Научная статья на тему 'TABIIY GAZLARNI ABSORBSION QURITISH JARAYONIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR'

TABIIY GAZLARNI ABSORBSION QURITISH JARAYONIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2403
280
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tabiiy gazlar / gazning namligi / qurituvchi absorbentlar / qurituvchi adsorbentlar / suyuq quritkichlar / gazlarning shudring nuqtasi / shudring nuqtasi depressiyasi. / natural gases / gas humidity / absorbent dryers / liquid dryers / gas dew point / dew point depression.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Saidjon Abdusalimovich G’aybullayev

Maqolada tabiiy gazlarni namsizlantirish va quritish usullarining tasnifi, quritish jarayoniga ta’sir qiladigan omillar, ishlatiladigan quritkichlar turlari va tavsiflari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS INFLUENCING THE ABSORPTION DRYING PROCESS OF NATURAL GASES

The article discusses the types and descriptions of used dehumidifiers, factors affecting the dehydration process, classification of dehydration methods and dehydration of natural gases.

Текст научной работы на тему «TABIIY GAZLARNI ABSORBSION QURITISH JARAYONIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR»

TABIIY GAZLARNI ABSORBSION QURITISH JARAYONIGA TA'SIR

QILUVCHI OMILLAR

Saidjon Abdusalimovich G'aybullayev

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada tabiiy gazlarni namsizlantirish va quritish usullarining tasnifi, quritish jarayoniga ta'sir qiladigan omillar, ishlatiladigan quritkichlar turlari va tavsiflari yoritilgan.

Kalit so'zlar: tabiiy gazlar, gazning namligi, qurituvchi absorbentlar, qurituvchi adsorbentlar, suyuq quritkichlar, gazlarning shudring nuqtasi, shudring nuqtasi depressiyasi.

FACTORS INFLUENCING THE ABSORPTION DRYING PROCESS OF

NATURAL GASES

Saidjon Abdusalimovich Ghaybullaev

Bukhara engineering-technological institute

ABSTRACT

The article discusses the types and descriptions of used dehumidifiers, factors affecting the dehydration process, classification of dehydration methods and dehydration of natural gases.

Key words: natural gases, gas humidity, absorbent dryers, liquid dryers, gas dew point, dew point depression.

KIRISH

Qayta ishlash va uaztishga yuborilayotgan tovar gazning sifat ko'rsatkichlariga qo'yiladigan talablarning keskinlashishi hamda gazli xomashyo tarkibidagi nordon komponentlar miqdorini xalqaro standartlar talablariga qadar kamaytirish zaruriyati, gazlarni tozalash tizimini takomillashtirsh hisobiga tayyorlanadigan tovar gaz tannarxini kamaytirish, gazlarni tozalash va quritish jarayonlarida qo'llaniladigan sorbentlar, ingibitorlar va boshqa turdagi reagentlarni mahalliylashtirishni ko'zlab, neft va gaz kimyosi sanoati tarmoqlarini tubdan isloh qilish va undagi uglevodorodli xom ashyoni samarali qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilish maqsadida mavjud texnologiyalarning zamonaviy, energiya va resurs tejamkor hamda chiqindisiz texnika va texnologiyalar bilan bosqichma-bosqich almashtirishni talab qiladi.

Gazni qazib olish va uzatishda bosimning bosqichma-bosqich kamayishi namlikka to'yingan gazning haroratini pasayishiga olib keladi. Bunday sharoitlarda tabiiy gaz molekulasi suv bilan o'zaro ta'sirlashib qattiq kristal zarralarni hosil qiladi.

Bundan tashqari, tabiiy gazlardagi singari issiqlik ajralib, tizimdagi harorat ko'tariladi. Hajm doimiy qolgani bois, harorat oshishi bilan tizimda bosim o'sadi.

Neft xom ashyolarini qayta ishlashda har bir destruktiv jarayonlardan zavod gazlari hosil bo'ladi. Zavod gazlari uglevodorod tarkibiga ko'ra bir-biridan farqlanadi. Termik kreking gazlari tarkibida metan va boshqa miqdorda to'yinmagan uglevodorodlarga boy bo'ladi. Katalitik kreking gazlarida butanlar va butilenlar miqdori ko'pligi bilan tavsiflanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Gazlarni sovutganda yoki, bosimi oshirilganda bug'simon namlik kondensatsiyalanadi va ozod suv, muz yoki gidrat hosil qilishi mumkin. Bu esa o'z navbatida gazni qayta ishlash va gaz ta'minoti tizimining jihoz va quvuruzatkichlarida metallar korroziyasiga; gaz quvurlarida suyuqlik yig'ilib qolishiga; texnologik jihozlarning gidratli tiqinlar tufayli torayishiga hattoki, gazni iste'molchilarga uzatilishining to'xtab qolishiga sabab bo'ladi.

Shunga ko'ra qayta ishlashga yoki, iste'molchiga uzatilayotgan gaz soha standart talablariga muvofiq, kelgusi qayta ishlash texnologiyasiga ko'ra quritilish talab etiladi.

Gidrat hosil bo'lishi gazning tarkibiga va termodinamik sharoitga (bosim va haroratga) bog'liq. Shuningdek, gidrat hosil bo'lishi suv tarkibidagi tuzlar miqdoriga ham bog'liq. Tuz miqdori ortishi bilan gidrat hosil bo'lishi harorati pasayadi. Gidrat muz yoki zichlashgan qor shaklida bo'ladi. Gidratlar quvurning o'tkazuvchanlik qobiliyatini pasaytiradi, kompressorga ortiqcha yuklama tushiradi, quvurlar, jihozlarning korroziyasiga sabab bo'ladi.

Sanoatda gaz ta'minoti tizimida bunday salbiy oqibatlarni bartaraflash maqsadida gazlar talab darajasiga qadar quritiladi. Quritish chuqurligi soha standart talablariga va kelgusi qayta ishlash texnologiyasiga ko'ra aniqlanadi.

Sanoatda gaz va siqilgan uglevodorodlarning quritishning keng tarqalgan quyidagi usullari mavjud:

- suyuq yutuvchilar - glikollar (mono, di, tri etilen glikollar)

- qattiq yutuvchilar - (aktivlangan alyuminiy oksidi, silikagel, boksitlar) sintetik seolitlar va boshqalar.

Tabiiy gazlarni quritish usullari sifatida kondensatsion quritish, absorbsion quritish, glikol purkab quritish va adsorbsion quritish usullarini sanab o'tish mumkin.

Gazlarning qurtish jarayonining asosiy ko'rsatkichi gazlardagi namlik miqdori orqali ifodalanadi.

Quritish - gazdan bug'simon namlikni ajratish jarayoni sanalib, gazdagi qoldiq namlik miqdori quritilgan gazning shudring nuqtasi orqali ifodalanadi.

Shudring nuqtasi - berilgan bosim va tarkibli gazda birinchi namlik tomchisi kondensatsiyalanishidan yuqoriroq harorati bo'lib, nam va quritilgan gaz shudring nuqtalari farqi - shudring nuqtasining depressiyasi sanaladi. Shunga ko'ra quritish usullari quyidagicha tasniflanadi:

1. Absorbsiya usuli - gazlarni glikolli quritish usuli;

2. Adsorbsiya usuli - gazlarni seolit, silikagel yoki, faol alyuminy oksidlari kabi adsorbentlar yordamida quritish;

3. Kondensatsiya usuli - gazlarni gidratlanishga qarshi ingibitorlar (glikol yoki metanol) purkab sovutib, separatsiyalash;

4. Membranali usul - gazlarni elastomerlar va shishasimon polimerlar yordamida quritish;

5. Kimyoviy usul - gazlarni metallarning xlorli gigroskopik tuzlari (CaCl2 va b.) yordamida quritish.

Gaz sanoatida suyuq yutuvchilar yordamida gazlarni quritish keng qo'llaniladi. Gazlarni quritish qurilmada glikollarni qo'llash ikki ko'rinishda bo'ladi: gaz oqimiga glikolni purkash va absorbsion.

Gazlarni quritish chuqurligi qo'llaniladigan absorbent turiga ham bog'liq (1-

jadval).

1-jadval. Gazlarni quritish absorbentlarining afzallik va kamchiliklari hamda

qiyosiy tavsiflari

Absorbent

Kal'siy xlor eritmasi

Litiy xlor eritmasi

Eritma: 10-30 % MEA, 60-85 % DEG, 5-10 % suv

Afzalligi

Arzon. Solishtirma sarfi

"5

kam (1 mln. m3 quritilgan gaz uchun 1,4-6,4 kg)

Suvga ko'ra yuqori yutuvchanlik qobilyati.

Korrozion faolligining pastligi. Gidrolizga nisbatan barqa-rorligi. Gaz shudring nuqtasining depressiyasi 22,237,2 0S ga yetadi.

Gazdan bir vaqtda suvni, CO2 va H2Sni ajratadi. ya'ni, bir vaqtda ham quritadi, ham tozalaydi. Aminni

Kamchiligi

Suyuq uglevodorodlar bilan emeul'siya hosil qiladi. H2S bilan kimyoviy birikma hosil qiladi. Elektrolitik korroziya. Gaz shudring nuqtasi depressiyasining kamligi (11-19,5 0S).

Yuqori tannarx. Tovar navlari tarkibida korroziyani keltirib chiqaruvchi

qo ' shimchalar mavj udligi.

Quritilgan gaz oqimining yellashi hisobiga

yo'qotilishlar TEGni

qo'llashdagiga nisbatan katta.

ko'piklanishga moyilligini kamaytiradi. Faqatgina nordon gazlarni quritish va tozalash uchun qo'llaniladi. Regeneratsiya haroratlarida korroziyalashi. Gaz shudring nuqtasi depressiyasining kamligi.

DEG (dietilenglikol) Gigroskopikligining yuqoriligi. Odatiy haroratlarda oltingugurtli birikmalar, O2 va CO2 mavjudligida ham barqarorligi. Konsentrlangan eritmalari qotirib qo'ymaydi. Quritilgan gaz oqimining yellashi hisobiga yo'qotilishlar TEGni qo'llashdagiga nisbatan katta. Yuqori konsentartsiyalarni (95 % dan yuqori) olishning murakkabligi. Gaz shudring nuqtasining depressiyasi TEGni qo ' llagandagiga nisbatan kam. Yuqori tannarx.

TEG (trietilenglikol) Gigroskopikligi yuqori. Quritila-yotgan gaz shudring nuqtasining yuqori depressiyasi (27,8-47,3 0S). Odatiy haroratlarda oltingugurtli birikmalar, O2 va CO2 mavjudligida ham barqarorligi. 99 % konsentrat-siyaga qadar regenereatsiyalashning soddaligi. Konsentrlangan eritmalari qotirib qo'ymaydi. Kapital xarajatlari katta. Yengil uglevodorodli suyuqliklar mavjud bo'lganda ko'piklanishga moyilli-gi. Ba'zan antiko ' piklantirgichlar qo ' shish zaruriyati.

MUHOKAMA

Gazlarni quritish usullaridan eng keng tarqalgan usuli bu absorbsion quritish usulidir. Absorbsion quritish jarayoniga quyidagi omillar ta'sir qiladi: harorat, bosim, absorbent sirkulyatsiyasi karraligi, regenerirlangan absorbent konsentratsiyasi, absorberning kontakt elementlari, gazdagi uglevodorodli kondensatning miqdori, gazdagi qatlam sho 'r suvining miqdori va gazdagi vodorod sul 'fidining miqdori.

Gazlarni absorbsion quritish qurilmasining ekspluatatsion ko'rsatkichlari turli omillar ta'siriga bog'liq. Bu omillar birlamchi va ikkilamchi omillarga bo'linadi.

Birlamchi omillar: bosim; harorat; gaz xomashyosining tarkibi; regenerirlangan eritmadagi quritgich konsentratsiyasi. Bu omillar gazlarning absorberdan oldingi va keyingi namligini tavsiflaydi.

Ikkilamchi omillar: absorbentning to'yinish darajasi (2-jadval); jihozni isjlatish samaradorligi; gazdagi ifloslantiruvchi qo'shimchalarning (chang, mexanik qo 'shimchalar, mineral tuzlar va sh.k.) miqdori.

Gazlarni suvga ko'ra quritish jarayonida gazning shudring nuqtasiga ta'sir etuvchi asosiy omillar: «gaz—glikol» kontakti harorati; glikol turi (DEG yoki TEG); glikol konsentratsiyasi; glikol solishtirma sarfi.

Absorbsion quritish jarayoni gazli xomashyodagi namlikni absorbentga yutilishi va absorbentni regenerirlash jarayonida namlikning qayta ajralishini ta'minlash maqsadida absorbsiya va desorbsiya jarayonlari parametrlari turlicha bo'ladi.

2-jadval. Glikollarning asosiy fizik-kimyoviy xossalari

Nomlanishi DEG TEG

Kimyoviy formulasi C4Hw03

Molekulyar og'irligi 106,12 150,18

20 0S dagi zichligi, kg/m3 1 118,4 1 125,4

Atmosfera bosimida qaynash harorati, 0S 245 287,4

20 0S dagi absolyut qovushqoqligi, MPa • s 35,7 47,8

20 0S dagi solishtirma issiqlik sig'imi, J/g • K 2,093 2,198

Atmosfera bosimida solishtirma bug'lanish issiqligi, kj/kg 348,34 414,91

Parchalanish harorati (nazariy), 0S 164,4 206,7

Muzlash harorati, 0S -8 -7,2

Absorbsiya quyi harorat, yuqori bosim (harorat - +10 dan 40- 70 °S gacha; bosim 10-14 MPa gacha; absorbent sirkulyatsiya karraligi 1000 m3 gazga 10-100 I (1 kg ajratilgan namga 10 dan 35 l gacha); regenerirlangan absorbent konsentratsiyasi 98,0-99,9 %). Desorbsiya esa yuqori harorat, quyi bosim (harorat (160- 200 °S oralig'i) glikollarning parchalanish harorati bilan chegaralangan, deyarli atmosfera bosimida, hattoki vakuum ostida).

Absorbsion quritish jarayoniga harorat ning ta'siri Jarayon qancha quyi haroratda amalga oshirilsa uning samaradorligi shuncha yaxshilanadi. +10 °S dan quyi haroratlar absorbentning qovushqoqligini sezilarli oshishiga va uni sovutish xarajatlarining o'sishiga olib keladi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2021

ISSN: 2181-1601

Haroratning yuqorigi chegarasi jarayon samaradorligining pasayishi va shudring nuqtasi depressiyasining kamayishi hamda absorbentning yuqori bug 'lanuvchanligi bilan tavsiflanadi.

Tabiiy va neft' gazlarini namsizlantirish absorbsiya yoki adsorbsiya usullari bilan bajariladi. Har bir usulning o'ziga xos afzalligi va kamchiligi bor.

Absorbsiya usulining kimyoviy va fizikaviy turlari bor. Fizikaviy absorbsiyada jarayon suv buglarining gaz fazasidagi parsial bosimining o'lchamiga tenglashguncha davom etadi.

Absorbent sifatida asosan dietilenglikol' va trietilenglikollar ishlatiladi. Jarayonning samaradorligi haroratga va absorbentning konsentrasiyasiga bog'liq.

Absorbentlar to'yingandan keyin ularning tarkibidagi suvni haydash uchun DEGni 164 °S va TEGni 206 °S gacha qizdiriladi. Bu jarayonda absorbentni tarkibida 2-3 % suv qoladi. Suvni qolgan qismini ham haydash uchun desorberda 400- 600 mm. sim.ust gacha vakuum hosil qilish kerak. Vakuum hosil qilish bir necha usul bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari suv qoldig'ini azeotrop usul bilan haydash mumkin. Buning uchun DEG ga benzol, toluol, ksilollar, geptan, izooktan va shularga o'xshash uglevodorodlardan birini berilsa, ular suv qoldig'i bilan azeotrop hosil qilib olib chiqib ketadi.

Gazni namsizlantirish qurilmasining bir necha texnologik sxemalari mavjud. Ularning orasida keng qo'llaniladigani tarelkali absorberlar yordamidagisidir. Odatda namsizlantirish +5 dan +35oS gacha haroratda va 10-12 MPa bosimda olib boriladi.

NATIJA

Gazni quritish jarayoni harorati qancha past bo'lsa, quritish shuncha samarali hisoblanadi. Biroq, haroratning qiymati +10 °Sdan pasayganda absorbentning qovushqoqligi sezilarli oshishiga va uni sovutish xarajatlarining o'sishiga sabab bo'ladi.

Suv bug'i shudring nuqtasi muvozanatining absorbent konsentratsiyasi va gazning kontakt hororati bilan bog'liqligi 1-nomogrammada tasvirlangan.

o

tu

o

'[/) rtí

CT1

£ bß tí 'vh

T3 3

ni

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

C

03 N

O

>

E

bû g

c 'S

"tsC >

20 40 60 80 100 120 140 160 180 200

(-7) (4) (15) (27) (38) (49) (60) (71) (82) (92)

Gazning kontaktlashish harorati, °F, °S

1-nomogramma. Absorbent konsentratsiyasining absorbsion quritish jarayoniga ta'siri

Nomogrammada gazning turli haroratlarida turlicha konsentratsiyali glikol bilan kontaktida suv bug'ining muvozanat haroratlari keltirilgan. Uning qiymati absorberdan chiqayotgan gazning chin shudring nuqtasidan 10 — 20oF (5-10 °S) yuqori muvozanat qiymatlarini namoyon etadi.

Qurotishda haroratning 1000 (38 °S) qiymatida va 98 %li glikolda suv bug'larining muvozanatli shudring nuqtasi 25 O (—4 °S)ni, 99 %li glikolda esa uning qiymati 10 O (—12 °S)ni tashkil etadi.

Regenerirlangan glikol konsentratsiyasining oshishi shudring nuqtani pasaytirishda sirkulyatsiyalanuvchi glikol sarfini oshirganga nisbatan yanada ko'proq ta'sir ko'rsatadi.

Regenerirlangan glikol konsentratsiyasi desorberdagi harorat, reboylerdagi puflama gazlar sarfi va desorberdagi bosim orqali belgilanadi. Aksariyat sanoat qurilmalarida glikolning konsentratsiyasi 98 — 99 % oralig'ida bo'ladi.

Jarayonning bosimi absorberning metal sig'imini, absorberga uzatiladigan quritgichning solishtirma sarfini, sirkulyatsion nasos ishlashi uchun snergiya sarfini va sh.k.ni aniqlovchi asosiy omil sanaladi. Gazning suv bo'yicha muvozanat shudring nuqtasi va bosim orasidagi bog'liqlik 2-rasmda aks ettirilgan.

40 50 60 70 80 90

Bosim, atm

2-rasm. Gazning quritish chuqurligi va bosim orasidagi bog'liqlik

Bosimning oshishi bilan namlikning kondensatsiyalanishi va glikolga yutilish ehtimolligi ortishi tufayli, bosim ortishi bilan gazdagi namlik pasayib, o'z navbatida talab etilgan shudring nuqtasiga ega gazni olish uchun quritishda eritma miqdori kamayadi.

Quritish absorberida bosim qiymatini tanlashda o'tkazuvchanlik qobilyatini ta'minlash bilan bir qatorda bosimning suvga ko'ra gazning shudring nuqtasiga ta'sirini, regeneratsiyalash bloki ko'rsatkichlarini hamda qurilmaning ekologik ko'rsatkichlari inobatga olinishi lozim.

Rasmdagi egri chiziq bosim qancha past bo'lsa, gazning shudring nuqtalari farqiga ta'siri shuncha yuqoriligini ko'rsatmoqda. Absorbsion quritish jarayoni kamchiliklari sifatida quyidagilarni sanab o'tish mumkin: gazning haroratini 40 °S atrofida saqlash zaruriyatining mavjudligi, quritishning o'rta darajasi, yutuvchining ko'piklanishga moyilligi.

XULOSA

Gidratlar hosil bo'lishiga qarshi ingibitorlar sifatida metanol va gazlarni quritishda glikollar keng qo'llaniladi. Metanol (CH3OH) - metil spirti bo'lib, gaz oqimiga kiritilganda suv bug'larini yutadi va ularni past muzlash haroratidagi suvli spirt eritmasiga o'tkazadi.

Ingibitor sifatida glikollar EG, DEGlar ham keng ishlatiladi (metanol qimmat bo'lsada) regeneratsiya qilish oson (bug'latib).

Ingibitorlar sifatida kalsiy xlor (CaC/2) eritmasi va litiy xlor ham ko'p qo'llaniladi. Gidratlar hosil bo'lishini oldini olishni yanada samarali usuli bu gazlarni quritishdir, bunda namlik miqdori keskin kamayadi.

Texnologik parametrlarning maqbul qiymatlari sifat ko'rsatkichlar (yutuvchi eritma tarkibidagi absorbent miqdori, eritmaning qovushqoqligi, gigroskopikligi va sh.k.) va quritkichning solishtirma sarfi orqali tanlanadi. Sifat ko'rsatkichlar - gazning absorberdan chiqishida shudring nuqtasini belgilovchi asosiy omil sanaladi.

Quritkich to'yinish darajasi bevosita tizimda sirkulyatsiyalanadigan eritma miqdoriga, nasoslar ishlashi hamda sirkulyatsion eritmani sovutish va qizdirish uchun energiya sarfiga bog'liq shuningdek, kommunikatsiya o'lchamlariga va ularning metal sig'imlariga ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. С.А.Гайбуллаев, Б.Ж. Турсунов, Ш.М.Тимуров. Влияние октанового показателя бензина на количественное содержание бензола // Теория и практика современной науки. 2019г. №6, ст. 164-167.

2. Турсунов Б. Ж., Гайбуллаев С. А., Жумаев К. К. Влияние технологических параметров на гликолевую осушку газа //MEDICAL SCIENCES. - 2020. - Т. 1. -№. 55. - С. 33.

3. Гайбуллаев С. А., Турсунов Б. Ж., Тимуров Ш. М. ТЕХНОЛОГИЯ GTL-ПЕРСПЕКТИВНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ ПОЛУЧЕНИЯ ТОПЛИВ С УЛУЧШЕННЫМИ ЭКОЛОГИЧЕСКИМИ СВОЙСТВАМИ //Теория и практика современной науки. - 2019. - №. 6. - С. 168-172.

4. Гайбуллаев С. А., Турсунов Б. Ж. ПИРОКОНДЕНСАТ-ВАЖНЕЙШЕЕ СЫРЬЕ ХИМИЧЕСКОГО СИНТЕЗА //Universum: технические науки. - 2020. -№. 6-2 (75).

5. Гайбуллаев С. А., Тураев М. М. Октаноповышающие компоненты бензинов и их свойств //Молодой ученый. - 2016. - №. 3. - С. 349-351.

6. Зарипов Г. Б., Гайбуллаев С. А. Выбор режима работы процесса низкотемпературной сепарации углеводородных сырьевых ресурсов //Молодой ученый. - 2016. - №. 3. - С. 98-100.

7. К. А. Джураев, А. С. Аминова, С. А. Гайбуллаев. Основные методы обезвреживания и утилизации нефтеотходов // Молодой ученый. - 2014. - № 10 (69). -С. 136-137.

S. А. С. Аминова, С. А. Гайбуллаев, К. А. Джураев. Использование нефтешламов - рациональный способ их утилизации // Молодой ученый. -2015. -№ 2 (82). -С. 124-126.

9. Urunov N. S. et al. PIROKONDENSAT TARKIBINING KIMYOVIY TAHLILI //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 32-40.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2021

ISSN: 2181-1601

10. G'aybullayev S. A. MEMBRANALI USULDA TABIIY GAZLARDAN GELIY AJRATIB OLISH //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2.

- №. 5. - С. 1594-1603.

11. Sadriddinovch S. M. et al. INFLUENCE OF THE QUANTITY OF BENZENE ON THE PERFORMANCE CHARACTERISTICS OF GASOLINE //Euro-Asia Conferences. - 2021. - Т. 4. - №. 1. - С. 188-192.

12. Gaybullayeva A. F., Sharipov M. S., Gaybullayev S. A. TABIIY GAZLARDAN GELIY OLISHNING KRIOGEN USULI //Academic research in educational sciences.

- 2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 571-579.

13. Nilufar Saydyaxyayevna Maxmudova, Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev TABIIY GAZLARNI VODOROD SUL'FIDIDAN TOZALASH USULLARINING TASNIFI // Scientific progress. 2021. №5. URL: https://cyberlemnka.ru/article/n/tabny-gazlarni-vodorod-sul-fididan-tozalash-usullarining-tasnifi (дата обращения: 28.05.2021).

14. Sharipov M. S., G'aybullayev S. A. TASHLAMA GAZLARNI NOAN'ANAVIY USULLARDA TOZALASH //Science and Education. - 2021. - Т. 2.

- №. 3.

15. Абдулазизов С. С. У., Шарипов М. С., Еайбуллаев С. А. МОЙ ФРАКЦИЯЛАРИНИНГ КИМЁВИЙ ТАРКИБИ ВА РЕОЛОГИК ХОССАЛАРИ //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3.

16. Абдусалимович Г.С. ИССЛЕДОВАНИЕ ХИМИЧЕСКОГО СОСТАВА ПИРОЛИЗНОГО ДИСТИЛЛЯТА // Электронная конференция Globe. - 2021. -С. 203-209.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.