CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH
M.Ismoilova
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining
Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada cholg'ularni ijro qilishda notaga qarab ijro qilish usullari va ular bilan ijro jarayonida individual ishlash usullari keng yoritilgan.
Kalit so'zlar: nota, kuy, ijro, akkompanement, sozanda, solist.
PERFORMANCE BY NOTE IN PERFORMANCE
M.Ismoilova
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article describes in detail the methods of playing instruments on the basis of notes and individual methods of working with them in the process of playing them.
Keywords: note, melody, performance, accompaniment, musician, soloist.
Notaga qarab ijro qilish murakkab jarayon bo'lib, u maxsus mashqlar yordamida o'zlashtiriladi. Notaga qarab ijro etish jarayonini kuzatadigan bo'lsak, unda qo'yidagi qismlarni ko'rishimiz mumkin: nota ko'rinishining o'quvchi ongiga etib borishi; o'quvchi ongida qanday harakatni amalga oshirish kerakligining aniqlanishi; kerakli harakatlar yordamida berilgan notaning ijro etilishi. Notaga qarab ijro etish jarayonining qanchalik tez sodir bo'lishi nota ko'rinishini qabul qilib (anglab), kerakli harakatni amalga oshirish tezligiga bog'liq. Agar jarayonining biror qismi yaxshi ishlamasa, notaga qarab ijro etishda ko'zlangan natijaga erishish qiyin bo'ladi. Notaga qarab ijro etishning murakkab taraflaridan biri shuki, musiqa asarining bir qismi ijro etilayotganda cholg'uchi keyingi qismini ko'rib, uning ijrosiga tayyorgarlik ko'rishga tayyorlanadi. Tajribasiz o'quvchilar ko'p holda buning uddasidan chiqa olmaydilar natijada, ularning ijrolari uzilib qoladi. Diqqat-e'tiborni bir maqsadga qarata bilish notaga qarab ijro etishning muvaffaqiyatli o'zlashtirilishini ta'minlaydigan omillardan biridir. Notaga qarab ijro etish qobiliyatini rivojlatirishda quyidagi amaliy mashqlar yordam berishi mumkin; eng oddiy musiqa, boshlang'ich taktning birinchi yarmi ijro etilayotganda o'quvchi o'z e'tiborini shu taktning ikkinchi yarmiga qaratadi. Xuddi shu usul asarning keyingi taktlarini ijro etishda ham qo'llanadi. Mashg'ulotlar yordamida o'quvchiga berilayotgan vazifa asta -sekin murakkablashtiriladi, lekin bu vazifa o'quvchining imkoniyatlari darajasida bo'lishi kerak. Sozandada notaga qarab
ijro eta olish qobiliyatini rivojlatirish muammosi va uni hal etishga qaratilgan ko'rsatmalar musiqa pedagogikasida alohida o'rin tutadi. Ko'zga ko'ringan ijrochi -o'qituvchilarning fikricha, notaga qarab ijro etish sozandaning kundalik mashg'ulotlari qatoridan o'rin olishi shart. O'quvchi muntazam ravishda notaga qarab ijro etish bilan shug'ullangan taqdirda turli davrga oid bo'lgan rang barang musiqa asarlari bilan tanishadi. Notaga qarab ijro etilayotgan musiqa asarlarining hammasi ham kelajakda o'quvchi tarafidan yod olinishi shart emas, balki ular o'quvchining fikrlash, yangilik ochish va yangi, o'ziga ma'lum bo'lmagan taassurotlar bilan tanishish ehtiyojini qondirish uchun ijro etiladi. Notaga qarab ijro etayotgan sozandaning fikrlashi birmucha faollashadi, uning musiqiy qo'llanmalarni qabul qilib olishi ma'lum darajada o'tkirlashadi. Shu bilan birga o'quvchi notaga qarab ijro etayotgan musiqa asariga butun vujudi bilan beriladi va uning his-tuyg'ulari ham bu jarayonda bevosita ishtirok etadi. Bundan kelib chiqadiki, notaga qarab ijro etish mashg'ulotlari ijrochi repertuar, uning nazariy va amaliy bilimlarini boyitibgina qolmasdan, balki umuman musiqiy fikrlash jarayonining sifatini yaxshilaydi. Notaga qarab ijro etish o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishida eng samarali yo'llardan biridir. Cholg'u ijrochiligi ta'limi o'z oldiga o'quvchining umumiy musiqiy qobiliyatini, professionalligini rivojlantirishni assosiy maqsad qilib qo'yar ekan, shubha yo'qki, notaga qarab ijro etish ana shu maqsadning amalga oshishida asosiy va maxsus vosita vazifasini bajaradi. Notaga qarab ijro etishning muhimligi tan olingan holda, amalda unga ba'zan keraklicha e'tibor berilmaydi. Albatta, notaga qarab ijro etishga qancha ko'p vaqt sarflansa, bu o'z navbatida, ma'lum ijobiy natija berishi mumkin. Lekin bu jarayonni tashkil qilishda ongli nazorat yo'lga qo'yilishi lozim. Tajribadan ma'lumki, sozandaning notaga qarab ijro etish qobiliyati qanchalik rivojlangan bo'lsa, uning ichki eshitish qobiliyati ham shunchalik rivojlangan bo'ladi. Ya'ni bunday sozanda nota belgilariga ko'zi tushishi bilanoq shu tovushni ijrosiz eshita oladi. Demak, sozandadagi «ko'rish orqali eshitish» qobiliyati qanchalik rivojlangan bo'lsa, uning notaga qarab ijro eta olishi ham shunchalik sifatli bo'ladi. Notaga qarab ijro etishning muhim shartlaridan yana biri ijrochining nigohi nota tekstidan uzilmasligidir. Cholg'u torlari va pardalar joylashuvini yaxshi o'zlashtirib olmagan o'quvchilarning nigohlari dam nota tekstiga, dam cholg'u grifiga ko'chib turadi. O'quvchi notaga qarab, uning balandligini belgilab olgandan so'ng, nigohini cholg'u grafikasidagi pardalarga ko'chirishga majbur, chunki pardalarni yaxshi o'zlashtirib olmaganligi sababli grifga qaramasdan barmoqlarni pardaga aniq qo'ya olmaydi. Navbatdagi notani aniqlashda o'quvchi yana nigohini nota tekstiga ko'chiradi. Bunday vaziyatda ko'p o'quvchilar tekstning qaysi joyiga kelganliklarini yo'qotib qo'yadilar. Kerakli joyni topish uchun esa bir oz vaqt talab etiladi. Mana shu kamchiliklar natijasida o'quvchining ijrosida noto'g'ri to'xtashlar sodir bo'ladi. Bu esa asarning uzluksiz ijrosiga putur etkazadi. Shu sababli ijrochi nigohining bir manbadan ko'chishi qanchalik kam bo'lsa,
shunchalik ijro uchun foydali bo'ladi. Demak, cholg'u ijrochüigi ta'limida o'quvchi -sozandaning cholg'u grafaga qaramasdan kerakli pardani topa bilishni boshqa ko'nikmalar qatori muntazam ravishda o'rganib borishi notaga qarab bemalol ijro eta olish qobiliyatini rivojlantirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Notaga qarab ijro etishni amalga oshirayotgan paytda o'quvchidan nota yozuvidagi barcha belgilariga qat'iy rioya qilishni birdaniga talab qilib bo'lmaydi. O'qituvchi bu jarayonda o'quvchi birinchi navbatda e'tibor berishi kerak bo'lgan narsalarni olindan tushuntirib, belgilab berishi katta ahamiyat kasb etadi. Bizningcha, o'quvchi asarlardagi yaxlit musiqiy fikrning boshlanishi va tugallanishiga birinchi navbatda e'tibor berishi kerak. Ya'ni asarda bayon etilgan tugal fikrning uzilib qolishi yoki tushunarsiz ijro etilishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Notaga qarab ijro etishni asarda bayon etil ayotgan musiqiy fikrlar asosida tashkil qilish yaxshi natija beradi. Notanish musiqa asarlarini notaga qarab ijro etishdan oldin ko'zdan kechirib, tanishib chiqish, ya'ni shu asarni cholg'usiz «ijro etish» tavsiya qilinadi. Bunda, birinchidan,sozanda bevosita ijro harakatlaridan xoli bo'ladi; ikkinchidan, asarning tuzilishni o'rgatish imkoniyati tug'uladi, Qo'shimcha qilib aytish mumkinki, o'quvchi asarning nota yozuvini ko'zdan kechirib, cholg'usiz «dilda» ijro etishi uning ichki eshituv qobiliyatini ma'lum darajada rivojlantirib boradi. Tajriba guvohlik beradiki, musiqa asari bilan bunday tanishuvdan keyin ijro engil va aniqroq amalga oshiriladi, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xatolar kamayadi va ijro erkinligi ta'minlanadi.
Insonlar individual xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilishi ma'lum. Mutlaqo bir xil xususiyatli odamlar bo'lmaganidek, har bir o'quvchining xususiyatlari ham o'ziga xos va takrorlanmasdir. Ta'lim - tarbiyaning talablari esa barcha o'quvchilar uchun yagona bo'lib qolaveradi. Samarali natijaga erishish uchun o'quvchilarga nisbatan pedagogik vositalarni qanday qo'llash kerak? Ta'lim ishida o'quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, shu xususiyatlar asosida ishni tashkil etish yuqoridagi savolga ma'lum darajada javob bo'lishi mumkin. Ta'lim jarayonida o'quvchilarga individual yondashish muammosi ijodiy xarakterga ega. Bu jarayonning har bir bosqichiga oldindan aniq ko'rsatma berib bo'lmaydi. Pedagogikada tarbiyalanuvchilarga individual yondashish masalasi ta'lim -tarbiya ishining barcha bo'g'inlarini o'z ichiga oladi. Individual yondashishning mohiyati o'quvchi oldiga qo'yilgan umumiy tarbiya vazifasining har bir o'quvchiga, uning barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda pedagogik ta'sir ko'rsatish orqali amalga oshirilishishidir. Amalda xulqi, xarakteri, salohiyati turlicha bo'lgan o'quvchilarni uchratish mumkin. Bazi o'quvchilarning qobiliyatlari yoshlik chog'laridanoq sezilsa, boshqalarida qobiliyatni aniqlash ancha vaqt talab etadi. Ayrim o'quvchilar sho'x, o'yinqaroq bo'lib, ko'p narsaga qiziqsalar, boshqalari vazmin, bosiq bo'ladilar. O'quvchilarning xarakter va xulqlari qanday bo'lishidan qat'iy nazar ularga o'qituvchining e'tibori talab etiladi. O'quvchilarga induvidual yondashish birinchi,
navbatda ularda ijobiy sifatlarni mustahkamlash va salbiylarini yo'qotishga qaratiladi. O'quvchilarning salbiy sifatlarini o'qituvchi vaqtida sezib, bartaraf etish choralarini ko'rishi, kelajakda o'quvchini qayta tarbiyalashdek qiyin ishning oldini oladi. Tarbiyada individual yondashish samaradorligini oshirishda o'quvchi xarakteridagi ijobiy sifatlarga tayanish foydali, degan fikr avvaldan ma'lum. Masalan, cholg'uni o'rganayotgan o'quvchida biror usul boshqalariga nisbatan yaxshi rivojlangan deylik, Repertuar tanlashda o'qituvchi o'quvchining xuddi shu sifatlarini hisobga olishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu o'quvchidagi kamroq rivojlangan sifatlarga e'tiborsizlik bilan qarash, degani emas. Aksincha, o'quvchilardagi ijobiy sifatlardan unumli foydalanish ularda kamroq rivojlangan sifatlarni ishga solish va mukammallashtirishga yordam beradi.
Musiqa asarini o'rganishda dutor partiyasi bilan birgalikda ijro etiladigan fortepiano partiyasini puxta o'rganish zarur. Fortepiano bilan birga ijro etishni musiqa asarini o'zlashtirish jarayonida boshlagan ma'qul. Shunda ijrochi o'z partiyasini o'zlashtirish bilan bir qatorda fortepianoda ijro etiladigan partiyani ham o'ziga singdirib boradi. Ba'zi sozandalar o'z partiyalarini oxirigacha o'zlashtirib bo'lganlaridan keyingina fortepiano bilan birgalikda ijro eta boshlaydilar. Bu hol cholg'uchi uchun birmuncha qiyinchilik tug'diradi. Cholg'u va fortepiano ijrosi uchun yaratilgan musiqa asarlarini kuzatsak, unda quyidagi va o'xshashliklarni uchratishimiz mumkin. Ba'zi musiqa asarlarida fortepiano cholg'uchi (solist)ga jo'r bo'lish vazifasini bajarsa, boshqa musiqa asarlarida cholg'u bilan fortepianoning partiyalari bir-birga teng va ma'lum darajada mustaqil xarakterga ega bo'ladi. Birinchi xolda kuyni boshqarib borish asosan cholg'uchi (solist)ga yuklatilgan bo'lib, fortepiano faqat jo'rlik (akkompanement) vazifasini o'taydi. Bunda solist ijro etayotgan kuy mustaqil, ijrosi fortepianosiz ham ma'lum darajada tugallangan bo'ladi. Bunday musiqa asarlari o'zining tuzilishi bo'yicha nisbatan oddiy bo'lib, ulardan ta'limning boshlangich davrlarida foydalanish mumkin. Lekin bundan o'quvchi sozanda fortepiano partiyasiga e'tibor bermasa ham bo'laveradi, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bunday musiqa asarlarini ijro qilish paytida o'quvchi fortepianoda ijro etilayotgan akkordlar va ritmik shartlarni o'z ijrosi bilan birgalikda eshita olishi lozim. O'zbek xalq cholg'uchilarida ijroni o'rganayotgan yosh sozandalarda fortepiano bilan birgalikdagi ijro paytida ko'proq uchrab turadigan kamchiliklardan biri musiqa asari ijrosini fortepiano bilan bir vaqtda boshlay olmaslikdir. Bu paytda o'quvchining diqqati tamomila o'zining ijrosiga qaratiladi va natijada fortepiano jo'rligi solistning ijrosi bilan bir vaqtga to'g'ri kelmay qoladi. Ijroni fortepiano bilan birgalikda boshlash ko'nikmasini shakillantirishda musiqa asarining birinchi tovushi boshlanishdan oldingi harakat hal qiluvchi rol o'ynaydi. Buni asarning boshlanishidagi dirijyorning qo'l harakati (auftakt)ga o'xshatish mumkin. Musiqa asari davomida cholg'uchi partiyasida ma'lum miqdorda pauzalar uchrab turadi. Bunday paytda fortepianodagi ijro, odatda
davom etadi. O'quvchi pauzalarning necha taktligini eslab qolish bilan bir qatorda o'z ijrosining qachon boshlanishini ham puxta bilib olishi kerak. Bunda pauza davomidagi fortepiano ijrosini to'la anglab olishi yaxshi natija beradi. Bundan tashqari, musiqa asaridagi asosiy kuyning yo'nalishini aniqlab olish fortepiano jo'rligida ijro etishda asosiy vazifalardan biridir. Ma'lumki, har bir musiqa asari ma'lum kuy (ohang) asosida qurilgan bo'ladi. Mana shu kuy fortepiano partiyasidami yoki solist partiyasidaligini ajrata bilish konsertmeyster bilan chalish vaqtida ijroning to'laqonli bo'lishiga yordam beradi. Fortepiano partiyasini yuzaki bilish cholg'uchi uchun etarli emas. Fortepiano partiyasi solistning partiyasi bilan uzviy bog'langan bo'lib, musiqa asarining buzilmas kompozisiyasini tashkil etadi. Shuning uchun haqiqiy ijro ulardan ansambl qonun-qoidalariga bo'ysungan holda katta mehnatni talab qiladi. Cholg'uchining fortepiano bilan birgalikdagi ijrosi qanchalik o'z vaqtida boshlansa, musiqa asarini o'zlashtirilishi shunchalik sifatli va tez bo'ladi.
Ijro paytida o'ng va chap qo'l harakatining mutanosibligiga erishish ijro sifati uchun katta ahamiyatga egadir. Cholg'uda ijroni o'zlashtirishning dastlabki bosqichida o'ng va chap qo'llar holati ularning asosiy harakatlarini alohida o'rganish va o'rgatish maqsadga muvofiq bo'lsa, keyinchalik ikkala qo'l harakatining bir-biriga mutanosabligi asosida ish olib boriladi. Ya'ni o'rtacha qiyinchilikdagi musiqa asarini ijro etish paytida ikkala qo'l harakatiga sozanda bir xil e'tibor berishi kerak. Agar bu paytda sozanda e'tiborni bir qo'lga qaratib, ikkinchisini nazoratdan chiqarib qo'ysa albatta, ijro kamchilikdan xoli bo'lmaydi. Bunday paytda uchraydigan kamchiliklardan biri o'quvchi chap qo'l barmoq almashinuvining o'ng qo'l tovush hosil qilish harakati bilan mutanosibligini buzishidir. Masalan, birinchi tovush ijro etilgandan so'ng, ikkinchi tovush o'ng qo'l yordamida chalinadi-yu, lekin chap qo'lning barmog'i kerakli paytda ko'rsatilgan pardani bosishga ulgurmaydi. Natijada, tovush umumiy eshitilmaydi yoki bo'g'iq jarangsiz bo'ladi. Goxida esa buning aksi ham bo'lishi mumkin. Yana bir kamchilik, tordan-torga o'tib ijro etishda qo'llar xarakatining nomutanosibligidir. Bunda chap qo'lning barmoqlari bir tordan boshqa torga o'tish vaqtida ulgursa, o'ng qo'l harakatni vaqtida bajara olmaydi. Osoyishta, rez bilan uzilmasdan ijro etishni talab qiladigan kuylarda chap qo'l barmoqlari almashgan paytda rez usulini bajarayotgan o'ng qo'lning harakati, odatda, uzilib qoladi, ohangning uzluksizligi buziladi. Va nixoyat, chap qo'lning barmoqlari har bir yangi tovush ijrosi paytida bosish harakatini qaytadan ta'kidlab amalga oshiradi. Bunday harakat ham kuyning uzilishiga olib keladi. Yuqorida ko'rsatilgan kamchiliklarning barchasi o'quvchining e'tiborsizligidan yoki ijro vazifasini to'g'ri tushunib etmasligidan dalolatdtr. O'qituvchi uning sababini aniqlab, o'quvchiga tushuntiradi so'ngra uni yo'qotish choralarini belgilaydi. O'quvchilarning o'ng va chap qo'l harakat qobiliyati bir xil bo'lmasligi mumkin, ya'ni chap qo'l barmoqlarining harakati talab darajasida bo'lsa, o'ng qo'l harakatchan bo'lmasligi yoki aksincha bo'lishi mumkin.
Bunday holda o'quvchi uchun tanlanayotgan repertuar va texnik materiallar shu kamchilikni yo'qotishga qaratilgan bo'lishi lozim.
Musiqa ijrochiligidan ta'lim berish o'qituvchidan turli bilim, ko'nikma va qobiliyat talab etadigan ishdir. O'qituvchi uchun faqat sozanda bo'lishning o'zi etarli bo'lmay, undan pedagogik fikrlash, o'quvchining ichki dunyosiga ko'ra bilish, uning individual xususiyatlarini hisobga olish kabi sifatlarga ega bo'lish ham talab etiladi. Cholg'u ijrochiligidan ta'lim beradigan o'qituvchi umumiy pedagogika va psixologiya sohalaridan ham xabardor bo'lishi kerak. O'quvchi o'z o'qituvchisini xaqqoniy va talabchan, kundalik xayot muommolarini to'g'ri hal qilishga o'rgatuvchi shaxs sifatida tasavvur etadi. O'quvchilar o'qituvchidagi har bir noaniq harakatlarni o'z vaqtida ilg'ab oladilar. Shu bilan birga ayrim o'quvchilar paydo bo'lgan muammoni asosan bir taraflama, voqeaning emotsional tarafiga asoslangan holda hal etmoqchi bo'ladi. O'z o'quvchisining tabiatini yaxshi o'rganib, tushungan o'qituvchi bunday paytda talabaga muayyan holatdan to'g'ri xulosa chiqarib olishda yordam berishi kerak. O'qituvchi o'z fikrini doimo xaqiqiy fikrga asoslangan holda ishontirish yo'li bilan tushuntirishi lozim. O'zaro ishonch va yaxshi munosabatning paydo bo'lishida o'qituvchining xulqi, muomala madaniyati katta ahamiyatga ega. O'quvchilar o'zlari yoqtirgan o'qituvchilarga taqlid qilishlari yaxshi ma'lum. Agar o'qituvchining so'zi bilan amaldagi ishlari orasida to'la mutanosiblik, bo'lsa, o'quvchilarning shu o'qituvchiga bo'lgan hurmati yanada ortadi. O'qituvchiga nisbatan oddiy va samimiy munosabatda bo'lish o'qituvchilarning asosiy vazifasidir. Qo'pol muomalada bo'lgan o'qituvchilar oldida o'quvchilar kamgap bo'lib, haqiqiy munosabatlarni berkitishga xarakat qiladilar. Ba'zi o'quituvchilar o'z o'quvchilarining boshqa o'qituvchilar sinfidagi ishlar bilan tanishishlariga qarshilik ko'rsatadilar. O'quvchida namoyon bo'layotgan ijodiy intilishga hech qachon qarshilik ko'rsatish kerak emas. Undagi kelajakka bo'lgan umid va ishonchni qo'llab-quvvatlash yaxshi natija beradi. O'zidan avvalgi o'qituvchilarning ishini tanqid ostiga olish o'quvchiga salbiy ta'sir ko'rsatib o'qituvchiga bo'lgan ishonchga putur etkazishi mumkin. Pedagogik qobiliyat -insonning boshqa sifatlari kabi amaliy ish faoliyatida rivojlanib boradi. Pedagogik qobiliyat bilimlarni o'quvchilarga aniq, ravon, tushunarli va qiziqarli qilib etkazish, o'quvchining psixologiyasini tushunish, bajariladigan ishda o'xshashliklarga yo'l qo'ymaslik, o'z faoliyatini tanqid va tahlil qila olish kabilarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, o'qituvchi ba'zi tashkiliy ishlarni ham amalga oshirishi kerak bo'ladi: ishni rejalashtirish, konkret sharoit va o'quvchining imkoniyatlarini hisobga olgan holda sinf va uy mashg'ulotlarini tashkil etish va boshqalar. O'qituvchi xarakteridagi individual hususiyatlar tarbiya ishida katta ahamiyatga ega. O'qituvchilardan irodali bo'lish, maqsadga to'g'ri intilish, talabchanlik bilan har bir ishni o'z vaqtida oxiriga etkaza olish, qiyinchilaklarni engishda mardlik ko'rsata olish kabilar talab etiladi. Ta'lim ishining muvaffaqiyatli bo'lishi o'quvchining kamchiliklarini tushuntirish va ularni
bartaraf etish yo'llarini ko'rsatishga bog'liqdir. O'quvchi bilan bo'lgan muomalada o'zini tuta bilamaslik, jaxldorlik va boshqa shunga o'xshash kamchiliklar o'qituvchi obro'siga putur etkazadi. Muomalada o'ta to'g'rilik, qat'iylik va kamtarinlikni o'quvchilar yaxshi qabul qiladilar. O'qituvchi o'z bilimini to'xtovsiz to'ldirib borishi kerak. U maxsus adabiyotlar bilan qiziqishi, mashhur o'qituvchilar tajribasini o'rganishi, shaxsiy tajribasini tahlil qilib, umumlashtira olishi lozim. Bunday o'qituvchilarning darslari doimo qiziqarli va mazmunli o'tadi. O'quvchining ijodiy tasavvurini faollashtirish maqsadida aniq misollar tanlay olishning ahamiyati juda katta. O'quvchiga qanday musiqa asari yoqadi-yu, qanday asar ijro etish istagi borligini o'qituvchi albatta hisobga olishi kerak. Oldin aytib o'tilganidek, o'qituvchi o'z sinfida o'quvchilarning yuksak musiqiy didlarini shakllantirish bo'yicha kerakli ish olib borishi zarur. Umuman o'quvchi faol, u yoki bu muammoni mustaqil hal eta oladigan qilib tarbiyalanishi lozim. Bu o'quvchining individual imkoniyatlari rivojlanganligiga bog'liq. O'qituvchi o'quvchisining ijobiy va salbiy taraflarini chuqur o'rganib, o'zining tarbiyaviy ishini tashkil etadi. Har bir o'quvchining tarbiyasi o'ziga xos murakkab jarayon bo'lib, biri ikkinchisdan farq qiladi. Oquvchi mahoratining muhim taraflaridan biri har bir o'quvchidagi yaxshi xususiyatni vaqtida topib, o'nga e'tibor berishdir. O'quvchi o'quvchining diqqat-e'tiborini qadrlashi, uning shaxsga hurmat bilan qarash kerak. O'quvchining iroda kuchiga aloqador bo'lmagan kamchiliklarni uning yuziga solish yaramaydi. Umuman, ta'lim-tarbiya jarayonida ukuvchining shaxsini xakoratlaydigan kursatmalarga yul kuyib bulmaydi. O'quvchining profesional obrazi uning umumiy madaniyati bilan bog'liqdir. Bundan tashqari, o'quvchining nazoratida ekanini unutmaslik kerak. Birgina nojo'ya qo'yilgan qadam yoki aytilgan so'z o'quvchiga bo'lgan xurmatni yo'qqa chiqarishi mumkin. O'quvchi ta'lim tarbiya jarayonida asosiy shaxs bulib, uning pedagogik maxorati va bilimi xaqiqiy ijroni shakillantirishda xalq qiluvchi omil bulib xizmat qiladi. Bu maxoratni rivojlantirishda boshqa o'qituvchilarning ishlari bilan tanishish juda katta axamiyatga ega. Ilgor pedagogika metodlarni yaqindan o'rganish tarbiya jarayonida uchrab turadigan kamchiliklarni bartaraf etishda o'qituvchilarga yordam beradi. O'qituvchi o'z ishiga nisbatan tanqidiy munosabatda bo'lishi, kasbdoshlarning maslaxatlarini to'gri qabul qilish kerak. O'qituvchilik katta quvonch baxt etish bilan birgalikda javobgarlik xam demakdir. Bizning mamlakatimizda o'qituvchilik katta xurmatga ega bo'lgan e'zozli xunar xisoblanadi. O'quvchi tufayli bilimlar poydevori urnatiladi, inson dunyoqarashi va xarakteri shakillanadi. Sifatlari erkin fikrlash, mexnatga muxabbat, odamiylik, ijodiy sifatlar bevosita o'qituvchining ta'sirida tarbiyalanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. H.Nurmatov - Qashqar rubobi T. 2003.
2. O'zbekiston Respublikasi madaniyati ishlari vazirligi - Rubob navolari T. 1993.
3. R.Qosimov - An'anaviy rubob ijrochiligi O'zbekiston 2000.
4. Sh.Raximov - Dutor .T. 2005.
5. B.Raximjonov - Dutorchilar ansambli T. 2002 y.
6. R.Hamroqulov - Rubob taronalari to'plami. Samarqand.- 2003
7. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. - 2019. - №. 3.
8. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 559-567.
9. EornaSoeBa Y. HyTK caHtaruHHHr y3ura xoc xycycutfraapu: MyaMMO Ba enuMnap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).
10. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.
11. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - C. 125.
12. YCMOHOB m. CAXHA^A TAmKH KHEOATA AKTEPHHHT MYHOCAEATH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.
13. Ycmohob m. Hhm gaproxura Sup Ha3ap //Oriental Art and Culture. - 2019. -№. IV (1).
14. YMapoBa X,., Ycmohob m. CaHtarra SarurnnaHraH yMp //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).
15. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 3. - C. 91-95.
16. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - T. 5. - №. Conference. - C. 4-4.
17. A6gyHa3apoB 3. MHT-THH YHHH.TAPHMH3 HfflTHPOKH^A Em AKTEP.TAPHH TACABBYPH BA ^HKKATHHH ^APX^Am //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.
18. A6gyHa3apoB 3. THMCO.T.TAP CHHMOCHHH ^PATHm //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.
19. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 148-152.
20. Юлдашева С. Китоб-кунгил чироги //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).
21. Юлдашева С. Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).
22. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - С. 121-124.
23. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
24. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
25. Ахмедов Р. Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).
26. Юлдашев К., Эгамбердиев Х. Режиссура: кеча ва бугун //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).
27. Талабоев А. Маком санъатида сузнинг урни //Oriental Art and Culture. -2019. - №. IV (1).
28. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.
29. Акбаров Т. ФОЛЬКЛОР ВА АНЪАНАВИЙ МУСЩА МАСАЛАЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.
References
1. H.Nurmatov - Qashqar rubobi T. 2003.
2. O'zbekiston Respublikasi madaniyati ishlari vazirligi - Rubob navolari T. 1993.
3. R.Qosimov - An'anaviy rubob ijrochiligi O'zbekiston 2000.
4. Sh.Raximov - Dutor .T. 2005.
5. B.Raximjonov - Dutorchilar ansambli T. 2002 y.
6. R.Hamroqulov - Rubob taronalari to'plami. Samarqand.- 2003
7. Boltaboeva U., Sh U., Rahmonova N. CREATIVE PERSON-THE ROLE OF LIVE WORD IN EDUCATING AN ACTOR //European Journal of Arts. - 2019. - №. 3.
8. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 4. - С. 559-567.
9. EornaSoeBa Y. HyTK caHtaTHHHHr y3ura xoc xycycutfraapu: MyaMMO Ba enuMnap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).
10. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.
11. Akbarova M., Tursunova G., Abdunazarov Z. Section 3. Theater art //European Journal of Arts. - C. 125.
12. YCMOHOB m. CAXHA^A TAmKH KHEOATA AKTEPHHHT MYHOCAEATH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. II.
13. Ycmohob m. Hhm gaproxura 6up Ha3ap //Oriental Art and Culture. - 2019. -№. IV (1).
14. YMapoBa X,., Ycmohob m. CantaTra SarurnnaHraH yMp //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).
15. Dehqonov R., Tursunova G., Abdunazarov Z. Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of higher education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 3. - C. 91-95.
16. Tursunova G., Karimov B. PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - T. 5. - №. Conference. - C. 4-4.
17. A6gyHa3apoB 3. MHT-THH YHHH.TAPHMH3 HfflTHPOKH^A Em AKTEP.TAPHH TACABBYPH BA ^HKKATHHH ^APX^Am //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.
18. A6gyHa3apoB 3. THMCO.T.TAP CHHMOCHHH ^PATHm //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.
19. Yuldasheva S., Madumarova M. TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 148-152.
20. ro^garneBa C. KHTo6-KyHrun nuporu //Oriental Art and Culture. - 2020. -№. I (2).
21. rongarneBa C. KHTO6 MyTonaacuHH maKHnnanrapHmga KyTySxoHanunHK ^aonuflTH //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).
22. Yunusov G., Juraev I., Ahmedov R. A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART //European Journal of Arts. - 2020. - №. 1. - C. 121-124.
23. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
24. Talaboev A., Akbarov T., Haydarov A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
25. AxMegoB P. MannHH MycuKuö h^pohhhhk caHtarara 6up Ha3ap //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).
26. MngarneB K., 3raMÖepgueB X. Pe^nccypa: Kena Ba 6yryH //Oriental Art and Culture. - 2019. - №. IV (1).
27. TanaöoeB A. MaspM caHtaraga cy3HHHr ypHH //Oriental Art and Culture. -2019. - №. IV (1).
28. Haydarov A. QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.
29. AKÖapoB T. OO.HBK.nOP BA AHLAHABHH MYCH^A MACA.TA.nAPH //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. IV.