TEXNOLOGIYA
UDC 677.05:677.21
SOLIDWORKS DASTURIDA YARIM AYLANALI KONSOLLI KOLOSNIKNI
MODELLASHTIRISH
Uzoqov Farxod G'afforovich Namangan muhandislik-texnologiya instituti, dotsenti, [email protected]
Annotatsiya. Yarim aylanali konsolli kolosnikni tashqi kuchlar ta'sirida hosil bo'lgan kuchlanish, ko'chish va defformatsiyaga bardoshligi SolidWorks muhandislik dasturida orqali aniqlash.
Аннотация. Определение допусков на напряжения, перемещения и деформации полукруглой консольной колонны под действием внешних сил в инженерной программе SolidWorks.
Abstract. Determining the stress, displacement and deformation tolerance of a semicircular cantilever column under the influence of external forces in the SolidWorks engineering program.
Kalit so'zlar: kolosnik, SolidWorks dasturi, kuchlanish, ko'chish, defformatsiya, simulatsiya, taqsimlash, ishchi kamera, o'lchov birliklari.
Ключевые слова: колосник, программа SolidWorks, напряжение, перемещение, деформация, моделирование, распределение, рабочая камера, единицы измерения.
Keywords: kolosnik, SolidWorks software, stress, displacement, deformation, simulation, distribution, working chamber, measurement units.
Kirish.
Hozirgi kunda paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining sifati bevosita texnologik jarayonda ishlayotgan mashinalarning samarali ishlashiga bog'liq[1]. Har bir texnologik jarayon sifatli tola ishlab chikarish uchun u yoki bu darajada muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonada tola ishlab chiqarishga asosiy bog'liq jarayon-bu jinlash (toladan chigitni ajratish) jarayonidir. Tozalash sexlarida mayda va yirik iflosliklardan tozalangan paxtani jinlash sexining asosiy mashinasi bo'lgan arrali jinga uzatiladi[2]. Jinning ishchi kamerasiga kelib tushgan chigitli paxtaning chigit tarog'i yonida aylanayotgan arra tishlari bilan ilib olib, kolosnikli panjaraga olib keladi. Ishchi kamerada arra tishlariga ilashgan paxta bo'lakchalari boshqa paxta bo'lakchalariga ilashib, ularni xam tortadi va xomashyo valigini hosil qiladi. Bu xomashyo valigi arrali silindrni aylanishiga qarshi tomonga aylanadi va u arra tishlarini paxta tolasi bilan uzluksiz ta'minlab turadi[3].
Jin mashinasi ishchi elementlarini takomillashtirgan xolda bir qancha tadqiqotlar o'tkazildi. Tadqiqotlardan maqsad, Kolosnik matritsa modelini raqamli uskuna yordamida tayyorlash ketma ketligini loyihalash[4]. Kolosnikni samarali ishlaydigan texnologik o'lchamlarini aniqlash hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat[5].
SolidWorks - bu dastur dizaynerlarga keng ko'lamli muhandislik loyihalari uchun aniq 3D modellar va yig'ilishlarni yaratishga imkon beruvchi kuchli SAPR dasturi. Bu murakkab dizayn jarayonlarini soddalashtiradigan, mashinasozlik va dizayn sohasidagi professionallar va yangi boshlanuvchilar uchun qulay bo'lgan foydalanuvchilarga qulay interfeysga ega. SolidWorks eng so'nggi texnologiya va funksiyalarni o'z ichiga oladi. Kompyuter grafikasini loyihalashda sinab ko'rish uchun peshqadamlar, nishonlar va darajalar yordamida motivatsiya va faollikni sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Yarim aylanali konsolli kolosnikni modellashtirishda arrali silindrining notekis aylanishi paxta tozalash jarayonining yomonlashishiga va tolaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
TEXNOLOGIYA
Yangi konstruksiyadagi arrali jin texnologik jarayonida uzun tolaning namligi 7-9% bo'lgan, paxta xomashyosini chigitdan tolasini ajratish uchun mo'ljallangan. Yangi konstruksiyali jin mashinasining kinematik diagrammalari paxtani jihlash ketma ketligi 1-rasmda ko'rsatilgan.
i
1-tishli uzatma, 2-ta'minlagich, 3-qoziqli baraban, 4-setka, 5-pnemosilindr, 6-shnek iflos aralashma uchun, 7-arrali silindr, 8-havo pudash tizimi, 9 -yarim aylanali konsolli kolosnik, 10-tola tortish tizimi, 11- ro'lik tola uchun shnek, 12- taroq, 13 - pastki tayanch,14-ishchi kamera.
1-rasm. Yangi konstruksiyadagi jin mashinasini kinematik sxemasi
Solidworks CAD dasturidan foydalanib yangi konstruksiyadagi kolosnik modelini loyihalaymiz (2-rasm). Bu qiymatni 90 arraga bo'lganimizda bitta arraning xomashyo valigiga 15,1 Nyuton kuch bilan ta'sir qilishi aniqlandi.
2-rasm. Yangi konstruksiyadagi kolosnik modeli.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
TEXNOLOGIYA
Bizni jin mashinamizda bitta ishchi kamerada 90 tadan arrali tsilindrdan ikkkita joylashtirilgan bo'lsada ularni o'lchami bir xil bo'lgani uchun bitta arraning xom ashyo valigiga 15,1 nyuton kuch bilan ta'sir qilishi o'zgarmaydi.
Свойство Значение Единицы! измерения л V
Модуль упругости 1.9е+11 Н/мЛ2
Коэффициент Пуассона 0,27 Не применимо
Модуль сдвига 8. бе-1-10 Ц/мЛ2
Массовая плотность 7300 кг/мЛ3
Предел прочности при растяжении 413613000 Н/мл2
Предел прочности при окати и И/мл2
Предел текучести 275742000 Н/мл2
Коэффициент теплового расширения 1.2е-05 /к
Теплопроводность 47 W/[M'K}
Удельная теплоемкость 510 Д/(кгЮ
3-rasm. Kulrang cho'yan texnik xarakteristika sxemasi.
Yangi konstruksiyadagi jin mashinasining ishchi kameradagi joylashgan arrali silindr va xomashyo valigi tomondan ta'sir etuvchi zarb kuchi va tayanchlarga maksimal qiymati quyidaginga teng bo'ladi.
Sh2= 231,06N/metr+ S=1359.6 =Sax2, Say2, Sbx2, Sby2=1 590,6Nyuton
4-rasm. Solid Works dasturida tayanch nutqalarini belgilash.
Biz kulrang cho'yoni kattalogdan tanlab olamiz hisob kitob ishlarimizni bajarishda foydanaish uchun . Ishni quyidagi ketma-ketlikda bajaramiz. Solidworks simulation dasturini ochib Solidworks CAD qismidan modellashtirilgan kolosnigimizni tanlab olamiz. Simulation menyular oynasidan "новый исследование" tugmasini bosib ishni boshlaymiz.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 4-son, 2024
5-rasm. Solid Works dasturida kuch ta'sir qiluvchi ko'rsatkichlarni belgilash
"Консултат по внешим исследованиям" tugmasini bosamiz va kolosnikni konstruksiyaga qotirish turini tanlaymiz (5-rasm). Kolosnigimizni konstruksiyaga mahkamlash qismini belgilaymiz. Belgilagan joylarimiz zangor belgiga aylanadi. Hisob-kitoblar orqali biz xomashyo valigi va yuqorida turuvchi arrali tsilindr jami ishchi kamerada maksimal 1590,6 Nyuton kuch hosil qiladi. Ushbu maksimal qiymatni 90ga bo'lganimizda taxminan 17 Nyuton dan har bitta kolosnik va har bitta arraga kuch ta'sir qilar ekan [7].
"Консултат повнешним нагрузкам" tugmasini bosamiz va kolosnikni konstruksiyaga ta'sir etuvchi kuchni tanlaymizturini tanlaymiz. "Проперту манажер" menyusiga SI o'lchov tizimini belgilab kuch miqdorini 17 Nyuton deb kiritib qo'yamiz (5-rasmga qarang).
flow Simulation ;
6-rasm. Solid Works kuchlanish, deformatsiya va siljishni aniqlash uchun obyektni to'r
bilan qoplash.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 4-son, 2024
TEXNOLOGIYA
7-rasm. Konstruksiyada kuchlanishni taqsimlanish grafigi.
Cho'yon materialga ruxsat etilgan maxsimal kuchlanish 2,757e+8(N/metr2) ga teng bo'lgan. SolidWorks dasturida simulyatsiya natijasida olingan eng maxsimal kuchlanishga bardoshligi 1,566e+07(N/metr2) teng chiqdi. Bizni modellashtirilgan konstruksiyamizga quyilgan kuchlar va yuklanishga ustuvorligi aniqlandi (7-rasm).
Yangi tipdagi kolosniklarni bir kamerali ikki silindrli jinga modellashtirildi va ustuvorlikga sinaldi. Yangi konstruksiyaga ega kolosnik bitta ishchi kamerada ikkita arrali silindr joylashganligi sababli, arra silindrlarga yuklanish h olati pastidagi silindrda 40% foizga, yoqoridagi silindrga 60% foiz yuklanish kamaydi.
8-rasm. Konstruksiyada ko'chishni taqsimlanish grafigi.
Kolosnikni ko'chishini taqsimlanish grafigidan simulyatsiyadan keyin eng maxsimal ko'chish modeli qiymati 1,740-01(millimetr) teng, bizni korpusimiz geometrik xarakteristikalarini hisobga olganda materialimiz uchun ruxsat etilgan ko'chish moduli qiymati 8,6 e+10(millimetr) ga teng bo'lgan (8-rasm).
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
TEXNOLOGIYA
9-rasm. Konstruksiyada deformatsiya taqsimlanish grafigi.
9-rasmda ko'rsatilgan deformatsiyani taqsimlanish grafigidan ko'rinib turibdiki simulyatsiyadan keyin eng masksimal deformatsiya qiymati 7,036e-5 teng bo'lganligi sababli bizni konstruksiyamiz chuzilishga mustaxkamligi chegarasi qiymati 4,713e+9 bo'lganligi sababli (9-rasm), quyilgan kuchlar va yuklanishga ustuvor bo'ladi va deformatsiya kuzatilmaydi.
Xulosa
Solid Works muhandislik dasturida yarim aylanali konsolli kolosnikni tashqi kuchlar ta'sirida hosil bo'lgan kuchlanish, kochish va defformatsiyaga bardoshligi simulatsiya natijalari bilan loyihalash. Kolosnik metalini texnik xarakteristikalari bilan qiyosiy taqoslanib hosil bo'lgan kuchlanish, kochish va defformatsiyaga bardoshligi aniqlab. Yangi konstruksiyadagi yarim aylanali konsolli kolosniklardan jin mashinasiga o'rnatib bir mavsum ishlab chiqarishda qo' llash.
ADABIYOTLAR
1. Muradov R. va boshqalar. Jin mashinasi konstruksiyasini takomillashtirish yo'llari Monografiya. "Namangan" nashriyoti. -2016, 124 bet .
2. Omonov F.B. Paxtani dastlabki ishlash bo'yicha spravochnik (ma'lumotnoma) nashriyot. Toshkent 2008.
3. Wang, G.H. and Li, Y.X. (2022) Development of New Ductile Iron with Super-High Thermal Conductivity and Elongation. Journal of Iron and Steel Research International, 29, 462-473. https://doi .org/10.1007/s42243 -021 -00581-7
4. Ning, B., Wu, H.B., Niu, G., et al. (2022) Cold Compression Deformation Method for reducing Residual Stress and Uniformizing Micro-Property in Ferrite Steel. Journal of Iron and Steel Research International, 29, 503-511. https://doi.org/10.1007/s42243-021-00563-9
5. Azizov, S.M. and Axmedhodjaev, X.T. (2016) The Optimal Modeling of an Angular Position of Saw Cylinders in Single-Chamber Two Cylinders Gin. American Journal of Mechanical and Industrial Engineering, 1, 103-106. https://doi:10.11648/j.ajmie.20160103.2
6. Wang, Y D., Zhang, L.F., Yang, W., et al. (2022) Effect of Nozzle Type on Fluid Flow, Solidification, and Solute Transport in Mold with Mold Electromagnetic Stirring. Journal of Iron
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
TEXNOLOGIYA
and Steel Research International, 29, 237-246. https://doi.org/10.1007/s42243-021-00577-3
7. Briseno, J. and Casanova-del-Angel, F. (2021) Fracture Mechanics on Aluminum Specimens. World Journal of Mechanics, 11, 237-257. https://doi.org/10.4236/wjm. 2021.1112016
8. Azizov, S., Uzoqov, F., Mirzakarimov, M. and Usmanov, O. (2021) Analysis of Namangan 77 Cotton in Production Line with Different Saw Gins for Short Fiber Yield. E3S Web of Conferences, 273, Article ID: 07021. https://doi.org/10.4236/wjm.2011.13017
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024