Научная статья на тему 'O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanida urush fojealari'

O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanida urush fojealari Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3760
171
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
asar / obraz / “Ikki eshik orasi” / badiiy mezon

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — E’tibor Ziyatova, Parizod Bahronova, Muqaddas Ikromovna Murodova

O’zbek xalqining qalbida jo’sh urib turgan farzandi bu O’tkir Hoshimov desak mubolag’a bo’lmaydi. O’tkir Hoshimov qalami o’tkir, zabardast yozuvchi. O’tkir Hoshimov har doim o’zining yozgan asarlari bilan kitobxonlar qalbidan chuqur joy egallagan. Sababi, u asarlarida umuminsoniy muammolarni badiiy yo’l bilan qalam orqali yoritadi. Asosan, “Ikki eshik orasi” romani uning ijodida asosiy o’rin egallagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanida urush fojealari»

O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romanida urush

fojealari

E'tibor Ziyatova Parizod Bahronova Ilmiy rahbar: Muqaddas Ikromovna Murodova Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rgon filiali

Annotatsiya: O'zbek xalqining qalbida jo'sh urib turgan farzandi bu O'tkir Hoshimov desak mubolag'a bo'lmaydi. O'tkir Hoshimov qalami o'tkir, zabardast yozuvchi. O'tkir Hoshimov har doim o'zining yozgan asarlari bilan kitobxonlar qalbidan chuqur joy egallagan. Sababi, u asarlarida umuminsoniy muammolarni badiiy yo'l bilan qalam orqali yoritadi. Asosan, "Ikki eshik orasi" romani uning ijodida asosiy o'rin egallagan.

Kalit so'zlar: asar, obraz, "Ikki eshik orasi", badiiy mezon

War tragedies in Utkir Hashimov's novel "Between Two

Doors"

Attention Ziyatova Parizod Bahronova Scientific supervisor: Muqaddas Ikromovna Murodova Samarkand State University Kattakorgon branch

Abstract: It is no exaggeration to say that Utkir Hashimov is the son of the Uzbek people. Utkir Hashimov's pen is sharp, a sharp writer. Utkir Hashimov has always occupied a deep place in the hearts of readers with his works. The reason is that in his works, he illuminates universal problems through the use of a pen in an artistic way. Basically, the novel "Between Two Doors" occupies a central place in his work.

Keywords: work, image, "Between Two Doors", artistic criterion

Kirish:

O'zbek adabiyotida eng ko'p o'qiladigan kitoblardan biri "Ikki eshik orasi" asarining bunday nomlanishiga sabab, yozuvchi insonning tug'ulgan davridan to vafot etishigacha bosib o'tgan yo'lini ikki eshik orasidagi masofaga falsafiy jihatdan qiyoslaydi. "Ikki eshik orasi" asarida O'zbek millatining o'ziga xos dunyoqarashi, ijtimoiy hayoti, mehnat faoliyati, yashash tarizi, sharoiti, milliy madaniyati yorqin tasvirlangan. Va insonlarning ikkta eshik orasichalik umrida hayotning naqadar

murakkabligi, siru-sinoatlarga to'laligi va kurashgan insongina bu yo'lni muvaffaqiyatli tugallashi mahorat bilan ifodalangan.

Asosiy qism

"Ikki eshik orasi" asari 1986-yilda nashr ettirilgan va o'sha yilning eng yaxshi asari deb topilgan. Bu asar O'tkir Hoshimov ijodida bitmas tuganmas durdonalardan biridir. O'tkir Hoshimov bu nodir asarni butun o'zbek xalqiga azaliy meros qilib qoldirgan. Bu asarda 2-jahon urushi yillarida sodir bo'lgan voqealar va urushga ketgan farzandining dog'ida yonib kuygan ona tasviri har bir asar o'quvchi kishining hissiyotlarini to'lqinlantiradi. Yozuvchi mohirona tarzda asar obrazlarining ichki kechinmalarini kutobxonga ochib bergan. Bu asarni o'qish orqali kishi o'sha urush fojealarini ko'rmagan, bilmagan bo'lsada o'sha daxshatni tasavvur qila oladi.

Bu romandagi asosiy obrazlar: Orif Oqsoqol, Husan Duma, Komil Tabib, Muzaffar, Robiya, Ra'no hisoblanadi.

Ayniqsa, Orif Oqsoqol obrazi bu asarning ko'rkiga ko'rk qo'shadi.

Bu obraz boshqa obrazlardan insonparvarligi, mahallada jamiyatda qozongan obro', e'tibori, eng og'ir urush davrlarida ham har qanday qiyinchiliklarni yengib o'tish uchun kuch topishi bilan ajralib turadi. Orif Oqsoqol timsolida o'zbek millatining nuroniy, donishmand, ko'pni ko'rgan ziyoli keksa qatlam vakillarini ko'rish mumkin.

Bu shaxsni asarni jilolantirgan personaj deb ayta olamiz.

Orif Oqsoqol bilan birgalikda qiyinchiliklarga qarshi kurashgan Husan Duma obrazi ham mavjud. Husan Duma obrazi masuma Robiyani boshini siladi, unga g'amxo'rlik qildi, o'z qizidek ulg'aytirdi.

Bu ikkinchi jahon urushi ko'plarning yotig'oni quritgan. Qora urush ota onalar qalbini jarohatlagani, yosh ko'ngillarni bir biridan ayrgani ma'lum. Minglab qurbon bo'lgan ko'ngillar, orzular asarda keltirilgan va uzoq o'ylashga chorlaydi. Ikkinchi jahon urushida jang maydonida 50 million kishi halok bo'lgan. Bu 50 million qurbonlarning 20 millioni biznikilar edi. Va ular orasida asar qahramoni Qora ammaning o'g'li, Robiyaning sevgilisi Kimsan ismli navqiron o'zbek alpi edi.

Qora Amma va Robiya obrazlarida haqiqiy O'zbek ayollarining sabr toqati, matonati tasvirlangan.

Yozuvchi yaratgan Qora amma obrazi sabr bardoshlilik, insonparvarlik, mardlik fazilatlari bilan millatning ruhiy salohiyatini kengaytirishga erishgan.

Robiya itoatkorligi, har qanday vaziyatda ham onasidek bo'lib qolgan insonni so'zidan chiqmasligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Sababi, u Qora ammaning so'ziga kirib, "Tog'a" deb chaqirgan insoniga turmushga chiqadi va tog'asi Shomurodning kichik o'g'li Muzaffarga onalik qiladi. Muzaffarning o'z onasi Ra'no xiyonati va qochib ketishi oqibatida ruhan siniqib qolgan yosh bolaning ko'ngliga Robiya chiroq yoqadi.

Asar o'zining qizg'inligi, katta sudjeyti bilan kitobxonni o'ziga jalb qiladi. Asarda murakkab taqdirlar, favqulodda holatlar keltirilgan. Masalan, Muzaffar va

Munavvarning ayro chalkash qismatlari bunga yaqqol misol bo'la oladi. Bu asarni o'qigan o'quvchi aslo zerikmaydi aksincha kitob ichida yashaydi. Barcha voqealar qizg'in tasvirlangan, zamonaviy tilda aytganda, kitobxon 3D formatda ko'rgandek bo'ladi.

O'tkir Hoshimovning fikricha "Rosti bilan yolg'onning o'rtasi to'rt enlik" bu hammaga qiziq tuyuladi, nega endi? Ko'p emas to'rt enlik ? Bu so'zning asosiy mohiyati shundaki ko'z bilan quloqning orasi to'rt enlik. Inson eshitganiga emas ko'rganiga ishonishi kerak. Nega aynan bu so'zlarni aytgan, asarda shunday vaziyatlar bo'ldiki, odamlardan eshitgan gap so'zlarni deb insonlar taqdiri o'yinchoq bo'ldi.

O'tkir Hoshimov aytadiki, bu urush faqat urushda qatnashayotgan jangchilarni hayotiga chang solibgina qolmay tinch yashab yurgan minglab masofalar naridagi insonlarni ham sinovdan o'tkazdi. Bu qora urush qancha qancha umrlarni xazon qildi, qancha masuma gullarni quritdi. Masalan, Robiya obrazi, urush davridagi jarohatlari butun hayoti davomida bitmadi, faqat yangilandi.

Xulosa:

Shunday mushkul damlarda, iymonini, sadoqatini, saqlab qolgan go'zal ayollarimiz, ota bobolarimizning bosib o'tgan mashaqqatli hayot yo'llari, boshlaridan o'tkazgan qiyinchiliklari bugungi hayotimizda bizga o'rnak bo'lsa ne ajab!Oldingi davrlarda, bizga ma'naviy meros bo'lgan bunday asarlarni o'qish uchun minglab kitobxonlar kuni bilan kutubxonalarda navbat kutishgan. Hozirgi kunda texnologiya asrida biz barcha zamonaviy sharoitlarga egamiz. Buning uchun shukronaliklar keltirib, bizga shunday sharoitlar yaratib berayotgan jondan aziz O'zbekistonimiz istiqboli uchun o'z hissamizni qo'shishga harakat qilishimiz lozim. Yangi O'zbekistonning Yangi imkoniyatlaridan foydalanib, Vatan ravnaqi yo'lida mardonavorlik qilishdan hech birimiz charchamaylik.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ikki eshik orasi O'tkir Hoshimov, "Sharq nashriyoti" 2018

2. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi

3. Gulamovna U. S(2022) O'tkir Hoshimov asarlarida insoniy fazilatlarning ifodalanishi. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali

4. O'zbek adabiyoti tarixi 4-qism. Toshkent 2014

5. Kenjaevna, R. N. (2022). THE ROLE OF DIALOGUE IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS'SPEAKING SKILLS IN FRENCH LESSONS AND THE ROLE OF MULTIMEDIA LESSONS AND INFORMATION TECHNOLOGY. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR), 8(3), 15-17.

6. Ruziyeva, N. (2022). ESPECIALLY THE WORDS THAT HAVE BEEN ADAPTED FROM FRENCH TO UZBEK. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДА, 3(6).

7. Kenjaevna, R. N. (2022). LITERARY ANALYSIS OF "FATHERS AND CHILDREN". Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(4), 271277.

8. Kenjaevna, R. N. (2023). USING GAMES AND FREE LANGUAGE LEARNING APPS IN FOREIGN LANGUAGE CLASSES THROUGH NEW INNOVATIVE APPROACHES TO FOREIGN LANGUAGE TEACHING. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(1), 304-308.

9. Kenjayevna, R. N. (2023). ABOUT THE WORDS ADOPTED FROM THE FRENCH LANGUAGE INTO THE UZBEK LANGUAGE. Science and innovation, 2(C4), 109-113.

10. Kenzhaevna, R. N. , & Abdukhalikovna, M. K. (2023). Active and interactive methods of learning: review, classifications and examples. Rivista Italiana di Filosofia Analitica Junior, 14(2), 246-258.

11. Ikromovna, M. M. (2023). THE PRESENCE OF A PARADOX IN EVELYN WAUGH'S WORKS. Conferencea, 14-16.

12. Ikromovna, M. M. (2022). SATIRICAL APPROXIMATION USED IN ENGLISH LITERATURE. Conferencea, 90-95.

13. Ikromovna, M. M. (2023) Artistic features of Evelyn Waugh. Research and Education. 2 (4), 366-370.

14. Ikromovna, M. M. (2023) Ivlin Vo va Abdulla Qahhorning yozuvchilik mahorati Xorazm Ma'mun Akademiyasi Axborotnomasi 6 (4), 273-275

15 Ikromovna, M. M. (2023) Ingliz va o'zbek adabiyotida satira talqini Til va adabiyot ta'limi 5 (4), 116-117.

16. Ikromovna, M. M. , & Sh. U. Kosimov, & M. R. Rafiqova (2021) Implementation of the Technological Competence of Future Specialists. Creative Education, 12 (3), 666-677. https://www. scirp. org/journal/ce ISSN Online: 21514771 https://doi. org/10. 4236/ce. 2021. 123046.

17. Ikromovna M. M. , & Xolmurodova O. , & Norinova M. LEARNING AND TEACHING ENGLISH (For Children and Adults) Conferencea, 57-59.

18. Ikromovna M. M. , & Aminova M. Cultural diversity and information and communication impacts on language learning. Republic of Uzbekistan Ministry of Emergency Situations academy Different approaches to ...Materials of scientific-practical conference. 1 (10), 61-63.

19. Ikromovna M. I. (2022) Abdulla Qahhor hikoyalari qahramonlaridagi umidsizlik. Integration of science, education and practice. Scientific-methodological journal, 146-150, 2022.

20. Ikromovna M. M. (2022) Abdulla Qahhorning satirik qobiliyati. Science and Education 3 (6), 1557-1560.

21. Ikromovna M. M. , (2022) Evelyn Waugh's satirical skills. Science and Education 3 (6), 1436-1440.

22. Ikromovna M. M. (2022) XX asr ingliz adabiyotida satira. Uchinchi renessans: ta'lim, tarbiya va pedagogika" mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman. Noyabr, Toshkent-2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.