Mardanova G.D. o'qituvchi Termiz davlat universitet Xurramov A.Sh. Termiz davlat universitet
SURXONDARYO VILOYATIDA ANOPHELES QON SO'RUVCHI CHIVINLARINING FAUNASI VA EKOLOGIYASINING O'RGANILISH HOLATI
Annotatsiya. Maqolada Surxondaryo viloyatidagi Culicidae oilasi qon so'ruvchi chivinlarining Anopheles (Meigen, 1818) avlodiga mansub bezgak tarqatuvchi turlari bo 'yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari e 'lon qilingan. Jumladan An. superpictus, An. pulcherrimus, An. hyrcanus va An. claviger turi tarqalgan hududlarida faunasi va ekologiyasi xususiyatlari bo 'yicha olingan tahlil ma 'lumotlari berilgan.
Kalit so'zlar: Anopheles, An. superpictus, An. pulcherrimus, An. hyrcanus, An. claviger (An. bifurcatus).
Mardanova G.D.
Teacher Termez State University Khurramov A. Sh. doctor of biological sciences professor Termez State University
THE STATE OF THE STUDY OF THE FAUNA AND ECOLOGY OF THE BLOOD-SUCKING ANOPHELES MOSQUITOES IN THE SURKHANDARYA REGION
Abstract: The article publishes the results of studies of blood-sucking mosquitoes of the family Culicidae, which are carriers of malaria in the Surkhandarya region, belonging to the genus Anopheles (Meigen, 1818), and also presents the features of the results offaunal and ecological analysis of mosquitoes of the species An. superpictus, An. pulcherrimus, An. hyrcanus and An. claviger.
Key words: Anopheles, An. superpictus, An. pulcherrimus, An. hyrcanus, An. claviger (An. bifurcatus).
XX asr boshlarida Turkiston o'lkasi hududdagi sholi dalalarida bezgak chivinlari bilan bog'liq vaziyat hamda bezgak chivinlarining asosiy turlari, ularning ko'payish o'choqlari, ular bilan kurashda kerosin, baliq va boshqalarni qo'llanillash to'g'risidagi tajribalar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
N.I. Xodukin (1927, 1928) Turkistonda Anopheles bifurcatus, An. pulcherrimus, An. superpictus va An. hyrcanus topilganligi haqida ma'lumotlar berishganlar Ma'lumotlarga ko'ra Anopheles sacharovi Toshkent yaqinidagi hududlarda asosiy qon so'ruvchi chivinlardan ekanligini ma'lum bo'lib, bu turni asosiy ko'payish joylari shahar yaqinidagi guruch dalalarida bo'lganligi, kuzda bu chivinlar uzoqroqqa uchib borishliklari kuzatilgan. Ularning shaharda qishlab, bahorda ko'payish uchun qaytib kelib o'ziga mos joylarni qidirishi kuzatilgan. Biroq An. hyrcanus (Pallas) va An. hyrcanus var. mesopotamiae (Chirist) lar esa deyarli faqat 36qamish va boshqa o'simliklar orasida qishlashgi haqida qayd etgan. Rossiya Fanlar akademiyasida hozirgacha Turkistonning Anopheles faunasini o'rganish to'gallanmaganligi hamda 1928-yilda Turkistonda topilgan Anopheles bifurcatus hamda An. algeriensis kabi turlarning barcha jarayonlaridagi xususiyatlarini Shingaryov batafsil yoritib bergan va bir necha namunalarni o'rganish davomida An. algeriensis Turkistonda uchramaydi degan xulosa bergan.
A.A. Shtakelberg (1969) An. bifurcatus va An. pulcherrimus lichinkalari qish uyqusiga ketishi hamda An. superpictus ning ba'zan lichinka sifatida qishlashini A.A. Shtakelberg ko'rsatganidek, N.I. Latishev ham takrorlagan. An. bifurcatus va An. pulcherrimus xatto laboratoriya sharoitida ham odatda bahorgacha g'umbaklamasligini qayd etgan.
Sh.M. Jaxongirov (2004, 2006, 2007) bir qator olimlar bilan birgalikda Surxondaryo viloyatida 2004-2006-yillar davomida bezgak o'choqlari dinamikasida potentsial, yangi faol va qoldiq faol o'choqlarning kopayishi tendentsiyasi kuzatilgan. 2004-yilda 7 ta potentsial o'choq, 2005-yilda 21 ta va 2006-yilda 23 taga etgan. 2004-yilda 8 ta yangi faol o'choq paydo bo'lgan, 2005-yilda esa 15 taga ortgan. 2004-yilda yetarlicha faol o'choqlar 3 ta, 2005-yilda 4 ta, 2006-yilda esa 13 ta bo'lgan. Shuni takidlash kerakki, agar avvalgi yillarda mahalliy bezgak asosan Tojikiston va Afg'oniston bilan chegaradosh hududlardagi tekislik daryo landshaft zonada aniqlangan bo'lsa, 2003-2004-yillarda ularni tog'oldi landshaft zonada qayd -(Bandixon, Boysun, Denov, Muzrobod, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod va Sho'rchi) tadqiqotlar olib borilib, Anopheles chivinlarining asosiy ko'payish joylari Amudaryo, Surxondaryo, To'palang, Obizarang va Qoratog' daryolarining pasttekisliklari va o'zanlarida joylashganligi, 100-600 m uzoqlikdagi aholi istiqomat qiladigan joylarning yonlaridan oqib o'tuvchi qor-muzlik tipidagi suv omborlaridan hosil bo'lgan suv havzalarida uchrashi aniqlangan. Shuningdek, aprel may oylarida maksimal suv oqimining bo'lishi, iyul oyiga kelib bu daryolar o'zanlarida har xil turdagi suv havzalar, jumladan, ko'lmaklarning hosil bo'lishi natijasida bu yerlarda 4 turga mansub, ya'ni An. superpictus, An. pulcherrimus, An. hyrcanus va An. claviger chivinlarining lichinkalari uchrashi aniqlangan hamda An. superpictus umumiy tur populyatsilari ichida 94,3 %ni tashkil etib, bezgak chivinlar orasida dominant tur sifatida qayd etishganlar. Surxondaryo viloyatida bezgak tashuvchi Anopheles avlodiga mansub chivin turlarining ro'yxati,
sistematikasi, klassifikatsiyasi, taksonomiyasi, morfologiyasi, tarqalishi, ekologiyasi, bir-biridan farqlanishini aniqlash, bezgak kasalligining tarqatishdagi ahamiyati hamda bezgak tashuvchilariga qarshi kurashning fizikaviy, biologik, kimyoviy usullari yoritilgan o'quv qo'llanmani nashr etishgan [1; 268-b., 3; 292-b.].
A.A. Fatullaeva, Sh.M. Jaxongirov, A.B. Zvantsov, I.I. Goryachyeva, Sh.T. Sayfiyev, K.A. Mirzaqulov (2014) 2006-2013-yillarda O'zbekiston hududida bezgak chivinlari keng tarqalishi bois O'zbekistonning 7 fizik-geografik mintaqasida olimlar tomonidan tadqiqot ishlari o'tkazilgan. To'plangan materiallarni tashqi morfologik belgilari bo'yicha identifikatsiyasi uchun identifikatsiya jadvallaridan foydalanib Farg'ona, Chirchiq-Ohangaron, Qashqadaryo va Surxondaryo tabiiy geografik viloyatlarida 5 turdagi (An. artemievi, An. claviger, An. hyrcanus, An. pulcherrimus va An. superpictus) jami 463 chivin namunalari to'plangan. Ulardan An. pulcherrimus 42,4±2,2 % tashkil etib dominant tur sifatida qayd etilgan bo'lsa, An. superpictus 27,6±2,0 % -subdominant, shuningdek, An. hyrcanus 15,4±1,6 % va An. artemievi 11,8±1,4 % - kam sonli turlar, An. claviger 2,8±0,7 % eng kam uchrovchi tur ekanligi qayd etishganlar.
Sh.M. Jaxongirov, A.B. Zvantsov, M.I. Gordeev, I.I. Goryachyeva, Sh.T. Sayfiyev, A.A Fatullayeva, K.A. Mirzaqulov (2013, 2014, 2016) Samarqand shahridagi L.M. Isaev nomidagi O'zbekiston Respublikasi tibbiyot parazitologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining bir guruh olimlari O'zbekiston Respublikasining 7 fiziografik mintaqalarida morfologik, tsitogenetik va molekulyar genetik tahlillar natijasida bezgak chivinlarining 6 turi: An. artemievi, An. superpictus, An. pulcherrimus, An. hyrcanus, An. martinius va An. claviger aniqlangan. An. superpictus dominantlik tur hisoblanib, O'zbekistonning barcha tog'oldi va tog'li hududlarida keng tarqalganligi hamda eng ko'p son populyatsiyasi avgust va sentyabr oylariga to'g'ri kelganligi bayon etilgan. An. superpictus tog'oldi va tog'li hududlarda, An. artemievi va An. pulcherrimus daryo vodiylari va tog' etaklarida hamda Surxondaryo va Sherobod daryolari oraligidagi tekislik vodiylarida uchrashi kuzatilgan. Anopheles chivin turlari Surxondaryo vodiysida nafaqat tog'oldi va tog'li hududlarda, balki pasttekisliklarda ham yashashga moslashganligi, ularning eng ko'p sonda avgust sentyabr oylarida kuzatilganligi hamda Surxondaryo va Amudaryoning quyi oqimining pasttekislik qismlarida kuzatilganligi haqida ma'lumotlar taqdim etishganlar [2; 40-41-b.].
Olib borilgan adabiyotlar tahlilidan shuni xulosa qilish mumkinki, dunyo bo'ylab olib borilgan asosiy tadqiqotlar tajribalariga tayangan holda aytish lozimki qon so'ruvchi Anopheles avlodi chivinlarning faunistik turlarining mavjudligi ularning o'rganilayotgan hududda keng tarqalganligi haqidagi ma'lumotlar asosida izlanishlarni olib borishga asos bo'la oladi. Bunda yig'ilgan manbalarga asoslanib, shuni takidlash kerakki, tadqiqotlarning asosiy qismi Anopheles chivin turlarining o'rganishda dunyo bo'yicha jumladan MDH va
xorijiy mamlakatlarda e'lon qilingan ilmiy manbalar va amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarga tayanib kuzatuvlarni samarali bo'lishligiga erishish imkonlari yaratilganligi ishning saviyli bajarilishi mumkin beradi [4; 159-166-b.].
Shuni ham takidalash lozimki, olib borilgan tahlillarda ma'lum bo'ldiki, xorijiy mamlakatlarda Anopheles chivinlarining faunasi bo'yicha sezilarli darajada tadqiqotlar olib borilishiga qaramay, Surxondayo viloyatining turli geografik mintaqalaridagi tabiiy va antropogen landshaftlari sharoyitida Anopheles avlodiga mansub chivinlarining landshaftlar bog'liqligi va ularning tarqalish dinamikasi bo'yicha kompleks tadqiqotlar yetarlicha emasligi aniqlandi.
Hozirgi kunda, iqlimning o'zgarishi, aholi sonining oshishi, yer maydonlarini o'zlashtirish jarayonida Surxondayo viloyatida tarqalgan Anopheles avlodi chivinlarining faunistik majmui, tur tarkibi, mavsumiy o'zgarishi holati, genetik xilma-xilligi va o'zgaruvchanligini o'rganish masalalari dolzarb sanaladi.
Foydanilgan adabiyotlar
1. Жахонгиров Ш.М., М.С. Муминов, И.М Пономарев - Энтомологическая ситуация в очагах малярии Сурхандарьинской области Узбекистана // Мат. I Всероссийского совещания по кровососущим насекомым (Санкт-Петербург, 24-27 октября 2006 г.). Зоологический институт РАН. Санкт-Петербург. 2006. 268 с.
2. Жахонгиров Ш.М., Фатуллаева А.А., Сайфиев Ш.Т., Званцов А.Б., Горячева И.И., Гордеев М.И., Мирзакулов К.А. Распространение малярийных комаров на территории Узбекистана // Современные вопросы медицинской паразитологии и инфекционных заболеваний. Самарканд, 2014б. № 3. вып. 79. С. 40-41.
3. Жахонгиров Ш.М., Нурмаматов Ш., Хдмзаев Р.А. Тиббий энтомология. // Укув кулланма. Узбекистан соFликни саклаш вазирлиги Л.М. Исаев номидаги тиббий паазитология илмий текшириш институти. Самарканд, «Navro'z poligraf» МЧЖ. 2016. 292 б.
4. Mardanova G., Xurramov A. Surxondaryo tabiiy geografik hududida bezgak chivini Anopheles superpictus Grassi (1899) turining morfologik va molekulyar-genetik tavsifi // "FarDU ilmiy xabarlari" jurnali. Farg'ona. 2023. № 2. 159-166 b.
5. Щербань З.П., Уколов И.П. Краткий определитель кровососущих комаров Узбекистана. Ташкент. «Фан», 1991. 44 с.