Научная статья на тему 'SURXONDARYO HUDUDIDA TARQALGAN ANOPHELES AVLODI CHIVINLARINING TAKSONOMIK VA FAUNISTIK TAHLILI'

SURXONDARYO HUDUDIDA TARQALGAN ANOPHELES AVLODI CHIVINLARINING TAKSONOMIK VA FAUNISTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Anopheles chivinlari / taksonomik tahlil / taksonomik holat / sistematika / tabiiy geografik rayon. / Anopheles mosquitoes / taxonomic analysis / taxonomic position / taxonomy / natural geographic region.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Mardanova G.D.

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatida **Anopheles** avlodiga chivinlarning taksonomik tahliliga ko’ra **Anopheles hyrcanus, An. claviger, An. pulcherrimus, An. Superpictus** turlarining faunistik holatiga asoslangan maʼlumotlari tahlil natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TAXONOMIC AND FAUNAL ANALYSIS OF MOSQUITOES OF THE GENUS ANOPHELES COMMON IN THE SURKHANDARYA REGION

The article presents the results of an analysis based on the data of the faunal state of mosquito species **An. hyrcanus, An. claviger, An. pulcherrimus, An. Superpictus** of the genus **Anopheles** in Surkhandarya region in accordance with their taxonomic analysis.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO HUDUDIDA TARQALGAN ANOPHELES AVLODI CHIVINLARINING TAKSONOMIK VA FAUNISTIK TAHLILI»

Mardanova G.D.

Termiz davlat universiteti Termizshahri, O'zbekiston

SURXONDARYO HUDUDIDA TARQALGAN ANOPHELES AVLODI CHIVINLARINING TAKSONOMIK VA FAUNISTIK TAHLILI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatida **Anopheles** avlodiga chivinlarning taksonomik tahliliga ko 'ra **Anopheles hyrcanus, An. claviger, An. pulcherrimus, An. Superpictus** turlarining faunistik holatiga asoslangan ma'lumotlari tahlil natijalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Anopheles chivinlari, taksonomik tahlil, taksonomik holat, sistematika, tabiiy geografik rayon.

Mardanova G.D.

Termez Staty University Termez, Uzbekistan TAXONOMIC AND FAUNAL ANALYSIS OF MOSQUITOES OF THE GENUS ANOPHELES COMMON IN THE SURKHANDARYA

REGION

Abstracts. The article presents the results of an analysis based on the data of the faunal state of mosquito species **An. hyrcanus, An. claviger, An. pulcherrimus, An. Superpictus** of the genus **Anopheles** in Surkhandarya region in accordance with their taxonomic analysis.

Key words: Anopheles mosquitoes, taxonomic analysis, taxonomic position, taxonomy, natural geographic region.

Surxondaryo viloyati sharoitida Anopheles chivinlarining faunasini o'rganish va biologik, geografik va ekologik xususiyatlarining hududlar kesimida aniqlash maqsadida belgilab olingan hududlarda ularnining tur tarkibini aniqlab olish talab qilinadi. Olib borilgan tadqiqotlar davomida Surxondaryo viloyati sharoitida Anopheles chivinlarining hududlarda tarqalgan hamda aniqlangan turlarining zamonaviy sistematikasi taksonomik holatiga asoslangan ma'lumotlari keltirildi. Anopheles avlodi chivinlarining bizgacha bo'lgan vaqt mobaynida taksonomik va faunistik bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan bo'lsada [1; 120-b.], bugungi kunla ekologik omillarning intensiv o'zgaruvchanligi vaqt mobaynida turlarning rivojlanishiga, populyatsiya zichligiga ta'sir etib, ayrim turlarning ma'lum hududdan siqib chiqarilishi yoki yangi turlarning qirib kelishiga sabab bo'lib, ularning geografik jihatdan tarqalishining o'zgarish ehtimolini oshiradi. Bu holat Surxondaryo viloyati sharoitida Anopheles chivinlarini taksonomiyasini faunasini o'rganilishi entomologiya sohasida ma'lum bir bo'shliqlarni to'ldirish uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. Surxondaryo viloyatining o'ziga xos tabiiy iqlim sharoitlarida

relyeflarning xilma-xilligi, pastteksliklar, tog' va tog'oldi hududlarga qadar bo'lgan vertikal, gorizantal kengliklar bo'ylab shakllangan landshaftlarining mavjudligi Anopheles avlodi chivinlarining o'ziga xos faunasining shakllanishiga asos bo'ldi. 2008-2023-yillar davomida olib borilgan tadqiqot ishlari viloyatimizning 3 ta, Quyi Surxondaryo tabiiy geografik rayon (Angor, Bandixon, Jarqo'rg'on, Muzrobod, Qiziriq, Termiz tumanlari va Termiz shahri), O'rta Surxondaryo tabiiy geografik rayon (Denov, Qumqo'rg'on, Sho'rchi, Uzun tumanlari) va Yuqori Surxondaryo tabiiy geografik rayon (Boysun, Oltinsoy, Sariosiyo va Sherobod tumanlari) viloyatning tabiiy geografik hududlarida olib borildi va Anopheles chivinlarining 4 ta turi aniqlandi, ular 1 ta sinf, 1 ta turkum, 1 ta olilaga, 1 ta avlodga va 2 ta kenja avlodga mansubligi o'tkazilgan taksonomik tahlil asosida aniqlandi. Anopheles chivinlarini taksonomik tahlil qilish umumiy qabul qilingan tip, sinf, turkum, oila, avlod, tur tizimi tarbida amalga oshirildi (1-rasmga qaralsin) [2; 542-b.]. Anopheles avlodi turlarining tavsiflashda umumiy qabul qilingan aniqlagichlar va mualiflarning ma'lumotlaridan foydalanildi [2; 547-b., 3; 401-b., 4; 133-b.].

SURXONDARYO VILOYATI ANOPHELES AVLODIGA MANSUB CHIVIN TURLARNING TAKSONOMIK TAHLILI BO'YICHA SISTEMATIK JOYLASHUVI

tip - ARTHROPODA - Bug'im oyoqlilar sinf - INSESTA (Leach, 1815) - Hasharotlar turkum - DIPTERA (Meigen, 1818) - Ikki qanotlilar

kenja turkum - NEMATOSERA (Meigen, 1818) - Uzun mo'ylovlilar oila - CULICIDAE (Meigen, 1818) - Asl chivinlar kenja oila - ANOPHENAE (Meigen, 1818) - Qon so'ruvchi

chivinlar

avlod (urug') - ANOPHELES (Meigen, 1818) - Bezgak

chivinlar

kenja avlod - ANOPHELES (Meigen, 1818) - Bezgak

chivinlar

tur - Anopheles claviger (Meigen, 1804) - Buloq bezgak chivin tur - Anopheles hyrcanus (Pallas, 1771) - Qamish bezgak chivin kenja avlod - CELLIA (Theobald, 1902) - Bezgak chivinlar tur - Anopheles superpictus (Grassi, 1899) - Bezangan bezgak

chivin

tur - Anopheles pulcherrimus (Theobald, 1902) - Oq bezgak chivin

Tadqiqot davomida yig'ilgan materiallarimizda Anopheles avlodining Anopheles va Cellia ikkita kenja avlodiga ta'lluqli turlari o'rganildi. Bularga Anopheles kenja avlodidagi ikki turi (An. claviger, An. hyrcanus) va Cellia kenja avlodining ikki turi (An. superpictus, An. pulcherrimus) uchrashi aniqlandi.

Angor tumanida Anopheles chivinlarning An. superpictus (69,97 %), An. pulcherrimus (28,81 %) va An. hyrcanus (1,52 %), Bandixon tumanida An. superpictus (69,94 %), An. pulcherrimus (28,91 %) va An. hyrcanus (1,15 %), Boysun tumanida An. superpictus (68,02 %), An. pulcherrimus (28,56 %), An. hyrcanus (1,14 %) va An. claviger (2,28 %), Denov tumanida An. superpictus (68,73 %), An. pulcherrimus (28,98 %), An. hyrcanus (1,18 %) va An. claviger (1,11 %), Jarqo'rg'on tumanida An. superpictus (70,16 %), An. pulcherrimus (28,63 %) va An. hyrcanus (1,21 %), Muzrobod tumanida An. superpictus (69,83 %), An. pulcherrimus (28,81 %) va An. hyrcanus (1,36 %), Oltinsoy tumanida An. superpictus (70,29 %), An. pulcherrimus (28,57 %) va An. hyrcanus (1,03 %) va An. claviger (0,11 %), Qiziriq tumanida An. superpictus (70,18 %), An. pulcherrimus (28,68 %) va An. hyrcanus (1,14 %), Qumqo"rg'on tumanida An. superpictus (70,30 %), An. pulcherrimus (28,76 %) va An. hyrcanus (0,94 %), Sariosiyo tumanida An. superpictus (69,28 %), An. pulcherrimus (28,52 %), An. hyrcanus (1,19 %) va An. claviger (1,01 %), Termiz tumanida An. superpictus (69,77 %), An. pulcherrimus (28,71 %) va An. hyrcanus (1,52 %), Uzun tumanida An. superpictus (67,68 %), An. pulcherrimus (28,96 %), An. hyrcanus (1,22 %) va An. claviger (2,13 %), Sherobod tumanida An. superpictus (69,82 %), An. pulcherrimus (29,04 %) va An. hyrcanus (1,14 %), Sho'rchi tumanida An. superpictus (70,03 %), An. pulcherrimus (28,63 %) va An. hyrcanus (1,34 %), Termiz shahrida An. superpictus (70,11 %), An. pulcherrimus (28,70 %) va An. hyrcanus (1,19 %) turlari aniqlandi (2-rasmga qaralsin).

■ 1/;. superpictus * An. pulcherrimus

2-rasm. Surxondaryo viloyatidagi Anopheles chivin turlari fauna tarkibining tumanlar bo'yicha taqsimlanishi (turlar soni foizida)

Umumiy yig'ilgan Anopheles avlodiga mansub chivinlar orasida 69,58 % An. superpictus - ko'psonli, 28,76 % An. pulcherrimus - o'rtasonli, 1,22 % An. hyrcanus kamsonli va 0,44 % An. claviger - kamyob uchrovchi tur ekanligi aniqlandi (3-rasmga qaralsin).

3-rasm. Surxondaryo viloyatidagi Anopheles chivin turlari fauna tarkibi bo'yicha taqsimlanishi (turlar soni va foizi)

Tadqiqotlar natijasida hududlari bo'yicha tahlil qilinganda Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqo'rg'on, Oltinsoy, Qiziriq, Qumqo'rg'on, Muzrobod, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod va Sho'rchi tumanlarida Anopheles chivinlari notekis tarqalganligi kuzatildi. Jumladan, Anopheles superpictus, Anopheles pulcherrimus, Anopheles hyrcanus barcha tumanlarda hamda Anopheles claviger faqatgina Bandixon, Boysun, Denov, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun va Sherobod tumanlarida tog'li hududlarda uchrashi aniqlandi (1-jadvalga qaralsin).

1-jadval

2008-2023 yillar davomida Surxondaryo viloyati hududida olib borilgan tadqiqotlaridan yig'ilgan Anopheles avlodiga mansub chivin turlarining ma'muriy tumanlar bo'yicha taqsimlanishi

Tumanlar

Shu jumladan Anopheles chivinlarining turlari bo'yicha

Barcha yig'ilgan chivinlar miqdori Аnopheles superpictus Аnopheles pulcherrimus Аnopheles hyrcanus Аnopheles claviger

n % n % n % n % n %

Angor tumani 656 5,01% 459 69,97% 189 28,81% 8 1,22%

Bandixon tumani 875 6,69% 612 69,94% 253 28,91% 10 1,14%

Boysun tumani 788 6,02% 536 68,02% 225 28,55% 9 1,14% 18 2,28%

Denov tumani 1356 10,36% 932 68,73% 393 28,98% 16 1,18% 15 1,11%

Jarqo'rg'on tumani 744 5,69% 522 70,16% 213 28,63% 9 1,21%

Muzrobod tumani 900 6,88% 628 69,78% 259 28,78% 13 1,44%

Oltinsoy tumani 850 6,50% 598 70,35% 245 28,82% 7 0,82%

Qiziriq tumani 788 6,02% 553 70,18% 226 28,68% 9 1,14%

Qumqo'rg'on tumani 963 7,36% 674 69,99% 277 28,76% 12 1,25%

Sariosiyo tumani 1094 8,36% 758 69,29% 312 28,52% 13 1,19% 11 1,01%

Termiz tumani 1052 8,04% 734 69,77% 302 28,71% 16 1,52%

Uzun tumani 656 5,01% 444 67,68% 190 28,96% 8 1,22% 14 2,13%

Sherobod tumani 613 4,68% 428 69,82% 178 29,04% 7 1,14%

Sho'rchi tumani 744 5,69% 521 70,03% 213 28,63% 10 1,34%

Termiz shahri 1007 7,70% 706 70,11% 289 28,70% 12 1,19%

Surxondaryo viloyati: 13086 100% 9105 69,58% 3764 28,76% 159 1,22% 58 0,44%

Shundan:

Lichinkalar 7880 60,2% 5232 66,40% 2514 31,90% 101 1,28% 33 0,42%

Imagolar 5206 39,8% 3873 74,4% 1250 24,0% 58 1,1% 25 0,5%

Urg'ochi chivinlar 3476 66,77% 2588 74,45% 832 23,94% 39 1,12% 17 0,49%

Erkak chivinlar 1730 33,23% 1285 74,28% 418 24,16% 19 1,10% 8 0,46%

2008-2023 yillar davomida Surxondaryo viloyatida olib borilgan tadqiqotlar natijasida tadqiqot hududining Anopheles avlodi chivinlarining

taksonomik va faunistik tahlillari o'tkazilganligidan kelgusi ilmiy tadqiqotlar uchun ham kerakli omillar yaratilgan deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Когай Е.С. Экология Палласова малярийного комара в условиях Узбекистана: (Ahopheles hyrcanus Pall.) / Е.С. Когай; Под ред. З.А. Пажитновой. АН УзССР. Ин-т зоологии и паразитологии // Ташкент: Фан, 1968. - 124 с.

2. Штакельберг А.А. Кровососущие комары Палеарктики. М.-Л.: Наука, 1937. 257 с.

3. Yuan Fang, Wen-Qi Shi, Yi Zhang. Molecular phylogeny of Anopheles hyrcanus group members based on ITS2 rDNA // Parasit Vectors. 2017 Sep 7;10(1):417.

4. Mavlonov O., Xurramov Sh., Eshova X. Umurtqasizlar zoologiyasi. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik // O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent. 2006. 464 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.