O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SINONIM SO'ZLAR QO'LLANILISHINING AHAMIYATI
D.R.Lutfullayeva Farg'ona davlat universiteti diyoraibranova@gmail .com
Anotatsiya: Ushbu maqolada sinonim so'zlarning o'zbek va ingliz tillarida qo 'llanilishi va ularning ahamiyati yoritilib berilgan. Shuningdek ikki til o 'rtasidagi farq va o 'xshashliklar qiyoslab ko 'rsatilgan.
Kalit so'zlar: sinonim, bosh so'z, uslub, emotsional bo'yoq, frazeologizm, sintaktik sinonimiya.
THE IMPORTANCE OF USING SYNONYMS IN UZBEK AND ENGLISH
LANGUAGES
D.R.Lutfullayeva Fergana State University diyoraibranova@gmail.com
Abstract: This article reveals the using synonyms in Uzbek and English and the importance of them in both languages. And also it shows the similarities and diffirences between two languages according to synonyms.
Keywords: synonym, main word, method, emotional paint, phraseology, syntactic synonymy.
Dunyodagi barcha tillarning asosini so'z tashkil etadi. Shuningdek insonlarning nutqi ham aynan shu so'zlarning qo'llanilishiga bog'liq. Nutqimizning ravon bo'lishi va so'zlagan so'zlarimizning takrorlanmasligi uchun so'z boyligimiz ko'p bo'lishi va sinonim so'zlarni qo'llashimizga bog'liq desak mubolag'a bo'lmaydi.
Til birliklarining bir xil ma'noga ega bo'lish hodisasasi sinonimiya deyiladi. Sinonimiyaning birligi bir umumiy ma'noga ega bo'lgan so'zlar ya'ni, sinonimlardir. Sinonim yunoncha so'zdan olingan bo'lib, "bir nomli" degan ma'noni anglatadi. Sinonimlar qanday til birliklariga xosligiga qarab, lug'aviy, frazeologik va sintaktik sinonimlarga bo'linadi.
Sinonimlar o'zbek tilida ham keng qo'llaniladi. O'zaro sinonim bo'lgan so'zlar guruhi sinonimlar qatori deyiladi. Sinonimlar qatoridagi bir so'z bosh so'z (asosiy so'z) hisoblanadi. Bosh so'z o'zining ma'nodoshlariga nisbatan ommabop bo'ladi va muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional
bo'yoq, uslubiyatga ko'ra betarafligi va shu kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xususan, ingliz tilida ham ushbu holat kuzatiladi. Masalan, o'zbek tilidagi chiroyli va inglizcha beautiful so'zlarini solishtirsak, chiroyli so'ziga go'zal, xushro'y, ko'hli, zebo, husnli, suluv, sohibjamol, kelishgan so'zlarini sinonim sifatida olsak bo'ladi. Beautiful so'zining ma'nodoshlari esa, pretty, adorable, prepossessing, nice, attractive, lovely, pleasant, handsome, gorgeous va boshqalar. Bir ma'noni anglatuvchi bu so'zlar ko'p bo'lsada, ikki tilda chiroyli va beautiful so'zlari keng qo'llaniladi. Ular bosh so'z bo'lganligi uchun ham o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Shuningdek bu so'zlar turli sohalarda turlicha ishlatiladi. Misol tariqasida ayol va erkaklarni olishimiz mumkin. O'zbek tilida ham, ingliz tilida ham ikki xil jins vakilini ajratish maqsadida, ularning har bir jihatlari bir-biriga o'xshash bo'lmaganligi sababli bir sifatni ko'rsatish uchun ikki jins vakiliga ikki xil so'z ishlatiladi. Masalan, chiroyli so'zi ayollarga xos bo'lsa, kelishgan so'zini bevosita erkaklarni sifatlash uchun qo'llashimiz joizdir. Xuddi shunday ingliz tilida ham, bular beautiful-handsome shaklida ifodalanadi. Bu kabi hodisalar ikki tilning ayrim aspektlari bir-biriga qanchalik yaqin va o'xshashligidan dalolatdir. Shun ta'kidlash joizki, sinonim so'zlar uslubiy jihatdan qo'llanilishiga ko'ra farqlanadi. Masalan, chiroyli-sohibjamol yoki beautiful-prepossesssing so'zlari. Ushbu keltirilgan namunalarda ham o'zaro farqlar mavjud. Garchi ular bir ma'noni anglatsada, ularning uslubi o'zgachadir. Chunki oddiy so'zlashuv uslubida sohibjamol yoki ingliz tilidagi prepossessing so'zlarini ishlatganda biroz noqulay tuyulishi yoki aksincha, chiroyli va beautiful so'zlarini adabiy nutqda ishlatish esa biroz g'alizroq ko'rinishi mumkin. Shu sababli ularni qo'llashda xatoga yo'l qo'ymaslik va e'tiborli bo'lish talab etiladi.
Yuqorida ta'kidlab o'tganimdek, sinonim so'zlar frazeologizmlar(iboralar) orasida ham uchraydi. Masalan, o'zbek tilidagi "do'ppisini osmonga otdi" va "og'zi qulog'iga yetdi" kabi iboralari bir xil ma'noni ya'ni, "xursand bo'ldi" degan ma'noni anglatadi. Bu iboralarni majoziy ma'noda qabul qilmasak, albatta, bir- biriga uzviy bog'liq bo'lmagan so'z birikmalarini ko'rishimiz mumkin. Ammo, ularning frazeologizm sifatidagi asosiy negizi bir nuqtaga taqaladi. Ushbu hodisani ingliz iboralari orasida ham kuzatishimiz mumkin. Bunga misol keltirishdan oldin shuni eslatib o'tmoqchiman, sinonimlar odatda bir yoki bir nechta jihatdan farqga ega bo'lishi mumkin bo'lib, ulardan biri ma'no qirrasidagi farqdir. Hozirgi misol esa aynan ma'no qirrasi jihatiga xosdir. Inglz tili so'zlashuv uslubida tarqalgan "lower one's credit" va "blot one's copybook" iboralari "nomiga dog' tushurmoq" ma'nosini anglatadi. Bu iboralarning ikkisi ham bir xil (so'zlashuv) ulubiyatiga xoslangan bo'lsada, ikkinchi iborada ma'no biroz kuchliroq. Buni uslubiy bo'yoqdorlik bilan izohlash mumkin.
Shu o'rinda yana bir fikrga to'xtalib o'tmoqchiman, yuqoridagi sinonimik holatlarni gaplar tuzilishida ham uchratish mumkin. Barcha tillardagi kabi ingliz va
o'zbek tillarida ham fikr bir necha xil tarzda tinglovchga yetkaziladi. Ularni quyidagicha qiyoslaganimizda, I loved the girl/Men qizni sevdim; the girl I loved/men sevgan qiz. Ushbu namunalar sintaktik sinonimiyaga yaqqol misol bo'la oladi. Nutqimizda shu kabi sinonimlardan foydalanish orqali turli xildagi qaytariqlardan, bir xil va zerikarli jumlalardan qochib, nutqning yanada jozibali, takrorlanmas, uslubiy xilma-xil bo'lishi va adabiy tilning o'ziga xos funksiyasini o'tashi uchun imkon bergan bo'lamiz.
O'zbek, ingliz va shu kabi tillarda muloqotga kirishganda ularda qo'llaniladigan sinonimlarni salmog'ini oshirish bevosita nutqimizni barqarorlogiga va bo'yoqdorlik darajasi yuqori bo'lishiga hissa qo'shadi. Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, tilshunoslikda olib borilayotgan har bir izlanish nafaqat o'zbek adabiy tilining boyib borishiga balki, shu tilda muloqot qiluvchi xalq ma'naviyatiga ham ta'sir ko'rsatishiga aminmiz. Mana shunday mavzu va g'oyalarni ingliz tili va boshqa xorijiy tillar bilan hamohang holda o'rganish har bir tadqiqotchi va o'quvchlar uchun asos vazifasini bajarib, o'rganilayotgan obyektni yanada takomillashib, sayqallanib borishida muhim ahamaiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Алехина А.И. Семантические группы в фразеологии современного английского языка. - М., 1977.
2. Смиринцкий А.И. Синтаксис английского языка. - М., 1957
3. Tursunov U., Muxtorov J. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - T., 1975