Abdunazarov X.M.
Termiz davlat universiteti Geografiya kafedrasi dotsenti geografiya fanlari nomzodi Termiz, O'zbekiston Umarova M.H.
Termiz davlat universiteti Geografiya kafedrasi katta o 'qituvchisi
Termiz, O'zbekiston
SURXONDARYO VILOYATIDA POLIZ SABZAVOT EKINLARINI
YETISHTIRISH MASALALARI
Annotatsiya:Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatida poliz-sabzavot ekinlarini yetishtirish va mustaqillik yillarida mazkur sohalarni rivojlantirish masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: Agroiqlim, yer va suv resurslari, vegetatsiya davri, ekin ekiladigan maydonlar, yalpi hosil, hosildorlik
Abdunazarov X.M., Candidate of Geographical Sciences Associate Professor, Department of Geography
Termez State University Termez, Uzbekistan Umarova M.Kh. senior lecturer Department of Geography Termez State University Uzbekistan, Termez
PROBLEMS OF CULTIVATION OF VEGETABLE CROPS IN SURKHANDARYA REGION
Annotation: This article covers the issues of cultivation of vegetable crops in Surkhandarya region and the development of these fields during the years of independence.
Key words: Agroclimate, land and water resources, vegetation period, cultivated areas, gross yield, productivity.
Aholining oziq-ovqat mahsulotlari orasida sabzavot va poliz ekinlari alohida ajralib turadi.
Surxondaryo viloyati Respublikamizning sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtiruvchi asosiy mintaqasi hisoblanadi. Mintaqada tabiiy sharoitning qulayligi, quyosh nurining ko'p tushishi, sovuq bo'lmaydigan kunlarning uzoqqa cho'zilishi, tuproq unumdorligining yuqoriligi ayniqsa sabzavot va poliz ekinlarini
yetishtirishga imkoniyat yaratgan. Bu yerda sabzavotlaming sabzi, piyoz, kartoshka, bodring, karam, pomidor, poliz mahsulotlaridan qovun, tarvuz va oshqovoqning hosildor navlari yetishtiriladi.
Sabzavotchilikda ekish muddatlarini to'g'ri belgilash katta ahamiyatga ega. Agar ekish muddatlari bir haftaga kechiktirilsa hosildorlik 20-25 % ga kamayib ketadi.
Sabzavot ekinlarini yetishtirishda almashlab ekishni to'g'ri yo'lga qo'yish mo'l hosil olishning muhim garovi hisoblanadi.
Sabzavot ekinlarini ekishda yerni tanlash muhim ahamiyatga ega. Sabzavot ekinlari bo'z, o'tloq va o'tloq-botqoq tuproqlarda (pomidor, shirin qalampir, baqlajon), qoramtir o'tloq yerlarda (oq bosh karam), och bo'z, qum va qumlik tuproqlarda (piyoz), o'tloq-qumoq, yengil soz bo'z tuproqli yerlarda (sabzi) yaxshi o'sadi va yuqori hosil beradi.
1-jadval
Surxondaryo viloyatida sabzavot, poliz ekin maydonlari. _(ming gektar hisobida)__
Qishloq xo'jaligi ekinlari Yillar 2021yil da 1991 yilga nis. o'sish %da
1991 2010 2011 2014 2015 2016 2017 2018 2021
Jami ekin maydonlari 77,9 64,9 71,1 74,4 75,8 75,3 57,5 59,8 48,8 85,9
Sabzavot 3,6 13,2 14,4 13,3 13,3 15,1 14,6 31,8* 18,3 5
Poliz 3,2 3,1 2,9 3,0 3,1 3,4 2,8 1,8* 3,8 118
Izoh:-* sabzavot, poliz ekinlari birgalikda berilgan.
Jadval O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining "stat.uz" hamda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasining "Surxanstat.uz" rasmiy veb-saytlari ma 'lumotlari asosida tuzilgan.
Sabzavot ekinlari viloyatda faqat bahor, yoz oylarida yetishtirilgan bo'lsa, hozirgi vaqtda issiqxonalarda yil bo'yi turli tuman sabzavot ekinlari yetishtirilmoqda.
So'nggi yillarda respublikamiz va viloyatimiz olimlari tomonidan shirin qalampir va baqlajonning mahalliy serhosil navlari yaratildi. Bularga shirin qalampirning mahalliy ertapishar "Nargiza", "Tong", "Jayxun", o'rtapishar "Zarya Vostoka", "Darti Tashkenta", kechpishar "Zumrad", baqlajonning mahalliy "Avrora","Surxon go'zali", "Feruz", "Zamin G" navlari yaratildi. Viloyatning dehqon (aholi) xo'jaliklarida pomidor singari erta bahorda shirish qalampir va baqlajonni plyonka qoplamalari ostida yetishtirib yuqori hosil olinmoqda.
Mintaqada sabzavot ekinlari qatorida aholi shaxsiy tomorqalarda bodring va pomidor ham ko'plab yetishtiriladi.
Viloyatimiz olimlari pomidorning mahalliy sharoitida yaratilgan Toshkent tongi, TMK-22, O'zbekiston-178, Sharq yulduzi, Sitora, Avitsenna, Surxon-142, Do'stlik, Doni-2000, Saxiy, chet davlatlarning Sulton, Benito, Beloroso, Bonake, Dili, Dual Erli, Indi navlarini, shuningdek, Surxondaryo ilmiy tajriba stantsiyasida
keyingi yillarda yaratilgan Zakovat, Sovg'a, Osiyo, L-94, L-46, L-45 kabi mevalari transportda tashishga qulay va turli kasalliklarga chidamli navlarini ekishni tavsiya etishmoqda.
Bodring suvga talabchanligi bilan sabzavot ekinlari orasida alohida ajralib turadi. Ayniqsa bodring naychalash va mevasi yetilgan davrda suvni ko'p talab qiladi. Viloyat sabzavotlari bodringning mahalliy "Ranniy-645", "O'zbekiston-740", "Zilo", "Navro'z", "Omad", "Talab" navlari, hamda chet mamlakatlardan keltirilgan F1 duragaylaridan "Alibi", "Ayaks", "Regal", "Ayaks", "Superina" kabi navlarini ekib kelishilmoqda.
Sabzavot ekinlari orasida karam va piyoz mahsulotlariga ichki va tashqi bozorda ham ehtiyoj yuqori. Hozirgi vaqtda olimlar va mutxassislar oq bosh karamning chet el navlari "Lion", "Farao F1"," Parel F1", "Balbro F1", "Burbon F1", "Nazomi Fi", duragaylari va mahalliy o'rtapishar "Termiz 2500", "Toshkent-10", "Saratoni", kechpishar "Sharqiya-2", "O'zbekiston sudyasi" navlarini yuqori hosil olish mumkinligi haqida tavsiyalar berib kelmoqda. SHuningdek, piyozning mahalliy sharoitda yaratilgan ertapishar "Sumbula", "Oqdur", o'rtapishar "Istiqbol", "Zafar", chet mamlakatlardan keltirilgan "Sibir", "Manas", "Daytona", "Lion", "Universal" kabi navlarni ekib kelinmoqda. Bundan tashqari viloyatda sabzi, osh lavlagi, turp, sholg'om kabi ekinlar fermer xo'jaliklarida bug'doydan keyin takroriy ekin sifatida, hamda aholi shaxsiy tomorqa xo'jaliklarida yetishtirib kelinmoqda.
Viloyatda mustaqillik yillarida sabzavot ekiladigan maydonlar va undan olingan yalpi hosil miqdori ko'payib borgan. 1991-yilda viloyatda 3,6 ming gektar maydonga sabzavot ekinlari ekilgan bo'lsa, 2021-yilga kelib, sabzavot ekinlari maydoni 18,3 ming gektarga yetkazilgan. 2021-yilda sabzavot ekin maydonlari 1991-yilga nisbatan 14,7 ming gektarga kengaytirilib, ekin maydonlar 5 martaga o'sgan.
Viloyatda 1991-yilda sabzavot ekin ekin maydonlarining jami ekin maydonlaridagi ulushi 1,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2021-yilda bu ko'rsatkich 7,2 foizga yetgan. Viloyatda 1991/2022-yillar davomida sabzavot ekinlaridan olingan yalpi hosil miqdori ham oshib borgan.
Viloyatda 1991-yilda sabzavot ekinlaridan 61,8 ming tonna, 2022 yilda esa 1143,8 ming tonna hosil olingan. 2022-yilda 1991-yilga nisbatan 1082 ming tonna ko'p hosil yetishtirilgan. O'sish esa 18,5 martani tashkil etgan.
Tadqiq etilayotgan yillarda sabzavot ekinlarining har bir gektaridan olingan hosildorlik o'sib borgan. Sabzavot ekinlari hosildorligi 1991-yilda 165,0 sentnerni tashkil etgan. Hosildorlik 2008-yildan 2011-yillargacha tez o'sib borgan. 2011 yildan 2016-yilgacha hosildorlik pasayib borgan bo'lsa, 2017, 2018-yillarda hosildorlik biroz o'sib borganligini kuzatishimiz mumkin.
2-jadval
Surxondaryo viloyatida sabzavot, poliz ekinlari yalpi hosili
(ming tonna hisobida)
Qishloq xo'jaligi ekinlari 1991 2010 2011 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2021 2022 2022yilda 1991 yilga nisbatan o'sish %-da
Sabzavot 61,8 486,4 540,2 807,0 896,5 966,8 1013, 5 913,9 1380 1 066,0 1 143,8 18,5
Poliz 47,9 114,0 123,6 169,9 197,4 207,9 244,8 249,9 264,0 320,3 329,1 6,8
Jadval Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasining "Surxanstat.uz"
rasmiy veb sayti ma 'lumotlari asosida tuzilgan.
2021-yilda sabzavot hosildorligi 282,8 sentnerni tashkil etgan. Viloyatda 2022-yilda yetishtirilgan sabzavotlarning asosiy qismi Sherobod (185782 tonna), Denov (184387 tonna), Qumqo'rg'on (106247 tonna), Angor (93928 tonna), Termiz (88113 tonna) tumanlari hissasiga to'g'ri keladi.
2022-yilda viloyatda yetishtirilgan sabzavot mahsulotlarining 68,7 foizi dehqon va tomorqa xo'jaliklari, 25,2 foizi fermer xo'jaliklari, 6,1 foizi, qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlari hissasiga to'g'ri kelgan
Surxondaryo viloyatida sabzavot ekinlari bilan bir qatorda poliz ekinlarini yetishtirish ham yo'lga qo'yilgan. Poliz ekin maydonlarining jami ekin maydonlari tarkibidagi chii unchalik katta emas. Mintaqada 1991-yilda 3,2 ming gektarga poliz ekinlari ekilgan bo'lib, poliz ekinlarining jami ekin maydonlaridagi chii 1,1 foizni tashkil etgan. Poliz ekin maydonlari 2021 yilda 3,8 ming gektarni tashkil etgan. Bu o'tgan 1991-yilga nisbatan 600 gektarga ko'paygan. Shuningdek, viloyatda poliz mahsulotlaridan olingan hosildorlik va yalpi hosil miqdori ortib borgan.
Viloyatda poliz mahsulotlari yalpi hosili 2021-yilda 1991-yilga nisbatan 272,4 ming tonnaga hosildorlik esa 105 sentnerga oshirilgan.
2022-yilda viloyatda 329,1 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirilgan.
2022-yilda viloyatning Sherobod (79931), Qumqo'rg'on (43437), Denov (42656 tonna), Muzrabot (36576 tonna), Jarqo'rg'on (28333) tumanlari poliz mahsulotlari yetishtirishda oldingi o'rinlarni egallagan. Mintaqada 2022-yilda poliz mahsulotlarining 59,4 foizi dehqon va tomorqa xo'jaliklari, 38,2 foizi fermer xo'jaliklari, 2,4 foizi qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarida yetishtirilgan.
Xulosa qilib aytganda so'nggi yillarda jahonda yuzaga kelgan oziq-ovqat muammosi, ko'plab mamlakatlarda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash kabi jiddiy vazifalarni hal etib borishni taqozo qilmoqda. S hu o'rinda keyingi 5-6 yil davomida respublikamizda ham o'sib borayotgan aholi ehtiyojini hamda jahon bozorida kundan-kunga oziq-ovqat mahsulotlarga bo'lgan talabning oshib borayotganligini inobatga olgan holda qishloq xo'jaligi sohasida chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish paxta maydonlarni bosqichma-bosqich
kamaytirish qishloq xo'jaligiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda ilm-fan innovatsion yutuqlar keng joriy etish orqali sabzavot, poliz va kartoshka yetishtirishni ko'paytirish evaziga aholi va tashqi bozor ehtiyojlarini qondirishda samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abdunazarov H.M., Umarova M.H. Surxondaryo geografiyasi. O'quv qo'llanma-TerDU MMM nashriyoti 2023 y.
2.Abdunazarov H.M., Umarova M.H., Esanov N. A. Surxondaryo viloyati geografiyasi.(2-qism) O'quv qo'llanma - "IMPRESS MEDIA" MCHJ. 2024.
3. Абдуназаров Х.М., Умарова М.Х. Развитие внешнеэкономических связей Республики Узбекистан в годы независимости. "Экономика и социум" №12(115)-2 2023.
4 . Soliyev A. va boshqalar Mintaqaviy iqtisodiyot. -T., 2003.
5. Surxondaryo viloyatining statistik axborotnomasi. Termiz-2018.
6. Umarova M.H. Surxondaryo geografiyasi.-Darslik. Surxonnashr. 2024. 7.O'zbekiston hududlarining yillik statistika to'plami.O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi.T:.,2019,11-14b.