Научная статья на тему 'TADBIRKORLIK FAOLIYATINI SOLIQQA TORTISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH'

TADBIRKORLIK FAOLIYATINI SOLIQQA TORTISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
6556
358
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Soliq tizimi / soliqqa tortish / soli yuki / soliq imtiyozlari / soliq qarzdorligi / yuridik shaxs / jismoniy shaxs / soliq siyosati. / Tax system / taxation / tax burden / tax incentives / tax debt / legal entity / individual / tax policy.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mirzobek Komiljonovich Avezov, Aziza Marat Qizi Bekchanova

Soliq tizimi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, mamlakatda samarali soliq tizimini joriy etish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda mamlakatimizda ham so’nggi yillarda barcha sohalar kabi soliq tizimini isloh qilish borasida ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi, soliq yukini kamaytirish borasida islohotlar amalga oshirildi, tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Ushbu maqolada mamlakatimizda soliqqa tortish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, soliqqa tortish bo’yicha qarzdorlik, uni bartaraf etish masalalari to’g’risida mualliflarning fikrlari ifoda etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE TAXATION SYSTEM FOR BUSINESS ACTIVITIES

The tax system plays an important role in the development of the country's economy. Therefore, the introduction of an effective tax system in the country is one of the most important issues. In this regard, in recent years in the country, as in all areas, a number of measures have been taken to reform the tax system, reforms to reduce the tax burden, and a number of measures to improve the system of taxation of business activities. This article reflects the views of the authors on the ongoing reforms of the tax system in the country, tax debt, and its elimination.

Текст научной работы на тему «TADBIRKORLIK FAOLIYATINI SOLIQQA TORTISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 _ISSN: 2181-1601

TADBIRKORLIK FAOLIYATINI SOLIQQA TORTISH TIZIMINI

TAKOMILLASHTIRISH

Mirzobek Komiljonovich Avezov Aziza Marat qizi Bekchanova

Urganch davlat universiteti o'qituvchisi Urganch davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Soliq tizimi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, mamlakatda samarali soliq tizimini joriy etish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda mamlakatimizda ham so'nggi yillarda barcha sohalar kabi soliq tizimini isloh qilish borasida ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi, soliq yukini kamaytirish borasida islohotlar amalga oshirildi, tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Ushbu maqolada mamlakatimizda soliqqa tortish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, soliqqa tortish bo'yicha qarzdorlik, uni bartaraf etish masalalari to'g'risida mualliflarning fikrlari ifoda etilgan.

Kalit so'zlar. Soliq tizimi, soliqqa tortish, soli yuki, soliq imtiyozlari, soliq qarzdorligi, yuridik shaxs, jismoniy shaxs, soliq siyosati.

IMPROVING THE TAXATION SYSTEM FOR BUSINESS ACTIVITIES

ABSTRACT

The tax system plays an important role in the development of the country's economy. Therefore, the introduction of an effective tax system in the country is one of the most important issues. In this regard, in recent years in the country, as in all areas, a number of measures have been taken to reform the tax system, reforms to reduce the tax burden, and a number of measures to improve the system of taxation of business activities. This article reflects the views of the authors on the ongoing reforms of the tax system in the country, tax debt, and its elimination.

Keywords. Tax system, taxation, tax burden, tax incentives, tax debt, legal entity, individual, tax policy.

Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar nafaqat tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga, balki soliqqa tortish tizimini ham keng rivojlantirishga qaratilgan.

Soliqlar - davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Shunga ko'ra, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab barcha sohalar qatori soliq sohasida ham bir qator islohotlar amalga oshirilib kelmoqda. Bu boradagi ishlar nafaqat soliq va yig'imlarni undirish, balki

soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorlikni qisqartirish hisobiga davlat budjeti daromadlarini shakllantirishga ham qaratilgan.

Shu munosabat bilan yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev mamlakatimizda soliq tizimida amalga oshirilgan islohotlar bo'yicha quyidagilarni ta'kidlab o'tganlar: "Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko'paydi.

Qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan o'tgan yili soliq to'lovchilar ixtiyorida 2 trillion so'm qoldi. Joriy yilda bu raqam 11 trillion so'mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag' qolishi, albatta, ularga o'z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Islohotlarimiz natijasida o'tgan yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko'p yangi tadbirkorlik sub'ektlari tashkil etildi.

Jahon bankining "Biznes yuritish" reytingida 7 pog'ona ko'tarilib, biznesni ro'yxatga olish ko'rsatkichi bo'yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o'rinni egalladik va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik"1.

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarining asosiy qismi soliqlar va yig'imlar hisobidan shakllantiriladi. Soliqlarning o'z vaqtida va to'liq to'lanishi davlat darajasida amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar, ya'ni budjet va maqsadli jamg'armalarning o'z vaqtida sarflanishini moliyalashtirishga xizmat qiladi.

Tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, ularga kelgusida soliq va yig'imlar bo'yicha budjetga tushumlarni ko'paytirish imkonini beruvchi mexanizmni yaratish, korxonalarning investitsion jozibadorligi va moliyaviy barqarorligini ta'minlash, asosli takliflar topish va faoliyatini rivojlantirish, amaliy maslahatlar va aniq yechimlarni ishlab chiqish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.

Bu borada soliq va yig'imlarning o'z vaqtida va to'liq to'lanishini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Soliqlarning o'z vaqtida to'lanishini ta'minlash soliq qarzi yuzaga kelishining iloji boricha oldini olish va ular yuzaga kelgandan keyin samarali undirish orqali amalga oshiriladi.

Aytish joizki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bu masalaga alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, uning 51-moddasida "Fuqarolar qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar va mahalliy yig'imlarni to'lashga majburdirlar2" deb belgilangan.

Shu bois soliq to'lovchilarning soliq qarzlarini qisqartirish va yangi qarzlar paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik, ularni tahlil qilish hamda soliq va yig'imlarning budjetga

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24.01.2020

2 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 51-modda

o'z vaqtida tushumini nazorat qilish soliq organlarining eng muhim masalalaridan biridir.

Bir qator xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan mamlakatimiz moliya va soliq tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari, jumladan, soliq undirishning ayrim masalalari o'rganildi.

Bu borada tadqiqot olib borgan xorijlik olim Margherita Ebraiko mamlakatda soliq va yig'imlarni undirishni rivojlantirish va rag'batlantirish bilan birga soliq qarzi bo'lgan soliq to'lovchilarga nisbatan qattiq choralar ko'rish zarurligini ta'kidlagan. Bu undirish bo'yicha soliq qarzlarini kamaytirish va ularning yuzaga kelishining oldini olishga

-5

ijobiy ta'sir ko'rsatishi ta'kidlangan .

Martin Tompsenning so'zlariga ko'ra, so'nggi yillarda yirik kompaniyalarning soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlari ko'payib bormoqda. Bu mamlakatda soliq yukining yuqoriligi bilan izohlanadi. Korxonalarning soliq to'lovlari bo'yicha qarzdorliklarining mavjudligi ham bevosita soliq yukining yuqoriligi bilan bog'liq hisoblanadi. Masalan, AQShda soliq yuki 29,8 foiz, Buyuk Britaniyada 34,6 foiz, Germaniyada 37 foizni tashkil etadi.

Yillar davomida soliq yukining kamayishi kelajakda soliq to'lashdan bo'yin tovlash va soliq qarzlarini kamaytirish imkonini beradi4.

Xorijiy tadqiqotchi Maykl Brostek soliq qarzlarini undirish samaradorligini oshirishning quyidagi omillarini sanab o'tgan, jumladan:

- mamlakatda soliq to'lovlari bo'yicha qarzdorlik paydo bo'lishining oldini olish uchun soliq yukini kamaytirish kelgusida soliqlar bo'yicha qarzdorlikni kamaytirishga olib keladi;

- muddati o'tgan soliq va yig'imlarni undirish strategiyasi faqat belgilangan muddatda ijobiy samara beradi5.

Marsel Fisher o'z tadqiqotlarida korporativ daromad solig'ini o'rgangan. Bunda tadqiqotchi jami soliqlar bo'yicha qarzdorlikning samaradorligini o'rgangan.

Uning ta'kidlashicha, agar yirik korxonalar tomonidan soliq to'lashdan bo'yin tovlash to'xtamasa, soliq yuki boshqa kichik va o'rta korxonalar faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi6.

Shu munosabat bilan rus tadqiqotchilari S.N.Alixin va D.A.Levacheva o'z tadqiqotida soliq qarzini undirish mexanizmining nazariy asoslarini keltiradi. Unga ko'ra, soliq solinadigan bazani kengaytirish, shuningdek, soliq to'lovchidan soliq qarzini undirishning murakkabligi, soliq qarzi bo'lgan korxonalarning moliyaviy

3 Margherita Ebraico (2015). An Assessment of the Performance of the Italian Tax Debt Collection System. Italia.Taxation papers

4 Martin Thomsen, Christop Watrin (2018). Tax avoidance over time: A comparison of European and U.S. firms. America. Journal of International Accounting, Auditing and Taxation. P. 40-63. (www.sciencedirect.com)

5

Michael Brostek (2009). Tax debt collection IRS needs to better manage the collection notices sent to individuals. America. United States government Accountability office.

6 Marcel Fischer (2019). The debt tax shield in general equilibrium. America. Journal of Banking & Finance. Volume 100. P. 151-166. (www.sciencedirect.com)

ahvolidan kelib chiqqan holda soliq qarzlarini undirish mexanizmini ishlab chiqish

n

zarurligi ta'kidlangan .

Bundan tashqari, I.G.Vinoxodova o'z tadqiqotida, shuningdek, soliq qarzi bo'lgan tadbirkorlik subyektlarining mulkini olib qo'yish jarayonini kuchaytirish soliq qarzlarini

o

undirishda samaraliroq bo'lishini qayd etadi .

O'zbek iqtisodchilaridan I.Niyozmetov, "QQS va mol-mulk solig'i yuki asosan sanoat korxonalari zimmasiga yuklanganligi, bu soliq yukining notekis taqsimlanishiga, sanoat korxonalariga nisbatan og'ir soliq yuki tushishiga olib kelishini ta'kidl adi. Bu xo'jalik yurituvchi subyektlarning soliqlarni to'lashini osonlashtiradi. Bu soliq yukining shunchalik og'irligidan, soliq to'lovchilarning moliyaviy faoliyatiga umumiy belgilangan tartibda salbiy ta'sir ko'rsatayotganidan dalolat beradi9.

Shu bilan birga, A.G'iyosov o'z ilmiy tadqiqotlarida davlat soliq xizmati organlari tomonidan asosiy hisobraqamga qo'yilgan inkasso topshiriqnomasi bir oy muddatda to'liq bajarilmagan taqdirda, xo'jalik yurituvchi subyektning barcha hisobraqamlariga qaratilishini belgilab qo'yish tartibini joriy etish orqali soliq to'lashdan qochishni oldi olishini hamda soliq qarzdorligi ma'murchiligini takomillashtirish uchun birinchi navbatda soliq madaniyati darajasini oshirishga yo'naltirilgan soliqqa oid qonun hujjatlarining normalarini takomillashtirish zarurligini ta'kidlagan10.

Bizningcha, pandemiya sharoitida tadbirkorlik subyektlaridan soliq qarzlarini undirishni keskin qisqartirish, ularga soliq imtiyozlari va imtiyozlar berish, soliq to'lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini inqirozdan himoya qilish, ortiqcha soliq undirish xarajatlariga yo'l qo'ymaslik muhim ahamiyatga ega.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24.01.2020

2. Sherov, A. (2015). Foreign experience in financing of higher educational system. Scientific enquiry in the contemporary world: theoretical basics and innovative approach [L 26], 1, 92-95.

3. Margherita Ebraico (2015). An Assessment of the Performance of the Italian Tax Debt Collection System. Italia.Taxation papers

4. Sherov, A. (2018). Legal basis and importance of state financing of education system. International Finance and Accounting, 2018(2), 92.

7 Alikhin S.N., Levacheva D.A. (2018). Evolution of the mechanism for enforced collection of debt to the budget. Russia. Taxes

8 Vinokhodova I.G. (2019). Improving the practice of collecting debts of organizations for taxes and fees. Russia. Scientific article.

9 Niyazmetov I. (2008). Analysis of the impact of the tax burden on the financial activities of business entities and budget revenues. Uzbekistan. Candidate work. Abstract

10 A.G'iyosov. Soliqlar va majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorliklarni kelib chiqishi tahlili. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2019 yil

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 _ISSN: 2181-1601

5. Martin Thomsen, Christop Watrin (2018). Tax avoidance over time: A comparison of European and U.S. firms. America. Journal of International Accounting, Auditing and Taxation. P. 40-63. (www.sciencedirect.com)

6. А. Б. Шеров, & Х. А. Худайкулов (2021). Деятельность коммерческого банка на мировых финансовых рынках. Scientific progress, 2 (1), 1261-1265.

7. Vinokhodova I.G. (2019). Improving the practice of collecting debts of organizations for taxes and fees. Russia. Scientific article.

8. Ш. Кучкаров, & А. Б. Шеров (2022). Таълим муассасаларини молиялаштиришда натижага йуналтирилган бюджетлаштириш истикболлари. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (2), 62-67.

9. Niyazmetov I. (2008). Analysis of the impact of the tax burden on the financial activities of business entities and budget revenues. Uzbekistan. Candidate work. Abstract

10. Sherov, A. B. (2022). Current issues of financing higher education institutions in the condition of an innovative economy. Gospodarka i Innowacje., 21, 127-130.

11. G'iyosov A. Soliqlar va majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorliklarni kelib chiqishi tahlili. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 2, mart -aprel, 2019 yil

12. Ibodov, A., & Sherov, A. (2015). Analysis of bank risks in Uzbekistan. Scientific enquiry in the contemporary world: theoretical bas^s and innovative approach [L 26], 1, 60-63.

13. Alikhin S.N., Levacheva D.A. (2018). Evolution of the mechanism for enforced collection of debt to the budget. Russia. Taxes

14. Алишер Бакберганович Шеров (2021). Олий таълим муассасаларини молиялаштиришнинг акш тажрибаси. Scientific progress, 1 (6), 972-978.

15. Avezov, M. K. (2022). Raqamli bank xizmatlari va uning afzalliklari. Scientific progress, 3(2), 808-814.

16. А. Б. Шеров, & Ш. Б. Юсупов (2021). Зарубежный опыт эффективной организации денежно-кредитной политики в стране. Scientific progress, 2 (1), 605609.

17. Michael Brostek (2009). Tax debt collection IRS needs to better manage the collection notices sent to individuals. America. United States government Accountability office.

18. Шеров, А. (2017). Олий таълим муассасаларига бюджетдан ташкари маблагларни жалб этишни такомиллаштириш. "Biznes-Эксперт", (3 (111)), 3.

19. Marcel Fischer (2019). The debt tax shield in general equilibrium. America. Journal of Banking & Finance. Volume 100. P. 151-166. (www.sciencedirect.com)

20. А. Б. Шеров, & Х. М. Раджабов (2021). Коммерческие банки как субъект финансирования инвестиционных проектов. Scientific progress, 2 (1), 889-893.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.