UO'K. 631.4
SUG'ORILADIGAN TIPIK BO'Z TUPROQLAR SHAROITIDA EKILGAN SOYA NAVLARINI TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARIGA TA'SIRI
Ollaberganova Mahliyo Matyoqub qizi
Toshkent davlat agrar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.14910084
Annotatsiya: Maqolada sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlar sharoitida ekilgan soya navlarini agrakimyoviy xossalariga ta'siri ya'ni tajriba dalasi tuproqlaridagi olingan ma'lumotlarda gumus, umumiy azot miqdori, umumiy fosfor miqdori, nitratli azot, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlari: Tipik bo'z, agrokimyoviy xossa, gumus miqdori, azot, fosfor, kaliy.
ВЛИЯНИЕ СОРТОВ СОИ, ВЫСАЖИВАЕМЫХ НА ОРОШАЕМЫХ ТИПИЧНЫХ СЕРОЗЕМАХ, НА АГРОХИМИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ПОЧВ
Аннотация: В статье рассмотрено влияние сортов сои на агрохимические свойства орошаемых типичных сероземов, т.е. приведены сведения о гумусе, содержании общего азота, общего фосфора, нитратного азота, подвижного фосфора и обменного калия в почвах опытного поля.
Ключевые слова: Типичные серозем, агрохимические показатели, содержание гумуса, азота, фосфора, калия.
THE EFFECT OF SOYBEAN VARIETIES PLANTED IN IRRIGATED TYPICAL GRAY SOILS ON THE AGROCHEMICAL PROPERTIES OF SOILS
Annotation: The article, the influence of soybean cultivars on the agrochemical properties of irrigated typical gray soils, i.e., information on humus, total nitrogen content, total phosphorus content, nitrate nitrogen, mobile phosphorus and exchangeable potassium in the experimental field soils. given.
Keywords: Typical grey, agrochemical properties, humus content, nitrogen, phosphorus, potassium.
KIRISH
Dunyoda hozirgi kunda ^req^i^ing agrokimyoviy, fizik va kimyoviy xossalari, gumuslilik holati hamda tuрroq biologik faolligining tashqi muhit omillari bilan o'zaro bog'liqligini tahlil qilish bo'yicha bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, tuрroq degradatsiyasi jarayonlarining dastlabki bosqichini zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda aniqlash va tuрroq unumdorligini oshirish, organik dehqonchilik ishlarini yuritish, biologik usullar orqali qishloq xo'jaligi ekinlaridan yuqori hamda sifatli ekologik sof mahsulot yetishtirishga doir ilmiy-amaliy ishlarga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Hozirgi kunda resрublikamizda sug'oriladigan yer maydonlarini meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash, oshirish va ulardan samarali foydalanish bo'yicha davlat dasturlari doirasida keng ko'lamli melioratsiya tadbirlari va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, muayyan natijalarga erishilmoqda.
TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMASI.
Tuproqning asosiy harakterlovchi ko'rsatkichlardan biri bu uning agrokimyoviy xossasidir, tuproqni unumdorligini belgilashda katta ahamiyatga ega. Tajriba dalasidan tajriba boshlangunga
qadar tuproq namunalari olinadi va olingan namunalari tahlilga tayyorlanadi va tarkibidagi gumus, umumiy va nitratli azot, umumiy va harakatchan fosfor hamda almashinuvchi kaliy miqdorlari aniqlanadi. Olingan natijalar asosida tuproqning ta'minlanganlik darajasi va oziqlantirish me'yorlarini qo'llash tartibini belgilashda asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Tajriba dalasi tuproqlarining agrokimyoviy tarkibini aniqlash maqsadida tajriba qo'yishgan oldin tuproqning 0-30 va 30-50 sm li qatlamidan 5 nuqtadan diagonal bo'yicha tuproq namunalari olindi. Tajriba dalasining dastlabki agrokimyoviy tarkibi to'g'risidagi ma'lumotlar jadvalda keltirilgan.
1-jadval. Tajriba dalasi tuproqlarining dastlabki agrokimyoviy
ko'rsatkichlari.
Tuproq qatlamlari,sm Umumiy shakllari, % Harakatchan shakllari, mg/kg
Gumus N R N-NO3 R2O5 K2O
0-30 0,851 0,077 0,198 21,3 12,8 259
30-50 0,721 0,058 0,151 17,0 10,6 157
Olingan ma'lumotlardan shuni ko'rishimiz mumkinki, tajriba dalasining dastlabki 0-30 sm qatlamida chirindi miqdori 0,851 %ni, umumiy azot miqdori 0,077 %ni, umumiy fosfor miqdori 0,198 %, nitratli azot 21,3 mg/kg, harakatchan fosfor 12,8 va almashinuvchi kaliy 259 mg/kg ni tashkil etgan bo'lsa, 30-50 sm qatlamda ushbu kursatkichlar, chirindi miqdori 0,721 %ni, umumiy azot miqdori 0,058 %ni, umumiy fosfor miqdori 0,151 %, nitratli azot 17,0 mg/kg, harakatchan fosfor 10,6 va almashinuvchi kaliy 157 mg/kg bo'lganligi aniqlandi.
Tajriba dalasi tuprog'ida gumus, umumiy azot va fosfor elementlarining o'zgarishi O'simlikni o'sish va rivojlanishi uchun tuproq muhitida ozuqa elementlarining o'rni alohidadir. Ya'ni, tuproqda gumus muqdori asosan
85-90 foizni organik moddalar tashkil etib hosildorlikni baholashda muhim omil bo'lib hizmat qiladi. Tuproqda umumiy azot muqdori bu organik modda - gumusning 1/20 - 1/40 foiz miqdorida bo'lib, o'simlik tomonidan qabul qilmaydigan miqdori hisoblanadi. Biroq havo xarorati oshishi bilan gumusning 1-2% miqdori mikroorganizmlar tomonidan parchalanadi va azot erkin xolatga kelib o'simlik uchun yutiladigan shakliga aylanadi. Forsor esa tuproqda organik va noorganik shaklida bo'lib o'simlik tomonidan tuproq muhitida yutiladi. Fosfor asosan o'simlikga anion fosfor kislotasi sifatida ya'ni, digidrofosfat va gidrofosfat shaklida yutiladi.
Olib borilgan tajribalarimizda soya navlarini ekish tizimlari va qator oralig'iga chuqur ishlov berishda tuproqda gumus, umumiy azot va fosfor miqdorini o'zgarishi o'rganildi.
Maqbul ekish usuli va qator oralig'iga chuqur ishlov berish bilan tuproqning unumdorlik ko'rsatkichini harakterlovchi ozuqa elementlarini saqlash muhim ahamiyatni qasb etadi. Shuning uchun ham maqbul ekish usuli va qator oralig'iga chuqur ishlov berish tizimini ishlab chiqish orqali moliyaviy sarf harajatni kamaytirib, hosildorlikni 15-20 foizga oshirishga olib kelishi mumkin.
2-jadval. Tajriba dalasi tuprog'ida gumus, umumiy azot va fosfor elementlarining
o'zgarishi %
Qator orasiga ishlov berish Qator Umumiy shakllari, %
№ var Takroriy ekilgan soya orasiga chuqur ishlov berish chuqurli Tuproq qatlamla ri, sm Gumus N P
navlari chuqurli gi, sm
gi, sm
1 O'zbek-2 12-14 sm 0-30 0,833 0,069 0,200
(nazorat) 30-50 0,682 0,067 0,190
2 O'zbek-2 14-16 sm 0-30 0,827 0,073 0,190
(nazorat) 30-50 0,745 0,068 0,162
3 12-14 sm 0-30 0,847 0,074 0,195
30-50 0,714 0,059 0,167
4 Nafis 16-18 sm 0-30 0,853 0,063 0,200
30-50 0,715 0,046 0,154
5 18-20 sm 0-30 0,835 0,068 0,192
12-14 sm 30-50 0,727 0,057 0,150
6 12-14 sm 0-30 0,835 0,061 0,144
30-50 0,733 0,050 0,123
7 Selekta- 16-18 sm 0-30 0,832 0,067 0,152
201 30-50 0,723 0,047 0,119
8 18-20 sm 0-30 0,837 0,063 0,152
30-50 0,685 0,045 0,114
9 14-16 sm 0-30 0,842 0,067 0,144
30-50 0,718 0,046 0,100
10 Nafis 18-20 sm 0-30 0,812 0,071 0,157
30-50 0,732 0,056 0,123
11 20-22 sm 0-30 0,861 0,072 0,150
14-16 sm 30-50 0,714 0,063 0,119
12 14-16 sm 0-30 0,814 0,064 0,167
30-50 0,742 0,048 0,135
13 Selekta- 18-20 sm 0-30 0,834 0,080 0,157
201 30-50 0,706 0,071 0,144
14 20-22 sm 0-30 0,811 0,065 0,167
30-50 0,756 0,048 0,135
XULOSA
Xulosa qiladigan bo'lsak Soya ekinining Selekta-201 navida qator orasiga ishlov berish chuqurligi 14-16 sm, qator orasiga 18-20 sm chuqur ishlov berilib ekilganda tuproq unumdorligi saqlangan holda 0-30 sm qatlamda gumus miqdori, umumiy azot, fosfor yaxshilanganligi aniqlandi. Olib boragan tadqiqot dalamizda tuprog'i gumus va azot bilan kam, fosfor bilan juda kam, kaliy bilan esa o'rtacha ta'minlanganligi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Mahmudov O', Xalikov B. "Takroriy ekinlar - yeryong'oq va soyaning tuproq agrokimyoviy ko'rsatkichlariga ta'siri" AGRO ILM 4 -SON, Toshkent 2020 y. 76 b
2. Mahmudov O', Xalikov B. "Ekish muddatlari va me'yorlarini takroriy yeryong'oq va soyaning ko'chat qalinligiga ta'siri" AGRO ILM 1-SON, Toshkent 2021 y. 28-b
3. Mahmudov O', Xalikov B. "Ekish muddatlari va me'yorlarining takroriy yeryong'oq hamda soya ekini rivojlanish fazalariga ta'siri" AGRO ILM 2 -SON, Toshkent 2020 y. 38 b
4. Ne'matov U.. Soya o'simligini sug'orish texnologiyalarining tuproq suv o'tkazuvchanligiga ta'siri. AGRO ILM 3[47]-SON, 2017 y. 33 b.
5. Nurbaev S., Mo'minov K. "Soya navlarining o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish va o'g'it me'yorlarini tabaqalashtirib qo'llashning ta'siri" AGRO ILM 3-SON, Toshkent 2021 y. 20-b
6. Nurbaev S.A., Mo'minov K.M. Ekish va o'g'itlash me'yorlarini eroziyaga uchragan bo'z tuproqlarda soya hosildorligiga ta'siri. O'zbekiston agrar fani xabarnomasi 3-son 2019-yil. 189-b