TALIM VA TARBIYA MUSHTARAK BOLGAN YURT
Soxiba Zokir qizi Yusupbayeva
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xonka tuman bo'linmasi bosh mutaxassisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ta'lim va tarbiyaning bugungi kundagi ahamiyati va ularning yurtimizda tutgan o'rni haqida so'z boradi
Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, hadis, rivoyat, aql, xalq
A COUNTRY WITH JOINT EDUCATION AND TRAINING
Sokhiba Zokir kizi Yusupbaeva
Chief Specialist of the Khanka District Branch of the Republican Center for Spirituality
and Enlightenment
ABCTRACT
This article discusses the importance of education today and their place in our
lives.
Keywords: education, upbringing, hadith, narration, intellect, people KIRISH
Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bejizga "Tarbiya qancha mukammal boTsa, xalq shuncha baxtli yashaydi", deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal boTishi uchun esa, bu masalada bo'shliq paydo boTishiga mutlaqo yoT qo'yib boTmaydi",- demaganlar. Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonlarda bir ustoz shogirdlariga ilm berish borasida juda dong'i ketgan ekan. Juda uzoq oTkalardan kishilar farzandlarini shu ustozda o'qitish istagini bildirib olib kelar ekanlar.Navbatdagi yosh shogirdlarni ilm o'rgatishga qabul qilib olgan chog Tari bir shogirdga "Hadislar ilmi" darslaridagi ilk hadisni o'rgatishlari juda qiyin boTibdi.
- Xo'sh ilk saboqdagi hadisni yod oldingmu? - deb so'radi ustozi shogirdidan.
- Yo'q, ustoz, uddasidan chiqa olmayapman, - deb javob berdi uquvsiz shogird.
- Chirog' im, unda do' stlaringni so'zlariga quloq ber va qayta yod ayla.
Qani tolibi ilm Ibrohim, qaytarchi , ilk saboqni, - deya iqtidorli shogirdlaridan birini chorladi.
- "Jahl qilma, aql qil" - deya javob berdi iqtidorli shogird.
- Mana eshitding, qiyinmu , shuni qayta so'zlash? - deb so'radi ustoz.
Uquvsiz shogirdi bo'lsa boshini xam qilib turaverdi.Qolgan shogirdlar uning holatini mazax qilib turishardi.
Ustozi har gal shu holat takrorlanavergach, shogirdini yurtiga qaytarib yuborishni ahd qilib, uni huzuriga chorladi.
- Chirog'im, mana senga ikki oydan beri saboq berurman.Do'stlaring, hadis ilmini qiroatdan chiqarib, navbatdagi
Ilmni o'rganishga shaydurlar.Sen esa hadislardan loaqal bittasini ham yod olmading.Bunga ne sabab?Ketar chog'ingda bularni aytib ket.Yo mendan ayb o'tdimu? - dedi ustoz.
-Yo'q, also, ustoz, zinhor o'zingizni ayblamang.Hamma ayb o'zimda.Siz menga "Jahl qilma, aql qil" deb o'rgatgan sabog'ingizni tola uddasidan ch iqa olmayapman. Jahl kelganda aqlim noqislik qilib qolyapti.Qolgan o'rgatgan barcha saboqlaringizni (barcha hadislarni birma - bir ayta boshladi) esa men amal qilishga ojiz bo'lib qolyapman.Axir o'zingiz ilk saboqda, o'rgatgan barcha ilmlarim amalda bo'lmas ekan, ularni bari bekor deb aytgan edingiz.Shul sabab men ilk hadisni ham sizga yod olib aytishga hijolatdaman, - dedi "uquvsiz" shogird. Bu gaplarni eshitgan ustozi va do'stlari hayratdan yoqa ushladi.Ustoz shogirdining aqliga lol qoldi va uni shogirdlari ichida eng salohiyatli deb baholadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ushbu rivoyatdan shuni anglash mumkinki, ta'lim va tarbiyaning uzviyligi bu albatta barkamol insonni voyaga yetkazishda asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi.
Ta'lim - tarbiya muammosi har bir davrda dolzarb bo'lib hisoblangan. Avlodlarning kelajagi aynan ta'lim-tarbiyaning sifatiga bog'liq bo'lishi hech kimni ajablantirmasligi tabiiy hol.Insoniyatning butun tarixi mobaynida olimlar bu haqda o'zlarining turli fikrlarini ilgari surganlar, qanday o'qitish.nimaga o'qitish va ta'lim-tarbiyani qanday qilib samarali tashkil qilish mumkin va hokazo.
Mutafakkir allomalarning fikricha, insonni ma'naviy barkamollikka erishuvi chuqur bilim olish va ma'rifatli bo'lishga bog'liq.Shuning uchun ham ular ilmlilikni umuminsoniy qadriyat darajasida ulug'laydilar, jamiyatning barcha a'zolarini ilm egallashga chaqiradilar, limning inson ma'naviy hayotida tutgan o'rnini yuqori baholaydilar. Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniyning fikrlarini o'rganadigan bo'lsak, u kelajak avlodga ta'lim beris bilan bir vaqtning o'zida tarbiyalash masalalarini ham keltirib o'tadi:
- Ey o'g'il, senga nasihat qilaman:
Jamoat xizmatida bo'lgin,hadis, fikh ilmlarini o'rgan, johillardan o'zingni saqla, hargiz shuhrattalab bo'lmaginkim,shuhrat ofatdur, mansabni ko'zlamagil.Noming tillarga kam olinsin, qabulgohingga nomingni yozma, xonaqohni maskan qilmagil, hukmdorlar va ularning kishilari birla do'stu hamsuhbat bo'lma, oz so'zla, kam yegil, ko'p uxlama, halol yegil va haromdan saqlan, hamma kishilarga shafqat ko'zi birla boq,
tashqi ko'rinishingga oro bermakim, zohirga oro berish botin (dil, qalb)ning harobligidandir, kishidan xayr so'ramagil, kishini xizmatga buyurma.... Insonni inson bo'lishiga bois tarbiyadir va uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste'dodga, ilmga va mashqqa.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hazrat Navoiy debdurlarkim: "Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik -zulmkorlikdir.Noqobil odamga esa tarbiya xayfdir.Tarbiyangni ayab unisini nobud etma, bunisiga tarbiyangni zoye qilma.
Qobilg'a tarbiyat erur ul navkim, guhar, Tushsa najosat ichra yugay kimsa ani pok. Gar it uzumiga kishi may birla bersa suv, Bu tarbiyat bila qila olg'aymu oni tok. (Qobiliyatli kishiga berilgan tarbiya gavhar kabi qimmatlidur.Gavhar najosatga tushsa ham yuvilsa - tozalanadi, qimmatini yoqotmaydi.Ituzum may bilan sug'orilsa ham ituzumligicha qoladi, hech zamon toza tokka aylanmaydi.)
XULOSA
Yuqorida keltirilgan buyuk allomalarimiz pedagogik qarashlaridan shunday xulosa qilish mumkinki, ular talimni tarbiyaviy usulda olib borganlar.Shuning uchun o'sha davrlarda ilmli insonlarni komlillikka yetgan insonlar deb hisoblaganlar.
REFERENCES
1. Bolalarga gap uqtirish san'ati. Tarbiya kitobi. / Abdumurod Tilavov , "Sano-standart", - 2018
3. Farzandnoma. / Obiddin Abbosovich Mahmudov, -2015
4. Hikmatlar xazinasi. / Mirzaahmad Azamatov, -1977
5. Abdullayeva, O. O. (2021). ABAY IJODINI O'RGANISHDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 4-9.
6. Abdullayeva, O. O. (2021). IBROYIM YUSUPOV IJODI ASOSIDA O'QUVCHILARNING VATANPARVARLIK TUYG'ULARINI O'STIRISH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 176-180.
7. Botirboyev, F. P., Abdullayeva, O. O., & Shermatova, U. S. (2021). O'LJAS SULAYMONOV IJODINI O'RGANISHDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 20132018. https://doi.org/10.24411/2181- 1385-2021-00834
8. Abdullayeva, O. (2021) BADIIY ASARLARNING INSON RUHIYATIGA TA'SIRI. Scientific progress, 1(5), (pp. 272-275)
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021
ISSN: 2181-1601
9. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). O'ZBEK TILINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOYIYALARNING O'RNI. Scientific progress, 1(5)
10. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Студенческий вестник, 16(161)
11. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). OTLARNING BIRLIK VA KO'PLIKDA QO'LLANILISHINI O'RGATISH. Scientific progress,.2(1)
12. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O'RNI. Scientific progress,2(1)
13. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) O'lmas Umarbekov hayoti va ijodini o'rganishda interfaol metodlar bilan ishlash. Science and education,2(5)
14. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Saida Zunnunova hayoti va ijodini o'rgatishning samarali usullari. Science and education, 2(5)
15. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Said Ahmad hikoyalarini o'rganishda interaktiv metodlar. Science and education, 2(6)
16. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Umumiy o'rta ta'limda ertak o'qitish metodikasi. Scientific progress, 2(2)
17.Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asarini o'qitishda interaktiv usullar. Scientific progress, 2(2)