'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
RUS TILSHUNOSLIGIDA SINONIM SO'ZLAR OQUV LUGATLARINING
TADRIJIY RIVOJLANISHI
Mirxanova Gulandom Rustamovna sobirdjumayev84@bk.ru BuxDU
Annotatsiya: Ushbu maqola tilshunoslikning alohida tarmog'i bo’lmish o'quv lug'atchiligi sohasining rivojlanishi, xususan, sinonim so'zlar o'quv lug'atining tadrijiy rivojlanishini o'rganishga bag'ishlangan. Bunda rus tilshunosligida sinonim so'zlar o'quv lug'atining ilk yaratilgan davridan boshlab mukammal holga kelgan bosqichlari, ularning takomillashib borishi haqida so'zyuritiladi.
Kalit so'zlar: leksikografiya, leksikologiya, o'quv lug'atchiligi, sinonim so'zlar, antonim so'zlar, izohli lug'at.
PROGRESSIVE DEVELOPMENT OF SYNONYMOUS WORDS IN RUSSIAN
LINGUISTICS
Mirxanova Gulandom Rustamovna sobirdjumayev84@bk.ru BuxDU
Abstract: This article is devoted to the development of the field of educational lexicography, which is a separate branch of linguistics, in particular, the study of the gradual development of the dictionary of synonymous words. It tells about the stages of Russian linguistics, which have become perfect since the first creation of the dictionary of synonymous words and their development.
Keywords: lexicography, lexicology, educational dictionary, synonymous words, antonyms, annotated dictionary.
Tilshunoslikda sinonim so'zlar masalasi necha davrlardan buyon o'rganib kelinmoqda. Ularning umumlashmasi bo'lmish sinonimik lug'atlar fonetik va orfografik jihatdan farqlanuvchi, lekin bir-biriga o'xshash yoki ma’nosiga yaqin bo'lgan so'zlarni izohlaydi. Sinonimik lug'atlarning bunday ta’rifini biryoqlama ta’rif desak to'g'ri bo'ladi. Chunki bu ta’rif sinonim so'zlarning mohiyatini o'zida to' liq qamrab ololmaydi. Sinonim so'zlar ta’rifini keltiradigan bo'lsak, o'zbek tilining turli izohli lug'atlarida bunday so'zlarga turlicha yondashilganini ko'rish mumkin. “O'zbek tilining izohli lug'ati”(har ikkala nashr, ya’ni 1981 -yilgi 2-jildli hamda 2006-yilgi 5-jildli nashr)da sinonimlar quyidagicha izohlangan: 1981-yilda nashr
г<м
326
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
etilgan “Ozbek tilining izohli lug'ati”da sinonim so'zlarga “tovush sostavi, talaffuz jihatidan boshqa-boshqa, ammo ma’nosi bir, o'xshash yoki juda yaqin so'zlardan har biri” deb ta’rif keltirilgan bo'lsa, 2006-yilda chop etilgan “O'zbek tilining izohli lug'ati”dagi sinonimlar ta’rifi “shakli har xil, ma’nosi bir xil yoki biroz farqli bo'lgan til birliklari qatoridagi har bir til birligi” deb tavsif berilgan. Ushbu ikki lug'atlardagi sinonimiya, sinonimika, sinonimlik kabi tushunchalarga oldingi lug'atda qisqa izohlar berilgan bo'lsa, 2006-yilgi nashrda bu tushunchalar “ma’nodosh” tushunchasiga nisbatlangan holda sharh qilingan, biroq 1981-yilgi lug'atdan farqli ravishda mazkur lug'atdagi “ma’nodosh” tushunchasi izohida uning sinonimiya bilan bog'liqligi haqida gapirilmagan. Ma’nodosh so'zlar turlicha aniqlanadi. Ta’kidlash joizki, bu farqlar asosan predmetning o'ziga xos xususiyatlari, uning xilma-xilligi, har xil ma’noviy yaqinlikning mavjudligi bilan izohlanadi, shunga muvofiq sinonimlarni aniqlashga bo'lgan yondashuvda aks etadi. Umuman olganda, sinonim so'zlar lug'atlarining paydo bo'lishi rus tilshunosligida XVIII asrga borib taqaladi. 1783-yilda “Собеседник любителей российского слова” jurnalida
D.I.Fonvizinning “Опыт российского сословника” nomli maqolalari nashr etildi. Jurnalning 1-, 4-, 10-qismlarida olim sinonim so'zlarning 32 ta guruhlarini keltiradi. 1818-yilda P.F.Kalaydovich “Rus sinonimlari lug'ati tajribasi” kitobining birinchi qismida sinonimlarning 77 ta guruhini kiritgan bo'lsa, 1840-yilda “Axloqiy kompozitsiyalar muharrirlari tomonidan tuzilgan rus sinonimlari lug'ati yoki sinfiy lug'at” (A.I.Galich-psixolog, faylasuf, Sarskoye selo litseyi o'qituvchisi muharrirligida) kitobining birinchi qismi nashr etildi. Mazkur lug'at 226 ta sinonimlarni o'z ichiga oladi, unda sinonimik qatordagi so'zlarning ma’nosining sharhlanishi kelib chiqishi kabilar izohlangan. Nashriyot mazkur lug'atning 12 ta nashrini chiqarmoqchi bo'lgan, biroq bu ish amalga oshmay qolgan va lug'atlarni nashr qilish tugallanmay qolgan. 1890-yilda esa N.Abramovning uncha katta bo'lmagan hajmda “Rus sinonimlari va shunga o'xshash iboralar lug'ati” nashr etildi. Bu lug'at soddaroq bo'lsa-da, bir necha marta nashrdan chiqarildi. Bunga sabab o'sha paytlarda rus tilshunosligida sinonim so'zlar lug'ati bo'yicha qo'llanmaning yo'qligi edi.
XX asr rus tilshunosligining o'quv lug'atchiligi tarmog'ida sezilarli o'sish davri bo'ldi va bu sinonim so'zlar lug'atlarining takomillashishiga ham turtki bo'ldi.
V.D.Pavlov-Shishkin va P.A.Stefanovskiylar “Rus adabiy tili sinonimlarining o'quv lug'ati”(1930-yil) nashr etilgan bo'lsa, 1956-yilda V.N.Klyuyeva “Rus tilining qisqacha sinonim so'zlar o'quv lug'ati”ni tuzishga muvaffaq bo'ldi. O'zida 2800 ga yaqin sinonimik qatorni qamrab olgan “Rus tilining sinonim so'zlar o'quv lug'ati”(1994) esa V.I.Zimin, L.P.Alektorova, O.M.Kim, N.P.Kolesnikov, V.N.Shanskiy kabi tilshunoslar tomonidan tuzildi. Ungacha 1968-yilda Z.Ye. Aleksandrova, asosan yozuvchilar, jurnalist hamda tarjimonlar uchun mo'ljallangan
г<м
327
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
“Rus tilining sinonimlari lug'ati” kitobini nashr ettirdi, bunda sinonimik qatordagi so'zlar izohlanmagan holda berilgan. 9000 ga yaqin sinonimlar berilgan birinchi nashr to'ldirilib, keyinchalik bu so'zlar qariyb 11000 ga yetkazildi.
Zamonaviy rus adabiy tilining sinonim so'zlarini, ularning nutq xususiyatlarini hamda rus nutq odobi va madaniyatida ishlatishning to' liq tavsiflanishi A.P. Yevgenyeva tomonidan amalga oshirildi. Mehnat qilingan ishlar samarasi o'laroq, 1975-yilda bir jildli “Sinonimlar lug'ati. Ma’lumot-qo'llanma”(mual. tarj.) tuzildi. 1997-yilda V.V.Vinogradov nomidagi Rossiya Fanlar akademiyasida Yu.D.Apresyan boshchiligida rus tili sinonimlarining yangi izohli lug'ati yaratildi. Ushbu lug'at tilni yaxlit tavsiflash tamoyillariga muvofiq tuzilgan. Lug'atda sinonim so'zlar orasidagi semantik, pragmatik, kommunikativ va boshqa o'xshashliklar hamda farqlanishlar, shuningdek, bu farqlanishlarning qisman neytral holdagi ko'rinishi tavsiflanadi.
Umuman olganda, rus tilshunosligida umumiy lug'atlardan tashqari, ta’limning quyi bosqichlari uchun darajali lug'atlar ishlab chiqilgan. Bu muammolar bilan
D.N.Ushakov, S.Ye.Kryuchkov, A.N.Tixonov, P.A.Grushnikov, Z.A.Potixa, M.R.Lvov kabi rus tilshunoslari shug'ullanib kelishmoqda. Kichik yoshdan boshlab o'quvchilarni lug'at bilan ishlashga o'rgatish maqsadida turli illyustrativ va qiziqarli lug'atlar tuzildi. Professor M.R.Lvovning aytishiga qaraganda, ta’lim oluvchilar uchun bunday ta’limiy lug'atlarning yaratilishi ularning o'z ustlarida mustaqil ishlashlarining darajasini oshirish, ularni sifatli va tanlangan til materiallari bilan ta’minlashda qo'l keladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan turli ta’limiy lug'atlarining muallifi ham aynan professor M.R.Lvov sanaladi. Bunga olimning “Rus tilining sinonim va antonim so'zlar lug'ati”, “Maktab yoshidagilar uchun rus tilining antonimlari lug'ati”, “So'zlarni va ularning ma’nolarini farqlash: ko'p ma’noli so'zlar, so'zlarning mavzuviy guruhlari, omonimlar, sinonimlar, paronimlar, sinonimlar, antonimlar”, ”Rus tilining antonimlar lug'ati”, “Rus tilining antonim so'zlar izohli lug'ati” kabi o'quv lug'atlarini misol keltirsa bo'ladi. Ushbu lug'atlar asosan boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mos holda bo'lgan so'zlardan tuzilgan. Masalan, “Rus tilining sinonim va antonim so'zlar lug'ati” besh bo'limdan iborat bo'lib, bunda kichik yoshdagi o'quvchilar sinonim so'zlar bilan ishlashni boshlab, rejalashtirilgan holda antonim so'zlarga o'tishadi, bunda sinonimik-antonimik munosabat, sinonimik qatordagi va antonimik juftlanishlarning ko'p ma’noliligi kabilar tizimlashtirilgan holda berilgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, rus tilshunosligida sinonim so'zlar o'quv lug'atlari tadrijiy ravishda mukammallashtirilb kelinmoqda. Bunda o'quvchilarning yoshiga mos so'zlardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Shundan foydalangan holda, o'zbek tilidagi sinonim so'zlar o'quv lug'atlarini yaratishda samarali tizimdan foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi.
г<м
328
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ
'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
Foydalanilgan adabiyotlar
1. М.Р.Львов. Словарик синонимов и антонимов русского языка. 1-4 классы”. 2006.
2. М.Р.Львов “Учусь различать слова и их значения: Словарик
многозначных слов, тематических групп слов, омонимов, паронимов, синонимов, антонимов”. 2003
3. Тур. О. Проблемы изучения синонимии в современных терминологических системах. http://gisap.eu/ru/node/67997
4. Шумилова А. А. Истоки исследования синонимии в философских и лингвистических учениях. http://www.rusnauka.com/4_SND_2013/Philologia/ 3_127613.doc.htm
5. Узбек тилининг изошли луFати. - Москва.: Рус тили, 1981. 1-жилд
6. Узбек тилининг изошли луFати. - Тошкент: Узбекистон миллий
энциклопедияси, 2006.
329
HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ