Научная статья на тему 'TA’LIM MUASSASALARIDA YORDAMCHI TA'LIM SHAKLLARI'

TA’LIM MUASSASALARIDA YORDAMCHI TA'LIM SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
702
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
to'garak / ekskursiya / fakultativ mashg'ulot / konferentsiya / konsultatsiya.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Aziza Asatova

Ushbu maqolada ta'limni tashkil etishning yordamchi shakllari va uning turlari haqida so'z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM MUASSASALARIDA YORDAMCHI TA'LIM SHAKLLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TA'LIM MUASSASALARIDA YORDAMCHI TA'LIM SHAKLLARI

Aziza Asatova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 203-guruh talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'limni tashkil etishning yordamchi shakllari va uning turlari haqida so'z yuritiladi.

Tayanch so'zlar: to'garak, ekskursiya, fakultativ mashg'ulot, konferentsiya, konsultatsiya.

Ma'lumki, darslarda o'qituvchining o'quvchilar tomonidan bajariladigan uy vazifalarni vijdonan qilishlariga kam e'tibor berayotganlari, ularni dars vaqtida tekshirishga ulgurmasliklari, a'lo o'qiydigan o'quvchilarni rag'batlantirib bormasliklari hozirgi kundagi ta'lim amaliyotining eng katta kamchiligi hisoblanadi. Uy vazifalari ko'pincha shoshilinch tarzda beriladi, sababi vaqt yetmay qoladi. O'qituvchilar kamdan-kam hollarda o'quvchi vazifani bajarayotganda duch keladigan qiyinchiliklarni tushuntirib beradi, ularni bartaraf etish yo'llarini ko'rsatib bermaydilar. Natijada, mustaqil bajariladigan vazifalar samarasiz bo'lib qoladi. Shuning uchun ta'limda to'garak, konferentsiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ mashgulot, o'quv ekskursiyalari, o'quvchilarning mustaqil uy ishlari kabi yordamchi shakllardan foydalaniladi.

Maktabdan tashqari mashg'ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o'qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o'quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi - darsda o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o'quvchilarning individual layoqati, iste'dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.

Fan to'garaklari yo'nalishi, mazmuni, ish metodi, o'qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o'quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o'qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi.

Ta'limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo'lishi mumkin. O'quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo'yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o'tkazish uchun o'qituvchi unga puxta tayyorlanishi: obyekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to'la rejani ishlab chiqishi, o'quvchilarni bo'lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'quv rejasi turli fakultativ va tanlov bo'yicha kurslarni tashkil etishni ko'zda tutadi. Ular o'quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan bog'liqlikda ishlab chiqiladi. Fakultativ va tanlov fanlari ro'yxatini aniqlashda faqat o'quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlovi bo'yicha mashg'ulotlar majburiy va umumiy o'rta ta'lim fanlari bilan uzviy bog'liqlikda o'tkazilishi kerak.

Maslahat (konsultatsiya - o'quv suhbati)ga talablar ko'pincha o'quvchilarning ma'lum o'quv materiali yoki topshirig'i ustida mustaqil ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda ko'proq o'quvchi savol beradi. To'g'ri tashkil etilgan konsultatsiya o'quvchilarga o'quv materialini egallashda qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Konsultatsiya davomida o'qituvchi o'quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to'g'ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o'rganilayotgan materialni mohiyatini ochishga o'rganadigan qilib yo'naltiradi. Konsultatsiya o'qituvchiga o'quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e'tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. To'g'ri tashkil etilgan konsultatsiya o'quvchilarda o'zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko'z bilan qarashni tarbiyalaydi. O'qimishlilik darajasini to'g'ri aniqlashga yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda, ta'lim amaliyotini sifatli va samarali tashkil etish uchun ta'limning fan to'garaklari, konsultatsiya, ekskursiya, fakultativ mashg'ulot kabi yordamchi shakllaridan foydalanish zarur. Chunki bu yordamchi shakllar o'quvchini o'z ustida ko'proq ishlashiga, fanni to'liq va yaxshi o'zlashtirishiga, barcha bilimlarni mukammal egallab, ham nazariy ham amaliy bilimga to'liq ega bolishiga yordam beradi.

REFERENCES

1. X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. -T."Sano standandart"nashiriyoti. 2017.

2. R. Mavlonova "Pedagogika" T., "O'qituvchi" 2004 y

3. M.To'xtaxo'jayeva "Pedagogika" T., "O'qituvchi" 2010 y

4. Axmedova M.E Pedagogika nazariyasi va tarixi" o'quv qo'llanma T:2011 "Tafakkur bo'stoni" nashriyoti 157 b

5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

6. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

7. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

8. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

9. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

10. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

11. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

13. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

14. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

15. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

17. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухдммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.