INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© B.M. Ibragimov1H_
Uzbekistan davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: mazkur maqolada "Sibelius" nota muharririda ishlash jarayonida qaysi o'rinlarda va qanday qoidalarga ko'ra qalqib chiqadigan oyna funksiyalari, dastur ish muhitini saqlash va OsST qismlari bilan ishlash metodikasi yoritilgan. Shuningdek, maqola "Sibelius" dasturida nota tovush qatorlarining kichraytirilgan variantlarini yaratish texnikasiga alohida e'tibor qaratadi. Dastur interfeysining qulayliklari, o'qitish jarayonida o'quvchilarning tezkor ma'lumot olish va nota yozishni avtomatlashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Mazkur metodika musiqa o'qituvchilari va ijrochilari uchun samarali vosita sifatida tavsiya etiladi.
MAQSAD: maqolaning maqsadi "Sibelius" nota muharririda ishlashni yanada samarali tashkil etish uchun qalqib chiquvchi oynachalar, ish muhitini saqlash va OSSIA qismlari bilan ishlash metodikasini o'rganish hamda musiqiy ta'lim jarayonida ushbu texnologiyalarni qo'llashning amaliy ahamiyatini ochib berishdan iborat. Shu bilan birga, dastur imkoniyatlarini musiqiy asarlarni yaratish, tahrirlash va nota yozuvini avtomatlashtirish jarayonida pedagog va ijrochilar uchun qulay vosita sifatida tanishtirish maqsad qilingan.
MATERIALLAR VA METODLAR: maqolada "Sibelius" nota muharriri bilan ishlash metodikasi quyidagi asosiy yondashuvlarga tayanadi: Bosqichma-bosqich yo'riqnoma, amaliy mashg'ulotlar, interaktiv yondashuv, masalalar yechimi, ko'rgazmali materiallar. Mazkur metodika musiqiy ta'limni samarali tashkil etish va o'quvchilar uchun dasturdan foydalanishni osonlashtirishga xizmat qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: mazkur maqolada "Sibelius" nota muharririning funksional imkoniyatlari va ushbu dastur bilan ishlash jarayonida yuzaga keladigan uslubiy yondashuvlar keng muhokama qilinadi. Qalqib chiquvchi oynachalar va OSSIA qismlari bilan ishlash musiqiy materialni vizualizatsiya qilish va ijrochi uchun qulay shaklda tayyorlash imkonini beradi. Nota tovush qatorlarini kichraytirish texnikasi esa murakkab asarlarni yanada ixcham ko'rinishda taqdim etishga xizmat qiladi.
XULOSA: texnologiyalar rivojlanishi musiqiy ijodkorlik va ta'lim jarayonlariga tubdan yangicha yondashuvlarni olib kirdi. "Sibelius" nota muharriri - shunday yangiliklardan biri bo'lib, u nafaqat musiqa mutaxassislari, balki yosh o'quvchilar uchun ham qulay vosita
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
hisoblanadi. Ushbu dastur orqali nota yozishni avtomatlashtirish, tovush qatorlarini ixchamlashtirish va OSSIA qismlari bilan ishlash imkoniyatlari musiqiy ijod jarayonini yanada samarali tashkil etish imkonini beradi.
Kalit so'zlar: Sibelius nota muharriri, qalqib chiquvchi oynachalar, ish muhitini saqlash, ossia qismlari, nota tovush qatorlari, musiqa dasturlari, pedagogik metodika, musiqa texnologiyalari.
Iqtibos uchun: Ibragimov B.M. '^¡ЬеУиБ" nota muharririda ishlashda qalqib chiquvchi oynachalar, Sibeliusda ish muhitini saqlash hamda kichraytirilgan nota tovush qatorlari OSSIAlar bilan ishlash metodikasi. // Inter education & global study. 2025. №1 B.617-625.
ВСПЛЫВАЮЩИЕ ПЛЕЕРЫ ПРИ РАБОТЕ В РЕДАКТОРЕ ПАРТИТУР SIBELIUS, ПОДДЕРЖАНИЕ РАБОЧЕЙ СРЕДЫ В SIBELIUS И РАБОТА С СОКРАЩЕННЫМИ РЯДАМИ НОТ МЕТОДОЛОГИЯ OSSIALS_
© Б.М. Ибрэгимов1И
Жэционэльный институт эстрэдного искусстве имени Ботирэ Зэкировэ при Госудэрственной консервэтории Узбекистэнэ, Тэшкент, Узбекистэн_
Aннoтaция
ВВЕДЕНИЕ: объясняются прэвилэ рэ6сты всплывэющих окон, метoдикa пoддержaния рaбoчей среды прсгрэммы, рaбoтa с кoмпoнентaми OSST. В стaтье тaкже рaссмaтривaется метoдикa ссздэния сoкрaщенных версий нотных рядов в прoгрaмме Sibelius. Прoaнaлизирoвaнo удобство интерфейсa прсгрэммы, всзмсжнссть студентов быстро получэть инФормэцию и aвтoмaтизирoвaть ведение зaписей в процессе обучения. Дэннэя метoдикa рекомендуется кэк эффективный инструмент для препoдaвaтелей музыки и исполнителей.
ЦЕЛЬ: целью стэтьи является изучение методики рэботы с всплывэющими окнэми, сoхрaнением рaбoчей среды и чэстями OSSIA для более эффективной оргэнизэции рэ6оты в редaктoре пэртитур Sibelius, a тaкже рaскрытие прaктическoй знэчимости использовэния этих технологии в процессе музыкэльного oбрaзoвaния. При этом стэвится цель предстaвить возможности прогрэммы кэк удобного инстрyментa для педэгогов и исполнителей в процессе создэния, редэктировэния и aвтoмaтизaции музыкэльных произведений.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: методология рэботы с музыкэльным редэктором Sibelius в стэтье бэзируется нэ следующих основных подходэх: пошэговые инструкции, прэктические упрэжнения, интерэктивный подход, решение зэдэч, демонстрэционные мэтериэлы. Дэннэя методикэ позволяет эффективно оргэнизовэть музыкэльное oбрaзoвaние и облегчить учэщимся использовэние прогрэммы.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в дэнной стэтье подробно рaссмaтривaются функционэльные возможности музыкэльного редэкторэ Sibelius и методические
© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Нэучно-теоретический и методический журнэл Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
подходы, возникэющие при рэботе с этой прогрэммой. Рэботэ с всплывэющими окнэми и пэртиями OSSIA позволяет визуэлизировэть музыкэльный мэтериэл и подготовить его в удобном для исполнителя виде. Прием сокрэщения числэ нотных строк позволяет предстэвить сложные произведения в более сжэтой форме.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: рэзвитие технологий принесло принципиэльно новые подходы к музыкэльному творчеству и oбрaзoвaтельным процессэм. Одним из тэких нововведений является музыкэльный редэктор Sibelius, удобный инструмент не только для профессионэлов в облэсти музыки, но и для молодых студентов. Возможность aвтoмaтизирoвaть нэписэние нот, сжимэть звуковые последовэтельности и рэботэть с пэртиями OSSIA с помощью этой прогрэммы позволяет более эффективно оргэнизовэть процесс создэния музыки.
Ключевые слова: редэктор пэртитур Sibelius, всплывэющие окнэ, сохрэнение рэбочей среды, пэртии Ossia, нотные ряды, музыкэльные прогрэммы, педэгогическэя методикэ, музыкэльные технологии.
Для цитирования: Ибрэгимов Б.М. Всплывэющие плееры при рэботе в редэкторе пэртитур Sibelius, поддержэние рэбочей среды в Sibelius и рэботэ с сокрэщенными рядэми нот Методология OSSIALS. // Inter education & global study. 2025. №1. С. 617-625.
POP-UP PLAYERS WHEN WORKING IN THE SIBELIUS SCORE EDITOR, MAINTAINING THE WORKING ENVIRONMENT IN SIBELIUS, AND WORKING WITH REDUCED NOTE SOUND ROWS OSSIALS METHODOLOGY_
© Bobir M. Ibragimov1®
National Institute of Pop Art named after Batyr Zakirov under the State Conservatory of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article also discusses the rules for working with pop-up windows, the methodology for maintaining the program's working environment, and OSSIA parts. The article also pays special attention to the technique of creating reduced versions of note sound lines in the "Sibelius" program. The convenience of the program interface, the possibilities of students' quick information retrieval and automation of note writing during the teaching process are analyzed. This methodology is recommended as an effective tool for music teachers and performers.
AIM: the purpose of the article is to study the methodology for working with pop-up windows, the methodology for maintaining the working environment, and OSSIA parts in order to more effectively organize work in the "Sibelius" note editor, and to reveal the practical significance of using these technologies in the process of music education. At the same time, it is aimed to introduce the capabilities of the program as a convenient tool for
© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
teachers and performers in the process of creating, editing, and automating note writing of musical works.
MATERIALS AND METHODS: the methodology for working with the "Sibelius" music editor in the article is based on the following main approaches: Step-by-step instructions, practical exercises, interactive approach, problem solving, demonstration materials. This methodology serves to effectively organize music education and facilitate the use of the program for students.
DISCUSSION AND RESULTS: this article extensively discusses the functional capabilities of the "Sibelius" music editor and the methodological approaches that arise in the process of working with this program. Working with pop-up windows and OSSIA parts allows you to visualize musical material and prepare it in a convenient form for the performer. The technique of reducing the number of note lines serves to present complex works in a more compact form.
CONCLUSION: the development of technologies has introduced fundamentally new approaches to musical creativity and educational processes. The "Sibelius" music editor is one of such innovations, which is a convenient tool not only for music professionals, but also for young students. The ability to automate notation, compress sound sequences, and work with OSSIA parts through this program allows you to organize the musical creation process more effectively.
Keywords: Sibelius notation editor, pop-up windows, saving the work environment, ossia parts, notation sound sequences, music programs, pedagogical methodology, music technologies.
For citation: Bobir M. Ibragimov. (2025) 'Pop-up players when working in the Sibelius score editor, maintaining the working environment in Sibelius, and working with reduced note sound rows OSSIALS methodology', Inter education & global study, (1), pp. 617-625. (In Uzbek).
Musiqa - inson qalbining eng nozik tuyg'ularini ifodalovchi san'at. Ammo bu san'atni o'z ifodasida mukammal va boy shaklda yaratish uchun texnik vositalar va zamonaviy texnologiyalarning roli beqiyos. "Sibelius" nota muharriri musiqiy ijodkorlikni texnologiyalar bilan uyg'unlashtirgan innovatsion vositalardan biri bo'lib, o'zining oddiy interfeysi va keng imkoniyatlari bilan musiqa yozishni yangicha darajaga olib chiqadi.
Bugungi tezkor rivojlanish davrida musiqiy ta'lim va ijod jarayonlarida faqatgina klassik yondashuvlar bilan cheklanib bo'lmaydi. Dasturlar va vositalardan foydalanish - bu ijodiy jarayonni tezlashtirish, uni zamonaviy talablar darajasiga olib chiqish demakdir. "Sibelius"ning qalqib chiquvchi oynachalari, OSSIA qismlari bilan ishlash imkoniyatlari va nota tovush qatorlarini yaratishdagi qulayliklari musiqiy ijodkorlar va ta'lim jarayonidagi o'quvchilar uchun yangi ufqlarni ochadi.
Ammo texnologiyadan foydalanish, nafaqat vositalarni o'rganish, balki ularni pedagogik va ijodiy jarayonda to'g'ri qo'llashni ham talab qiladi. Musiqani faqat ijro etish emas, balki uni texnologiyalar yordamida tahlil qilish, shakllantirish va taqdim etish bugungi
© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Нэучно-теоретический и методический журнэл 2025, №2
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
kunda dolzarb masalaga aylangan. Ushbu maqolada "Sibelius" nota muharriridan foydalanishning usullari, metodikasi va ta'limda qo'llanilish imkoniyatlari haqida so'z yuritiladi. Zero, zamonaviy musiqa ta'limida texnologiyaning roli faqat o'qituvchining mahoratiga emas, balki ushbu vositalarni to'g'ri va samarali qo'llashga ham bog'liq.
Texnologiyalar va musiqa uyg'unlashuvi orqali yangi asarlarni yaratish, ularni o'rganish va targ'ib qilish bugungi kun musiqa ta'limining muhim yo'nalishidir. Shu sababli, "Sibelius" dasturini o'rganish va uni ijodiy jarayonga tatbiq etish - nafaqat o'qituvchi va o'quvchilar uchun, balki musiqa san'atining rivojlanishi uchun ham ulkan ahamiyat kasb etadi.
Qalqib chiquvchi oynachalardagi maslahatlar
Tasmadagi har bir buyruqda sichqoncha kursori ustiga qo'yilganda paydo bo'ladigan kengaytirilgan matn tavsifi mavjud. Ushbu tavsiflar qalqib chiquvchi oynachalardagi ko'rsatmalar deb nomlanadi va ular har bir buyruq uchun foydali qo'shimcha kontekst beradi. (1-rasm)
16-rasmda "Главная (Bosh sahifa)"dan "Буфер oбменa"guruhiga taalluqli "Выбрэт грэфический объект'^ tegishli qalqib chiquvchi oynachalardagi ko'rsatmalar tasvirlangan. E'tibor bersangiz klaviatura maslahatchisi buyrug'i qavs ichida ko'rsatilganini unutmang. Faqatgina qo'llanilishi mumkin bo'lgan klaviatura maslahatchisidan farqli o'laroq ALT (Windows OT) yoki CTRL (Mac OT) tugmalari bosilganda,
Выбрать графический объект
Добавить ИЛИ у
. Изменить Р' Трансгшммроы
Оыбрль графический оЬьеш (All-G)
По:вслиет AJM выбрлтъ область партитуры, которую saTCM ыожио скопировать ё буфер сбменл и естае tiTt непосредственно в другое приложение а виде графического объест.
1-rasm
ushbu klaviatura
maslahatchisini har qanday joyda ishlatilishi mumkin va agar xohishga ko'ra ularni sozlash ham mumkin.
Tegishli dialog oynalarini ishga tushirish
5,0mm|
О Границы поля • Размер нотоносца 4_j Ориентация • 3 ¡Q Размер -
Настр
<и доку
2-rasm
ента
Титульный лист
tí
Tasmaning ba'zi guruhlari pastki o'ng burchakda "Dialogni ishga tushirish tugmasi" deb nomlangan kichik tugmaga ega, u bosilganda shu guruhdagi buyruqlar bilan bog'liq qo'shimcha variantlarni o'z ichiga olgan dialog oynasi ishga tushiriladi. (2-rasm)
Yuqoridagi rasmda sichqoncha kursori Maket bo'limi yorlig'idan "Hujjat parametri" dialog oynasini ishga tushirish tugmasi ustida joylashgan bo'lib, u hujjat parametrlari dialog oynasini ishga tushiradi, bu erda tasmda mavjud bo'lganlardan tashqari qo'shimcha parametrlar yordamida sahifa hajmini, yo'nalishini va chegaralarini o'zgartirish mumkin.
Bitta hujjat bilan ishlash uchun interfeys
Sibelius bitta hujjat bilan ishlash uchun interfeysdan foydalanadi, ya'ni har bir ball o'z lentasi va partitura bilan ishlash uchun zarur bo'lgan barcha vositalar bilan o'z oynasida ochiladi. Yangi partiyalar yoki versiyalar ishga tushirilganda, ular bir xil oynada yangi tablarda standart bo'yicha ochiladi (Sibelius hujjatini yangi oynada ko'rish uchun
© intereduglobalstudy.com
2025, ISSUE 2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2025, №2
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
sichqoncha yordamida faylni siljitish orqali amalga oshiriladi, buddi shunday amal bilan ularning joylashuv ketma-ketlik tartibini ham o'zgartirish mumkin).
Hujjatni yopish uchun uning oynasi yopish uchun oynaning o'ng burchakning yuqori
qismidagi belgisi bosiladi (Windows yopilganda, Tezkor ishga tushirish
OT). Sibelius oynasi so'nggi
nota muharriri oynasi partitura va partiyalarni
ochish yoki yangisini yaratishga imkoni beradi. Shuningdek, bu Sibeliusning Windowsda yopilishiga to'sqinlik qiladi, chunki odatda, agar ochiq oynalar bo'lmasa, dastur yopiladi. (3-rasm)
Agar oxirgi hujjatni yopgandan so'ng yana Tezkor ishga tushirish oynasini ko'rishni istamasangiz, oxirgi yorliqdagi tegishli belgini bosish orqali oxirgi hujjatni yopish mumkin, bu hujjatni yopadi, ammo oynani ochiq qoldiradi.
Dasturni yopmoq
3-rasm Ny
8 u
•I
без имени -Sibelius 75
¡abad
Ввод нот
I Главная Í, Вырезать 1 Копировать
5ставить
. Уловить идею графический объект
Буфер обмена
Нотации Текст Играть Макет Внешний вид Партии Обзор Вид
У Добавить или удалить Нотоносец 0$яа Щ Добавить • # Разделить
Н Изменить Днад Ц Удалить ^Присоединить
$е Транспонирование партитуры А Ниже
Инструменты _|5|_Такты_
Полная партитура
т
Фильтры
У/Расширенный
5> Все !
Ничего ¡
Выбрать
III
^ ЛНайти • Q
Ф ПЕрейти к • Скрыть или Цвет Инспектор
отобразить ■ - J>r Перевернуть
Редактировать
Ч)
Плагины
_ва
Yorliqlarni yopmoq
Oxirgi oynadagi so'nggi yorliqni yopgandan so'ng, tasmadagi barcha boshqaruv elementlari o'chirilgan holatga o'tadi, ammo standart bo'yicha so'nggi sahifani ochadigan Fayl yorlig'ini bosish mumkin. Oxirgi (Недавняя) bajarilgan hujjatni ochish mumkin yoki boshqa hujjatni ochish uchun Ochish (Открыть) tugmasini bosish orqali mavjud partitura yoki partiyalardan birini yoki Yangi (Новая) hujjatni boshlash mumkin.
Oxirgi hujjatni yopgandan so'ng, Tezkor ishga tushirish dialog oynasini Sibelius parametridan ko'rsatishni o'chirib qo'yish ham mumkin.
Shuni yodda tutish kerakki, qolgan bo'sh hujjat oynasini yopish bilanoq Sibelius ham Windowsda yopiladi.
Sibeliusda ish muhitini saqlash
Sibelius avtomatik ravishda oynalar va yorliqlarning joylashuvini partiya va partitura hujjatlari bilan ishlash paytida kuzatib boradi. Shu sababli, dasturni keyingi safar ishga tushirilganda ularni qayta tiklab beradi. Avvalgi ishlangan hujjatni qayta ishga tushirilganda Sibelius quyidagilarni bajaradi:
> Hujjat oynasini avval so'nggi bora foydalangan o'lcham va pozitsiyani ochadi.
> So'nggi marta ishlatilgan hujjatlar ishga tushirilgan barcha barcha yorliqlarni ochadi va oxirgi ishlatilgan yorliqqa yo'naltiradi.
> Oxirgi marta o'rnatgan ko'rinish ko'lami va turini qayta tiklaydi.
> Tasmaning Ko'rinish (Вид) bo'limidagi asl sozlamalarini tiklaydi (ekranda ko'rsatiladigan foydali narsalarni, lekin odatda qog'ozga chop etilganda ko'rsatilmaydi)
Г
© intereduglobalstudy.com
2025, ISSUE 2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
> So'nggi marta ochilgan panellarni (masalan, Mikser, Fikrlar va hk) o'z holida qayta tiklaydi.
Foydalanuvchi Sibeliusda qaysi holat ko'rinishidan birini bajarishni o'z xohishiga ko'ra Отобразить va Файл страницы, Файл, Настройки - Настройки отображения ketma-ketligida mos qilib ham sozlab olish imkoniytiga ega.
Nota tovush qatorlar
Nota tovush qatorlarini yaratish
Yangi musiqa cholg'ulari uchun nota tovush qatorlarini yaratish uchun Sibelius tasma qatoridan Asosiy (Главная) - Cholg'ular (Инструменты) - Qo'shish yoki o'chirish (Добавить или удалить) ketma-ketligida yoki klaviaturadan "I" tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
Bir nechta nota tovush qatorlardan tashkil topgan musiqa cholg'ulari
Ko'pgina musiqa cholg'ulari bir nechta nota tovishqatorga ega bo'lishi mumkin. Shular jumlasidan:
• Klaviatura musiqa cholg'ulari - chap va o'ng qo'llar uchun;
• Damli musiqa cholg'ulari - bir nechta ijrochilar mavjud bo'lganda;
• Urma-zarbli musqa cholg'ular - masalan, Celesta, Marimbaning murakkab ijrolari uchun;
• Ovoz yo'nalishi - ba'zan ajratilganda;
• Torli musiqa cholg'ulari - asosan ikki va undan ortiq ijrochi uchun.
Musiqa cholg'usiga yana bir nota tovush qator qo'shish uchun quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi:
• Agar barcha partituralarda nota tovush qatori qo'shmoqchi bo'lsangiz, partiturada hech qanday takt yoki tovush qator belgilanmaganligiga ishonch hosil qiling; boshqa tomondan, agar yangi nota tovush qatori faqat ma'lum bir nuqtada paydo bo'lishi uchun istalgan taktni tanlash orqali amalgaoshiriladi;
• Sibelius tasma qatoridan Asosiy (Главная) - Cholg'ular (Инструменты) - Qo'shish yoki o'chirish (Добавить или удалить) ketma-ketligida yoki klaviaturadan I tugmasi bosiladi;
• Partituradagi nota tovush qatori (Нотоносцы в партитуре) maydoni ro 'yxatidan yangi qo'shmoqchi bo'lgan nota tovush qatorini tanlang;
• Yuqoriga (Выше) yoki Quyida (Ниже) tugmasini bosish orqali boshqariladi;
• OK tugmasi bosiladi.
Xuddi shu tarzda qo'shimcha nota tovush qatorlarini qo'shishingiz mumkin. Bir musiqa cholg'usi uchun har qanday miqdorda nota tovush qatorlari kerak bo 'lishi mumkin bo'lsa-da (hatto 5 yoki 47391082), kamdan-kam hollarda ikki yoki uchtadan ko'proq nota tovush qatorlari kerak bo'lishi mumkin. Agar musiqiy cholg'u uchun ishlatiladigan nota tovush qatorlar soni butun partiturada o'zgarib tursa, ba'zi ijro parametrlarini o'zgartirish ham mumkin bo'ladi.
Musiqiy cholg'uning barcha nota tovush qatorlari nota tovush qatorning markazida
© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 2
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
vertikal ravishda joylashgan umumiy nomga ega bo'ladi.
Kichraytirilgan nota tovush qatorlari OSSIA
Ossia - bu qisqartirilgan nota tovush qatori, bir yoki bir yarim takt o'lchami davomiyligini ifodalaydigan, an'anaviy o'lchamdagi nota tovush qator usti yoki osti qo'shimcha takt hisoblanib, biror-bir ohang, kuyning parchasi ijrosining muqobil usulini ko'rsatadi. OSSIA - kichraytirilgan nota tovush qatorlarini Sibeliusda yaratish juda oson bo'lib, quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
• Kichraytirilgan nota tovush qatori ossiani yaratmoqchi bo'lgan takt belgilanadi (faqat bir va bir nechta notalarni ham belgilash ham mumkin, bu holatda bir butun taktni belgilash shart emas).
• Sibelius tasma qatoridan Asosiy (Глэвнэя) - Cholg'ular (Инструменты) - Ossia nota tovush qatori (Нотоносец ossia) ketma-ketligidan Ustida (Над) yoki Quyida (Ниже) laridan biri tanlandi.
• Sibelius kichraytirilgan nota tovush qatori ossiani avtomatik ravishda belgilangan takt usti yoki tagiga yaratib beradi. Ushbu qo'shimcha taktga musiqani aslidan nusxa ko'chirish va kerakli o'zgarishlarni amalga oshirish mumkin bo'ladi.
Texnologiyalar rivojlanishi musiqiy ijodkorlik va ta'lim jarayonlariga tubdan yangicha yondashuvlarni olib kirdi. "Sibelius" nota muharriri - shunday yangiliklardan biri bo'lib, u nafaqat musiqa mutaxassislari, balki yosh o'quvchilar uchun ham qulay vosita hisoblanadi. Ushbu dastur orqali nota yozishni avtomatlashtirish, tovush qatorlarini ixchamlashtirish va OSSIA qismlari bilan ishlash imkoniyatlari musiqiy ijod jarayonini yanada samarali tashkil etish imkonini beradi.
Musiqa o'qituvchilari uchun "Sibelius"ning o'ziga xos ahamiyati shundaki, u nafaqat asarlarni yozish va tahrirlash jarayonini yengillashtiradi, balki ta'limni interaktiv shaklda olib borishga ham yordam beradi. Qalqib chiquvchi oynachalar va ish muhitini saqlash funksiyalari esa dasturdan foydalanishni osonlashtiradi, vaqtni tejaydi va ijodiy ishda xatolarga yo'l qo'ymaslikka xizmat qiladi.
Bu jarayonlarni chuqur o'rganar ekanmiz, musiqiy ta'limda texnologiyalardan foydalanishning naqadar muhim ekanini yana bir bor anglaymiz. O'quvchilarning texnik ko'nikmalarini rivojlantirish, ularga musiqiy materiallarni zamonaviy vositalar orqali taqdim etish - bu, shubhasiz, ularning ijodiy qobiliyatini oshirish va musiqaga bo'lgan qiziqishini kuchaytirishga yordam beradi.
"Sibelius" - oddiy dastur emas, balki musiqa yaratish san'atida yangi bosqichdir. U nafaqat musiqiy tafakkur va ijodkorlikni, balki texnik mahoratni ham oshirishga xizmat qiladi. Shu sababdan, uni o'rganish va amalda qo'llash bugungi kun o'qituvchi va o'quvchilari uchun dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda. Oxir-oqibat, texnologiya va san'atning bunday uyg'unligi musiqiy madaniyatni yangi cho'qqilarga olib chiqishiga shubha yo'q.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
1. ^g^v B.M. SMus 8.0 Nоtа mul^m dаsturidа ishlаsh mеtоdikаsi. "Ilm ziуо zаkоvаt", Tоshkеnt 2021, uslubiу qо'llаnmа I-qism, 106 bеt.
2. Ibrag^v B.M. Nоtаlаshtirish. O'quv qо'llаnmа. ^sh^nt 2023, 212 bеt
3. ^g^v B.M. Musiqа mаdаniуаti fаni kоmруutеr dаsturlаridаn fоуdаlаnishning nаzаriу аsоslаri. "Sсiеnсе аnd Eduсаtiоn" Sсiеntifiс Jоurnаl / ISSN 2181-0842 Осtоbеr 2021 / Vоlumе 2 Issuе 10. Р.303-313
4. Umurоv N.Q. SIBELIUS 4, SIBELIUS 6 nоtа muhаrrirlаridа ishlаsh mаsаlаlаri. (O'quv qо'llаnmа) -T.: '^n vа tехnоlоgiуа", 2016, 104 b^. ISBN 978-9943-4682-5-2
5. S^lius Rеfеrеnсе. Elесtrоniс сеrtifiсаtе оf аррНса^. © 2021 Avid Tесhnоlоgу
6. Ibragimov B.M. Notalashtirish. O'quv qo'llanma. Toshkent 2023, 212 bet
7. Ibragimov B.M. Classification of music computer software. International scientific-online con-ference September 22, 2022 https://www.doi.org/10.5281/zenodo. 7102969
8. Ibragimov B.M. Nota yozuvining isloh qilinishi. nota yozuvini gvido d'arezzo tomonida isloh qilinishi. EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE. Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 6.051 https://www.in-academy.uz Online: 14th December 2023
9. Ibrohimov O.A. "O'zbek xalq musiqa ijodi" (metodik tavsiyalar 1-qism), Toshkent. 1994-y. B. 62.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Ibragimov Bobir Mansurovich, O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti dekani, dotsent, [Ибрагимов Бобир Мансурович, декан Национального института эстрадного искусства имени Ботира Закирова при Государственной консерватории Узбекистана, доцент], [Bobir M. Ibragimov, Dean of the National Pop Art Institute named after Botir Zakirov under the State Conservatory of Uzbekistan, docent]; manzil: O'zbekiston, Toshkent sh., Botir Zokirov ko'chasi, 1-uy [адре^ Узбекистан, Ташкентский район, улица Батира Закирова, 1 дом], [address: Uzbekistan, Tashkent district, Batir Zakirov street, 1 house] E-mail: [email protected] ORCID: 0009-0007-0860-1870