Научная статья на тему 'SHAXMAT SPORT TURINING AQLIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI'

SHAXMAT SPORT TURINING AQLIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tafakkur / shaxmat / intellekt / taraqqiyot / mashg’ulot / o’yin / bola psixologiyasi / thinking / chess / intelligence / development / learning / game / child psychology.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Jo’rayev J.

Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajak taraqqiyoti birinchi galda o‘z xalqining, yoshlarining jismoniy va ma’naviy kamoloti bilan o‘lchanadi. Maqolada aqliy tafakkurni shakllantirishda shaxmatning ahamiyati haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF CHESS IN THE DEVELOPMENT OF MENTAL THINKING

Tomorrow, the future development of any country will be measured primarily by the physical and spiritual maturity of its people and youth. The article discusses the importance of chess in the formation of mental thinking.

Текст научной работы на тему «SHAXMAT SPORT TURINING AQLIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI»

Jo'rayev J.

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar insituti magistranti

SHAXMAT SPORT TURINING AQLIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDAGI O'RNI VA AHAMIYATI

Annotatsiya. Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajak taraqqiyoti birinchi galda o 'z xalqining, yoshlarining jismoniy va ma 'naviy kamoloti bilan o'lchanadi. Maqolada aqliy tafakkurni shakllantirishda shaxmatning ahamiyati haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: tafakkur, shaxmat, intellekt, taraqqiyot, mashg'ulot, o'yin, bola psixologiyasi

Joraev J.

Master's student of the Bukhara Institute of Psychology and Foreign Languages

THE ROLE AND IMPORTANCE OF CHESS IN THE DEVELOPMENT OF MENTAL THINKING

Abstract. Tomorrow, the future development of any country will be measured primarily by the physical and spiritual maturity of its people and youth. The article discusses the importance of chess in the formation of mental thinking.

Keywords: thinking, chess, intelligence, development, learning, game, child psychology.

Hozirda davlatlar o'rtasidagi o'zaro musobaqa, kuch-qudratini namoyon etish bellashuvi, asosan ikki yo'nalishda - sport va jismoniy tarbiya hamda aql-zakovat, ya'ni intellektual faoliyat sohasida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Ilmiy ta'bir bilan aytganda, xalqning jismoniy-intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish, bu borada tegishli zaxiralarni shakllantirish XXI asrda taraqqiyot va yuksalish kafolatiga aylanib bormoqda.

Insonning intellektual imkoniyatlarini oshiriuvchi vosita sifatida qadim davrlardan buyon o'ynalib kelinayotgan sport turlaridan biri bo'lgan - shaxmat o'yini hozirgi kunda eng mashhur o'yinlardan biriga aylangan, sport turi sifatida qabul qilingan; dunyo bo'ylab millionlab kishilar bu o'yinni o'ynashadi. Shaxmat aqliy gimnastika sifatida ham ko'riladi.

Zamonaviy nazariya va amaliyotda jamiyat tomonidan qo'yilgan obyektiv ravishda ortib borayotgan talablar va maktab o'quvchilarining aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish, hamda nazariy va amaliy rivojlanish yo'llarining yetarli emasligi va o'quvchi shaxsining mantiqiy fikrlash va shaxsiy sifatlarini rivojlantirish vositalari o'rtasida ziddiyat mavjud.

Taniqli rus o'qituvchisi V.Suxomlinskiy shaxmat yordamida bolalarni tarbiyalashni kuchli talab qilgan birinchi pedagoglardan biri edi. U yozishicha: "...

shaxmatsiz aqliy qobiliyat va xotirani tarbiyalashni tasavvur qilib bo'lmaydi..." Shaxmat boshlang'ich maktab hayotiga. aqliy madaniyat elementlaridan biri sifatida kiritilishi kerak.

E.Lasker birinchilardan bo'lib shaxmatni o'qitish muammosiga e'tibor qaratdi. U shaxmat o'ynash qobiliyati faqat xotira bilan bog'liq bo'lishi mumkin emas deb hisoblagan va shaxmat o'ynashni o'rganish, mantiqiy fikrlash sifatlar rivojlantirish kerak.

A.Zak mashg'ulotlarda bola psixikasining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarurligini ta'kidladi. Bolalar konkret fikrlaydilar, shuning uchun bir qator abstrakt tushunchalarni qiyinchilik bilan, qiziqishsiz qabul qiladilar .

Amerikalik mashhur shaxmat arbobi A.Bisno shunday degan edi: "Shaxmat butun taraqqiyot tarixidagi aql-idrok yutuqlarini, madaniyat va san'at elementlarini o'zida namoyon etadi" .

Shaxmat va mantiqiy tafakkur o'rtasidagi bog'liqlik mavjudligi haqida: N.Alekseyev, A.Bartashnikov, B.Gershunskiy, V.Zaxarov, V.Knyazeva, V.Kostrov, A.Kormishkin, N.Krogius, B.Lanin, V.Malkin, T.Petrosyan, Y.Roxlin, N.Talizina, A.Timofeyev, Y.Yakovlev, M.Feldman kabi mutahassislar yozgan edi.

Shaxmat o'yini kishi harakatining tarkib topishida va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Shaxmat o'yini yoshdan o'z diqqat markazini uzoq vaqt davomida qattiq ishga solishni hamda keng mantiqiy fikrlashni, faol bo'lishni, o'yinchidan tashbbuskor, dadil va ijodkor bo'lishni talab qiladi. mana shu xususiyatlarga eaga bo'lmagan shaxmatchi shaxmatda yuqori ko'rsatkichlarga erisha olmaydi.

Shaxmat — umumiy va intellektual qobiliyatlarni rivojlantiruvchi ta'limning bir turi hisoblanib , psixologik jarayonlarini rivojlantiruvchi, insonni aqliy, ijodiy va tarbiyaviy komolotga erishishiga yo'naltirilgan pedagogik jarayondir. Shaxmat o'quvchi qizlarni yanada ma'nan yetuk qilib qilib tarbiyalashda qo'shimcha tarbiya vositasi bo'lib xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-avgustdagi «O'zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» gi PQ-3906 sonli qaroriga muvofiq maktab dasturlari doirasida 150 ta umum ta'lim maktablarining o'quvchi qizlarini tajriba tariqasida shaxmatga o'qitishni tashkil etish vazifasi belgilangan.

Ushbu qarorga ko'ra, umum ta'lim maktablarining boshlang'ich (2-sinf) sinfida shaxmat o'quv kursi jismoniy tarbiya fani tarkibiga singdirib o'qitilishi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari, O'zbekiston shaxmat federatsiyasi bilan o'zaro kelishuvlari asosida belgilandi. Ushbu umum ta'lim maktablarining 2-sinflarida jismoniy tarbiya fani odobnoma fanini 0,5 soatga qisqartirish hisobiga, haftasiga 2,5 soatdan o'qitiladi.

Shaxmat o'yinlarida ham turli holatlardan, murakkab vaziyatlardan chiqib ketish muvaffaqiyatga erishishning muhim omili sanaladi. Inson hayotida murakkab vaziyatlar tez-tez uchrab turishi bois keng tafakkurli, bilimli, aqlli inson o 'z mantiqiy fikrlari asosida bosh qotirishiga to'g'ri keladi. Oxir-oqibat eng to'g'ri yo'l

tanlanadi. Mantiqiy fikrlash ayni shunday jarayonlarda tobora charxlanib, rivojlanib boradi.

Ba'zi bolalardagi parishonxotirlik xususiyatlari ular shaxmat o'yini bilan jiddiy shug'ullana boshlagan davrlardan 217eskin ravishda kamaya boradi. Albatta, bu hol shaxmat o'yinining kishi ongi va ruhiyatiga ko'rsatgan ta'sirining natijasidir.

Shaxmat o'yini yoshlarning xotirasini kuchaytirishda, fikrlashdagi parishonxotirlikni yo'qotishda muhim omil vazifasini bajaradi. Yuqorida bildirilgan fikrlar yoshlarni ijtimoiy taraqqiyotga mos holda tarbiyalash, ularning ongi, tafakkuri va dunyoqarashini zamon talablari darajasida shakllantirish borasida bir qancha olimlar o'z tadqiqot ishlarida ilmiy asoslangan fikrlarini bayon qilishgan.

Shaxmat insoniyat kashf etgan eng qadimiy, qiziqarli, jozibali hamda go'zal uyindir. Uning asosiy xususiyati shuki shaxmatda sport va san'at uyg'unlashib ketgan. Shaxmat qiziqarli va maroqli uyin. U bilan shug'ullanish organizmning umumiy jismoniy rivojlanishiga, fikrlash doirasining o'sishiga, o'sib kelayotgan yosh avlod ruhiyatiga ijobiy ta'sir etadi. Bundan tashqari shaxmat o'yinlaridan foydalanish orqali ularning idroki, tafakkuri, xotirasi va mantiqiy fikrlashini o'stiradi va rivojlantiradi.

Adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-avgustdagi «O'zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» gi PQ-3906 sonli qarori

2. Nosir Muhammad «Shaxmat mo'jizasi» T 2014-y

3. Muhiddinov M. Kataklarda yashiringan olam. -T.: O'zbekiston, 1976.

4. Xaylayev, Mamatqul "SHaxmat alifbosi" Uslubiy qo'llanma «Tafakkur», 2015

мЭкономнка h соцнумм №11(126)-2 2024

www.iupr.ru

217

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.