Научная статья на тему 'SPARJA (SARSABIL) QIMMATBAHO SABZAVOT EKINI'

SPARJA (SARSABIL) QIMMATBAHO SABZAVOT EKINI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

319
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sparja (sarsabil) / sabzavot / lolaguldoshlar / kaltabarg / ko„p yillik sarsabil novdalari / hosildorlik. / Asparagus / vegetable / Liliaceae / short leaf / perennial Asparagus branches / productivity.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — S. T. Hasanova, X. N. Turobova

Ushbu maqolada Sarsabil (sparja) o„simligining kelib chiqishi va tarqalishi hamda dunyo miqyosida etishtirish haqida ma‟lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This scientific article provides extensive information about Asparagus, it is biological composition, cultivation and propagation worldwide.

Текст научной работы на тему «SPARJA (SARSABIL) QIMMATBAHO SABZAVOT EKINI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

SPARJA (SARSABIL) QIMMATBAHO SABZAVOT EKINI

S. T. Hasanova

TDAUSF doktorant

X. N. Turobova

TDAUSF magistr

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Sarsabil (sparja) o'simligining kelib chiqishi va tarqalishi hamda dunyo miqyosida etishtirish haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Sparja (sarsabil), sabzavot, lolaguldoshlar, kaltabarg, ko„p yillik sarsabil novdalari, hosildorlik.

This scientific article provides extensive information about Asparagus, it is biological composition, cultivation and propagation worldwide.

Keywords: Asparagus, vegetable, Liliaceae, short leaf, perennial Asparagus branches, productivity.

Kirish: Bizga ma'lumki dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda insonlarni sog'lom turmush tarzini yo'lga quyishda sabzavotlarni o'rni beqiyosdir. Shuning uchun Respublikamizda sabzavotlar turini (assortimentini) kengaytirish dolzarb masala hisoblanadi. Shuningdek sarsabil (sparja) ekini dunyodagi noyob sabzavotlardan biri hisoblanadi. Ma'lumotlarga ko'ra, uning iste'mol darajasi kun sayin jadal oshib bormoqda ishlab chiqaruvchilar esa tabiiyki yaxshi daromad olishmoqda. Jumladan, Sharqiy Evropa mamlakatlarida sarsabil juda ommalashgan, ammo etishtirish hajmi etarli darajada emas. SHuning uchun ham sarsabil narxi Evropa Ittifoqidagiga qaraganda ikki-uch baravar yuqori turadi.

Takidlash joizki, O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridagi qishloq xo'jaligi xodimlari va ishlab chiqaruvchilar qandaydir sabablarga ko'ra kam tarqalgan sabzavot ekini sarsabilga (sparjaga) e'tibor qaratmayapti shuning uchun ham bizda sarsabil etishtirish hamda istemol qilish deyarli yo'q istemolchilarning aksaryati uning nima ekanligini ham bilishmaydi.

ABSTRACT

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Sarsabil(sparja) O'zbekistonda etishtirilayotgan boshqa sabzavotlarga nisbatan anchagina foydali bo'lib ushbu ekini ekib, yaxshigina daromad olish imkoniyatini fermerlarimiz boy berishmoqda. Sarsabil (sparja)ni ochiq maydoncha etishtirib undan olingan hosilni dunyo bozorida 6-10 AQSH dollarda sotish imkoniyati mavjud [9, 10].

Foydalanilgan materiallar va usullar. Sarsabil - (sparja) lolaguldoshlar oilasiga mansu bo'lib u asosan sabzavot va manzarali ekin sifatida o'stiriladi. Sarsabil (sparja)ning 150 dan ortiq turi mavjud bo'lib asosan Evropa Osiyo va Afrika qitalarida tarqalgan O'zbekistonda 2 turi yovvoyi holda uchraydi. Birinchi kaltabarg sparja (A. brachyphyllus Turez.) va Fors sparjasi (A. persisus Baker.) bular ko'p yillik, chirmashib o'sadigan o't. Ikkala turi ham boshqa belgilari bilan bir-biriga o'xshash, bo'yi 50 - 150 sm. Barglari mayda, barg qo'ltig'ida ninasimon ko'rinishda shakli o'zgargan shoxchalar hosil qiladi. Mevasi rezavor, rangi qizil, may oyida gullab, iyunda meva beradi. To'qaylarda o'sadi. Dorivor sarsabil (A. offsinalis) Evropaning markaziy va janubiy qismida, Kavkazorti va Shimoliy Kavkazda keng tarkalgan. Sabzavot sifatida ekiladi uning yosh novdalari ovqatga ishlatiladi. Tarkibida 2% oqsil, 2,4% uglevodlar (klechatkadan tashqari), vitaminlar B, B2, PP, provitamin A mavjud. Sarsabil (sparja)dan asparagin olinadi. Hosildorligi 30-35 s/ga. Sarsabil (sparja) ekilgan maydonlardan 10 - 15 yilgacha hosil olish mumkin. Sarsabil

Muhokama va ularning tahlili. O'zbekistonda sarsabil (sparja) iste'mol qilish imkoniyatlarini baholash uchun East Fruit iste'molchilaming bu mahsulot bilan qanchalik tanish ekanligini o'rganish maqsadida ular o'rtasida ekspress-so'rovnoma o'tkaziladi. Ushbu so'rovnoma noprezentativ bo'lib, bunda asosan, chet ellarda, jumladan, Evropa mamlakatlarida bo'lgan oliy ma'lumotli kishilar jalb qilindi. Biroq, hatto ularning ham faqat 67 foizi sarsabil (sparja) nima ekanini eshitgan, 47 foizi esa bir marta bo'lsada tatib ko'rgan ekan. Ushbu o'rganishlarning natijasiga ko'ra ko'pchilikka sarsabilni (sparja)

May 12-13

764

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

iste'mol qilish ma'qul kelgan va ijobiy taasurot qoldirgan. East Fruit so'rov o'tkazgan respondentlarning 69 foizi sarsabil(sparja)ning ta'm sifatini besh balli tizimda to'rt yoki besh bal bilan baholagan. So'rovnomada ishtirok etganlarning 25 foiziga sarsabil umuman yoqmagan, 6 foizi esa ushbu sabzavotning ta'mini uch baho bilan baholagan. Shuning uchun ham ushbu sabzavot ekini O'zbekistonning ichki bozorda hamda tashqi bozorda istiqboli sabzavot sifatida rivojlanadi.

O'zbekistonda sarsabil(sparja) hosilini boshqa mamlakatlarga qaraganda birmuncha ertaroq yig'ib olish mumkin, bu esa yaxshi daromad qilish imkonini beradi. Hatto mamlakatning janubiy hududlarida ochiq grunt sharoitida sarsabil hosilini mart oyida, yopiq gruntda etishtirilsa fevral oyida olish mumkin. Bu vaqtda Rossiyaga sarsabil(sparja), asosan, Perudan ancha yuqori narxlarda import qilinadi. Ammo, hatto eksportga mo'ljal olinmasada, bu sabzavot ichki bozorda ham ancha ommalashishi aniq, qolaversa eng erta chiqadigan sabzavotlarning birinchi qatoridan joy oladi. Sarsabil, shuningdek, hozir g'ayritabiiy ravishda urf bo'lmoqda, chunki, u sog'lom turmush tarziga moyilligi bor va to'g'ri ovqatlanishga rioya qiladiganlarga juda mos bo'lib, kaloriyasi past, foydali elementlarga boy bo'lgani uchun ortiqcha vazndan xalos bo'lishga yordam beradi.

Eng qizig'i, ko'p mamlakatlarda sarsabil dorivor o'simliklar sirasiga kiradi. U arterial qon bosimini pasaytirib, yurak qisqaruvi ritmini sekinlashtiradi, periferik tomirlarni kengaytiradi va charchoqni oladi. Qolaversa, sarsabil organizmdan zararli moddalarni chiqarib tashlashga yordamlashadi, shuning uchun u buyrak, yurak, bod, podagra va boshqa kasalliklarda tavsiya qilinadi. Sarsabil vitamin va minerallarga boy, ko'p miqdorda foliy kislotasiga ega. U immunitetni mustahkamlash va ko'rish qobiliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Sarsabil qadimgi Misrda xudolar ozuqasi, deb hisoblangan bo'lsa, Fransiyada "sabzavotlar qiroli" deb atalgan. Uni iste'mol qilish borasida Germaniya etakchi hisoblanadi. Darvoqe, bu erda oq sarsabilni iste'mol qilishni afzal ko'rishadi, boshqa ko'p mamlakatlarda esa asosan, sarsabilning yashil, shuningdek, kam uchraydigan binafsharang navi ommalashgan.

Xulosalar. Sarsabil(sparja) foydali va juda xushta'm mahsulot hisoblanadi. Ushbu sabzavotdan taom tayyorlash bo'yicha ko'plab reseptlarni topish mumkin, yangi sarsabil(sparja) novdalari uchini xomligicha istemol qilsa bo'ladi. Sarsabil(sparja)dan tayyorlangan taomlar o'ta tansiq sanaladi. Sarsabilni, shuningdek, asosiy taom sifatida ham tanovul qilish mumkin.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

REFERENCES

1. Mirziyoev SH. "Dorivor o'simliklarni etishtirish va qayta ishlash, ularning urug'chiligini yo'lga qo'yishni rivojlantirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar ko'lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-4901-son 26-noyabr 2022-yil

2. http://www.fao.org./faostat/

3. https: //agromage .com/stat_id.php?id=222

4. https://lex.uz/docs/5323647

5. Alekseychik N.I., Sanko V.A. Sparja lekarstvennaya. Darm lesov, poley, lugov. Kultura i sport. - 1994. - S.230-233.

6. Ra^upkin A. Sparja - podspore dlya dalnovidnogo fermera. Belorus. selxozvo, 2017. - №2. - 2017. - S.74-76.

7. Safonov N.N. Sparja aptechnaya, sparja obmknovennaya. Domashnyaya ensiklopediya polezntix rasteniy. MTOO, Transport. - 1995. - S.136-137.

8. Qahhorov, S. Q. S., Sanayev, S. T., & Botirov, A. E. (2022). BROKKOLI KARAMINING OZIQ OVQAT HAVSIZLIGIDA TUTGAN O'RNI. Academic research in educational sciences, 3(4), 97-101.

9. Botirov, A., Sanayev, S., & Saidov, M. (2022). MAMLAKATIMIZDA OLMA KO'CHATLARINI KO'PAYTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI TAHLILI. Academic research in educational sciences, 3(10), 616-620.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.