Научная статья на тему 'SEBOREYALI DERMATIT: ETIOLOGIYASI, KLINIKASI VA DAVOLASH USULLARI'

SEBOREYALI DERMATIT: ETIOLOGIYASI, KLINIKASI VA DAVOLASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
949
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
seboreyali dermatit / yog’ bezlari / seboreyali sohalar / Malassezia avlodi / steroid gormonlar / kalsinevrin ingibitorlari.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — F. R. Sanaqulova, M. O. Allanazarova, F. B. Mirodilova

Ushbu maqolada teri kasalliklari ichida ko’p uchraydigan seboreyali dermatitning paydo bo’lish sabablari, klinik turlari va belgilari hamda uni samarali davolash usullari haqida ma’lumot berilgan. Muallif seboreyali dermatitni davolashda kalsinevrin ingibitorlarini qo’llash samarali ekanligini yoritib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SEBOREYALI DERMATIT: ETIOLOGIYASI, KLINIKASI VA DAVOLASH USULLARI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

SEBOREYALI DERMATIT: ETIOLOGIYASI, KLINIKASI VA DAVOLASH

USULLARI

F. R. Sanaqulova, M. O. Allanazarova, dots. F. B. Mirodilova

Toshkent tibbiyot akademiyasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada teri kasalliklari ichida ko'p uchraydigan seboreyali dermatitning paydo bo'lish sabablari, klinik turlari va belgilari hamda uni samarali davolash usullari haqida ma'lumot berilgan. Muallif seboreyali dermatitni davolashda kalsinevrin ingibitorlarini qo'llash samarali ekanligini yoritib beradi.

Kalit so'zlar: seboreyali dermatit, yog' bezlari, seboreyali sohalar, Malassezia avlodi, steroid gormonlar, kalsinevrin ingibitorlari.

Seboreyali dermatit - surunkali qaytalanuvchi teri kasalligi bo'lib, yog' bezlari ko'p joylashgan sohalarda ushbu bezning haddan ziyod yog' ishlab chiqarishi natijasida paydo bo'ladi. Seboreyali dermatit keng tarqalgan dermatozlarga kiradi, barcha teri kasalliklarini 10% ini tashkil qiladi. SD erta yoshdan keksalik yoshgacha bo'lgan bemorlarda uchrashi mumkin[1-3]. SD bolalar hayotining birinchi uch oylik davrida, katta yoshdagilarda esa 30 yoshdan 60 yoshgacha kuzatiladi. O'smirlarda va katta yoshdagilarda SD boshning sochli qismining qipiqlanishi(kepak), yoki stress yoki uyqusizlikdan so'ng burun-lab burmasi terisida yengil yoki sezilarli qizarish bilan namoyon bo'ladi. Yuqoridagi belgilar ayollarga nisbatan erkaklarda ko'proq uchraydi va ko'proq emotsional zo'riqish kasallikni qo'zg'atadi.

SD keng tarqalganligiga qaramasdan uning kelib chiqish sabablari kam o'rganilgan. Biroq bir qancha omillar - masalan, gormonlar miqdori, zamburug' infeksiyalari, ozuqa mahsulotlari yetishmovchiligi, neyrogen omillarga bo'gliqligi aniqlangan. Bu holat go'daklikda paydo bo'lib, o'z-o'zidan yo'qolib, keyinchalik jinsiy yetilish davrida yana paydo bo'lishi gormonal omil bilan bo'gliq ekanligini ko'rsatadi. Bundan tashqari odam organizmida normal dimorf flora tarkibida uchraydigan Malassezia (masalan, Malassezia furfur, Malassezia ovalis) avlodiga mansub achitqi zamburug'lari ham SD kelib chiqishida ahamiyatga ega[4-6]. Ushbu avlodga mansub achitqi zamburug'lari yog' bezlariga boy bo'lgan tananing seboreyali sohalarida(masalan, bosh, kuraklar orasi, yelka, ko'krak sohalar) uchraydi. SD bilan kasallangan bemorlarda zamburug'ga qarshi davo qilinganda klinik belgilari kamaya boshlaganligi SDni Malassezia bilan bevosita bo'gliqligini isbotlaydi[7]. SDli bemorlarni tekshirganda orttirilgan immun tanqisligi sindromi bilan bo'gliq bo'lgan yagona holatlar ham aniqlangan[8-9]. Shuningdek, SD ozuqa mahsulotlari yetishmasligi

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

natijasida ham yuzaga kelishi mumkin, lekin bu aniq isbotini topmagan. Bolalarda uchraydigan seboreyali dermatitni kelib chiqishida almashtirib bo'lmaydigan yog' kislotalarining tarkibi o'zgarishi muhim ahamiyatga ega. 30 ga yaqin bolalarning qon zarbobi tekshirilganda almashtirib bo'lmaydigan yo'g kislotalarining topilishi ularda vaqtinchalik delta-6 desaturaza fermenti yetishmasligini isbotladi[10].

Seboreyali dermatitning yog'li, quruq va aralash turlari farqlanadi. Yog'li SD ning o'zi esa teri yog'ining kimyoviy tarkibi va konsistensiyasiga qarab suyuq va quyuq yog'li seboreyaga ajratiladi.

Yog'li seboreyali dermatit jinsiy yetilish davrida yog' bezlarining sekretor funksiyasi oshib ketganda paydo bo'ladi. Yuz terisi, boshning sochli qismi, ko'krak va kuraklar orasi yog'li, yaltiroq, notekis, kirsimon kulrang rangga kiradi. Soch follikulalarning og'zi kengaygan, boshning sochli qismida ko'p miqdorda yirik plastinkali sarg'ish oq kepaklar paydo bo'ladi.

Quruq seboreyali dermatit odatda bolalarda jinsiy yetilish davrigacha bo'lgan oraliqda uchraydi. Bola hayotining birinchi haftalarida boshning sochli qismida to 'q kulrang tusdagi kepaklar paydo bo'ladi. Bosh kepaklardan tozalansa, o'rnida qizargan teri qoladi va yana keyinchalik shu joydan yana kepak hosil bo'ladi. Quruq seboreyali dermatit boshning sochli qismidan tashqari qo'l va oyoqlarning bukuvchi sohalarida, tananing yon sohalarida uchraydi.

Seboreyali dermatitni umumiy hamda mahalliy, uzoq muddat va qat'iy kompleks davolash talab etiladi. Kattalarda bosh terisining seboreyali dermatitida asosan steroidlar va kalsinevrin ingibitorlarini mahalliy qo'llash orqali davolanadi. Bosh sohasi uchun shampun, mahalliy steroid chayqatmalar, losyonlar hamda teriga surish uchun krem ko'rinishidagi davolash usullari qo'llaniladi[11]. Kalsinevrin ingibitorlari zamburug'larni o'ldiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'siri tufayli mahalliy(takrolimus, pimekrolimus maz) qo'llaganda steroid gormonlarga nisbatan nojo'ya ta'sirlari kam: teri atrofiyasi va gipertrixoz chaqirmaydi hamda yuz va quloq sohalariga bemalol ishlatish mumkin[12-13].

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Gupta AK, Madzia SE, Batra R. Etiology and management of seborrheic dermatitis. Dermatology 2004; 208:89-93.

2. Janniger CK, Schwartz RA. Seborrheic dermatitis [Published correction appears in Am Fam Physician 1995;52:782]. Am Fam Physician 1995; 52:149-55,159-60.

3. Janniger CK. Infantile seborrheic dermatitis: an approach to cradle cap. Cutis 1993;51:233-5

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

4. Mastrolonardo M, Diaferio A, Logroscino G. Seborrheic dermatitis, increased sebum excretion, and Parkinson's disease: a survey of (im) possible links. Med Hypotheses 2003; 60:907-11.

5. Pierard GE. Seborrheic dermatitis today, gone tomorrow? The link between the biocene and treatment. Dermatology 2003;206:187-8.

6. Schwartz RA. Superficial fungal infections. Lancet 2004;364:1173-82.

7. Heng MC, Henderson CL, Barker DC, Haberfelde G. Correlation of Pityosporum ovale density with clinical severity of seborrheic dermatitis as assessed by a simplified technique. J Am Acad Dermatol 1990;23:82-6

8. Dunic I, Vesic S, Jevtovic DJ. Oral candidiasis and seborrheic dermatitis in HIV-infected patients on highly active antiretroviral therapy. HIV Med 2004;5:50-4.

9. Wiwanitkit V. Prevalence of dermatological disorders in Thai HIV-infected patients correlated with different CD4 lymphocyte count statuses: a note on 120 cases. Int J Dermatol 2004;43:265-8.

10. Tollesson A, Frithz A, Berg A, Karlman G. Essential fatty acids in infantile seborrheic dermatitis. J Am Acad Dermatol 1993;28:957-61

11. Chosidow O, Maurette C, Dupuy P. Randomized, open-labeled, non-inferiority study between ciclopiroxolamine 1% cream and ketoconazole 2% foaming gel in mild to moderate facial seborrheic dermatitis. Dermatology 2003;206:233-40.

12. Meshkinpour A, Sun J, Weinstein G. An open pilot study using tacrolimus ointment in the treatment of seborrheic dermatitis. J Am Acad Dermatol 2003;49:145-7.

13. Rigopoulos D, Ioannides D, Kalogeromitros D, Gregoriou S, Katsambas A. Pimecrolimus cream 1% vs. betamethasone 17-valerate 0.1% cream in the treatment of seborrhoeic dermatitis. A randomized open-label clinical trial. Br J Dermatol 2004;151:1071-5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.