УДК: 371.321.5
ЭФФЕКТИВНЫЕ МЕТОДЫ УЛУЧШЕНИЯ МОЗГОВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ У УЧЕНИКОВ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ ПРИ ПОМОЩИ ДИДАКТИЧЕСКИХ ЗАНЯТИЙ
СУЛАЙМОНОВА ЗУЛФИЯ учительница начальных классов средней школы № 55 Шафирканского района Бухарской области. Город Бухара Республика Узбекистан. ORCID ID 0000-0003-4994-796X
АСЛАНОВА НОЗИМА ХАКИМОВНА преподаватель кафедры дошкольного и начального школьного образования Бухарского областного территориального центра повышения кваллификации работников народного образования. Город Бухара Республика
Узбекистан. ORCID ID 0000-0002-3240-6027. АННОТАЦИЯ
Авторы предлагают методы проведения дидактических занятий в начальных классах средней школы для улучшения мозговой деятельности детей.
EFFECTIVE METHODS OF IMPROVING BRAIN ACTIVITY IN PRIMARY PUPILS THROUGH DIDACTIC CLASSES
SULAYMONOVA ZULFIA
Teacher of primary classes of secondary school № 55 of Shafirkan district of Bukhara region. Bukhara City of the Republic of Uzbekistan.
ORCID ID 0000-0003-4994-796X ASLANOVA NOZIMA HAKIMOVA Teacher of the Department of Preschool and Primary School Education of the Bukhara Regional Territorial Center for Increasing the Quallification of National Education Workers. Bukhara City of the Republic of Uzbekistan. ORCID ID 0000-0002-3240-6027.
Электронный научный журнал «Биология и интегративная медицина» №8 - август (36) 2019
РАЗНЫЕ
83
ABSTRACT
The authors propose methods of conducting didactic classes in the primary grades of secondary school to improve the brain activity of children.
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA DIDAKTIK O'YINLAR ASOSIDA MIYA FAOLIYATINI YAXSHILASHNING SAMARALI
USULLARI
ZULFIYA SULAYMONOVA
Buxoro viloyati, Shofirkon tumani 55-IDUM boshlang'ich sinf o'qituvchisi, ORCID ID 0000-0002-0818-6378 ASLANOVA NOZIMA HAKIMOVNA Buxoro viloyat xalq ta'limi xodimldrini qayta tayorlash va malakasini oshirish hududiy markazi "Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim" kafedrasi o'qituvchisi. Buxoro. Ozbekiston Respublikasi.
ORCID ID 0000-0002-3240-6027 ANNOTATSIYA
Maqolada muallif boshlang'ich sinf o'quvchilarida zarur ko'nikmalarni shakllantirish va ularda faol fikrlash imkoniyatlarini rivojlantirish, ta'lim sifatini oshirish bo'yicha o'z tavsiyalarini berib o'tgan.
O'zbekiston uchun bugungi kunda iqtidorli va iste'dodli yoshlarni maqsadli tayyorlab , jahon mehnat bozori talablariga javob beruvchi, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni yetishtirish eng muhim vazifalardan sanaladi. Chunki har bir davlatning taraqqiyotini uning ijtimoiy - iqtisodiy ravnaqi hamda kelajagini ta'minlovchi asosiy omil -uning intelektual potensialidir.
Ma'lumki, iqtidorli bolalar alohida xususiyatlari bilan tengdoshlaridan ajralib turadilar. Ularga xos bo'lgan eng muhim xususiyatlar quyidagilardir:
1) Nodir qobiliyatlarini namoyon eta olish;
2) Yuksak natijalarni qo'lga kiritish imkoniyatlariga egalik;
3) Bir yoki bir necha yo'nalishlarda muayyan natijalarni qo'lga kiritganlik.
Iqtidorli o'quvchilarni aniqlash va ularni faollashtirish muammosini hal etish o'qituvchilardan izlanuvchanlik va tashabbuskorlikni talab etadi.
Bugungi kunda Prezidentimizning "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora tadbirlari to'risida"gi qarori iqtidorli yoshlar sonini ortishiga sabab bo'lmoqda.
Iqtidorli bolalar jahon miqyosida Vatanimiz dovrug'ini keng taratgan ajdodlarga munosib avlod bo'lib, ular bilimlar bellashuvi, fan olimpiada-larining g'oliblariga aylanmoqda. Bu esa bevosita boshlang'ich sinf ta'lim sifati samaradorligiga bog'liq. Poydevori mustahkam bino asrlar osha o'z ko'rkini yo'qotmaganidek, boshlang'ich sinfda chuqur o'zlashtirilgan bilim ham kelajakda o'z mevasini beradi.
So'nggi vaqtlarda o'quvchilarni faollashtirishga yo'naltirishda o'yin darslari yuqori samara berishi kuzatilmoqda. Quyida birinchi sinf matematika darsining "7 soni" mavzusini o'tishda "7 sonining sir-sinoati'' deb nomlanuvchi didaktik o'yinni e'tiboringizga havola etmoqchimiz.
O'yinning borishi quyidagicha:
Yettita karton bo'laklari tayyorlanib olinadi. Uning birinchisida "Haftaning 7 kuni", ikkinchisida "Kamalakning 7 rangi", uchinchisida "Buxoroning 7 piri", to'rtinchisida "7 xazina", beshinchisida "Dunyoning 7 mo'jizasi", oltinchisida "7 sayyora", yettinchisida "7 nota" deb yoziladi. Ular doskada osig'liq turgan holda har biriga alohida izoh berib chiqiladi.
Haftaning yetti kundan iborat ekanligi, yer yuzining yetti iqlimga bo'linishi bizga qadimdan ma'lum. Misr piramidalari ham yetti mo'jizaning
biridir. Notamiz ham yettita. Shu yettita nota yordamida yuzaga keladigan kuy insonni larzaga solishi mumkin. Kamalak ranglari jilosi ham asosan ko'rinadigan yetti xil rangdan iborat bo'ladi.
«7 raqamining sir-sinoati» haqida o'qituvchi o'quvchilarga ana shunday ma'lumot beradi. O'qituvchining o'quvchilarga bergan bu ma'lumotlari ularning og'zaki nutqini boyitishga, ongini o'stirishga, yangiliklardan xabardor qilishga o'rgatadi.
Haftaning "7" kuni Kamalakning "1" rangi
"7" xazina Buxoronine %лллллллллллллллллллллллллллллллЛЛ U-ftl . . 7 piri Dunyoning "7" mo'jizasi
"7" savyora "7" nota
O'quvchilar bilimini mustahkamlash va tekshirish maqsadida test topshiriqlari beriladi. Uni o'quvchiga qay tarzda taqdim etish har bir o'qituvchining izlanishi va iqtidoriga bog'liq. Quyida beriladigan testning javobini topish uchun o'quvchilarga geometrik shakllar tushurilgan kartonlar berib chiqiladi. U quyidagicha tayyorlanadi. Uchta aylana shakl qirqib olinadi va hammasining rangi bir xil rangga bo'yaladi. Birinchi aylana shaklga kichikroq bo'lakda boshqa xil rangdagi aylana qirqib olib yopishtiriladi,ikkinchi aylana shaklga boshqa rangdagi to'rtburchak shakli qirqib yopishtiriladi, uchinchi aylana shaklga boshqa rangdagi uchburchak shakl qirqib yopishtiriladi. Aylanalarning ustiga yopishtirilgan aylana , to'rtburchak va uchburchak shakllarining ranglari bir-biridan farq qiladi. Bu uch xil kartondan har bir o'quvchiga berib chiqiladi. «A» javob uchun aylana shakl , «B» javob uchun to'rtburchak shakl , «C» javob uchun uchburchak shakl ko'rsatiladi.
Bu test topshiriqlari javobini topishda o'quvchining o'zi mustaqil ravishda harakat qiladi. Geometrik shakllar haqidagi tasavvurlari yanada boyitiladi. Qisqa muddat davomida o'qituvchi barcha o'quvchilar bilimini baholashga erishadi.
«Uycha» o'yini
Quyidagi ko'rinishdagi uychalar vatman yoki doskada chizib qo'yilsa ham maqsadga muvofiq bo'ladi. Sonlar xona qo'shiluvchilari tarzida bo'sh darchalarga joylashtiriladi.
Yana shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, pedagog o'quvchilarning ruhiyatini chuqur anglab, qiziqishida mos sohada yo'naltirsa , bolalarda kasb egallashga ichki motiv paydo bo'ladi. Kasb- hunarga yo'naltiruvchi nutqida o'quvchi talab va ehtiyojlari, orzu - umidlari hamda manfaatlariga bevosita aloqador bo'lgan atamalar, so'z va iboralarni ishlatsagina, ta'sirchan va ishonarli chiqadi. Pedagog samimiyligi, xushmuomalaligi, nutqining ravon va mazmundorligi, vosita va hayotiy misollar orqali o'quvchilarga ta'sir ko'rsata olish qobiliyatiga ega bo'lsa, o'quvchilarni jalb eta oladi. Bu borada, ayniqsa, zamonaviy pedagogik texnalogiya va metodlarning o'rni alohida. Interfaol usullar darsda o'quvchilarning faolligini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, o'qituvchi bolalar bilan muloqotga kirishadi. O'z fikrini asoslash va himoya qilishni , mustaqil fikrlashni, muloqot madaniyati hamda jamoada boshqalar bilan hamkorlikda ishlashni o'rgatadi. Darsda ,,Idrok xaritasi" yoki "Klaster" usulidan foydalanilganda, o'quvchilar kasblar haqida to'liqroq ma'lumotga ega bo'ladi. Bu, o'z navbatida, bolalarning muayyan kasb haqidagi tasavvurini shakllantirishga
Электронный научный журнал «Биология и интегративная медицина» №8 - август (36) 2019
yaqindan yordam beradi. O'qituvchi biror kasb nomini doskada yozadi. O'quvchilar birin- ketin shu sohaga oid fikrlarini bildiradi. Masalan, o'qituvchilik haqida.
Xulosa qilib aytganda, farzandlarga ta'lim - tarbiya berishda kasbiy, shaxsiy sifatlarini yuksak mahorat bilan ishga solayotgan fidoyi, mehnatkash, ijodkor ustozlar darslarini mazmunan boy, yangicha fikrlashga o'rgatadigan o'yinli vositalar bilan tashkil etar ekan, endigina maktab quchog'iga kelgan o'quvchi birinchi kundanoq bilim olishga mehr qo'yadi va iqtidorli o'quvchilar soni ko'payib boradi.