Научная статья на тему 'QURITUVCHI ABSORBENTLARNING QIYOSIY TAHLILI'

QURITUVCHI ABSORBENTLARNING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
635
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tabiiy gazlar / gazning namligi / qurituvchi absorbentlar / suyuq quritkichlar / gazlarning shudring nuqtasi / shudring nuqtasi depressiyasi. / natural gases / gas humidity / absorbent dryers / liquid dryers / gas dew point / dew point depression.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Saidjon Abdusalimovich G’aybullayev

Maqolada tabiiy gazlarni namsizlantirish va quritish usullarining tasnifi, quritish jarayoniga ta’sir qiladigan omillar, ishlatiladigan quritkichlar turlari va tavsiflari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ANALYSIS OF DRYER ABSORBENTS

The article discusses the classification of methods for drying and dehydration of natural gases, factors affecting the drying process, the types of dryers used and their characteristics.

Текст научной работы на тему «QURITUVCHI ABSORBENTLARNING QIYOSIY TAHLILI»

QURITUVCHI ABSORBENTLARNING QIYOSIY TAHLILI

Saidjon Abdusalimovich G'aybullayev

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada tabiiy gazlarni namsizlantirish va quritish usullarining tasnifi, quritish jarayoniga ta'sir qiladigan omillar, ishlatiladigan quritkichlar turlari va tavsiflari yoritilgan.

Kalit so'zlar: tabiiy gazlar, gazning namligi, qurituvchi absorbentlar, suyuq quritkichlar, gazlarning shudring nuqtasi, shudring nuqtasi depressiyasi.

COMPARATIVE ANALYSIS OF DRYER ABSORBENTS

Saidjon Abdusalimovich Ghaybullaev

Bukhara engineering-technological institute

ABSTRACT

The article discusses the classification of methods for drying and dehydration of natural gases, factors affecting the drying process, the types of dryers used and their characteristics.

Key words: natural gases, gas humidity, absorbent dryers, liquid dryers, gas dew point, dew point depression.

KIRISH

Kelgusi qayta ishlash va maishiy maqsadlarga mo'ljallangan tabiiy gaz tarkibidagi namlikni talab darajasiga qadar kamaytirish va tovarlik xususiyatlarini yaxshilash uchun uni mexanik qo'shimchalar va nordon komponentlardan tozalash hamda quritish amalga oshiriladi.

Tabiiy gazlarni quritish usullari sifatida sovutib quritish, absorbsion quritish, glikol purkab quritish va adsorbsion quritish usullarini sanab o'tish mumkin.

Gazlarning qurtish jarayonining asosiy ko'rsatkichi gazlardagi namlik miqdori orqali ifodalanadi.

Quritish - gazdan bug'simon namlikni ajratish jarayoni. Gazdagi qoldiq namlik miqdori quritilgan gazning shudring nuqtasi orqali ifodalanadi.

Gaz sanoatida suyuq yutuvchilar yordamida gazlarni quritish keng qo'llaniladi. Gazlarni quritish qurilmada glikollarni qo'llash ikki ko'rinishda bo'ladi: gaz oqimiga glikolni purkash va absorbsion.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2021

ISSN: 2181-1601

Gazlarni quritish usullaridan eng keng tarqalgan usuli bu absorbsion quritish usulidir. Absorbsion quritish jarayoniga quyidagi omillar ta'sir qiladi: harorat, bosim, absorbent sirkulyatsiya karraligi, regenerirlangan absorbent konsentratsiyasi, absorberning kontakt elementlari, gazda uglevodorodli kondensatning miqdori, gazdagi sho 'r qatlam suvining miqdori va gazdagi vodorod sul 'fidining miqdori.

Suyuq yutuvchining muhim хоssalaridan biri, unda ajratib olinayotgan komponentning yutiluvchanligi, uning harorat va bosimga bogliqligidir. Komponent yutiluvchanligiga absorbentni sirkulyasiya qilishi uchun sarflanadigan elektr energiya miqdori, gazning desorbsiyasi uchun issiqlik sarflari tögridan-tögri proporsionaldir.

Yutuvchining selektivligi bir-biriga juda yaqin ikkita ajratilayotgan gazlar yutiluvchanliklari orasidagi nisbat bilan xarakterlanadi. Ushbu körsatkich quyidagi formula orqali hisoblanadi:

P _ 9i

bu yerda: Kgi - kamroq yutiluvchan komponent 1 ning yutiluvchanlik koeffitsienti.

Absorbsiyaga uzatilayotgan erituvchi mikdori ushbu formuladan aniqlanadi:

r - v T - _ G^yiK92

1p 1 P^n.aKgi P^n.aKgi

bu yerda: y1 - kamroq yutiluvchan komponentning gazdagi maksimal konsentratsiyasi.

Erish oqibatida absorbent bilan chiqib ketayotgan kamroq eruvchan komponentning ulushi 5 ushbu formuladan topiladi:

s= Glp ^yi-Kg2 1^1 1 yi

Gym

Kg1 ' y in Vn.a G ym

bu yerda: y1n - kamroq yutiluvchan komponentning absorber pastki qismidagi konsentratsiyasi.

Shunday qilib, agar y1 « y1n va -q ^ 1 bo'lsa, unda

1

5 = 1

1/C kattaligi yaxshi yutiluvchan komponent bilan kamroq yutiluvchan komponentning yo'qotilishi mumkin bo'lgan miqdorini ifodalaydi. Undan tashqari, ushbu kattalik ajratib olinayotgan gazning ifloslanish darajasini hisoblash hamda kamroq yutiluvchan komponentning yo'qotilishini kamaytirish uchun texnologik sxemani murakkablashtirish kerakli va maqsadga muvofiqligini baholash imkonini beradi.

Agar absorbsiya jarayoniga muvozanat qiymatidan ortiq yutuvchi uzatilayotgan bo'lsa, kamroq yutiluvchan gaz yo'qotilishi ko'payadi. Undan tashqari, gazlarni ajratish selektiv samaradorligiga gazlar absorbsiya tezliklarining har xilligi salmoqli ta'sir etadi.

Tabiiy gaz tarkibidagi namlikni ajratish uchun qo'llaniladi-gan quritgichlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

a) konsentratsiya, bosim va haroratning keng oralig'ida yuqori yutuvchanlik qobilyati;

b) bug'lanish hisobiga yo'qotishlar sezilarsiz bo'lishi uchun to'yingan bug' bosimipast bo'lishi;

c) yutilgan suvni quritgichdan sodda usullarda ajrata olish uchun qaynash harorati suvning qaynash haroratidan farq qilishi;

d) sodda usullarda aniq ajralishni ta'minlash uchun absorbentning zichligi uglevodorodli kondensatning zichligidan farq qilishi;

e) absorber, issiqlik almashtirgichlar va boshqa modda almashinish jihozlarida gaz bilan yaxshi kontaktlashish imkonini berishi uchun ekspluatatsiya sharoitida quyi qovushqoq bo'lishi;

f) gaz komponentlariga nisbatan yuqori tanlovchanlik namoyon etishi ya'ni, ular bilan pat eruvchan bo'lishi;

g) qo'llaniladigan ingibitorlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmasligi ya'ni, neytralxossaga ega bo'lishi;

h) korrozion faolligipast bo'lishi;

i) gazli aralashmalar bilan kontakt sharoitida quyi ko'piklanishi;

j) oksidlanish va termikparchalanishga qarshiyuqori turg'unlilik.

Absorbent-glikol absorberda xomashyo gaz bilan kontaktida suvga to'yinadi. Bundan tashqari glikolning tizim bo'ylab sirkulyatsiyasi davomida turli qo'shimchalar yig'ilib qoladi.

MUHOKAMA

Gazlarni qazib olish jarayonida suyuqlik tomchilari, kern zarralari, burg'ilash eritmasi qoldiqlari va shu kabi qatlamdan keluvchi boshqa qo'shimchalarning zararli oqibatlarini bartaraflash maqsadida konlarda tomchili suyuqlik va mexanik qo'shimchlardan tozalovchi kirish separatorlari qo'llaniladi.

Tomchili suyuqlik - qatlam suvi tarkibida muayyan miqdorda asosan natriy xlordan tarkib topgan erigan tuzlar saqlaydi. Bu tarkibda undan tashqari tuz tarkibida kal'siy xlor, kal'siy va natriy karbonatlari, magniy xloridi va shu kabilar uchraydi.

Kirish separatorlarida tomchili suyuqlikning gazdan to'liq ajralishiga erishib bo'lmaydi. Suyuqlikning bir qismi gazni suv bug'laridan xalos qilishda absorbent sifatida foydalaniladigan glikolga yutilib, absorberga o'tadi. Shu vaqtning o'zida glikolda og'ir uglevodorodlar, quritish qurilmasi jihozlarining korroziyalnish mahsulotlari va glikolni o'zining smolalanish hosilalari va shu kabilar yig'iladi.

Glikolda bundan tashqari kompressor moylari ham to'planadi. Qurilmalardan biriga gaz siqilganda 0,45 mg/m ga qadar compressor moyi o'tib qolgan. Shuni nazarda tutish lozimki, bu ko'rsatkich quritilgan gaz bilan yo'qotilayotgan DEG muvozanat

kattaigidan atigi 2 - 3 marta kam shuningdek, TEG yo'qotilish muvozanati qanchani tashkil deyarli shunchaga yetadi. Shu sababli ishlov berilgan gaz bilan moyning olib ketilishiga va bu omilning gazning tovarlik ko'rsatkichlari bilan ta'siriga glikolning gaz bilan yo'qotilish muvozanati singari jiddiy ahamiyat berish lozim.

H2C-CH2

\ /

o

+ H2o

+ HOCH2CH2 OH

+ H0(CH2CH20)2H +.........................

HOCH2CH2OH

H0(CH2CH20)2H

H0(CH2CH20)3H

+ HOiCHrfH^n-iH H0(CH2CH20)nH

Etilenglokol (82-86 %), dietilenglikol (12-14%), trietilenglikol (2-3%), tetraetilenglikol, pentaetilenglikol, geksaetilenglikol, va kam miqdordagi boshqa glikollar.

Unumdorligi 10 mln.m /sut bo'lgan texnologik tarmoqdan absorberga tushadigan moy miqdori 4,5 kg/sut ni tashkil etadi. Bu moyning bir qismi glikol eritmasiga yutiladi. Moyning qaynash harorati regeneratsiyalash kolonnasining tubidagi haroratdan anchayin yuqoriligi sababli, moyning asosiy qismi glikolda jamlanadi.

Sirkulyatsiyalanuvchi DEGda qo'shimchalarning mavjudligi gazlarni quritish qurilmasi ishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Chunki, qizdirish va regeneratsiyalash jarayonlarida kristallik tuzlar, mexanik qo'shimchalar, gilmoya zarralari, qum va okalin (metal sirtida hosil bo 'ladigan oksidlanish mahsulotlari), smolali mahsilotlar jihozlarning issiqlik uzatuvchi sirtlarida asfal't kabi konglomerat (lot. conglomeratus — «yig'ilgan, jamlangan, to'plangan, zichlashgan» turli jinslarning tartibsiz aralashmasi) aralashma hosil qiladi. Qizdiriladigan sirtlarda bu kabi yotqiziqlarning paydo bo'lishi issiqlik almashinishni qiyinlashtirib, energiya-xarajatining oshishiga va apparatlarning issiqlik uzatuvchi sirtlarida ularning kuyishi hisobiga shikastlanib, ishdan chiqishiga olib keladi.

Eritmada mineral tuzlarning yig'ilib qolishi korrozion faollikni oshirib, konstruksion materiallar va gazni qayta ishlash ob'yektlarining jihozlari korroziyasini kuchaytiradi.

Gazni quritish qurilmasi ekspluatatsiyasi DEGning quritish va regeneratsiyalash tizimida yoqori korrozion faolligini tasdiqlaydi - absorber va regeneratsion kolonnalar tarelka va to'sinlarda, bug'latgich quvuridagi kuyishlar va shu kabilar (eritmada mexanik qo'shimchalar va erigan tuzlar bo'lganida). Glikolda tuz va mexanik qo'shimchalarning jamlanishi ekspluatatsiya sharoitida jihozlarni erroziyalanishini namoyon etadi. Amalda aynan shu sababdan, DEGni qizdirish pechlarining halokatli to'xtashlari kuzatilgan.

Eritmada tuzlarning bo'lishi uning qovushqoqligini oshiradi. Uning yana bir salbiy oqibatlaridan biri modda almashinish jarayonini yomonlashishidir. Bundan tashqari, tizimda muvozanat o'rnatilmasligi va gaz qurimasligi mumkin.

Glikolda og'ir uglevodorodlarning yetarli miqdorda yig'ilishi qaynoq quvurlar sirtida uglevodorodlarning bir qismi cho'kib emul'siya ko'rinishida va plyonka paydo bo'lib, ikki fazali tizim hosil qildi. Bu jarayon devorlarning kokslanishini va natijada quvurlarning sirti notekis bo'lib qoladi. Quyi joylarida esa yuqori harorat ta'sirida parchalanadigan glikol va uglevodorodlar yig'iladi. Vujudga kelgan kislota korroziyani kuchaytirib, jihoz materialini buzilishiga olib keladi. Korroziya mahsulotlari glikolda to'planib, yuqoridagi muammolarni yanada chuqurlashtiradi.

Yanada jiddiyroq asoratni og'ir uglevodorodlarning parchalanishidan hosil bo'lgan ugleroq keltirib chiqaradi. U qaynoq quvurlarda juda tez yig'ilib, unng sirtida plyonka paydo qiliadi. Plyonka qalinligi ortishi bilan devor harorati o'sadi. Bu esa quvurlarda har zamonda yoriqlar hosil qiladi.

Glikol va og'ir uglevodorodlarning parchalanish mahsulotlaridan hosil bo'lgan shlam tarelka va issiqlik almashtirgichlarni bitishiga olib keladi. Bundan tashqari eritmada shlamning bo'lishi nasos, armatura detallarining va rostlagichlarning erroziyalanishi keltirib chiqaradi. Shuningdek, fil'trlash elementlarini tez-tez almashtirishni talab etadi.

Bu muammoning jiddiyligini inobatga olib, ba'zida hattoki tavsiyaga ko'ra tarkibida 0,5 % (mass.) dan ko'p uglevodorod saqlagan glikolni tizimda chiqarish va uni tozalash amalga oshiriladi.

Mexanik qo'shimchalar absorberga o'tib, uning kontakt elementlarini ishdan chiqaradi. Natijada fazalar orasida modda almashinish yomonlashib, jarayon samaradorligi pasayadi. Shuningdek qurilmada bosim pasayishi ortadi.

Mexanik qo'shimchalar kontakt qurilmalarni kesim bo'ylab urinishi gaz tezligining oshishiga va shu bilan eritma ko'piklanib, glikolning tomchi ko'rinishida olib ketilishini keltirib chiqaradi. Mutaxassislar bergan ma'lumotlarga ko'ra fil'trlarning ifloslanishida bu yo'qotilishlar 100 g/1000 m gacha yetadi.

Shu bois eritmalarni namdan regeneratsiyalash va ularni mineral tuzlar, mexanik qo'shimchalar, korroziya mahsulotlari va shu kabi boshqa turli qo'shimchalardan tozalash masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Gaz quritishdan maqsad uning tarkibidagi suv buglarini ajratib olib hamda suvga nisbatan "shudring hosil bolish nuqtasi" judayam kichik bolishini taminlashni yani gazni transpartirovka qilish yoki qayta ishlash sistemalaridagiga nisbatan ham pastroq qilishga erishishdir. Sanoatda gazni quritishning quyidagi usullari joriy qilingan: namlikni gigroskopik suyuqliklar bilan absorbsiyalash, namlikni aktivlashtirilgan qattiq qurituvchilar bilan adsorbsiyalash, gaz namligini siqish yoki sovutish evaziga kondensatsiyalab quritish usullari mavjuddir.

Absobsion usulda gazni quritish juda keng kolamda gazni qayta ishlash zavodlari va magistral quvurlar bosh inshootlarida qollaniladi. Qurituvchi absorbent sifatida mono, di- va trietilenglikollarning konsentrlangan suvli eritmalari ishlatiladi.

Quyida turli xildagi glikolli qurituvchilarning afzallik va kamchiliklari keltirilgan.

DEG ning afzalliklari

Yuqori gigroskopligi, oltingugurtli birikmalarga nisbatan yaxshi barqarorligi, oddiy haroratlarda kislorod va CO2 ga nisbatan turgunligi.

Konsentrlangan eritmalarining absorbsiya sharoitida qotmasligi uning afzalligidir.

DEG ning kamchiliklari

TEGga nisbatan gaz bilan chiqib ketishi ya^ni shuni hisobidan yoqotilish ancha yuqoridir. Regeneratsiyalash vaqtida DEG eritmasini 95%dan yuqori bolgan konsentratsiyasini olishning qiyinligi, shudring hosil bolish nuqtasining depressiyasi TEGga nisbatan kichikligidir. Narxi ham ularga nisbatan baland.

TEG ning afzalliklari

Yuqori gigroskoplikka ega. Quritiladigan gazni shudring nuqtasining yuqori darajadagi depressiyasini ta^minlaydi (27,8-47,3 0S). Oltingugurtli birikmalarga nisbatan barqarorligining yaxshiligi, oddiy haroratlarda kislorod va CO2 ga nisbatan turgunligi. Regeneratsiyalash vaqtida 99%li faol konsentratsiyasini qiyinchiliklarsiz oson olinishi, konsentrlangan eritmalari qotmasligi uning asosiy afzalligidir.

TEG ning kamchiliklari

Ishlatishda kapital xarajatlarning kattaligi. TEG eritmasi yengil suyuq uglevodorodlar bilan kopik hosil qilishga moyilligining yuqoriligi. Uglevodorodlarning erishi DEGga nisbatan TEGda yuqoriligi.

10-30% li MEA eritmasi, 60-85%li DEG, 5-10% suvli aralashmaning afzalliklari

Absorbent gaz tarkibidan suvni ajratishi bilan birga CO2 va H2Sni ham ajratib bir vaqtning ozida gazni ham quritadi, ham tozlaydi.

Kamchiliklari

Gaz bilan birga absorbentning ketib qolishi TEGga nisbatan ancha yuqori. Faqat nordon gazlardan tozalash va quritish uchun ishlatiladi. Adsorbentni regeneratsiyalash haroratida u metallar korroziyasini keltirib chiqarib, gazning shudring nuqtasi quyi depressiyasini ta^minlab beradi.

Gazlarni bu absorbentlar bilan quritish gaz va absorbentdagi suv buglarining parsial bosimlarining farqiga asoslangan. Gazni namlikka nisbatan "shudring nuqtasi -glikol eritmasi - kontakt harorati" bogliqligi 1- va 2-rasmlardagi grafiklarda keltirilgan. Sanoat qurilmalarida gazni muvozanat shudring hosil bolish nuqtasigacha quritishni imkoni yoq, chunki gaz faqat absorberni birinchi yuqorisidagi tarelkasida hisoblangan konsentratsiyali glikol bilan kontaktlashadi, qolgan talelkalarda esa glikolni suvli

eritmasida suvning miqdori köpayib boradi va shuning evaziga absopbent suvga töyinadi.

Shuning uchun texnologik qurilmalarda quritilgan gazning chin shudring nuqtasi muvozanat holatiga nisbatan 5-11 °S yuqori böladi.

1-rasm. DEGning suvli eritmasida gazning namlik bo'yicha shudring nuqtasi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2-rasm. TEGning suvli eritmasida gazning namlik bo'yicha shudring nuqtasi Shunday qilib gazni glikollar yordamida quritishni shudring nuqtasi 25 - 30 °S kam bölmagan holatda olib boriladi. Yanada chuqquroq quritishda glikolni yuqori konsentratsiyali eritmasini qöllash talab etiladi. Bu öz navbatida bir necha qiynchiliklar

bilan bogliq hisoblanadi (yuqori konsentratsiyali glikol qollanganda uni quritilgan gaz bilan chiqib ketishi hisobiga yoqotilishi kuzatiladi). Gazni quritish qurilmalarida regeneratsiyalangan yuqori konsentratsiyali glikollarni olish uchun uni inert gaz ishtirokida olib borish kerak boladi. Keyingi yillarda yuqori konsentratsiyali glikollar yordamida gazlarni quritish ishlari amalga oshirilmoqda.

Umumiy holda qurituvchi absorbentlar yordamida gaz tarkibidan olinishi mumkin bolgan namlik qurituvchilarning gigroskopik xususiyatlari bilan, harorat va bosim, gaz va absorbentni konaktlashuvining effektivligi, sirkulyasilanuvchi sistemada qurituvchining massasi va qovushqoqligi bilan tavsiflanadi.

Dietilenglikol (DEG) va trietilenglikol (TEG)lar suyuq erituvchilar sifatida tabiiy gazni quritish sanoatida keng kolamda ishlatilib, u rangsiz (kimyoviy jixatdan toza) yoki ochiq-jigarang korinishdagi (texnik) suyuqlik bolib hisoblanadi.

Sanoatda toza sof holdagi glikollar bilan emas balki, uning suvli eritmalari bilan ish koriladi. Quritish jarayoniga quyidagi korsatgichlar birinchi darajali ahamiyatga ega:

1). Glikollarni turli konsentratsiyali eritmalarining absorbsiya jarayonining turli xildagi haroratlaridagi quritish qobilyati;

2). Turli xil konsentratsiyali glikollar eritmasining turli xil haroratlardagi zichligi;

3). Glikollarni suvli eritmalarini qaynash harorati;

4). Har xil konsentratsiyali glikol eritmalarini qotish harorati.

Egri chiziqdagi sonlar-glikol konsentratsiyasining og'irligi, %.

3 - a va b rasmlarda quritilgan gazning shudring nuqtasi bilan DEG va TEG eritmasining turli konsentratsiyalariga hamda kontakt vaqtidagi haroratga bogliqlik grafigi tasvirlangan. Grafiklardan korinadiki masalan, konsenratsiyasi 95 % li DEG eritmasi 20 °S haroratga ega bolgan gaz bilan kontaktlashganda shudring nuqtasini haroratini —5 °S tushirsa, 98 % li DEG esa aynan shu haroratda shudring nuqtasini —13 °S gacha tushiradi. Glikolni konsentratsiyasi qancha yuqori bolsa quritish darajasi ham shunchalik yuqori boladi. Yani quritilgan gazning shudring nuqtasi shunchalik past boladi.

3-rasm. Glikol eritmasi konsentratsiyasi va kontakt vaqtidagi haroratga nisbatan quritilgan gazning o'sish nuqtasi orasidagi bog'liqlik grafigi

DEG va TEG larni qaynash harorati va qurituvchanlik qobilyati deyarli bir xil. Biroq TEG ni xususiyati yuqoriroq, chunki u 206 0S dan boshlab parchalana boshlaydi. Shu xususiyatidan foydalanib uni regeneratsiya qilishni vakuumsiz ham amalga oshirsa boladi.

XULOSA

Gazni quritish usulini tanlash xom-ashyoning tarkibiga bogliq. Ozchil gazlarni quritish uchun absorbsion va adsorbsion usullardan foydalaniladi. Agar gaz tarkibida qoshimcha kondensat mavjud bolsa gazni qayta ishlash past haroratli jarayonlardan foydalaniladi. Bu holatda gazni sovutish bosqichida suv buglarining kondensatsiyalanishi gazni muvozanat holatda namlik sigimi kamayishi hisobiga amalga oshadi. Avvalambor qarama-qarshi oqimli absorbsion jarayonlar tarkibida ogir uglevodorodlar bolmagan gazlarni quritish uchun qollaniladi. Bundan tashqari qarama-qarshi oqimli absorbsion jarayonlar nordon gazlarni ham quritish uchun ishlatiladi.

Togri oqimli absorbsion jarayonlar asosan neft qazib chiqarish konlarida qollaniladi. Gazni quritish gorizontal absorberda amalga oshiriladi. Rossiyadagi konlar (Tyumen viloyati, Tomskneft', Bashneft', Dogneft', va h.zo. larda) gazlarini quritishda sobiq GDR davlatida ishlab chiqarilgan qurilmalar ishlatiladi. Bunday qurilmalarning quvvati katta bolmay sutkasiga 0,5 dan 2,5 mln m3/sutkani tashkil etadi. Absorbsion jarayonlar nafaqat yengil uglevodorodli gazlarni naqliyo qilish uchun balki gazni chuqur quritib past haroratli jarayonlarga yuborishdan oldinroq geliy gazini ajratib olish uchun ham qollaniladi.

Gazni quritish qurilmasini loyihalash gazning suvga ko'ra talab etiladigan shudring nuqtasini aniqlash, dastlabki va to'yingan konsentratsiyali qurituvchilarni qabul qilish, quritish blogi uchun va regeneratsiyalash uchun kerakli jihozlarni tanlab olish va shu kabilarni o'z ichiga oladi.

REFERENCES

1. С.А.Гайбуллаeв, Б.Ж. Турсушв, ^^M.^MypoB. Влиянда oKTaHoBoro пoкaзaтeля бeнзинa на кoличeствeннoe сoдepжaниe бeнзoлa // Teop^ и практика сoвpeмeннoй нayки. 2019г. №6, ст. 164-167.

2. Турсушв Б. Ж., Гaйбyллaeв С. А., Жyмaeв К. К. Влияниe тeхнoлoгичeских napaMeTpoB Ha гликoлeвyю oсyшкy ra3a //MEDICAL SCIENCES. - 2020. - Т. 1. -№. 55. - С. 33.

3. Гaйбyллaeв С. А., Турсушв Б. Ж., ^MypoB Ш. М. ТЕХНОЛОГИЯ GTL-ПЕРСПЕКТИВНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ ПОЛУЧЕНИЯ ТОПЛИВ С УЛУЧШЕННЫМИ ЭКОЛОГИЧЕСКИМИ СВОЙСТВАМИ /А^рия и npa^raKa сoвpeмeннoй нayки. - 2019. - №. 6. - С. 168-172.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2021

ISSN: 2181-1601

4. Гайбуллаев С. А., Турсунов Б. Ж. ПИРОКОНДЕНСАТ-ВАЖНЕЙШЕЕ СЫРЬЕ ХИМИЧЕСКОГО СИНТЕЗА //Universum: технические науки. - 2020. - №. 6-2 (75).

5. Гайбуллаев С. А., Тураев М. М. Октаноповышающие компоненты бензинов и их свойств //Молодой ученый. - 2016. - №. 3. - С. 349-351.

6. Зарипов Г. Б., Гайбуллаев С. А. Выбор режима работы процесса низкотемпературной сепарации углеводородных сырьевых ресурсов //Молодой ученый. - 2016. - №. 3. - С. 98-100.

7. К. А. Джураев, А. С. Аминова, С. А. Гайбуллаев. Основные методы обезвреживания и утилизации нефтеотходов // Молодой ученый. - 2014. - № 10 (69). -С. 136-137.

8. А. С. Аминова, С. А. Гайбуллаев, К. А. Джураев. Использование нефтешламов

- рациональный способ их утилизации // Молодой ученый. -2015. -№ 2 (82). -С. 124-126.

9. Urunov N. S. et al. PIROKONDENSAT TARKIBINING KIMYOVIY TAHLILI //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 32-40.

10.G'aybullayev S. A. MEMBRANALI USULDA TABIIY GAZLARDAN GELIY AJRATIB OLISH //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 5.

- С. 1594-1603.

11.Sadriddinovch S. M. et al. INFLUENCE OF THE QUANTITY OF BENZENE ON THE PERFORMANCE CHARACTERISTICS OF GASOLINE //Euro-Asia Conferences. - 2021. - Т. 4. - №. 1. - С. 188-192.

12.Gaybullayeva A. F., Sharipov M. S., Gaybullayev S. A. TABIIY GAZLARDAN GELIY OLISHNING KRIOGEN USULI //Academic research in educational sciences.

- 2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 571-579.

13.Nilufar Saydyaxyayevna Maxmudova, Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev TABIIY GAZLARNI VODOROD SUL'FIDIDAN TOZALASH USULLARINING TASNIFI // Scientific progress. 2021. №5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/tabiiy-gazlarni-vodorod-sul-fididan-tozalash-usullarining-tasnifi (дата обращения: 28.05.2021).

14. Sharipov M. S., G'aybullayev S. A. TASHLAMA GAZLARNI NOAN'ANAVIY USULLARDA TOZALASH //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3.

15.Абдулазизов С. С. У., Шарипов М. С., Гайбуллаев С. А. МОЙ ФРАКЦИЯЛАРИНИНГ КИМЁВИЙ ТАРКИБИ ВА РЕОЛОГИК ХОССАЛАРИ //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3.

16. Абдусалимович Г.С. ИССЛЕДОВАНИЕ ХИМИЧЕСКОГО СОСТАВА ПИРОЛИЗНОГО ДИСТИЛЛЯТА // Электронная конференция Globe. - 2021. -С. 203-209.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.