SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601
OTLARNING BIRLIK VA KO'PLIKDA QO'LLANILISHINI O'RGATISH
Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi abdullayevaozoda1107@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada 6-sinf ona tili darslarida otlarning birlik va ko'plikda qo'llanilishini o'rgatish usullari va metodik tavsiyalar berib o'tilgan.
Kalit so'zlar: ot, birlik, ko'plik, taqqoslash, metod, usul.
TEACHING HOW TO USE NOUNS IN THE UNIT AND THE PURPLE
Ozoda Odiljon kizi Abdullaeva
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region abdullayevaozoda1107@gmail.com
ABSTRACT
This article provides methods and guidelines for teaching the use of nouns in the singular and plural in 6th grade mother tongue classes.
Keywords: noun, unit, plural, comparison, method, method.
KIRISH
Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri o'z ona tilimizni og'zaki balki yozma nutqimizda ham o'z o'rnida, to'g'ri, aniq va ravon qo'llay olish hisoblanadi. Bu jarayonda barcha ta'lim muassasalari shuningdek, umumiy o'rta ta'lim maktablari alohida ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ma'lumki, til fikrni shakllantirish va bayon etish, taassurot, his -kechinmalarni ifodalashda yetakchilik qiladi. Jamiyat a'zolarining bir-biri bilan o'zaro aloqasi uchun xizmat qiladi. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shuncha aniq, ta'sirchan ifodalanadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ona tilini chuqur o'rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalardan kelib chiqadi. Ona tili darslarida so'z turkumlarini o'rganishdagi bosh vazifa ham o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish, lug'atini yangi ot, sifat, son, fe'l bilan boyitish hisoblanadi. Shuningdek, "Ot" mavzusnini o'rganish tizimi ma'lum maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, bu orqali o'quvchi so'zlarni nutqda tog'ri foydalanish, o'z o'rnida qo'llay bilish, qanday lug'aviy ma'no anglatishini bilish ko'nikmasiga ega bo'ladi.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601
NATIJALAR
6-sinfda "Otlaming son shakllari" ya'ni otlarning birlik va ko'plikda qo'llanilishi ustida ishlash jarayonida quyidagi ko'nikmlar shakllantiriladi:
1) birlik va ko'plikda qo'llangan otlarning ma'nosi va qo'shimcha orqali ifodalanishi
2) birlikdagi otdan ko'plik shaklidagi va aksincha, ko'plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish
3) gapda so'zlarning bog'lanishini hisobga olgan holda, otlardan to'g'ri foydalana olish[1]
Otlarning birlik va ko'plikda qo'llanilishini turli xil usullar va metodlarda amalga oshrish mumkin. Eng samarali usul bu taqqoslash usuli hisoblanadi.
• bola (kim?) \ • ruchka (nima?) /
• bola+lar(kimlar?) • ruchka+lar (nimalar?)
Suhbat asosida bola, ruchka so'zlari nechta shaxs yoki narsani ( bitta) va bolalar, ruchkalar so'zlari esa nechta (ikki va undan ortiq) shaxs yoki narsani bildirishi aniqlanadi. Va yana boshqa ko'plab misollar keltirib umumiy xulosa chiqariladi. Agar otlar bir shaxs yoki narsani bildirsa birlik ot hisoblanadi, ikki va undan ortiq shaxs yoki narsani ifodalasa ko'plikdagi ot sanaladi. Ko'plikdagi otni hosil qilish uchun birlikdagi otga -lar qo'shimchasi qo'shiladi. Birlikdagi otlar kim? yoki nima? so'rog'iga, ko'plikdagi otlar esa kimlar? yoki nimalar? so'rog'iga javob bo'ladi.
Otlar ko'plik shakli ko'plik ma'nosidan tashqari hurmat, umumlashtirish, kuchaytrish ma'nolarini ham ifodalashi mumkin.
1. Ko'zlarimga ishonmayman ("O'tkan kunlar")
Ushbu gapda ko'zlarimga so'zi ta'sirchanlik, ifodalilik ma'nosini ifodalab kelyapti.
2. Bolalarning shovqinidan boshlarim og'rib ketdi
Ushbu gapda boshlarim so'zi kuchaytirish, ta'kidlash ma'nolarini ifodalab kelyapti.
3.Alpomishlar maydonga tushdi.
Ushbu gapda Alpomishlar so'zi umumlashtirish ma'nosini ifodalab kelyapti. Donalab sanalmaydigan narsa va hodisani bildiruvchi otlar birlik shaklda kelsa ham, aslida ko'plikni bildiradi. Masalan, Ko'chaga qum to'kilgan.
Ko'plik ot+(-lar)
MUHOKAMA
Mavzuni mustahkamlash maqsadida qo'shimcha topshiriqlar berish, o'quvchining mavzu haqidagi tushuncha va bilimlarini mustahkamlash uchun asos yaratadi.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021
ISSN: 2181-1601
1-topshiriq. Ushbu so'zlarni birlikka va ko'plikka ajratib guruhlab yozing:
Baliq, ruchkalar, stul, qalam, kitoblar, parda, taroqlar, daraxtlar, o'rik, gullar, chiroq, qog'oz, sumkalar, etik, quti, uzuk, tishlar, salfetka, qush, qaychi
Birlik: baliq, stul, qalam, parda, o'rik, chiroq, qog'oz, etik, quti, uzuk, salfetka, qush, qaychi
Ko'plik: ruchkalar, kitoblar, taroqlar, daraxtlar, gullar, sumkalar, tishlar
2-topshiriq. Birlik va ko'plik ot haqida olgan bilimlaringizga tayanib, tarmoq usulida misollar keltiring.
13
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, har bir darsni mazmunli, o'quvchini qiziqtira oladigan, uni ta'lim jarayoniga, bilim olish jarayoniga yanada jalb qilgan holda tashkil etish o'qituvchining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu vazifalarni to'liq amalga oshirishda yuqoridagi kabi usullar , metodlar yanada samara beradi.
REFERENCES
1. Ona tili o'qitish metodikasi / K. Qosimova, S. Matchonov, X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, Sh. Sariyev. -T: "NOSHIR", - 2009
2. Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik. -Toshkent.: "Ma'naviyat", - 2013.
3. Abdullayeva, O.O. (2021). Abay ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciensces, 2(3), 4-9.
4. Abdullayeva, O.O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o'quvchilarning vatanparvarlik tuyg'ularini o'stirish. Academic research in educational sciensces, 2(3), 176-180
5. Abdullayeva, O. (2021). BADIIY ASARLARNING INSON RUHIYATIGA TA'SIRI. Scientific progress, 1(5).
6. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). O'ZBEK TILINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOYIYALARNING O'RNI. Scientific progress, 1(5).
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021
ISSN: 2181-1601
7. Shayxislamov, N. (2021). Tilshunoslik nazariyasi va tushunchasi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (3), 174-176.
8. Шайхисламов, Н. З. У. (2021). КОГНИТИВ ТИЛШУНОСЛИК ТУГРИСИДА ТУШУНЧА ВА УНИНГ УНИВЕРСАЛ ТАБИАТИ. Scientific progress, 1(5).
9. Shayxislamov, N. (2021). BADIIY NUTQDA "ISHLAMAYDIGAN" SO 'ZLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI. Scientific progress, 1(6).
10. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili darslarini o'qitishda interfaol usullardan foydalanish. The 21st Century Skills for Professional Activity, (4), 221-222.
11. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili darslarida filologik mashqlarning tutgan o'rni. Тилни уцитиш ва ургатишда XXI аср куникмалари, (2), 134-137.
12. Shayxislamov, N. (2020). Hozirgi zamon tilshunosligida til va madaniyatning talqini. Scientific progress, 1(1).
13. Шайхисламов, Н. (2020). Лингвомэдениеттанудын, тарихи мен теориялык негiздерi. O 'zbekistonda ilm-fan va ta'lim masalalari: muammo va yechimlar,(2), 219221.
14. Шайхисламов, Н., & Хафизова, С. (2020). Педагогика-тарбия хдкидаги фан: асосий тушунчалар хдмда унинг бошка фанлар билан богликдиги. Узбекистонда илмий-амалий тадцицотларда талабаларнинг урни, 182-184.
15. Шайхисламов, Н. (2021). ЗАМОНАВИЙ ТИЛШУНОСЛИК ЙУНАЛИШИ: КОНТАКТ ЛИНГВИСТИКАСИ. Scientific progress, 1(4).