У СТУДЕНТОВ_

Iqtibos uchun: Usmonovna Z. A.Talabalarda badiiy-estetik madaniyatni rivojlantirish texnologiyasi // Inter education & global study. 2024. № 1. Б. 101-108.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Научно-теоретический и методический журнал ISSN 2992-9024 (online)

Scientific theoretical and methodical journal

2024, №1

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

© З.У. Амонова 1Н

1 Навоийский государственный педагогический институт, Навои_

ВВЕДЕНИЕ: не все в обществе живут одни, на улице. Он растет, взрослеет, живет среди людей, взаимодействует со многими разными категориями людей на протяжении своей жизни и карьеры. Это связано с необходимостью удовлетворения повседневных жизненных потребностей человека. Так что всегда есть моральные и эстетические отношения.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: Каждая страна, строя свою духовную жизнь и будущее, апеллирует к таким нравственным ценностям, как национальное добро, человечность, честность, самоотверженность, благородство, доброта, совестливость, справедливость. Развитие художественно-эстетической культуры у студентов формируется, прежде всего, в среде общества, общины и семьи.

ОБСУЖДЕНИЕ И ВЫВОДЫ: Мораль - это проявление духовности на практике. Наука, знания, мировоззрение, восприятие и вера уникальным образом отражаются в поведении человека. Духовность человечества проявляется через нравственные качества. Нравственность - это духовное явление, проявляющее в жизнедеятельности человека такие духовные понятия, как справедливость и справедливость, вера и честность, доброта и великодушие, щедрость и терпимость, доброта и забота.

ВЫВОД: под ценностью мы обычно понимаем духовные и материальные объекты, которые ценятся отдельными людьми, народами и обществом. Не каждый объект любого вида и ценности ценится человеком. Значения отличаются разделением на уровни, так как имеют природу поля. Сегодня человеку хочется ощущать красоту всех вещей и событий, окружающих его в красочном мире, ощущать элегантность на каждом шагу. Необходимо развивать художественно-эстетическую культуру, мы не имеем права ограничивать ее сферу самим искусством.

Ключевые слова: Эстетика, искусство, воспитание, человек, студенты, художественно-эстетическое, культура, развитие, подросток, красота, ценность.

Для цитирования: Амонова З. У. Технология развития художественно-эстетической культуры у студентов // Inter education & global study. 2024. № 1.С. 101-108.

TECHNOLOGY OF DEVELOPMENT OF ARTISTIC AND AESTHETIC CULTURE IN STUDENTS_

© Amonova U. Zarifa1®

1 Navoi State Pedagogical Institute, Navoi_

Annotation

INTRODUCTION: Not everyone in society lives alone on the street. They grow up, mature, live among people, and interact with various categories of individuals throughout

© https://iegs-scientificjournal.vercel.app/ 2024, EDITION 1

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №1

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

their lives and careers. This is due to the need to meet the daily life needs of individuals. Therefore, there is always a moral and aesthetic relationship.

MATERIALS AND METHODS: Every country, in building its spiritual life and future, appeals to moral values such as national goodness, humanity, honesty, selflessness, nobility, kindness, conscientiousness, and justice. The development of artistic and aesthetic culture in students primarily occurs within the environment of society, community, and family.

DISCUSSION AND CONCLUSIONS: Morality is the manifestation of spirituality in practice. Science, knowledge, outlook, perception, and faith are reflected in human behavior in a unique way. The spirituality of humanity is manifested through moral qualities. Morality is a spiritual phenomenon that manifests spiritual concepts such as fairness and justice, faith and honesty, kindness and generosity, generosity and tolerance, kindness and concern, in the life activities of an individual.

CONCLUSION: By value, we usually understand spiritual and material objects that are esteemed by individuals, nations, and society. Not every object of any kind or value is appreciated by humans. Values are distinguished by their division into levels, as they possess the nature of a field. Today, individuals desire to experience the beauty of all things and events surrounding them in the colorful world, to perceive elegance at every step. It is necessary to develop artistic and aesthetic culture; we have no right to limit its scope to art itself.

Keywords: Aesthetics, art, education, human, students, artistic-aesthetic, culture, development, teenager, beauty, value.

For citation: Zarifa U. Amonova. (2024) 'Technology of development of artistic and aesthetic culture in students', Inter education & global study, (1), pp. 101-108. (In Uzbek).

Ijodiy shaxsni shakllantirish vositasi sifatida o'smir yoshdagilar, talabalarning badiiy-estetik rivojlantirish uzluksiz ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Badiiy-estetik rivojlanish insonning voqelikka estetik munosabatini, shu jumladan, dunyoni badiiy jihatdan anglash, san'at dunyosiga oshno etish, badiiy-ijodiy qobiliyat, badiiy-estetik qadriyatlar tizimini maqsadga yo'naltirilgan tarzda shakllantirishga imkon beradi. Badiiy-estetik rivojlanish estetik tarbiya negizida amalga oshadi. Ta'lim-tarbiyaning boshqa shakllari kabi estetik tarbiya ham o'z diqqat e'tiborini alohida shaxsga va ijtimoiy guruhga qaratadi. Estetik tarbiya ham umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Chunki, tarbiya inson ongiga, xis-tuyg'ulariga, tasavvuriga, e'tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta'sir o'tkazishni o'z oldiga maqsad va vazifa qilib qo'yadi. Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsad va vazifaning tarkibiy qismi sifatida amal qilib, tarixiy-ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik hodisani anglatadi. Shuni ta'kidlash joizki, qadimgi dunyoda umuman tarbiya maqsadi estetik asosda namoyon bo'lgan. Masalan, qadimgi yunonlarda estetik tarbiya maqsadi1 fuqarolarning har tomonlama rivojlanishiga, "ruh va badan" hamohangligini qaror toptirishga yo'naltirilgan edi. Aflotun va Arastu kabi

© https://iegs-scientificjournal.vercel.app/ 2024, EDITION 1

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

zabardast mutafakkirlar ta'limotlarida estetik tarbiya tizimining birbiridan farqli tomonlari bo'lgani holda umumiylik ham mavjud bo'lib, u yagona estetik orzuni qaror toptirishga, yagona axloqiy xulq-atvor va fuqarolik fazilatlarini shakllantirishga xizmat qilgan edi. Avvallari estetik tarbiya o'ta tor va bir tomonlama talqin qilinar, ya'ni uni san'at asarlarini to'g'ri idrok etish, bu bilan alohida lazzatlanish yoki biror san'at turini bilib olib, muayyan badiiy ko'nikmalarga ega bo'lish doirasida inkor etilar edi. Ba'zan estetik tarbiyaga odamlarda yuksak estetik did-farosatni shakllantirish sifatida qaralar edi. Bularning barchasi badiiy estetik tarbiyaning vazifa va maqsadlari doirasiga kiradi.

Bugungi kunda badiiy tarbiyaning asosiy maqsadi - munosabatlarni san'at vositalari yordamida shakllantirishdir. Estetik tarbiya bilan badiiy tarbiyani bir-biriga tenglashtirish ham, qorishtirish ham, qarama-qarshi qo'yish xam xato bo'lardi. Shuni nazarda tutish lozimki, estetik tarbiya san'at bilan chegaralanib qolmaydi, balki uning asosiy mazmuni insonning voqelikka estetik munosabatini faollashtirish va rivojlantirishdan iboratdir. Voqelikka estetik munosabat o'z xususiyatlariga ega bo'lgan holda nisbiy mustaqillikka ham ega bo'lib, foydali-amaliy, ilmiy-nazariy munosabatlarni xam o'z ichiga oladi. Binobarin, voqelikka bo'lgan inson munosabatining xar qanday ko'rinishi estetik mazmundan ajralib qolsa, u asl insoniy mohiyatini yo'qotib qo'yadi. Ko'rinib turibdiki, estetik munosabat hayotga iste'molchilik nazari bilan qarashdan xalos bo'lish, dunyoga keng va xolis qarash, odamlarda, tabiat voqea-hodisalarida, narsalarda, eng avvalo, jamiyat, insoniyat, taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan ijtimoiy axamiyatli bo'lgan fazilatlarni ko'ra olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Estetik tarbiya, eng avvalo, kishilarning estetik didlari shakllanishiga katta ta'sir o'tkazadi. Shaxs o'zligi uning estetik didi orqali namoyon bo'ladi. Estetik didda inson aqliy va hissiy dunyosi, orzu-umidlari, talab-ehtiyojlari, maqsad-manfaatlari ro'yobga chiqishi ifodalanadi.

Did faqat kayfiyat baholarigina emas, balki insonning samarali faoliyati vositasida ham tarkib topadi. Inson faoliyatining barcha samarali faoliyatlarida uning didi aks etadi. Estetik tarbiya o'z diqqat-e'tiborini shaxs estetik ehtiyojlarini shakllantirishga qaratadi, xilma-xil o'ta murakkab talab-ehtiyojlarni birlashtiradi, uyg'unlashtiradi va hamoxang tarzda amal qilishi uchun shartsharoitlar yaratib beradi.

Estetik tarbiyaning inson talab-ehtiyojlari madaniyatini shakllantirishdagi o'rni ham beqiyosdir, zero insonning talab-ehtiyojlari madaniyatida muayyan mezon tuyg'usi ham mavjud bo'lishini, bu mezon tuyg'usi shaxsiy ehtiyojni jamiyat ehtiyoji bilan mutanosib tarzda qo'shib olib borishni taqozo etadi. Ana shu mezon tuyg'usida yetuklikka erishish estetik tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biridir. Estetik ehtiyoj faqat moddiy va ma'naviy go'zalliklardan lazzatlanishgina emas, balki har qanday amaliyot sohasida narsalarni nafosat qonunlariga rioya qilgan holda yaratishni, faoliyatga go'zallikni tatbiq qilishni ham bildiradi. Shu bois estetik tarbiya hayot jabhalarining hammasiga, ya'ni o'qish, mehnat qilish, ilmiy va texnik izlanish, jamoaviy faoliyatga tatbiq etilishi lozim bo'ladi. O'smir yoshdagilar, talabalarni estetik tarbiyalash va rivojlantirish estetik tarbiya tizimi yordamida amalga oshadi. Estetik tarbiyani tashkil etish tizimida qator tamoyillar yotadi. Estetik tarbiya va badiiy ta'limning hamma uchun umumiyligi shundaki, kattalar va bolalar ma'naviy hayotda, kundalik mehnat, san'at va tabiat bilan muloqotda, turmushda va shaxslararo

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

munosabatda estetik hodisalar bilan doimiy ravishda o'zaro munosabatda bo'ladi. Ana shu jarayonda ularning go'zalligi va xunukligi, fojiali va kulgili jihatlari namoyon bo'lib boradi. Bundan ma'lum bo'ladiki, estetik savodlilik, ideallar, estetik rivojlanish va badiiy ta'limsiz, ishda mahsulotni estetik takomilga yetkaza olmasdan, shaxsning har tomonlama barkamol bo'lib rivojlanishi mumkin emas. Estetik tarbiyani tashkil etish tizimi yana barcha tarbiyaviy ishlarga yaxlit yondashuv tamoyiliga asoslanadi. Talabalarning estetik tarbiyasida san'atning barcha turlari o'z-o'zidan birga harakatlanadi, o'smir shaxsiga yaxlit ta'sir ko'rsatadi. Bunday o'zaro harakat badiiy asarlar, tasviriy san'at, musiqiy savodxonlikni oshirishda mustahkam aloqadorlik natijasida amalga oshadi. Bundan tashqari estetik tarbiya fan, mehnat, jismoniy madaniyat, estetik munosabat va turmush go'zalliklarini ochish hisobiga ham amalga oshadi. Estetik tarbiya tizimi talabalarning butun badiiy-estetik faoliyatini hayot, jamiyatning amaliy taraqqiyoti, ularda dunyoqarash va axloqiylikni shakllantirish jarayoni bilan o'zaro aloqadorlik tamoyiliga tayanadi. Jamiyatning demokratlashuvi - go'zallik va axloqiylik manbaidir. Hozirgi yoshlarda mehnatsevarlikni, milliy qadriyatlarni, san'atni qadirlash hissini kuchaytirishimiz lozim va estitik dunyoqarashni shakillantirish zarurdir.

Hayotimizni ranglar o'rab turibdi. Atrofimizni, butun olamni ranglarda ko'ramiz. Rang faqatgina fizik hodisa emas. U insoniyat madaniy kapitalining ajralmas qismi hamdir. Ranglar odamlarni o'rab turgan olamning muhim qismi, unga o'zgachalik baxsh etadigan xususiyatdir. Shu bois odamlar ko'p narsalar, buyumlar, joylar, shaxslarni ranglar bilan uyg'unlikda tasavvur qiladi. San'at bu fanning yagona tadqiqot ob'ekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go'zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shug'ullanadi.

"Estetika" atamasi yunon tiliga qaytadi aisteticos (hislar orqali seziladi). Go'zallikning turli shakllari ushbu falsafiy ta'limotning asosiy tadqiqot mavzusiga aylandi. Aqlli, ma'naviy jihatdan rivojlangan inson tabiatdagi, san'atdagi va kundalik hayotdagi go'zallikni qanday ko'rishni biladi, atrofdagi haqiqatni jalb qilishga intiladi.

Biroq, zamonaviy jamiyatda iste'molchilik, moddiy qadriyatlarga egalik qilish tendentsiyasi sezilarli bo'lib bormoqda. Shaxsning intellektual tarbiyasiga katta ahamiyat beriladi. Ratsional-mantiqiy yondashuv hissiy, hissiy komponentni siqib chiqaradi. Bu nomoddiy madaniy merosning qadrsizlanishiga, insonning ichki dunyosining qashshoqlashishiga va uning ijodiy salohiyatining pasayishiga olib keladi.

Shu munosabat bilan yosh avlodni estetik tarbiyalash alohida ahamiyatga ega. Uning maqsadi shaxsiyat madaniyatini shakllantirishdir, unga quyidagilar kiradi:

Estetik hislar. San'at va hayotda go'zallikni ko'rish qobiliyatlari.

Estetik tuyg'ular. Bu tabiat hodisalari, san'at va hokazolarga baholovchi munosabatda bo'lishga asoslangan insonning hissiy tajribalari.

Estetik ideallar. Bu shaxsning mukammallik haqidagi g'oyalaridir.

Estetik ehtiyojlar.Go'zallik bilan turli xil ko'rinishlarida muloqot qilishga intilish.

Estetik did. Bu go'zal va chirkin narsalarni ajrata olish, ularni mavjud estetik bilim va shakllangan ideallarga muvofiq ravishda baholash qobiliyatidir.

Ta'lim ishida odatda quyidagi tarkibiy qismlar ajratiladi:

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Estetik tarbiya. Jahon va milliy madaniyat bilan tanishishni, san'at tarixi bilimlarini o'zlashtirishni o'z ichiga oladi.

Badiiy va estetik tarbiya. U bolalarni ijodiy faoliyatga jalb qilishni, ularning didi va qadriyat yo'nalishlarini shakllantirishni ta'minlaydi.

Estetik o'z-o'zini tarbiyalash. Uning jarayonida inson o'zini takomillashtirish bilan shug'ullanadi, mavjud bilim va amaliy ko'nikmalarni chuqurlashtiradi.

Bolaning estetik ehtiyojlarini, shuningdek, uning ijodiy qobiliyatlarini tarbiyalash. Insonda go'zallikga bo'lgan ishtiyoq, o'z-o'zini namoyon qilish orqali dunyoga yangi narsalarni olib kirishni istash kerak.

Bolaning estetik madaniyati ikki yo'nalishda shakllanadi: umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishish va badiiy faoliyatga qo'shilish. Bunga muvofiq, o'qituvchilar oldida turgan ikkita vazifa guruhi mavjud.

Birinchisi, yosh avlodning estetik bilimlarini shakllantirish, ularni o'tmish madaniyati bilan tanishtirish uchun mo'ljallangan. Bolalar hayotdagi, mehnatdagi, tabiatdagi go'zallikni ko'rishga, unga hissiy munosabatda bo'lishga o'rgatiladi. Estetik ideallar shakllanmoqda. Harakatlar, fikrlar, tashqi ko'rinishda mukammallikka intilish rag'batlantiriladi. O'qituvchi estetik didning hamma odamlar uchun har xil ekanligini unutmasligi kerak. Ba'zi bolalar klassik musiqani hayratda qoldiradilar, boshqalari hard rock bilan xursand bo'ladilar. Bolalarni boshqa odamlarning va davrlarning didini o'ziga xosligi bilan bog'lashga, ularga hurmat bilan munosabatda bo'lishga o'rgatish kerak. Ikkinchi guruh vazifalari bolalarning amaliy badiiy faoliyatida ishtirok etishni o'z ichiga oladi. Ularga rasm chizish, ertaklar tuzish, plastilindan haykaltaroshlik, raqsga tushish, cholg'u asboblarida o'ynash, qo'shiq aytish, she'r aytishni o'rgatadilar. O'qituvchilar tomonidan teatrlashtirilgan tomoshalar, konsertlar, adabiy kechalar, ko'rgazma va festivallar tashkil etiladi. Natijada, bola faol ijodiy faoliyatga qo'shiladi, go'zallikni o'z qo'li bilan yaratishni o'rganadi va ulg'ayadi.

Hozirgi kunda chet el madaniyati kirib bormoqda va qadriyatlar, etika-estitikamiz unitilib bormoqda. Talabalarda badiiy-estetik madaniyatni rivojlantirish, milliy qadriyatlarni, mehnatsevarlikni singdirish zarur va muhimdir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Bobonazarov S. U. Tasvirlarnigrizayltexnikasidaishlashningo'zigaxosligi //Innovative Development in Educational Activities. - 2022. - Т. 1. - №. 6. - С. 114-118.

2. Шавдиров, С. А. (2017). Подготовка будущих учителей к исследовательской деятельности. Педагогическоеобразованиеинаука, (2), 109-110.

3. Ibragimovich I. X., Shovdirov S. A. THEORETICAL PRINCIPLES OF THE FORMATION OF STUDY COMPETENCIES REGARDING ART LITERACY IN STUDENTS //Science and Innovation. - 2023. - Т. 2. - №. 10. - С. 192-198.

4. Shovdirov, S. BB Boymetov Methods of Organizing Practical and Theoretical Classes for Students in The Process of Teaching Fine Arts International Journal on Integrated Education.

Original paper

INTER EDUCATION S GLOBAL STUDY

5. Soli TolibovichSadiyevO'RTA ASRLAR SHARQ MINIATYURA MAKTABLARINING METODLARI // SAI. 2022. №C2. URL: https://cyberieninka.m/artide/n/o-rta-asrlar-sharq-miniatyura-maktablarining-metodlari (дата обращения: 26.10.2023).

6. Sadiev S. DEVELOPING STUDENTS'aRTISTIC LITERACY SKILLS IN EXTRA-CURRICULUM ACTIVITIES //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. B9. - С. 106-108.

7. Abdullaev A., Bobomurodova S. THE MAIN FACTORS AFFECTING OF UZBEKISTAN AND CENTRAL ASIAN COUNTRIES TO THE DEVELOPMENT OF ART //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. C3. - С. 64-66.

8. Abdullayev A. H., Bobomurodova S. A. BO'LAJAK TASVIRIY VA AMALIY San'at O O'QITUVCHILARINING KASBIY VA MALAKAVIY TAYYORGARLIKLARINI TAKOMILLASHTIRISH //Scientific progress. - 2022. - Т. 3. - №. 3. - С. 908-910.

9. Guljamol M. SEMANTICS OF PATTERNS IN CARVINGS IN TRADITIONAL APPLIED ART AND THEIR SYMBOLIC AND EXPRESSIVE FEATURES //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 3. - С. 191-197.

10. Tolibovich S. S., Mardonovna M. G. EXPRESSION OF REALITY IN MODERN UZBEK FINE ART //Science and Innovation. - 2023. - Т. 2. - №. 2. - С. 16-19.

11. Amonova, Z. U., & Vosiyeva, A. T. X. (2022). MODELYER DIZAYNERLAR CHIZADIGAN INSON QOMATIDA LIBOSLARGA RANGNING BOSQICHMA--BOSQICH BERILISHI USULLARI. Journal of Integrated Education and Research, 1(5), 269-274.

12. Usmonovna, A. Z. (2023). AMALIY BEZAK San'atI ORQALI OT-KUTYUR YARATISH VA ESTITIK DUNYOQARASHNI SHAKILLANTIRISH. Journal of Integrated Education and Research, 2(10), 49-51.

14. Khamidovna, K. G., & Usmonovna, A. Z. (2022). The Role of Embroidery and Ethno Interaction in Traditional Art Crafts. Eurasian Scientific Herald, 7, 275-278.

13. Aziza To'xtaqulovna Vosiyeva, & Zarifa Usmonovna Amonova (2023). TASVIRIY San'at DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KASB - HUNARGA YO'NALTIRISH. Oriental Art and Culture, 4 (1), 340-343.

14. Amonova Z.U., & Quziboyeva R.A. (2022). BADIIY HUNARMANDCHILIK SOHASIDA KASHTACHILIK TARIXI VA ZAMONAVIY TA'LIMDAGI ETNO O'ZARO TA'SIRI. Экономика и социум, (5-2 (92)), 39-42.

15. To'xtaqulovna A. Самарканд давлат университети (Самарканд, Узбекистан) //Journal of Integrated Education and Research. - 2023. - Т. 2. - №. 11. - С. 14-17.

16. A. Vosiyeva USE OF TRANSFORMATION IN THE DIRECTION OF DESIGN AND ITS IMPORTANCE // SAI. 2023. №A4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/use-of-transformation-in-the-direction-of-design-and-its-importance (дата обращения: 22.12.2023).

17. Kulmurotovna E. L. TASVIRIY San'at DARSLARIDA O 'QUV TEXNIK VOSITALAR, ELEKTRON DARSLIK VA MULTIMEDIALARDAN FOYDALANISH AMALIYOTI VA ISTIQBOLLARI //TADQIQOTLAR. - 2024. - Т. 31. - №. 1. - С. 125-131.

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

18. Kulmurotovna E. L. TASVIRIY San'atDAGI OQIM VA YO 'NALISHLARDA KO 'RGAZMALILIK, ILLUSTRATSIYA VA REPRODUKSIYALARNI TASHKIL ETISH //TADQIQOTLAR. - 2024. - Т. 31. - №. 1. - С. 132-138.

19. Эсанова Л. К. Использование нетрадиционных техник в изо творчестве дошкольников //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 12. - С. 632-638.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [AUTHORS INFO] [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ]

Amonova Zarifa Usmonovna, o'qituvchi [Amonova Zarifa Usmonovna, teacher], [Амонова Зарифа Усмоновна, преподаватель]; manzil: O'zbekiston, 117036, Navoiy, Karmana tumani, Bog'ishamol MFY 54 uy[ address: Uzbekistan, 117036, Navoi, Karmana district, Bogishamol 54], [ адрес: Узбекистан, 117036, Навои, Карманинский район, Богишамол МФУ 54 дом]; ORCID: https://orcid.org/0009-0005-5690-9090; zarifaamonova3@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.