SIFATSIZ KOSMETIKALAR VA ULARNING TERIGA TA'SIRI Jo'raqulova Mehriniso Sunnatullo qizi
Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti Chiroy estetikasi ta'lim yo'nalishi 4- bosqich
talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10065405
Annotatsiya: Maqolada Sifatsiz kosmetikalar,ularning tarkibi,nojo'ya ta'sirlari, kosmetologik muammolar keltirib chiqarishi va kremlar tanlayotganda yuz turlariga va nimalarga ahamiyat berish lozimligi haqida yoritilgan.
Kalit so'zlar: Kosmetika kosmetologiya, krem, teri, muolaja, yuz, vitamin.
НЕКАЧЕСТВЕННЫЙ КОСМЕТИКА И ЕЁ ВЛИЯНИЕ НА КОЖУ
Аннотация: В статье описаны некачественные косметические средства, их состав, побочные эффекты, вызывающие косметологические проблемы, а также на что следует обратить внимание при выборе кремов для типа лица.
Ключевые слова: Косметика, косметология, крем, кожа, лечение, лицо, витамины.
POOR-QUALITY COSMETICS AND ITS EFFECT ON SKIN.
Abstract: The article describes low-quality cosmetics, their composition, side effects that cause cosmetic problems, as well as what you should pay attention to when choosing creams for your face type.
Keywords: Cosmetics, cosmetology, cream, skin, treatment, face, vitamins.
KIRISH
Hammamiz bilamizki, bozor va kichik do'konlarda kosmetik vositalar sotuvchilari o'zlarining mahsulotlarini to'g'ridan-to'g'ri yo'laklarga sotishadi. Ular issiqda ham, sovuqda ham savdo qiladilar. Ushbu mahsulotni sotib olayotganda, ayollar deyarli hech qachon na sertifikatlar, na saqlash sharoitlari bilan qiziqishadi. Ayollarimiz kosmetika vositalarini bilib-bilmay, arzonligiga uchib, uning yaroqlilik muddatini ham, qanday mahsulotlardan ishlab chiqarilganini ham surishtirib o'tirmasdan sotib olaverashadi. Afsuski, sifatsiz kosmetikalar ayollarga foyda va tezda samarali natija berish o'rniga, aks ta'sir ko'rsatadi. Kosmetika bilan husniga-husn qo'shilishini xohlagan ayollar, afsuski sifatsiz kosmetikalar bilan bilmay, foydalanishadi va teriga zarar yetkazib qo'yishadi.
ASOSIY QISM
Hozirda juda ko'p "Kosmetik vositalar " tarkibida zararli bo'lgan moddalar mavjud.Ulardan eng ko'p qo'shiladigani paraben va silikonlardir.
Nega kosmetik vositalar tarkibiga bu moddalar qo'shiladi?
Silikonlar kosmetik vositalar ichida mikroblar paydo bo'lmasligini va ko'paymasligini oldini oladi.
Parabenlar - Tarkibi o'zgarib tez buzulmasligi uchun. Hech qanday zarari yo'q-ku deyishingiz mumkin. Yo'q aksincha,teri qatlamiga bunday vazifani bajaruvchi kimyoviy vositalar kerak emas.Bu faqat kosmetika tarkibi uchun,teri uchun emas. Teri uchun vitaminlarga boy foydali mahsulotlar qo'shilgan kosmetik vositalargina kerak xolos.
Ko'pincha, mutaxassis bilan maslahatlashmasdan, internet yoki biror kimdan eshitgan uy sharoitida qilinadigan niqoblarni yuzlarida sinab ko'rishadi.Afsuski,Uy sharoitida qilingan niqoblar tezda effekt bermaydi.Ular uzoq vaqt davomida ta'sir ko'rsatadi.
Ishonavering, bunday kosmetika sizga foydadan ko'ra ko'proq zarar yetkazishi aniq! Va bu zarar ancha jiddiy hol :
- Kuchli allergik reaktsiya
- Tarkib arzon bo'lganligi tufayli kimyoviy zaharlanish
- Organizmda zararli og'ir moddalar to'planishi
- Toshma va teri kasalliklari
- Ichki azolarga tasiri ( teri orqali so'rilib yoki nafas yo'li orqali )
Bundan tashqari bir qancha kosmetologik muammolarni keltirib chiqaradi:
- Ajinlar paydo bo'lishi
- Yuz osilishi (ptoz)
- Dog'lar tushishi
- Yuz rangining xiralashishi kabi muammolarga duch kelishadi.
Kosmetik vositalar xarid qilayotganimizda albatta,krem tarkibi yozilgan qismiga alohida e'tibor bering.Ko'proq yuzimiz uchun zaruriy bo'lgan vitaminlarga boy mahsulotlardan foydalaning.Va yana tanlayotgan kremingiz teringiz turiga mos kelishini inobatga oling.
Terini yoshlikdan, ya'ni 20 yoshdanoq tashqi muhit ta'sirlaridan himoya qilgan holda parvarishlash lozim. Buning uchun kunduzgi va kechki kremlarni tögri tanlashingiz lozim böladi. Tarkibida C, E vitamini mavjud bölgan kremlardan foydalanishingiz mumkin.
35 yoshdan boshlab, retinolli kremlardan foydalanishingiz kerak. Retinol yoshartiruvchi xususiyatga ega bölgan A vitaminidan olinadi. A vitamini teriga singishi juda qiyin bölgani uchun retinol undan ajratib olinadi.C vitamini sezuvchan teriga mos bölib, unga öz kollagenini ishlab chiqarishda yordam beradi. Qattiq dagal teriga esa tarkibida mevali kislotalar mavjud bölgan kremlar mos, negaki, ular mayinlashtirish va soglomlashtirish xususiyatiga ega.Krem surtishdan avval yuzingizni yengil massaj qiling. Har qanday krem yuz terisining markaziy qismidan chetiga qarab, aylanma harakat bilan uqalab surtiladi.
Nafaqat sifatsiz kosmetikalar balki, noto'g'ri tanlangan muolajalar ham, yuzingizga natija berishi o'rniga, ularga dog' va tezda ajin tushirib, terini shikastlaydi.Kosmetika tanlayotganimizda yuz turiga va yoshiga mos keluvchi kosmetikalar tanlash zarur.
Ular: (normal, quruq, yog'li, qarish uchun mo'ljallangan kosmetikalar, namlik, yoshartirish, yoshlar terisidagi muammolar uchun) kabi mahsulotlar kiradi.
XULOSA
Albatta,yuzni oziqlantiruvchi,namlovchi kremlardan foydalanishingiz sizning teringiz salomatligiga o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi.Shu bilan birgalikda,quruq va yog'li teri egalari uchun ham alohida parvarish vositalari mavjud.
Yog'li teri uchun
bu nomdagi krem yog'li yuz terilari uchun mo'ljallangan bo'lib, ular yuzdagi yog' hujayralarini faoliyatini normallashtiradi, agar sizning yuzingizda husnbuzarlar bo'lsa, bunday krem sizga ayni muddao.
Quruq teri uchun
Agar sizning yuzingiz yuvganingizdan so'ng tortishib,quruq bo'lib qolsa bilingki, bunday kremlar aynan siz uchun. Shuni e'tiborga olgan holda, quruq yuz egalari yuzlariga alohida e'tibor berishlari kerak, chunki quruq yuz egalariga ajin tushish ehtimoli yuqori.
Normal yuz terisi uchun
O'z nomidan ma'lumki, bunday krem normal yuz terilari uchundir. Lekin bunday yuz egalari bizning iqlim muhitimizda kam uchraydi.
Yuzingiz sog'lom va muammolarsiz bo'lishini xohlasangiz,sifatli kosmetik vositalardan foydalaning! ! !Ushbu tanlov yuzingiz salomatligiga ta'sir ko'rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Эстетическая косметология" Юлия Дебольская 2023
2. Международная номенклатура косметических ингредиентов (International Nomenclature of Cosmetic Ingredients - INCI)
3. "Энциклопедии косметических ингредиентов". "Школа косметических химиков". 2014 г.