Научная статья на тему 'TADBIRKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH ORQALI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH'

TADBIRKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH ORQALI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
195
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tadbirkorlik faoliyati / o’zini o’zi band qilish / kambag’allikni qisqartirish / ijtimoiy media marketing / ijtimoiy tarmoqlarda tovarlarni siljitish. / предпринимательство / самозанятость / борьба с бедностью / маркетинг в социальных сетях / продвижение товаров в социальных сетях.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mamayev Tulkin Najmiddinovich

Mazkur maqolada tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlanishi kambag’allikni qisqartirishning muhim omili ekanligi bo’yicha ilmiy qarashlar ilgari surilgan. Kambag’allikni qisqartirishda tadbirkorlik faoliyati, ayniqsa, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, o’zini o’zi band qilish orqali o’z tadbirkorligiga ega bo’lish borasida tegishli takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СОКРАЩЕНИЕ БЕДНОСТИ ПУТЕМ ДАЛЬНЕЙШЕГО РАЗВИТИЯ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА

В данной статье представлены научные взгляды на то, что дальнейшее развитие предпринимательства является важным фактором сокращения бедности. В целях сокращения бедности разработаны соответствующие предложения по развитию предпринимательства, особенно в микрорайонах, и самозанятости.

Текст научной работы на тему «TADBIRKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH ORQALI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH»

TADBIRKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH ORQALI KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH

Mamayev Tulkin Najmiddinovich

SamISI magistri

Annotasiya: Mazkur maqolada tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlanishi kambag'allikni qisqartirishning muhim omili ekanligi bo'yicha ilmiy qarashlar ilgari surilgan. Kambag'allikni qisqartirishda tadbirkorlik faoliyati, ayniqsa, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, o'zini o'zi band qilish orqali o'z tadbirkorligiga ega bo'lish borasida tegishli takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: tadbirkorlik faoliyati, o'zini o'zi band qilish, kambag'allikni qisqartirish, ijtimoiy media marketing, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlarni siljitish.

Аннотация: В данной статье представлены научные взгляды на то, что дальнейшее развитие предпринимательства является важным фактором сокращения бедности. В целях сокращения бедности разработаны соответствующие предложения по развитию предпринимательства, особенно в микрорайонах, и самозанятости.

Ключевые слова: предпринимательство, самозанятость, борьба с бедностью, маркетинг в социальных сетях, продвижение товаров в социальных сетях.

Abstract: This article presents scientific views on the fact that the further development of entrepreneurship is an important factor in reducing poverty. In order to reduce poverty, the relevant proposals have been developed regarding the development of entrepreneurship, especially in the neighborhoods, and self-employment.

Keywords: entrepreneurship, self-employment, poverty alleviation, social media marketing, promoting goods on social networks.

Kirish. Har bir mamlakatda bo'lgani kabi, mamlakatimizda ham insonlar yashash darajasi va hayot farovonligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. 2020 yil boshida Prezidentimiz kambag'allikni qisqartirish masalasini davlat siyosatining asosiy vazifasi sifatida belgilab berdi. Umuman, O'zbekistonda kambag'al qatlam mavjudligining tan olinishi sohaga doir siyosatning dastlabki burilish nuqtasi bo'ldi. 2020 yilda mamlakatda kambag'allar soni aholining 12-15 foizini tashkil etishi ochiq-oshkora aytildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda kambag'allikni qisqartirish, insonlar yashash darajasini yanada yaxshilash, barqaror rivojlanish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar, strategiyalar, konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, 2026 yil oxiriga qadar mamlakatda kambag'allik darajasini ikki barobarga kamaytirish rej alashtirilmoqda.

Kambag'allikni qisqartirishning bosh omili sifatida tadbirkorlikni rivojlantirish, xususan, oilaviy tadbirkorlik, kichik biznes, yakka tartibdagi tadbirkorlik, o'zini-o'zi band qilish xizmat qiladi. Shundan kelib chiqib, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo'nalishlari, kambag'allikni qisqartirish yo'llari bo'yicha ilmiy tadqiqot olib borilgan.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Mamlakatimizda kambag'allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida belgilanishi bilan birga bu boradagi ilmiy ishlar ham jadallashdi. Iqtisodiyot sohasining ilmiy mutaxassis va olimlari tomonidan bir qator ilmiy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, N.Ernazarova esa mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida, aholi bandligi va daromadini oshirishda eng asosiysi tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mamlakatda kambag'allikni qisqartirishda tadbirkorlik sohalari, jumladan, oilaviy biznes sohasi faoliyati muhim ahamiyat kasb etib, iqtisodiy hamda ijtimoiy muammolarni hal etishda yetakchi o'rinni egallashi haqidagi fikrni ilgari surgan [5].

So'ngi yillarda iqtisodchi ilmiy izlanuvchilar, tegishli vazirlik mutaxassislari tomonidan davlatimizda kambag'allikni qisqartirish masalasida keng ko'lamli izlanishlar olib borishmoqda. Xususan, i.f.d. M.Kalonov o'zining ilmiy taxliliy maqolasida "kambag'allik" tushunchasini shu kungacha "yopiq mavzu" bo'lib kelganligini va u "kam ta'minlanganlik", "ehtiyojmandlik", degan tushunchalardan farq qiladi, deya ta'kidlagan [6].

O.X.Maxmudov tomonidan oilalarda kambag'allikni qisqartirish omillari, xususan, xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqartirish mumkinligi tadqiq qilingan [4].

Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo'yicha yetarli darajada mutaxassislar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan. Xizmatlar sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalasi Sh.Quvondiqovning ilmiy tadqiqotlarida o'z aksini topgan. Shuningdek, xususiy tadbirkorlikni rivojlanishida marketing muammolari [7], sotuv kanallarini tashkil etish[6], sotuvdan keyingi xizmatlarni rivojlantirish[8], ulgurji savdo xizmatida mijozlarga xizmat ko'rsatish masalalari [9] D.H.Xolmamatov tadqiqotlarida tadqiq etilgan. Mazkur tadqiqotlarda ham tadbirkorlik faoliyatida yangi ish o'rinlari ochilishi, aholi bandligini ta'minlashi, aholi daromadlarini oshishi kabi masalalar tadqiq qilingan.

Tadqiqot metodologiyasi. Kambag'allikni qisqartirishda tadbirkorlik faoliyatining o'rni va ahamiyatli yo'llariga xos bo'lgan asosiy xususiyatlarini asoslab berish, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish kambag'allikni qisqartirishning bosh omili ekanligi izohlanadi. Tadqiqot davomida monografik kuzatuv, mantiqiy fikrlash, tizimli yondashuv, analiz va sintez usullaridan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar. Malakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlashda tadbirkorlikni rivojlantirish muhim yo'nalish sifatida belgilab olingan. Tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish uchun mustahkam qonunchilik va huquqiy baza shakllantirilgani va muntazam takomillashtirib borilayotgani, biznes uchun imtiyoz va preferensiyalar berish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta

jihozlash hamda modernizasiya qilish masalalarida davlat tomonidan tizimli ravishda yordam ko'rsatilayotganini alohida ta'kidlash lozim.

O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining yuksalishi, xususiy tadbirkorlik sub'ektlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasida iqtisodiy salohiyati ortgan ko'plab korxonalar mazkur imtiyozlardan foydalanishni davom ettirish maqsadida o'z xodimlari sonini belgilangan miqdoriy chegara doirasida saqlab qolishga harakat qilmoqdalar. Bu esa, ularning yiriklashish jarayoniga to'sqinlik qilmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotida mustahkam o'ringa ega bo'lib bormoqda. Xususan, 2021 yilda YaIMning 54,9 foizi, sanoatning 27,0 foizi, qurilishning 72,4 foizi, bandlikda 74,4 foizi, eksportning 22,3 foizi va importning 48,7 foizi kichik biznesga to'g'ri keladi1.

Tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiyotda tutgan o'rni, iqtisodiy ko'rsatkichlarni mustahkamlanib borayotganligida ham ko'rish mumkin. Tadbirkorlikni iqtisodiyotda roli va o'rnini iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy ko'rsatkichlar hajmining tahlilidan ham ko'rish mumkin. 2021 yilda savdo xizmatlarining 204787,4 mlrd. so'mi, qolgan xizmatlarning 144812,7 mlrd. so'mi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka to'g'ri kelmoqda (1-jadval).

1-jadval

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy

ko'rsatkichlari hajmi

Ko'rsatkichlar O'lchov birligi Yillar

2017 2018 2019 2020 2021

Sanoat mlrd.so'm 61367,8 87962,0 83344,2 103020,8 121719,2

Qurilish mlrd.so'm 22469,4 37451,7 53960,9 63866,6 77762,0

Bandlik ming kishi 10541,5 10128,8 10318,9 9865,7 10070,7

Eksport mln.AQSH.dol 2759,3 3810,8 4714,8 3100,9 3711,2

Import mln.AQSH.dol 7511,9 10916,2 14972,2 10943,3 12389,0

Savdo mlrd.so'm 92973,0 114896,4 138920,7 164106,1 204787,4

Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mlrd.so'm 152010,5 191759,2 219466,9 253238,2 307280,2

Xizmatlar mlrd.so'm 69212,7 84433,4 103106,6 114052,7 144812,7

Yuk tashish mln.tonna 548,8 611,7 641,0 638,9 678,9

Yuk aylanmasi mln.tonna-km 10444,4 11657,7 12152,3 12304,6 13108,1

Yo'lovchi tashish mln.yo'lovchi 5037,5 5242,6 5345,0 4904,8 5237,6

Yo'lovchi aylanmasi mln.pass.km 111435,0 115335,2 117412,7 107766,7 114681,5

Mazkur tahlili jadvaldan ko'rinib turibdiki, tadbirkorlik faoliyati asosan qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi, savdo va xizmat ko'rsatish sohalariga to'g'ri kelmoqda. Aynan mazkur sohalarda tadbirkorlikni rivojlanishi kambag'allikni

1 www.stat.uz ma'lumotlari

qisqartirishning asosiy yo'nalishi bo'lib xizmat qiladi. Bugungi kunda o'zini-o'zi band qilish ham kambag'allikni qisqartirishning asosiy omili hisoblanadi. Aynan o'zini o'zi band qiladigan faoliyat turlarining asosiy qismini xizmat ko'rsatish faoliyati tashkil etmoqda.

Kambag'allik tushunchasi, uning xalqaro mezonlari qay tartibda belgilanishi borasida jahonda umumqabul qilingan hamda yagona kelishuv mavjud emas. Har bir mamlakat o'zi uchun belgilangan kambag'allik mezonidan kelib chiqib tavsiflaydi.

Xususan, BMT ta'rifiga ko'ra, kambag'allik insonning hayoti davomida tanlov va imkoniyatlarga ega bo'lmasligi, jamiyatda to'laqonli ishtirok etish uchun to'siqlarning mavjudligi, bundan tashqari, oilasini boqishi va kiyintirishi, ta'lim olishi yoki kasalxonada davolanishi, biror sohada faoliyat yuritishi yoki daromad olishga imkon beradigan mehnat bilan ta'minlash imkoniyatlari yetishmasligi kabi cheklovlarda namoyon bo'ladi.

Shuningdek, kambag'allik bu - insonlar, uy xo'jaliklari va jamoalarning ijtimoiy jihatdan chegaralanganligi, xavf-xatarlar oldida chorasizligidir (BMT Yevropa Iqtisodiy komissiyasining "Kambag'allikni o'lchash bo'yicha qo'llanma"sidan, 2017 yil Nyu-York, Jeneva).

Demak, yuqoridagi dalillardan kelib chiqib, aholini mehnat bilan ta'minlash va yetarli daromad manbalarini shakllantirish kambag'allikni qisqartirishning bosh omili bo'lib hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati va o'zini o'zi band qilish esa, aynan aholini mehnat bilan bandligini va yetarli daromad manbasiga ega bo'lishini ta'minlaydi.

Xulosa va takliflar. Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqartirish masalasi bo'yicha quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

1) Mahallalarda aholi tadbirkorligini rivojlantirish, jumladan, "mahallabay" ishlash tizimi orqali oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan, tomorqa yerlardan foydalanish hamda daromadli mehnatga bo'lgan intilishi va ehtiyojlarini «xonadonbay» o'rganish, band bo'lmagan aholining, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini o'rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o'rgatuvchi kurslarga yo'naltirish va mehnat faoliyati bilan shug'ullanishga amaliy ko'maklashish, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari va startap g'oyalarini yanada qo'llab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar ajratish;

2) Uy sharoitida xizmat ko'rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan yirik va o'rta miqyosdagi korxonalar o'rtasida sherikchilik mexanizmlarini, jumladan, kasanachilik ishlarini tashkil qilish, autsorsing shartnomalari asosida xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yish. Ayniqsa, ishlab chiqarish korxonalari bilan sotuvdan keyingi servisni tashkil etish, servis markazlarga mutaxassislarni jalb qilish maqsadga muvofiqdir;

3) ishsiz yoshlarni IT sohalardagi ko'nikma va malakasini oshirish orqali ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini rivojlantirish, ijtimoiy media marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovar va xizmatlarni siljitish va reklama qilish, onlayn buyurtmalar qabul qilish, tovarlarni yetkazib berish kabilar orqali yoshlarni o'zini o'zi band qilish tizimini yanada rivojlantirish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida" PF-29-son farmoni. 03.12.2021 yil. https://lex.uz.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam ko'rsatish hamda kambag'allik bilan kurashish ko'lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-6277-son farmoni. 11.08.2021. https://lex.uz.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-31-son qarori. 03.12.2021 yil. https://lex.uz.

4. О.Х.Махмудов. Оилаларда камбагалликни кискартириш омиллари. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil, 267-276 бетлар.

5. Эрназарова H.H. Оилавий тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш оркали камбагалликни кискартириш/Z''Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021 yil. 253-258 бетлар.

6. Калонов M. "Камбагалликни кискартириш: имконият ва хдракатлар кандай натижа беради?" «Халк сузи» газетасининг 2021 йил 11 февраль 30-сони.

7. Kholmamatov Diyor Haqberdievich, Boyjigitov Sanjarbek Komiljon ugli. Marketing Problems In The Development Of Export Activities Of Small Business Entities. International Journal of Engineering and Information Systems (IJEAIS), 3139 pp, 2020

8. Kholmamatov Diyor Haqberdievich. Develop Criteria for Selecting Distribution Channels in Small Business. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 134-145 pp, 2022

9. Kholmamatov Diyor Haqberdievich. Promote Upgrade After-Sales Service Strategic Skills. Indonesian Journal of Law and Economics Review, 2019

10. Kholmamatov Diyor Haqberdievich. Development of Customer Service Delivery System in Wholesale Trade. Indonesian Journal of Law and Economics Review, 2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.