Scientific Journal Impact Factor
TA'LIMIY LUG'AT YARATISH TAMOYILLARI
Tursunov Jahongir
TerDU Lingvistika: o'zbek tili 2- bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Leksikografiya lug'at tuzishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, lug'at tuzish yo'llarini o'rganib, uni yaratish usullarini ishlash, davr taraqqiyoti talablarini qoniqtira oladigan lug'atlar tilini asoslab berish kabi masalalar bilan shug'ullanadi. Leksikografiya amaliyoti o 'ziga xos tashkiliy ishlarni uyushtirish, har bir tilning so Z boyligini aniqlash, shu tildagi so 'zlarni kartotekaga yozib, tartibga solish, ana shu kartotekalar asosida kerakli lug'atlar tuzishni o 'z oldiga qo 'yadi.
Kalit so zlar: Talimiy lug^atlar, leksikografiya, oZbek va jahon lug^atchiligi, ona tilini o^qitishda talimiy lug^atlarning ahamiyati, talimiy lug^atlar yaratish tamoyillari.
Lexicography deals with the development of the scientific basis of dictionary compilation, the study of ways of compiling a dictionary, the development of methods for its creation, the substantiation of the language of dictionaries that can meet the requirements of modern development. The practice of lexicography involves organizing specific work, determining the vocabulary of each language, writing and arranging the words in the language in a card index, and compiling the necessary dictionaries on the basis of these files.
Keywords: Educational dictionaries, lexicography, Uzbek and world lexicography, the importance of educational dictionaries in teaching the native language, the principles of creating educational dictionaries.
Лексикография занимается разработкой научных основ словарного дела, изучением способов составления словаря, разработкой методов его создания, обоснованием языка словарей, способных отвечать требованиям современного развития. Практика лексикографии предполагает организацию конкретной работы, определение лексики каждого языка, запись и расположение слов языка в картотеке и составление на основе этих файлов необходимых словарей.
Ключевые слова: Учебные словари, лексикография, узбекская и мировая лексикография, значение учебных словарей в обучении родному языку, принципы создания учебных словарей.
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
Scientific Journal Impact Factor
KIRISH
Keyingi yillarda jahon tilshunosligida leksikografiyaning o'quv lug'atchiligi tarmog'i eng rivojlangan sohaga aylandi. Birgina rus tilshunosligida 2005-2010 yillar oralig'ida Vvedenskaya Lyudmila Alekseyevna muallifligida "Slovari russkogo yazika dlya Shkolnikov" seriyasi ostida yigirmadan ortiq zamonaviy rangli, bezakli, mavzuviy o'quv lug'atlarining yaratilishi va qayta-qayta nashr qilinishi, ularning elektron variantlarining taqdim qilinishi fikrimizga dalil bo'la oladi. Bugungi kunda nafaqat ona tili ta'limi, balki ta'limning barcha tarmoqlarida lug'atlarga bo'lgan ehtiyoj oshib bormoqda. Maktab lug'atlarini yaratish tamoyillarini ishlab chiqish va ularni yaratish ona tili ta'limining dolzarb masalalaridan biriga aylandi. 2006-2009 yillar oralig'ida "Yangi asr avlodi" nashriyoti tomonidan yigirmaga yaqin mavzuviy o'quv lug'atlari sinov tariqasida nashr etildi. Ba'zilarining ehtiyoj tufayli qayta nashr qilinishi ham yuqoridagi fikrni isbotlaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Mengliyev B.M. Bahriddinova B.M. "O'zbek tilining so'z tarkibi o'quv lug'ati" 2007-2009.; O.Shukurov, B.Boymatova "O'zbek tilining ma'nodosh so'zlar o'quv lug'ati" 2007-2009.; Mengliyev B.M. Bahriddinova B.M., Xoliyorov O'. "O'zbek tilining so'z yasalishi o'quv lug'ati" 2008.; To'rayeva U., Shodmonova D. "O'zbek tilining zid ma'noli so'zlar o'quv lug'ati" 2007-2009.; Islomov I. Bobojonov Sh. "O'zbek tilining so'zlar darajalanishi o'quv lug'ati" 2007-2009.; Xamrayeva Y. "O'zbek tilining o'zlashma so'zlar o'quv lug'ati" 2007-2009.; Mengliyev B. Xudoyberdiyeva M. "O'zbek tili iboralari o'quv lug'ati" 2007-2009.; Nafasov T. Nafasova V. "O'zbek tilining o'quv toponimik lug'ati" 2007.; X.Suvonova G.Turdiyeva "O'zbek tilining shakldosh so'zlar o'quv lug'ati" 2007-2009.; X.Norxo'jayeva "O'zbek tilining eskirgan so'zlar o'quv lug'ati" 2006.; Nafasov T. Nafasova V. "O'zbek tilining talaffuzdosh so'zlar o'quv lug'ati" 2008 shular jumlasidandir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Maktab ona tili darsliklarida o'quvchilarni tilimizning moddiy boyligi so'zlarning tarkibini tahlil etishga o'rgatish muhim masalalardan biridir. Har bir o'zbek maktabi o'quvchisi o'z ona tilisidagi so'zlarni ma'noli bo'laklarga to'g'ri ajrata bilishi, o'zak va qo'shimchalarning birikish qonuniyatlari, tub, yasama, tublashgan, soddalashgan, tublashayotgan so'zlar haqida zaruriy ma'lumotlarga ega bo'lishi lozim.
Scientific Journal Impact Factor
So'z asosi o'zak lisoniy sathda leksemaga teng kelib, uning lug'aviy ma'nosi, o'z yoki ko'chma ma'noda ekanligi, shakldoshlari, ma'nodoshlari, talaffuzdoshlari, o'z yoki o'zlashma qatlamga mansubligi, tarixiy yoki zamonaviyligini aniqlash o'quvchining so'z tarkibi tahlilida leksikologiyadan; o'zak va qo'shimcha qo'shiluvida yuz beradigan har xil fonetik jarayonlar fonetika, fonologiya, orfografiya, morfonologiyadan; qo'shimchalarning vazifasi, tuzilishi, shakldoshlari, ma'nodoshlarini aniqlash so'z yasalishi, morfemika, morfologiyadan zaruriy bilimlarga ega bo'lishini talab etadi. Demak, o'zbek tilida so'z tarkibi, so'zning ma'noli qismlari deganda o'zak va qo'shimcha tushuniladi. Ammo morfema terminini, aytilganidek, so'zning barcha ma'noli qismlariga nisbatan qo'llashga o'zbek tilining milliy tabiati to'sqinlik qiladi, shuning uchun tilimizda faqat qo'shimchaga nisbatan morfema terminini qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Nutqimizda rus, arab, fors, shuningdek, yevropa tillaridan o'zlashgan so'zlar nihoyatda ko'p bo'lib, ularning ayrimlari o'zbek tilida ma'noli qismlarga ajralish imkoniyatiga ega bo'lsa (shaxs-iy-at, ma'mur-iyat, ma'naviy-at, fikr-an, shakl-an), aksariyati flektiv tabiatini to'la saqlagan (siyosat, falsafiy, artillerist, kooperativ, mifologiya, modifikatsiya, mexanizm, mexanik, mexanist, mexanizatsiya).
O'zlashma so'zlarni tarkibini ajratish biroz munozarali. Chunki, aslida yasama holicha kirib kelgan o'zlashma so'zlar tub so'z sifatida qabul qilinishi, tarkibidan morfema ajratilmasligi lozim. Ammo ularning ayrimlari tilimizda shunchalik keng qo'llanadiki, maktab o'quvchilari ularni o'z yoki o'zlashma ekanligini ilg'ay olmaydilar. Shu bois o'zlashma so'zlarning o'zak va qo'shimchalarini ajratish imkoni borlari, o'zbekcha affiks olib yasalganlari lug'atda ma'noli qismlarga ajratilib berilgan: medal-li, ma'mur-iy-at-chi-lik, ma'lum-ot, maskirovka-siz, ideal-lashtirish, aspirant-lik, adab-iy-ot, jism-an, moliya-viy, madaniy-at, mas'ul-iyat.
Tillarni kuzatishdan ma'lumki, morfologik ko'rsatkichlar yo mustaqil ma'noli leksemalardan, yoki har xil qo'shimchalarning o'zaro birikib yangi qo'shimcha hosil qilish usulidan shakllanadi. Ko'pgina so'zlar qo'shilib ketishi natijasida ikkinchi qism morfemaga aylanib ketishi mumkin: gapir (gap ur), tupir (tuf ur), supur (suv ur), berkit (berk et), to'lat (to'la et), bo'shat (bo'sh et), yo'qot (yo'q et), yo'qol (yo'q o'l), aytoladi (ayta oladi), ketaver (keta ber), ketvormoq (ketib yubormoq), boryapti (borib yotibdi).
So'z tarkibi lug'ati o'rni bilan imlo lug'ati vazifasini ham o'tay oladi. Chunki so'zlarning tarkibiy tuzilishi haqida qat'iy bilimga ega bo'lish, o'zakka turli vazifadagi morfemalar qo'shilishi natijasida yuz beradigan fonetik o'zgarishlarni
Scientific Journal Impact Factor
anglab olish, shubhasiz, yozuvdagi har xilliklarni bir shaklga keltirishga yordam beradi.
O'zakni ajrata bilish, so'z tarkibidagi tovush o'zgarishlarini fahmlash so'zni to'g'ri yozishga imkon beradi. Shu sababli so'z tarkibi o'quv lug'atida ayrim so'zlarning etimologiyasi, ya'ni kelib shiqishiga ishora qilib ketish lozim: anglashilmovchilik (ong-la-sh-il-ma-vchilik), sanoqsiz (son-a-q-siz), atoqli (ot-a-q-li) kabi. Bugungi kunda soddalashish, tublashish, yaxlitlashish kasb etgan va bu jarayonni boshidan kechirayotgan o'zbecha so'zlar tarkibi tahlil qilinmaydi, ular bir o'zakka teng keladi: qizg'ish, qishloq, kungay, kunduzi, kurtak, yo'rg'a, yiring, qopqoq. Tarkibida egalik, kelishik shakllari yaxlitlangan ayrim ravishlar, modal so'zlar ham ma'noli qismlarga ajralmaganligi bois tarkibi tahlil etilmaydii: kunda, birga, birdan, yaqinda, kechasi, kunduzi,to'satdan, zimdan, qo'qqisdan, haqiqatdan, chamasi, aftidan, afsuski. Har bir so'zning ma'noli bo'laklarga ajratilishi undagi qismlarning hozirgi o'zbek adabiy tilida o'zaro munosabatga kirisha olish xususiyatiga asoslanadi. So'zning tarkibini ajratishda, avvalo o'zak ajratilib, uning lug'aviy ma'nosi aniqlanadi. O'zakka qaysi qo'shimcha turi qo'shilmasin, u har doim o'zakdagi ma'no bilan aloqador bo'ladi va yangi so'z yasalganda ham o'zakning ma'nosi saqlanib qoladi. Masalan, suvoqchilik so'zining tarkibi suva+q+chi+lik. Ushbu kasb-hunar bilan bog'liq soha otining o'zakdagi suvash harakati bilan aloqasi uzilmagan.
Yuqorida aytilganidek, qo'shimchalar serqirra mohiyat bo'lib, turli belgilariga ko'ra turli guruhlarga mansub bo'ladi. So'z tarkibi tahlilida ular quyidagi shartli belgilar bilan ko'rsatiladi:
- o'zak;
- so'z yasovchi ko'shimcha;
- lug'aviy shakl hosil qiluvchi (shakl yasovchi) qo'shimcha;
A- sintaktik shakl hosil qiluvchi (so'z o'zgartiruvchi) qo'shimcha; 0- murakkab qo'shimcha;
shakldosh (omonim) qo'shimcha; *- ma'nodosh (sinonim) qo'shimcha; #- zid ma'noli (antonim) qo'shimcha; H- talaffuzdosh (paronim) qo'shimcha;
Leksikografiya lug'at tuzishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, lug'at tuzish yo'llarini o'rganib, uni yaratish usullarini ishlash, davr taraqqiyoti talablarini qoniqtira oladigan lug'atlar tilini asoslab berish kabi masalalar bilan shug'ullanadi. Leksikografiya amaliyoti o'ziga xos tashkiliy ishlarni uyushtirish, har bir tilning so'z
Scientific Journal Impact Factor
boyligini aniqlash, shu tildagi so'zlarni kartotekaga yozib, tartibga solish, ana shu kartotekalar asosida kerakli lug'atlar tuzishni o'z oldiga qo'yadi.
Shuni aytib o'tish kerakki, kishilarning yodda tutib qolish qobiliyati naqadar kuchli bo'lmasin, tildagi barcha so'zlarni, ularning xilma-xil ma'nolarini esda saqlash mumkin emas. Shuning uchun ham kishilarning madaniy hayotida turli xildagi lug'atlarning ahamiyati juda kattadir.
Kishilarning ana shunday madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun (turli xildagi lug'atlar tuzilgan va tuzilmoqda. Hozirgi kunda ikki tillik, ko'p tillik tarjima lug'atlari, izohli lug'atlar, terminologik lug'at, tarixiy lug'at, etimologik lug'at, chet tillardan o'tgan so'zlar lug'ati, dialektologik lug'at, frazeologik lug'at, ideomatik kabi lug'atlar kishilarning madaniy ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmoqda. Lekin bunday lug'atlarning xilma-xilligi va turli maqsadlarda tuzilganligi foydalanish jarayonini qiyinlashtiradi. Shuning uchun keyingi paytda jahonda universal lug'at tuzishning turli ko'rinishlari paydo bo'lmoqda. Buni axborot texnologiyalarining rivoji, kitobiy lug'atlarga qaraganda elektron lug'atlarning imkoniyati ko'proq ekanligi va bunday lug'atlar uchun lingvistik ta'minot ehtiyoji bilan izohlash mumkin.
Jahonda universal lug'at tuzish uchun bir qancha kopsepsiyalar mavjud. Lug'at tuzuvchilar "Universal lug'at" atamasini ham har xilda tushunishadi. Masalan, rus tilida maktab o'quvchilari uchun yaratilgan universal lug'atda bir necha lug'atlarlarning jamlanmasi tushinilgan. Unda boshlang'ich maktab o'quvchilari uchun beshta lug'at turlari jamlanib nashr etilgan: orfografik izohli lug'at, frazeolagizmlar lug'ati, inglizcha va ruscha lug'at hamda sinonim, antonim va omonimlar lug'ati. Lug'atning har bir qismi maktab dasturlari asosida ishlab chiqilgani ta'kidlangan. Lekin beshta lug'at deb kiritilgan bo'lsa-da, har bir qismda ikki-uch lug'at turlarini birlashtirilgani ham ko'ramiz. Masalan, orfografik va izohli lug'at bir qismda, sinonim, antonim va omonimlar bitta qismda jamlanganini ko'ramiz. Lug'at illyustratsiyalar bilan boyitilgan. Jami 576 sahifadan iborat. Yana bir maktab o'quvchilari uchun rus tilida 2009- yilda nashr etilgan universal lug'at ma'lumotnoma (spravochnik) ko'rinishida tuzilgan. Unda ham yuqoridagi kabi bir necha lug'atlar jamlanib qo'yilgan, xolos: orfografik, izohli, frazeologik, etimologik, so'z yasalishi, sinonim, antonim va omonimlar lug'ati. Lug'at annotatsiyasida lug'at noodatiy ko'rinishda ekanligi, lekin ko'p aspektli juda samarali o'quv vositasi ekanligi ta'kidlangan. Lug'at 752 sahifani tashkil etadi. Bulardan tashqari ham ko'plab maktab o'quvchilari uchun universal lug'atlar tuzilgan. Yuqoridagi kabi ko'rinishdagi universal lug'atlar faqat maktab o'quvchilari uchun tuzilmay, balki
Scientific Journal Impact Factor
akademik ko'rinishda ham tuzilgan. Masalan, 4 ta katta lug'atni o'z ichiga olgan,
1648 sahifadan iborat bo'lgan universal lug'at nashr etilgan. Ayniqsa, keyingi
vaqtlarda bir qancha har xil lug'utlarni o'z ichig qamrab olgan elektron universal
lug'atlar tuzish yoki mavjud lug'atlarning umumlashtirilgan elektron ko'rinishlarini
qayta ishlab alohida dastur ko'rinishida yoki saytga qidiruv tizimi yengillashtirilgan
holda universal lug'atlar ko'payib bormoqda. Masalan, rus tilidagi bir saytda
universal elektron lug'at joylashtirilganini quyidagicha e'lon qilgan:
Saytda quyidagi lug'atlarni ko'chirib olish uchun ruxsat berilgan:
Толковый словар Ушакова. Skachat (4,5 Mb)
Толковый словар. Автор Эфремова. Skachat (З Mb)
Толковый словар Даля. Skachat (5,5 Mb) ...
Yana saytda quyidagi lug'atlarni topish mumkinligi haqida aytiladi:
1. Юридический словар.
2. Психологический словар.
3. Словар финансовых терминов.
4. Словар медитсинских терминов.
5. Архитектурный словар.
6. Словар тсерковных терминов.
7. Словар эпитетов.
8. Словар паронимов русского языка.
9. Мифологический словар.
10. Словар алкоголных напитков. 12. Русско-английский словар.
Bunday universal lug'atlarni alohida xususiyatlarini aytish qiyin. Chunki ular bir qancha lug'atlarning shunchaki bir joyga to'plab qo'yish asnosida vujudga keltirilgan. Universal lug'atlarning yuqori saviyadagi ko'rinishlaridan biri hozirgi kunda 160 ortiq tilni o'z ichiga olgan elektron ko'rinishdagi Viki ochiq lug'atidir.8 Vikilug'at jahondagi hamjihatlik bilan erkin va ko'p tillik lug'at tuzish uchun yaratilgan loyihadir. 2014- yilda uning o'zbek tilidagi versiyasi ham ishga tushdi. Uning maqsadi dunyoning barcha tillaridagi barcha so'zlarga o'zbekcha izoh berishdir. Wikipedia ochiq ensiklopediyasiga leksik hamroh sifatida yaratilgan Vikilug'at bugungi kunga kelib oddiy lug'atlardan o'zib ketdi. Unda hozir tezaurus, qofiya bo'yicha qo'llanma, iboralar kitoblari, til statistikalari va ko'plab ilovalar bor. Unda so'zning izohini berish bilan cheklanib qolmay, uni to'liq tushunish uchun yetarlicha ma'lumot berishga harakat qilinadi. Shuning uchun lug'at sahifalarida so'zning etimologiyasi, talaffuzini, sinonimlarini, antonimlarini, u ishtirok etgan
Scientific Journal Impact Factor
sodda va tarjima so'zlar berib boriladi. Vikilug'at vikidir, ya'ni siz uni bemalol tahrir qilishingiz mumkin. Undagi ma'lumotlar Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 Unported 8 www.wikipedia.org
Licenseva GNU Free Documentation License litsenziyalari bo'yicha nashr etiladi. Lug'atning takomillashishiga har qanday kishi ishtirok etishi mumkin.
Hissa qo'shishni boshlashdan avval yordam sahifalarini ko'rib chiqish mumkin. Boshqa vikilarga qaraganda o'zgacha qoidalarimiz bor. Xususan, sahifalarning tuzilishi bo'yicha qat'iy qoidalar hamda so'zlarni kiritish bo'yicha belgilangan mezonlarimiz bor. Vikilug'atga qanday hissa qo'shish mumkinligini bilmoqchi bo'lsa yangi sahifa yaratish va bor sahifalarni tahrir qilish haqida o'qish kerak bo'ladi, tajribalar qilib ko'rish yoki jamoa portaliga tashrif buyurish imkoniyati mavjud.
REFERENCES
1. Islomov I. Bobojonov SH. "O'zbek tilining so'zlar darajalanishi o'quv lug'ati" 2007-2009
2. Mengliyev B. Xudoyberdiyeva M. "O'zbek tili iboralari o'quv lug'ati" 2007-2009
3. Mengliyev B.M. Bahriddinova B.M. "O'zbek tilining so'z tarkibi o'quv lug'ati" 2007-2009
4. Mengliyev B.M. Bahriddinova B.M., Xoliyorov O'. "O'zbek tilining so'z yasalishi o'quv lug'ati" 2008
5. Mengliyev B.R. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Fonetika-fonologiya. Grafika. Imlo. Leksikologiya-semasiologiya. Leksikografiya. I qism Qarshi. 2004.
XULOSA