Научная статья на тему 'Shekspirning “Hamlet” asari haqida'

Shekspirning “Hamlet” asari haqida Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7971
179
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Hamlet / Klavdiy / tragediya / qahramon / Daniya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jasmina Xolmurodova, Shahlo Fayziyeva, Shaxina Rahmatova, Muqaddas Murodova

Ushbu maqolada Shekspirning “Hamlet” tragediyasining bosh qahramoni “Hamlet” obrazi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Shekspirning “Hamlet” asari haqida»

Shekspirning "Hamlet" asari haqida

Jasmina Xolmurodova Shahlo Fayziyeva Shaxina Rahmatova Ilmiy rahbar: Muqaddas Murodova Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Shekspirning "Hamlet" tragediyasining bosh qahramoni "Hamlet" obrazi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Hamlet, Klavdiy, tragediya, qahramon, Daniya

About Shakespeare's Hamlet

Jasmina Kholmurodova Shahlo Fayziyeva Shakhina Rahmatova Academic supervisor: Muqaddas Murodova Samarkand State University Kattakorgan branch

Abstract: This article analyzes the image of "Hamlet", the main character of Shakespeare's tragedy "Hamlet".

Keywords: Hamlet, Claudius, tragedy, hero, Denmark

Uiliam Shekspir - jahon adabiyotining eng yorqin siymolaridan biri. Uning ijodi jahon dramaturgiyasining gultojidir. Yosh avlodni Shekspir ijodiga oshno qilish -ma'sum, beg'ubor yuraklarga insof va adolat, mardlik va jasorat, sevgi va sadoqat, ezgulik va oliyjanoblik, bir so'z bilzn aytganda, yuksak insoniy fazilatlar urug'ini sochish demakdir.

Ingliz shoiri, dramaturgi Uiliam Shekspirning hayot yo'liga nazar tashlasak, Shekspir 1564-yilning 23-aprelida Stenford shahrida dunyoga kelgan. Otasi Jon Shekspir va onasi Meri Uiliamni asoasn, til va adabiyot o'rgatiladigan maktabga qo'yishgan. Ulg'aygach esa o'zining shahridan bo'lgan Enn Xatauey ismli qiz bilan oila quradi va ular 3ta farzand ko'rishadi. Syuzen hamda egizaklar - Hamlet va Judit. 1592-yilda Shekspir Londonga boradi va teatrda aktyor bo'lib faolyat yuritadi. Oradan bir yil o'tib 1593-yilda "Venera va Adonis"nomli dostoni chop etiladi va bu asar unga muvaffaqiyatlar eshigini ochib beradi. 1594-yilda yana bir katta asar "Lukresiya"nomli dostonini e'lon qiladi va keyingi 3 yil ham unga omadli keladi. 1597-yilda London

sahnalarini tark etgach, oilasi bilan birgalikda Stendforddan sotib olgan yangi uyiga ko'chib kelishadi. Londonlik tanqidchi hisoblanmish F.Meres o'zining "Aql xazinasi" kitobida Shekspirga quyidagicha fikr bildirganini aytib o'tish lozim: "Platav va Seneka rimliklar uchun komediya va tragediya borasida tengsiz bo'lgani singari Shekspir inglizlar uchun pyesaning har ikki turida ham beqiyosdir". Haqiqatdan ham Shekspir qalamiga mansub 36 dramatik asar, 154 sonet pyesalari va bir nechta dostonlari uning naqadar serqirra ijodkor ekanligini yaqqol namunalari sanaladi. 1603-yilda hattoki Qirol Yakobning nazariga tushgan Uiliam va uning guruh a'zolari "Qirol hazratlarining xizmatkorlari" deb atalib, saroy xodimlaridan hisoblanishgan. Ular bu saroyda tomoshalar ko'rsatib turishar va hammaning e'tiboriga tushishi natijasida amaldorlar, aslzodalar, aktyorlarni yaxshigina siylashar edi. Shu tariqa Uilyam o'zining moddiy ahvolini anchagina yaxshilab oladi va Londondan, Stenforddan bir qancha yer mulklariga ega bo'ladi. Vaqt o'tib keyinchalik mashhur aktyor asta-sekinlik bilan adabiy ijoddan ham, teatrdan ham uzoqlashadi. 1616-yil 23-aprelda esa iste'dodli shoir, tengsiz aktyor, buyuk dramaturg Uiliam Shekspir bu olamdan ko'z yumadi. Shekspirning yozgan asarlari ya'ni "Qirol lir", "Makbet", "Romeo va Juletta", "Otello", "Hamlet" kabi tragediyalari, "Yoz kechasidagi tush", "Venetsiya savdogari", "O'n ikkinchi kecha" singari komediyalari mana bir necha yillardirki dunyodagi eng dovruqli teatrlar sahnasidan tushmay keladi. Negaki jahon dramaturgiyasining bunday yetuk namunalari badiiy mahoratning cho'qqisi hisoblanadi. Shekspirning asarlari inson tuyg'ularining qarama-qarshi, chigal hamda murakkab qirralarini ta'sirchan tarzda aks ettirishi bilan ajralib turadi. Shekspir yaratgan asarlar har yili dunyo bo'ylab ko'rsatiladigan son-sanoqsiz maktab, havaskor va professional spektakllar orqali davom etmoqda. Ularning bir nechtasi quyida birinchi marta bajarilgan taxminiy sanalari bilan birga kiritilgan. Darhaqiqat, buyuk nemis shoiri Iohan Volfgang Gyote ta'riflaganidek, "Shekspir bepoyon "... uning merosi mana to'rt asrdirki dunyo xalqlarini o'ziga rom qilib kelmoqda. Shekspir tragediyaga sabab bo'luvchi shaxsni aniq tasvirlab bera oladi. Uning ko'pgina tragediyalarida ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi kurash tasvirlanadi. Shu tragediyalardan biri "Hamlet"dir. Bu fojia inson ruhini va hayotini tiklashga qaratilgan fojiadir. Boshqacha aytganda, bu asar yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurashdir. Shekspir asarlarida hech qachon yaxshilik yovuzlok ustidan g'alaba qozonmaydi. Bizni hamdard bo'lib, qahramonlar dardini his qildira oladigan asarlardan biri "Hamlet"dir.

"Hamlet"pyesasini rus tilidan o'zbek tiliga ilk bor 1934-yilda Abdulhamid Cho'lpon tarjima qilgan. Asarning 1948-yilda Maqsud Shayxzoda tomonidan rus tilidan o'zbek tiliga qilingan tarjimasi ham xalq orasida keng ommalashgan. Keyinchalik pyesani 1991-yil Jamol Kamol asliyatdan, ya'ni ingliz tilidan o'zbek tiliga o'girgan. Pyesa o'zbek tilida bir necha marta, jumladan, bir jildli "Tanlangan asarlar" (1983) (3-jild) hamda uch jildlari "Saylanma" (2007) (1-jild) asarlarida bosilib

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 445 LMJ^^^H

chiqqan. Hamlet... Bu fojea juda halokatli undagi qahramonlarning xususyatlari, xarakteri va o'y-fikrlari haqida to'liq ma'lumot berish uchun so'z yetarli emas bu olamda Hamlet hayot va o'lim orasidagi qasoskor ruh. Ammo asarni chin dildan tafakkur eta olgan kitobxon uchun Hamlet bir jangchi va qahramon sifatida taniladi. "Hamlet" - Daniya shahzodasi Hamlet tragediyasi. "Hamlet" Shekspirning eng uzun pyesasi bo'lib, ingliz adabiyotidagi eng kuchli va ta'sirli tragediyalardan biri hisoblanadi. Hamlet g'ururli aqlli, ochiqko'ngil va mulohazali inson. Amakisi tomonidan otasining o'ldirilganini bilgach dunyo ham, hatto sevimli Daniyasi ham zindondek tuyuladi. Daniya an'analariga ko'ra Hamletning onasi Gertruda Klavdiyga turmushga chiqadi. Bu Hamletga juda og'ir botadi. Ikkala do'sti ham Hamletga xiyonat qilgach, asar qahramoni faqat qilichiga va otasining ruhiga suyanadi. Biz asar qahramonidan sabr-matonatda dars olishimiz kerak. Hamlet komil inson deya olaman, bunga sabab shuki Hamlet g'azabda va xiyonat alamini tortayotgan bo'lsada amakisini ibodat vaqtida o'ldirmaydi. Hamlet juda madanyatli va bilimli bo'lganligi sababli ibodat vaqtida o'ldirilgan odam shahid bo'lishi va jannatga tushishini biladi. Shuning uchun amakisini o'ldirmaydi. Hamletning qayg'uga botganligi, uning ruhiy holati adabiyotning eng ruhiy jihatdan murakkab belgilaridan biridir. Qahramonni "yetti o'lchab bir kesadigan" odam desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki Hamlet otasi siymosidagi arvohning gaplariga ishonch hosil qilish uchun: amakisining otasini o'ldirish jarayonini aktyorlar orqali ifoda ettirib voqeaga ishonch hosil qiladi. U otasining o'limi tufayli hayot va o'lim o'rtasidagi qasoskor ruhdek bo'lib qoladi. Hatto o'zini umrbod jahannamda yashovchi ruhdek his qiladi. Ammo Hamlet ancha jabr ko'rgan bo'lsa-da, insoniy tuyg'ularini yo'qotmaydi. Hayotini izdan chiqargan, otasini o'ldirib onasiga uylanib olgan amakisini o'ldirishda ikkilanishi Hamletning insoniyligiga misol bo'la oladi. Uning qismati ayanchli yakun topgan bo'lsa-da, o'rnak olishga arziydigan qahramon. Hamlet niyatiga yeta olmay ayanchli o'lim topdi. Onasi va do'stlarining xiyonati tufayli Poloniyning o'g'li Laert tomonidan zaharlangan qilichda o'ldiriladi. Duel paytida hayajonlangan Gertruda Hamlet uchun tayyorlangan zahar solingan qadahdagi sharbatni ichib vafot etadi. Shekspir asarni shunchalik berilib yozganki, Hamletning yuragidagi qasos olovini his qila olamiz. Uning o'ylarini biz ham o'ylagandek, u bilan birga yuragimiz yonadi. Bu esa yozuvchining mahoratidan darak beradi. Shekspir bosh qahramon obrazini o'sha paytda eng yaxshi aktyorlardan hisoblangan Richard Burbage uchun moslashtirib yozgan. Pyesa yozilganidan beri o'tgan 400 yil o'tgan bo'lsada bir necha muvaffaqiyatli aktyorlar "Hamlet" rolini ri, ayniqsa ijro etgan. Shekspirning barcha asarlari, ayniqsa "Hamlet"tragediyasi hozirgacha kitobxonlar qo'lidan tushmay keladi. Chunki bu asarni qayta-qayta o'qigan sari yangi qirralari, yangi hissiyotlar qalbimizda uyg'onadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A. Namozov. Uiliam Shekspir"Serqirra ijod va mashaqqatli hayot "

2. B. Jalilov. O'zbek dramaturgiyasi poetikasi masalalari

3. XVII asr chet el adabiyoti tarixi

4. Shvedov Yu "Uiliam Shekspir"tadqiqot.

5. Kenjaevna, R. N. (2022). THE ROLE OF DIALOGUE IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS'SPEAKING SKILLS IN FRENCH LESSONS AND THE ROLE OF MULTIMEDIA LESSONS AND INFORMATION TECHNOLOGY. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR), 8(3), 15-17.

6. Ruziyeva, N. (2022). ESPECIALLY THE WORDS THAT HAVE BEEN ADAPTED FROM FRENCH TO UZBEK. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДА, 3(6).

7. Kenjaevna, R. N. (2022). LITERARY ANALYSIS OF "FATHERS AND CHILDREN". Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(4), 271277.

8. Kenjaevna, R. N. (2023). USING GAMES AND FREE LANGUAGE LEARNING APPS IN FOREIGN LANGUAGE CLASSES THROUGH NEW INNOVATIVE APPROACHES TO FOREIGN LANGUAGE TEACHING. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(1), 304-308.

9. Kenjayevna, R. N. (2023). ABOUT THE WORDS ADOPTED FROM THE FRENCH LANGUAGE INTO THE UZBEK LANGUAGE. Science and innovation, 2(C4), 109-113.

10. Kenzhaevna, R. N., & Abdukhalikovna, M. K. (2023). Active and interactive methods of learning: review, classifications and examples. Rivista Italiana di Filosofia Analitica Junior, 14(2), 246-258.

11. Ikromovna, M. M. (2023). THE PRESENCE OF A PARADOX IN EVELYN WAUGH'S WORKS. Conferencea, 14-16.

12. Ikromovna, M. M. (2022). SATIRICAL APPROXIMATION USED IN ENGLISH LITERATURE. Conferencea, 90-95.

13. Ikromovna, M. M. (2023) Artistic features of Evelyn Waugh. Research and Education. 2 (4), 366-370.

14. Ikromovna, M. M. (2023) Ivlin Vo va Abdulla Qahhorning yozuvchilik mahorati Xorazm Ma'mun Akademiyasi Axborotnomasi 6 (4), 273-275

15 Ikromovna, M. M. (2023) Ingliz va o'zbek adabiyotida satira talqini Til va adabiyot ta'limi 5 (4), 116-117.

16. Ikromovna, M. M., & Sh. U. Kosimov, & M. R. Rafiqova (2021) Implementation of the Technological Competence of Future Specialists. Creative

Education, 12 (3), 666-677. https://www. scirp. org/journal/ce ISSN Online: 21514771 https://doi. org/10. 4236/ce. 2021. 123046.

17. Ikromovna M. M., & Xolmurodova O., & Norinova M. LEARNING AND TEACHING ENGLISH (For Children and Adults) Conferencea, 57-59.

18. Ikromovna M. M., & Aminova M. Cultural diversity and information and communication impacts on language learning. Republic of Uzbekistan Ministry of Emergency Situations academy Different approaches to ...Materials of scientific-practical conference. 1 (10), 61-63.

19. Ikromovna M. I. (2022) Abdulla Qahhor hikoyalari qahramonlaridagi umidsizlik. Integration of science, education and practice. Scientific-methodological journal, 146-150, 2022.

20. Ikromovna M. M. (2022) Abdulla Qahhorning satirik qobiliyati. Science and Education 3 (6), 1557-1560.

21. Ikromovna M. M., (2022) Evelyn Waugh's satirical skills. Science and Education 3 (6), 1436-1440.

22. Ikromovna M. M. (2022) XX asr ingliz adabiyotida satira. Uchinchi renessans: ta'lim, tarbiya va pedagogika" mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman. Noyabr, Toshkent-2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.