SABZAVOTLARNI ETISHTIRISH USULLARI
Janibek Xummetillovich Nizanov Nasiba Nizomaddin qizi Ismoilova
Qoraqalpog'iston qishloq xojaligi va agrotexnologiyalari instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada sabzavotchilik, uning ekish turlari va sabzavotlarning issiqqa va sovuqqa chidamli turlari haqida bilib olishingiz mumkin
Kalit so'zlar: Sabzavotchilik, dehqonchilik, ekin, pomidor, bodring, dala, issiqxona, o'simlik, chidamli, sovuq
METHODS OF GROWING VEGETABLES ABSTRACT
In this article you can learn about vegetable growing, its planting types and hot and cold-resistant varieties of vegetables
Keywords: Vegetables, farming, crops, tomatoes, cucumbers, fields, greenhouses, plants, hard, cold
Sabzavotchilik dehqonchilikning sabzavot ekinlarini yetishtirish bilan shug'ullanadigan tarmog'i. Sabzavotchilik dehqonchilikning boshqa tarmoqlaridan ko'p jihatdan farq qiladi, jumladan, Sabzavotchilikda ekinlar ochiq va himoyalangan (yopiq) yerlarda yetishtiriladi, aksariyat bir mavsumda hosil beradigan ekinlar ekiladi. Sabzavot ekinlari ochiq maydonlarda (bahor, yoz va kuz davrlarida) hamda urug' olish uchun, yopiq yerlarda (mavsumdan qat'i nazar) yetishtiriladi. Himoyalangan yerlarda o'simlikning o'sishi va rivojlanishi uchun (masalan, issiqxonalarda) jami omillar sun'iy yaratiladi va ularni o'sish jarayonini boshqarish mumkin. Bu esa qish, erta bahor, kech kuzda ham sabzavot yetishtirish imkoniyatini yaratadi. Sabzavotchilikda yetishtiriladigan ekinlar turining ko'pligi, biologik xususiyatlarining xilmaxilligi bilan ham ajralib turadi. O'zbekistonda 70 ga yaqin turdagi Sabzavotchilik ekinlari yetishtiriladi va qishloq xo'jaligida salmoqli o'rinni egallaydi. O'rta Osiyoda qovunning 2000 yil ilgari, tarvuz, qovoq, bodring, piyoz, sabzi, qalampir, turp va boshqa sabzavotlarni undan ham ilgari ekilgani ma'lum. Xalq seleksiyasida sabzavot ekinlarining dunyoga mashhur navlari yaratilgan. Asrlar davomida sabzavot ekinlarining tur tarkibi o'zgarib bordi. Masalan, 19-asrning 2-yarmidan Rossiya orqali pomidor, kartoshka, karam, gulkaram, bolgar qalampiri, Xitoydan esa rediska, patisson, pekin karami va boshqa turlari kirib keldi hamda asosiy ekinlar qatoridan joy oldi.
21-asr boshidan O'zbekistonda aholi jon boshiga yillik sabzavotlar iste'molining fiziologik normalarini (jami 113,3kg; shundan karam 2,1kg, pomidor 25,6kg, bodring
5,5kg, piyoz va sarimsoq 18,3kg, sabzi 18,3kg, lavlagi 5,5kg, boshqa sabzavotlar 20,0kg) ta'minlash maqsadida sabzavotchilik jadal rivojlantirilmoqda. Yirik shaharlar va sanoat markazlari atroflaridagi tumanlar, asosan, Sabzavotchilik bilan shug'ullanadi. Shirkat, dexqon va fermer xo'jaliklarida ochiq dalada polietilen plyonkalar ostida yerosti sabzavotlarni yetishtirish yo'lga qo'yilgan. Respublikaning jami. viloyatlarida yerosti sabzavotlar yetishtirish rivojlanib bormoqdi. Sabzavotchilikda chet el navlari va tajribalari keng qo'llanilmoqda. 2000 yilda O'zbekistonda sabzavot ekinlari maydonlari 130,4 ming ga, yalpi hosili 2637,3 ming tonna, hosiddorligi 173,1 s/ga bo'ldi.
Yurtimizda himoyalangan joylarda sabazavot ekinlarini yetishtirish texlonogiyalari ham keng miqyosda qo'llanib kelinadi. Himoya qilingan joyda pomidor, bodring bilan bir qatorda ko'katlar rediska, ko'k piyoz, karam, shirin qalampir, poliz mahsulotlari va boshqalar ham yetishtiriladi. Ular kamroq maydonga ekiladi va O'zbekistonda asosan ustiga plyonka yopiladigan issiqxonalarda va vaqtincha plyonka yopib o'stiriladi.
O'zbekistonda himoya qilingan joyda har xil ko'katlar ham yetishtiriladi. Ular noyabrdan kelgusi yil aprelgacha o'stiriladi. O'zbekistonda kuzning oxiri va qishning boshlanishida meva, uzum, yangi va tuzlangan sabzavotlar mo'l bo'ladi. Bu davrda ko'katlarga talab kamroq bo'ladi. SHuning uchun kuz-qishki muddatda faqat shivit, kress-salat va kashnich ekiladi. Bahorgi muddatda asosan bargli salat ekiladi. O'suv davri qisqa bo'lgan ko'katlar urug'ini sepib o'stiriladi. O'suv davri uzun bo'lganlari tezlashtirish usulida yetishtiriladi. Bunda "yorug'lik" fotosintez jarayoni uchun energiya manbai hisoblanib, o'simliklarning o'sishiga, anatomik tuzilishiga, suvni bug'lantirishiga va mineral oziqlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Sabzavot ekinlarining ba'zilari ko'k-binafsha nurlar ta'sirida yaxshi o'sib rivojlansa, boshqalari qizil yoki sariq-yashil nur ta'sirida yaxshi o'sadi va rivojlanadi. Ultrabinafsha nurlar assimlyatsiya jarayoniga ta'sir ko'rsatmaydi, lekin vitamin S ning sintezlanishiga yordam beradi. Oyna ultrabinafsha nurlarni tutib qoladi. Shuning uchun ham teplitsa va parniklarda yetishtirilgan sabzavot ekinlarida vitamin S, dalada o'stirilgan o'simliklardagiga nisbatan kamroq bo'ladi.
O'simlik to'qimalarida erkin suv bo'lishi ularning sovuqqa chidamliligiga juda katta ta'sir etadi. Hujayralarda suv qancha kam bo'lsa, harorat pasayganda hujayralar oralig'iga suv shuncha kam o'tadi va o'simlik sovuqqa shuncha chidamli bo'ladi. Shuning uchun quruq urug'lar -100/-200 sovuqgacha chidaydi, ivitilgan yoki nishlagan urug'lar esa salgina sovuqdan nobud bo'ladi. Sabzavot ekinlari issiqqa talabchanligiga qarab beshta guruhga bo'linadi.
Sovuqqa va qishga eng chidamli ekinlar. Bu guruhga ko'p yillik piyozlar, shovul,
rovoch, sparja, xren, lyubistok, estragon kirib, o'simliklari o'sishni 1 haroratda
p p
boshlaydi. Qulay harorat 15-20 . O'sib turgan o'simliklari 8-10 sovuqqa chidaydi.
Sovuqqa chidamli ekinlar. Ildizmevalilar, karam, salat, shivit, ismaloq, bosh piyoz, gorox kiradi. Bularning urug'i 3-5 issiq haroratda una boshlaydi. Qulay harorat 17-20C Bu guruh o'simliklari 3-5C, hatto 7-10C gacha sovuqqa chidaydi.
Shartli issiqsevar yoki yarim sovuqqa chidamli ekinlar turiga faqat kartoshka kiradi. Tuganak tugish uchun qulay harorat 15-17 , palagi 0 daraja sovuqdan nobud bo'ladi.
Issiqsevar ekinlar. Bularga pomidor, bodring, qalampir, boyimjon kirib, urug'lari
p p p p
12-15Cda
una boshlaydi. Qulay harorat 20-30 harorat 15 dan pasaysa yoki 30 dan oshsa o'sish to'xtaydi. Salgina sovuq, ekinlarni urib ketadi.
Issiqqa chidamli sabzavot ekinlar. Bu guruhga qovun, tarvuz, qovoq, makkajo'xori, loviya kiradi. Bu ekinlar issiqqa chidamliligi bilan xarakterlanadi. Harorat 30-40 da fotosintez eng yuqori bo'ladi. Mana shular Sabzavot ekinlari issiqqa talabchanlik guruhga kiradi.
Sabzavotlarni almashlab ekishning ahamiyati ham juda kotta almashlab ekishning 3 turi: dala, yem-xashak yoki ferma atrofidagi va maxsus almashlab ekishlar mavjud. Bu turlar bir-biridan ekinlar biologiyasi, o'stirish texnologiyasi va ekinlarning nazorat nisbatiga qarab farqlanadi. Dala almashlab ekishlari texnika, donli ekinlarga mo'ljallangan bo'lib, bularning salmog'i ekinlar navbatlashuvida 50-70% ni tashkil etadi. Almashlab ekishda muhim ko'rsatkich dalalar soni hisoblanadi. Almashlab ekish dalalarining soni qisqa rotatsiya (4, 5, 6, 7 dalali), uzoq rotatsiyali (9,10,12 dalali) bo'ladi. Umuman aytganda, dalalar soni, xo'jalikning ixtisoslashishiga, almashlab ekishdagi dalalar soniga, xo'jalik ekin maydonlari strukturasiga bog'liq.
Em-xashak almashlab ekishlari yirik chorvachilik fermalari, komplekslari atrofida tashkil etiladi. Maqsadi chorva mollarini uzluksiz arzon tannarxli mo'l, sifatli, shirali, oqsilli yashil ozuqa bilan ta'minlab, yashil konveyer tashkil qilishni va mustahkam yem xashak bazasini barpo etishni ko'zda tutadi.
Maxsus almashlab ekishlar sabzavot, poliz, kartoshka, tamaki, sholi, kanop kabi ekinlarni ekishga mo'ljallangan.
Sabzavotchilik xo'jaliklarda dehqonchilik tizimi va madaniyatining asosiy ko'rsatgichi hamda sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkadan yuqori hosil olishning yetakchi omillaridan biri almashlab ekishni to'g'ri tashkil etishdir. Almashlab ekishda muayyan xo'jalik tuproq iqlim sharoitlari, suv bilan ta'minlanish darajasi, mahsulot yetishtirish shartnoma topshirig'i, ixtisoslashtirish, iqtisodiy ko'rsatkichlar va hokazolar hisobga olinadi.
Konserva zavodlariga yaqin sabzavotchilik xo'jaliklarida qayta ishlanadigan sabzavotlar (pomidor, boyimjon, qalampir), shahar atrofi xo'jaliklariga esa asosan iste'mol qilinadigan pomidor, bodring kabi ekinlar ekish, uzoq joylashgan xo'jaliklarda tashishga mos sabzi, lavlagi, piyoz, poliz, kartoshka yetishtirish maqsadga muvofiq. O'zbekiston sharoitida barcha almashlab ekish sxemalaridan unumli foydalaniladi.
REFERENCES
1. https: //uz.wikipedia. org/wiki/Sabzavotchilik
2. http: //www.moodle.tsautb. uz/course/info .php?id=210&lang=uz
3. http://www.ziyonet.uz/uploads/books/49959/53c3719892223.pdf
4. http://www.agriculture.uz/filesarchive/Sabzavotchilik%20va%20polizchilik.pdf