TAJRIBA MAYDONIDA EKIB O'STIRILGAN KOVRAK TURKUMI BA'ZI
TURLARINING FENOLOGIK TAHLILI
Ushbu maqolada Jizzax tumani hududida ekib o'stirilgan kovrak turkumiga mansub F. kuhistanica, F. kokanica, F. helenae, F. samarkandica, F. diversivittata o'simliklarini urug'idan turlicha chuqurlikda ekib ularning unish muddatlari, 2011-2014-yillar davomida rivojlanishi fenologik kuzatishlar asosida bayon qilingan.
Kalit so'zlar: F. kuhistanica, F. kokanica, F. helenae, F. samarkandica, F. diversivittata, urug'pallabarg,monokarp, polikarp, epigeal, gipokotil, vegetatsiya, arxaik, ontogenez.
Respublikamiz o'simlik resurslariga juda boy.Tabiatda shifobaxsh xususiyatga ega bo'lgan, xalq xo'jaligiga foyda keltiradigan, insonlarning ehtiyojini qondiradigan o'simliklarni izlab topish, ularni o'rganish va muxofaza qilish chora tadbirlarni ishlab chiqish, fan yutuqlarini amalda qo'llash muhim ahamiyatga egadir. Apiaceae oilasiga mansub Ferula L.turkumi turlari shunday o'simliklar guruhiga kirib, ular efir moyli,yem-xashak, asalchil,shifobaxsh, kraxmal beruvchi, aromatik,ozuqabop va texnika o'simliklari hisoblanadi. Ularning yer yuzida 200 turi uchraydi. O'rta Osiyoda 110 dan ortiq, O'zbekistonda esa bu turkum vakillarining 50 ga yaqin turi, Jizzax viloyatida esa 28 ga yaqin turi uchraydi [3].
Kovrak turkumi turlarining xalq tabobatida keng qo'llanilganligi tufayli ularning maydonlari tobora kamayib bormoqda. Hozirda F. foetida, F. kuhistanica o'simliklarning ildizlaridan yelim(smola) olinib, har yili yuzlab tonna xomashyo tayyorlanib eksport qilinmoqda. Bu holat o'simlik zahiralarini kamayib ketishiga olib kelmoqda. Shuning uchun kovrak turlarini ekinga kiritish(introduktsiya qilish) dolzarb muammolardan biri bo „lib hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Shu boisdan biz Turkiston tog„ tizmasi va unga chegaradosh hududlardan yig„ilgan ayrim Ferula L. turkum
M. A. Ne'matova
O'zbekiston Milliy unversiteti Jizzax filiali
ANNOTATSIYA
KIRISH
turlarining urug'larini Jizzax tumanining tabiiy sharoitida ekib
April, 2022
o'stirib, ularning latent davri va virginil davrining yuvenil bosqichlarida rivojlanishini o'rganishni maqsad qilib oldik.
Ularning yetilgan urug'lari quyidagi hududlardan yig'ib olindi: F. kuhistanica - Turkiston tog' tizmasi, Baxmal qishlog'i atrofidan (1.VIII.2010), F. kokanica, F. samarkandica turlari - Turkiston tog' tizmasi, Zomin suv havzasi, Zomin milliy tabiat bog'i hududidan (10.VII.2010), F. helenae - Nurota tog'i, Baliqli qoldiq tog'idan (15.VII.2010), F. diversivittata - G'obduntog' hududidan (1.VIII.2010) yig'ildi [2] . Kuzatilgan Ferula L. turkum turlari F. kuhistanica, F. kokanica, F. helenae, F. samarkandica, F. diversivittata -monokarp hisoblanib, hayotining oxirgi yili gullab urug'laydi [2]. Ma'lumki, kovrak turkumi vakillarining urug'dan unib chiqishi uchun ma'lum tinch davrni kechirishi kerak . Shuning uchun yig'ilgan urug'larni 1 oy muddat ichida muzlatgichda 0-4 C0 gradusli haroratda saqlab, unish foizi aniqlandi.(Rahmonqulov va b.,1981- 1999) Urug„lar har qatorga 100 donadan 4 qatorga, qator oralig„i 50 sm, ko„chat orasi 25 sm qilib har xil chuqurlikda ekildi.2010 yilning 8 dekabr kuni Jizzax tumanining Hamid Olimjon nomli suvdan foydalanish uyushmasi hududida ekildi. O„rganilayotgan hududning tuprog„i bo„z tuproq, o' tgan yillari poliz ekinlari ekilgan.
NATIJALAR
Ekilgan urug„lar 2011 yilning bahor oyida (10.03.2011 yildan 02.04.2011 gacha) o „rtaha 83% unib chiqib, maysalar hosil qildi. Ferula L. turkumi turlari uchun epigeal unish (urug„ po„stini urug„pallabarglar tuproq yuzasiga olib chiqish) xususiyatiga ega. Kuzatishlar shuni ko„rsatdiki, unishda dastlab ildizcha hosil bo „lib, u tezlikda tuproq qatlamiga kira boshlaydi, keyin gipokotil o„sib, ikkita urug„pallabarg hosil bo„ladi. Urug„pallabarglar 1 oy davomida o„sib, o„zining maksimal uzunligiga va kengligiga ega bo„ladi. Urug„pallabarglarning umri o„rtacha 45- 48 kunni tashkil etadi. Kuzatishlar shuni ko„rsatdiki, monokarpik turlardan F. kuhistanica urug„pallabargi 1 oy davomida 5,0 sm ga, F. samarkandica 4,6 sm ga, F. helenae 3,5 sm ga, F. diversivittata 3,0 sm ga va F. kokanica 2,0 sm ga o„sgan. F. kuhistanica vegetatsiyasi boshlanishi 22 fevraldan 5 martgacha davom etadi.. Urug„pallabarglarining o„sishi esa 20 aprelgacha davom etadi va uning uzunligi 5,2 sm ni, eni 0,4 sm ni tashkil etadi [1] .
Quyida Ferula L. turkumi turlari urug„pallabarglarining morfologik o„lchamlari keltirilgan (1-jadval).
April, 2022
1-jadval
Ferula L. turkumi turlari urug'pallabarglarining morfologik o'lchami
Turlar Urug'palla-barg Urug'pal la barg uzunligi-ning eniga nisbati Urug'pall abargi ning umri, kun Ildizi-ning uzunligi, mm Urug'pal labarg uzunligini ng ildiz uzunligi ga nisbati
Bo'yi, mm eni, mm
F. diversivittata 33 5,0 6:1 47 80 1 2,4
F. kuhistanica 58 4,5 13:1 48 70 1 1,2
F. kokanica 31 4,8 6:1 45 76 1 2,4
F. samarkandica 60 4,8 13:1 46 72 1 1,2
F. helenae 54 4,2 13:1 45 65 1 1,2
O'rganilgan turlarning birinchi chinbarglari urug' unib chiqqandan 25-30 kun keyin, 25-30 mart oylarida paydo bo'lib, ularning vegetatsiyasi may oyining o'rtalarigacha davom etib, ularning vegetatsiya davri o'rtacha 45 kunni tashkil etadi. [1].
60 50 40 30 20 1 0 0
<c
JJJJ
<<
^ V^ M'y
V v
20.<J>eB Ol .Anp 1 O.MaM BO.Mail
1-Rasm. Ferula L turlarining o'rtacha bo'yiga o'sish dinamikasi (2014 - yil)
Birinchi yilda Ferula L. turkumi turlarida ikkita, ba'zan uchtadan chinbarglar hosil bo'ladi. Birinchi chinbarglar maysa unib chiqqandan 40-45 kun
Ma'lumki, birinchi chinbarg o'simlikni umumiy tipini belgilaydi, ya'ni har bir tur uchun o'ziga xosdir. O'rganilgan turlarning birinchi chinbarglari uzunchoq-ovalsimon, deyarli butun (F. kokanica, F. kuhistanica) qisqa bandli, biroz tukli, ba'zilarinmg (F. helenae, F. samarkandica) birinchi chinbarglari qirqilgan bo'ladi davomida, ikkinchi chinbarglar 50-55 kun davomida shakllanadi va o'simlikning vegetatsiyasi 70-75 kun
April, 2022
132
davom etadi. Uchinchi barglar asosan ikkinchi yilda hosil bo'ladi.
1 OO
80
60 I -
40 ^__■____■ 20.02
Щ Ш ■ Ol .Anp
I I J| I I I ■ Ю.Май
0 ® * ® * * ® * ® ■ 30.Май
«Г
2 - rasm. Ferula L. turkumi turlarining o'rtacha eniga o'sish dinamikasi (2014-
yil)
Demak, 2014 - yilda o'simliklarning vegetatsiyasi 20 - fevraldan boshlanib, dastlab F .samarkandica o'simligi unib chiqqan.O'rganilgan turlardan F. kuhistanica o'simligining o'rtacha bo'yi 10 - may kuni 48 smni, 30 - may kuni 55 smni tashkil etdi.
Ferula L. turkumi turlaridan F.samarkandica o'simligining o'rtacha eniga o'sishi eng yuqori ko'rsatgichga ega bo'lib,2014- yil 10 - may kuni 76 smni,30 - may kuni 92 tashkil etdi [1].
XULOSA
Tadqiqot natijasida tajriba maydonchalarida ekilgan o'simliklar bilan tabiiy xolda o'sayotgan o'simliklar rivojlanishi solishtirilganda, tajriba maydonchalarida o'sayotgan o'simliklarning ontogenezi tezlashishi aniqlandi. Ularning biomorfologik ko'rsatgichlari ham yuqori bo'ladi. M: F. Samarkandica tabiiy xolda (vegetatsiyasining 3-yili) eng yirik barglari 40 sm bo'lsa, tajriba maydonida ekilgan o'simlikning barglari 70-80 sm bo'ladi.
Demak bu o'simliklarni Jizzax viloyati sharoitida ekib o'stirish imkoniyatlari mavjud.Bu orqali shifobaxsh va noyob xususiyatga ega bo'lgan Ferula. L turkumi vakillarining yo'qolib ketishini oldi olinadi.Shu bilan birga ushbu o'simliklardan olinayotgan xomashyoning tannarxi arzonlashadi.Natijada o' simliklardan olinayotgan dorivor preparatlarni Respublikamiz hududida ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish mumkin.
April, 2022
133
REFERENCES
1. Ne'matova M.A. «Kovrak (Ferula L) turkumi ba'zi turlarining introduktsiyasi» JDPI-2015 Magistrlik dessirtatsiyasi. 130 bet
2. Rahmonqulov U.G. S. Dadayeva, H.U.Usmonjonova, F. Rabbimova "Shifobaxsh o'simliklar" A.Qodiriy nomidagi JDPI. Jizzax- 2013
3. Рах,монкулов У. Онтогенез видов рода Ferula L. (Apiaceae).// Эмбриология цветковых растений. Терминологии консепции. Системы репродукции. Т.3, Мир и семья.- Санкт-Петербург, 2000. Т.3. - С.446-450.
April, 2022