Научная статья на тему 'SPORT AGENTINING HUQUQIY MAQOMI.'

SPORT AGENTINING HUQUQIY MAQOMI. Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Sportchi / agent / sport agenti / shartnoma majburiyatlari / kasbiy kompetentlik / axloqiy majburiyatlar / sportchi manfaatlarini himoya qilish / huquqiy javobgarlik. / Спортсмен / агент / спортивный агент / договорные обязательства / профессиональная компетентность / этические обязательства / защита интересов спортсмена / юридическая ответственность.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Djumaqulov Shuxrat Baxodirovich, Olimova Shaxzoda Baxtiyor Qizi

Ushbu maqolada sport agentining huquqiy maqomi tadqiq etilgan. Sport agenti kasbining tarixiy rivojlanishi, shartnomaviy munosabatlari, axloqiy majburiyatlari va faoliyatining qonuniy nazorati haqida batafsil ma’lumot berilgan. Sport agentining faoliyati sportchilar va sport tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga, ularning huquqlarini himoya qilishga va adolatli o‘yin tamoyillarini ta’minlashga qaratilgani ta’kidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРАВОВОЙ СТАТУС СПОРТИВНОГО АГЕНТА.

В данной статье рассматривается правовой статус спортивного агента. Подробная информация представлена об историческом развитии профессии спортивного агента, его договорных отношениях, этических обязательствах и правовом контроле его деятельности. Подчеркивается, что деятельность спортивного агента направлена на регулирование отношений между спортсменами и спортивными организациями, защиту их прав, обеспечение принципов честной игры.

Текст научной работы на тему «SPORT AGENTINING HUQUQIY MAQOMI.»

SPORT AGENTINING HUQUQIY MAQOMI.

Djumaqulov Shuxrat Baxodirovich

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti professori, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa

doktori (PhD) Olimova Shaxzoda Baxtiyor qizi Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Jismoniy madaniyat 23-2 guruh talabasi E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14834236

Annotatsiya: Ushbu maqolada sport agentining huquqiy maqomi tadqiq etilgan. Sport agenti kasbining tarixiy rivojlanishi, shartnomaviy munosabatlari, axloqiy majburiyatlari va faoliyatining qonuniy nazorati haqida batafsil ma'lumot berilgan. Sport agentining faoliyati sportchilar va sport tashkilotlari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga, ularning huquqlarini himoya qilishga va adolatli o'yin tamoyillarini ta'minlashga qaratilgani ta'kidlanadi.

Kalit so'zlar: Sportchi, agent, sport agenti, shartnoma majburiyatlari, kasbiy kompetentlik, axloqiy majburiyatlar, sportchi manfaatlarini himoya qilish, huquqiy javobgarlik.

ПРАВОВОЙ СТАТУС СПОРТИВНОГО АГЕНТА.

Аннотация: В данной статье рассматривается правовой статус спортивного агента. Подробная информация представлена об историческом развитии профессии спортивного агента, его договорных отношениях, этических обязательствах и правовом контроле его деятельности. Подчеркивается, что деятельность спортивного агента направлена на регулирование отношений между спортсменами и спортивными организациями, защиту их прав, обеспечение принципов честной игры.

Ключевые слова: Спортсмен, агент, спортивный агент, договорные обязательства, профессиональная компетентность, этические обязательства, защита интересов спортсмена, юридическая ответственность.

LEGAL STATUS OF A SPORTS AGENT.

Abstract: This article analyzes the legal status of a sports agent. Detailed information is provided on the historical development of the sports agent profession, its contractual relationships, ethical obligations, and legal oversight of its activities. It is emphasized that the activities of a sports agent are aimed at regulating relations between athletes and sports organizations, protecting their rights, and ensuring the principles of fair play.

Keywords: Athlete, agent, sports agent, contractual obligations, professional competence, ethical obligations, protection of the athlete's interests, legal liability.

KIRISH

Tarixan sport agenti sport munosabatlari sub'ekti sifatida XX asr boshlarida paydo bo'ldi. Bunga sportning jadal rivojlanishi hamda uning tijoratlashuvi sabab bo'ldi. Sportchining o'z vakili yordamida shartnoma imzolashi holati ilk bor 1925 yilda Amerika Qo'shma shtatlarida qayd etilgan. Illinoys universitetining Amerika futboli, beysbol, basketbol kabi sport turlarida yuqori natijalarni qo'lga kiritayotgan istiqbolli talabasi R. Granj o'qishni tugatgach o'zining "Chicago bears" klubi bilan imzolagan dastlabki professional shartnomasini vakili - agenti yordamida imzolagan. Ammo, shundan keyin ham bunday holatlar qayd etilgan davrda kamdan-kam kuzatilgan. AQSH da sport agentlari o'z faoliyatlarini 1970 yillarga yaqin faollashtira boshlaydi.

Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, mazkur davr professional sportdagi erkin agentlik munosabatlari bilan ajralib turadi, chunki sportchilarning katta qismi rezerv tizimi, ya'ni "qaysi klub hohlasa, o'sha klub olishi mumkin" prinsipiga asoslangan tizimga muvofiq o'z jamoalari oldida shartnomaviy majburiyatlarga ega bo'lib, ularda tanlov huquqi va muqobil variant bo'lmagan.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMASI

Agent tushunchasiga ta'rifni ko'plab lug'at va ensiklopediyalarda topish mumkin. "Sport agenti" tushunchasi haqida esa, ilmiy adabiyotlarda, normativ-huquqiy hujjatlarda, ichki (lokal) hujjatlarda, sport tashkilotlarining reglament normalarida ma'lumot olish mumkin. O'zbekiston Respublikasi "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Qonunining "Asosiy tushunchalar" deb nomlangan 3-moddasida sport agentiga quyidagicha ta'rif berilgan: "Sport bo'yicha agent -sportchi nomidan va uning manfaatlari uchun shartnoma asosida faoliyat ko'rsatadigan, tuzilgan shartnomalar shartlariga va sportchining huquqlariga rioya etilishini kuzatib boradigan shaxs". Sport agenti birinchi o'rinda - sportchining manfaatlarini ko'zlab, uning uchun bir qator hizmatlar majmuini amalga oshiruvchi vakildir. Jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham agent sifatida faoliyat yuritishi mumkin bo'lib, bu yerda vakillar faoliyat ko'rsatuvchi sport turi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Sport agentlarining qo'shimcha faoliyat turlari orasidan quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:

mijozlar daromad va harajatlarining moliyavi boshqaruvi; mijozlar faoliyatining soliqqa oid rejalashtirilishi; ziddiyatli vaziyatlarni hal qilish; sudlarda mijoz manfaatlarini himoya qilish; mashg'ulot va musobaqaviy faoliyatni tashkil qilish; sug'urtalash; qimmatli qog'ozlarni boshqaraish; hayriya aksiyalarida ishtirok etish; press-konferensiyalarni tashkil qilish, OAV bilan aloqada bo'lish va boshqa faoliyat turlari.

Sport agentlarining mijozlari sifatida sportchilar, murabbiylar, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari (sport klublari) namoyon bo'lishi, alohida sport turlari, masalan volebolda, ushbu toifaga boshqa mutaxassislar - shifokor, masajistlar ham kiritilishi mumkin. Xorijiy adabiyotlarda sport agenti tushunchasining quyidagicha ta'riflarini uchratish mumkin: sport agenti, bu professional jamoa yoki tashkilot bilan shartnoma tuzishda sportchi nomidan harakat qiluvchi sub'ektdir. Bundan tashqari, agent sportchiga qo'shimcha hizmatlar ham ko'rsatadi - bu chiqishlar (so'z ma'ruzalar, seminarlar, master-klasslar, shoudasturlarda ishtirok haqida bormoqda) va reklamadan tortib, sportchining karerasi davomida va u yakunlangandan so'ng maslahatlar berishgacha bo'lganlarni qamrab oladi. Nazarda tutilgan barcha holatlarda sport agenti sportchining vakili, ya'ni "sportchi tomonidan uning nomidan harakat qilishga vakolat berilgan shaxs" sifatida e'tirof etiladi .

O'zbekistonda sportdagi agentlik faoliyati yangilik bo'lsada, yaqin kelajakda professional sportning ajralmas qismiga aylanadigan ushbu faoliyat turini mamlakatimizda rivojlantirish bo'yicha qator vazifalar belgilangan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF 5887-son "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga asosan futbolni yangi bosqichga olib chiqishning muhim yo'nalishlaridan biri sifatida - salohiyati yuqori futbolchilarni professional darajada tayyorlash, ularni xorijiy davlatlarning nufuzli futbol klublarida professional faoliyat olib borishini ta'minlash, shuningdek, futbolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida "futbol bo'yicha agentlar" (vositachilar) professional faoliyatini yo'lga qo'yish belgilandi. Bundan tashqari Farmonda futbol sohasidagi me'yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish

yo'nalishida xalqaro standartlar asosida futbol sport turi bo'yicha agentlar (vositachilar)ning faoliyatini tartibga solish va ularni akkreditasiyadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.

Bugungi kunda sport agentining kasbiy tayyorgarligi tarkibiy qismlariga qo'yiladigan zamonaviy talablar o'ta yuqori. Bu sport sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va sport agentlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar bozorida raqobatning kuchayishi bilan bog'liqdir.

Sport agentining kasbiy faoliyati jismoniy tarbiya va sport sohasiga tegishli bo'lib, nafaqat ish beruvchi (jismoniy tarbiya va sport tashkiloti) va xodim (sportchi, murabbiy, menejer) o'rtasida vositachilik qilishdan iborat, shu bilan birgalikda u sportchiga karerasining barcha bosqichlarida hamrohlik qilishni ham o'z ichiga oladi.

Bizning fikrimizcha sport agentining kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayoni quyidagilar amalga oshirilganda samarali bo'ladi:

- Sport agentining kasbiy faoliyat turlarini kompetensiyalar asosida guruhlashtirgan holda tizimlashtirish: ilmiy-metodik, yuridik, psixologik-pedagogik, tibbiy-biologik, tashkiliy va boshqaruv, konsalting va iqtisodiy;

Sportchiga faoliyati davomida hamrohlik qilish, karerasi tugagandan so'ng hayotga tayyorlash, sportchi imijini shakllantirish;

- sport agenti kasbiy faoliyatining mazmunini qaramog'idagi sportchining karerasini rivojlantirish xususiyatlari va bosqichlarini hisobga olgan holda ochib berish;

- kasbiy ahamiyatga ega bo'lgan faoliyat turlariga tayangan holda "Sport agenti" professiogrammasini ilmiy asoslash;

- qaramog'idagi sportchi karerasini rivojlantirish bosqichlarini hisobga olgan holda sport agentining kasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, sport agentining huquqiy maqomi uning ro'yxatdan o'tishi, litsenziyalanishi va xalqaro sport tashkilotlari qoidalariga rioya qilishi orqali mustahkamlanadi. Uning vazifasi faqat sportchining shartnomaviy kelishuvlarini boshqarish bilan cheklanmasdan, balki axloqiy tamoyillar asosida shaffof va halol xizmat ko'rsatishga ham qaratilgan. Shuningdek, sport agentining javobgarliklari va majburiyatlari sportchi va agent o'rtasidagi shartnomada aniq belgilangan bo'lishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. "O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport to'g'risida" gi qonuni. Т.2015 y

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutloqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoni. 2019 yil 4-dekabr

3. O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. 2020 yil 24 yanvar

4. Алексеев С.В. Спортивное право России. Правовые основы физической культуры и спорта: Учебник / Под ред. П.В. Крашенинникова. - 2-е изд., стереотип. - М.: Юнити-Дана; Закон и право, 2007. - 671 с.

5. Djumaqulov Sh.B. O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning huquqiy asoslari. O'quv qo'llanma. T.,"O'zkitobsavdonashriyoti" NMIU, 2021. 184 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.