Научная статья на тему 'SHARQ ALLOMALARINING PEDAGOGIK QARASHLARI'

SHARQ ALLOMALARINING PEDAGOGIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
15
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aхлок / бурч / масъулият / кадрият / madaniyat / etnografiya / vatanga sadoqat / tadbirkorlik / irodalilik / mafkuraviy immunitet / mehr-oqibatlilik / mas'uliyatlilik / tolerantlik / mehnatsevarlik. / Ethics / duty / responsibility / talent / culture / ethnography / loyalty to the motherland / entrepreneurship / will / ideological immunity / kindness / responsibility / tolerance / legal culture / innovative thinking / hard working

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sangirova M. H.

Наr bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bolib, ular pedagogika sohasidagi o'zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liq holda o'rganishni talab etadi. Pedagogika tarixi qadim zamonlardan hozirgi kungacha bo'lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyasining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o'rganib keladi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bogliqdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL APPROACHES OF EASTERN SCHOLARS

In any social system, there are concepts such as education, spirituality and enlightenment, which ensure the spiritual growth of a person, and they require the study of changes in the field of pedagogy in connection with the development of society. . The history of pedagogy studies the development of the theory of education, school and pedagogy in different historical periods from ancient times to the present day based on the needs of the times. Every social system, its future, human perspective, people's standard of living are directly related to the development of science and culture.

Текст научной работы на тему «SHARQ ALLOMALARINING PEDAGOGIK QARASHLARI»

Sangirova M. H.

Jizzax Davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi o'qituvchisi

SHARQ ALLOMALARINING PEDAGOGIK QARASHLARI

Annotatsiya: Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma'naviy yuksalishini ta 'minlovchi ta 'lim-tarbiya, ma 'naviyat va ma 'rifat kabi tushunchalar mavjud bolib, ular pedagogika sohasidagi o'zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liq holda o'rganishni talab etadi. Pedagogika tarixi qadim zamonlardan hozirgi kungacha bo'lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyasining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o'rganib keladi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bogliqdir.

Kalit so'zlar: axaok, 6ypn, Macbymxm, Kadpuxm, madaniyat, etnografiya, vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik.

Sangirova M. H.

Teacher

of the Department of Geography and Basics of Economic Knowledge Jizzakh State Pedagogical University Faculty of Natural Sciences

PEDAGOGICAL APPROACHES OF EASTERN SCHOLARS

Abstract: In any social system, there are concepts such as education, spirituality and enlightenment, which ensure the spiritual growth of a person, and they require the study of changes in the field of pedagogy in connection with the development of society. . The history of pedagogy studies the development of the theory of education, school and pedagogy in different historical periods from ancient times to the present day based on the needs of the times. Every social system, its future, human perspective, people's standard of living are directly related to the development of science and culture.

Key words: Ethics, duty, responsibility, talent, culture, ethnography, loyalty to the motherland, entrepreneurship, will, ideological immunity, kindness, responsibility, tolerance, legal culture, innovative thinking, hard working

Kirish. Axloqan pok va yetuk insonlarni tarbiyalash masalasini muvaffaqiyatli hal etishda xalqimizning ma'naviy boyliklari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ilmiy merosi va tarixiy-tarbiyaviy tajribalarini organib chiqish, ularning yutuqlarini ta'lim-tarbiya ishlariga tadbiq etishning ahamiyati kattadir. Shu

o'rinda aytish lozimki antik pedagogikada tabiatga, atrof-muhitga o'zaro ongli munosabatlarda, axloqiy munosabatlar majmuasi bo'lgan donishmandlik pedagogikasi shakllangan. Bu hamma vaqtlarda tarbiyaning bosh maqsadi ham yoshlarda donishmandlik sifatlarini shakllantirish bo'lgan. Bu pedagogik yondashishlar mashhur «Avesto» (er.av. VII asr) asarida hamda qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er.av. III asr) tajribalarida ko'rsatilgan edi. Eramizdan avvalgi II asrlarga kelib O'rta Osiyo, qadimgi Hindiston pedagogikasida saxiylik, sofdillik, inson qalbi g'oyalari ilgari surilgan.

610 yillarga kelib shakillangan Islom dinining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da inson mohiyati to'la ochib berilib, komil inson tarbiyasi asosiy maqsad qilib qo'yilgan edi. «Qur'oni Karim»dagi ta'lim - tarbiyaga oid ulug' xazina Al-Buxoriy hazratlarining Hadislarida beriladi. Jumladan, (38-hadis) "Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangiz": Ta'lim - tarbiya, insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmi yoritib beriladi.

IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma'naviy madaniyati rivojida asosiy davr hisoblanadi. Shu tufayli faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy-ma'rifiy merosi to'g'risida bir qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.

Aslida Markaziy Osiyo allomalarining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarida didaktik qadriyatlarga bo'lgan e'tibor asosiy o'rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo'la oladigan hodisadir.

Sharq Renessansi deb nomlangan IX-XV asr Markaziy Osiyoda didaktik madaniyat eng yuqori ko'tarilgan, bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko'tarish markazi "Ma'mun akademiyasi" (IX asr, Bag'dod, "Baytul hikma") tashkil etildi. Akademiya ilmiy ijodkorlari o'z faoliyatida Yaqin hamda O'rta Sharq xalqlari moddiy hamda ma'naviy madaniyatining qo'shilishi negizida hozirgi Markaziy Osiyo madaniyatining asosiy bir-biridan ajratilmagan ko'p qirrali aralashma turi vujudga keldi. Bunday ko'p pog'anali ilmiy qadriyatlarning vujudga kelishida ajdodlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850), Ahmad al-Farg'oniy (247-861), Ahmad ibn Abdulloh al-Marhamdaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1050) hamda boshqa allomalarning xizmatlari beqiyos bo'lgan.

Sharq mutafakkirlarining pedagogika yo'nalishiga qo'shgan ulushlari nihoyatda boy bo'lib, mazmunan ilmu-fanning hamma yo'nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi.

Forobiy pedagogik g'oyalarini, ta'lim-tarbiya haqidagi ta'limotini o'rganib chiqishda shaxs hislatlari haqidagi falsafiy g'oyalari nihoyat asosiy ahami yat kasb etadi. Forobiy o'zining falsafiy goyalarida odamning tashqi ko'rinishini, ruhiyatini, madaniy hamda ma'naviy olamini o'rganib chiqishga e'tibor beradi. Forobiy bu g'oyalarida hodisalarni anglash, inson aqlini ilm bilan boyitish uni bilmli, ma'rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy faoliyatlarga alohida e'tibor beradi. U o'zining "Baxt-saodatga erishuv haqida", "Fanlarning tasnifi", "Falsafani o'rganishdan

avhamdal nimani anglash kerakligi haqida", "Ilmlar hamda san'atlar fazilati" kabi ko'plab risolalarida insoniyat rivojlanishi ilm-ma'rifatga aloqadorligini ta'kidlaydi.

Abu Rayhon Beruniy ilm umuminsoniy qadriyatlarni o'rganishning kaliti ekanligini alohida aytib o'tadi. Ilmli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, hamma yomonliklardan uzoqdir. "Ilmning foydasi ochko'zlik bilan oltin-kumush jamg'arish uchun bo'lmay, balki u orqali shaxs uchun zarur narsalarga ega bo'lishdir"

Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarida aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy hamda nafosat tarbiyasiga doir g'oyalari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U insonni ulug'laydi. Uning fikricha, insonning ulug'ligi aql-idroki, so'zlash qobiliyati, bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir. Adib o'quv hamda bilimni farqlaydi: o'quv tug'ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o'qish-o'rganish hamda mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o'zaro birlashsa, insonning qadri ortadi.

Pedagogikaning fan sifatida taraqqiy etishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj tarbiya borasida orttirilgan tajribalar to'plangandan keyin o'sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqaradi.Birinchidan pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida shakillanadi. Ta'lim-tarbiya masalalari har hamdaqt mutafakkir, yozuvchi, olimlar g'oyalarini band qilib kelgan. Ular o'zlarini bola tarbiyasi, ularni barkamol inson etib tarbiyalash haqidagi aniq mulohazalari bilan pedagogik g'oyalar ravnaqiga o'z hissalarini qo'shganlar. Misol uchun: Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-Haqoyiq», Alisher Navoiyning «Mahbub - ul qulub», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asarlari bevosita odob, axloqqa aloqadordur. Bu asarlarda insonparhamdarlik, halol mehnat, do'stlik, chin muhabbat, sadoqat singari yuksak axloqiy fazilatlar o'z aksini ko'rsatgan. Yosh avlodlarda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish hamma zamonlarda millatning ilg'or insonlari diqqat e'tiborida bo'lib kelgan.

Kaykovusning «Qobusnoma», IV asrda ijod qilgan hind faylasufi Beydaboning «Kalila hamda Dimna» asarlari, «Ramayana», «Mahabharat» dostonlari, Sa'diyning «Guliston» hamda «Bo'ston», Jomiyning «Bahoriston», Ahmad Donishning «O'g'illarga nasihat», bundan tashqari Qur'oni Karim, Hadisi Sharif, «Chor darvesh», «Ming bir kecha» adabiyotlari ham qimmatbaho ma'naviy-madaniy meros bo'lib, Sharqu G'arb xalqlari ming yillar mobaynida bulardan bahramand bo'lganlar hamda ta'lim-tarbiya hamda uning qirralarini yoritib berganlar.

O'rta asrda Yaqin hamda O'rta Sharqda diniy o'quv muassasalari - madrasalar ta'lim hamda fan markazlari bo'lgan. O'zbekistonlik, Rossiyalik hamda chet el sharqshunos olimlari tomonidan madrasa turidagi o'quv muassasalari aynan Markaziy Osiyoda vujudga kelgani hamda shu yerdan umumiy dunyoga tarqalgani isbotlangan.

Muhammad Tarag'ay Ulug'bekning (1394-1449 yillar) Samarqanddagi faoliyati 14-15 asrlarda madrasalarning fanlar rivojini ta'minlovchi markazlari funksiyasini bajarganligini ko'rsatadi. Muhammad Tarag'ay Ulug'bek Samarqandning hukmdori bo'lishi bilan birga astronom, matematik hamda tarixchi sifatida umumiy dunyoga mashhur bo'lgan. Shuningdek, allomaning mohir pedagog ham bo'lganligini tarixiy dalillar ko'rsatb o'tadi. Chunonchi, alloma ko'plab iste'dodli yoshlarni tarbiyalagan. U insonlar, ayniqsa yoshlarning ilmiy bilimlarni o'rganishlariga katta e'tibor qaratgan. Alloma o'z mamlakatida ta'lim sohasiga oid jiddiy islohotlarni amalga oshirdi. U madrasalarni mamlakat hisobiga o'tkazdi, mudarris (o'qituvchi)larga oylik ish xaqi belgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan. Muhammad Tarag'ay Ulug'bek madrasa o'quv rejasiga quyidagi fanlar: arab tili, adabiyot, Qur'on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fiqh (qonunchilik), metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi. Mutafakkir tomonidan bunyod etilgan hamda o'zi bevosita bilim bergan madrasalarda o'qish quyidagi bosqichlarda bo'lgan:

1. Anda (kichik) - o'qish muddati 2 yil.

2. Aust (o'rta) - o'qish muddati 3 yil.

3. A'lo (oliy) - o'qish muddati 3 yil.

Bunday qarashlar hozirgi zamon nuqtai nazaridan aytganda bakalavriat hamda magistratura ko'zga tashlanadi. Ayni hamdaqtda ular o'rta asr yevropa universitetlari uchun ham mos bo'lgan. Buyuk iste'dod egasi sifatida alloma o'z davridan bir necha asrlarga ilgarilab ketgan. Deyarli 600 yil avhamdal Muhammad Tarag'ay Ulug'bek quyidagi aksiomani olg'a surgan: bilim olishga intilish jamiyat ravnaqiga yo'l demakdir. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning hozirgi tajribasi quydagi g'oyani to'la tasdiqlaydi.

XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Turkiston rus mustamlakachilari tomonidan istilo qilindi. Bu davrda milliy ma'naviy merosga, madaniyatga past nazar bilan qarovchi shovinistik siyosat hukm surar edi. Shunday bo'lsada, bu davrda Siddiqiy, Furqat, Muqimiy, Ahmad Donish, Ahamdaz O'tar o'g'li, Hamza, Abdulla Avloniy, Ibrat, Fitrat, Behbudiy, Munavhamdarqori, Cho'lpon, Qori-Niyoziy hamda boshqalar bola tarbiyasiga, pedagogikasiga oid ko'plab ilmiy qo'lyozmalar yozdilar, yoshlarni ilm-ma'rifatli qilishga intildilar. Qochg'inlar, qatag'onlar, bosqinu yong'inlarga qaramay, ota-bobolarimizdan bizga adabiy, ilmiy-falsafiy, pedagogik hamda boshqa yo'nalishlardagi ming-minglab noyob kitob hamda qo'lyozmalarda keltirilgan ma'naviy merosimiz yetib kelgan. Ana shu ilmiy manbalarda bizning necha ming yillik tariximiz, madaniyatimiz, qo'yingki o'zligimiz mujassamlangan.

O'zbek pedagogi Abdulla Avloniy (1878-1934 yillar) o'zining «Turkiy guliston yoqud axloq» nomli asarida «... bilim bizning aqlimizni hamda bizning xotiramizni qilich kabi o'tkir qiladi. Ilm, fanni egallash taraqqiyot yo'lida bizning olg'a qadam tashlashimiz shartidir.... Ilmsiz odam bu mehamdasiz daraxtga o'xshaydi» - deb yozadi. Shu bilan bir hamdaqtda A.Avloniy fanni o'zlashtirishga faqatgina hayoliy amaliyoti uchun utilitar (foydali) yaroqliligi nuqtai nazaridan

yondoshish lozim emas deb hisoblaydi. U hayot bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqadar bo'lmagan bilimlar ham bor hamda ular amaliy bilimlardan kam bo'lmagan amaliy ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Misol uchun qadimgi tarixdan amaliy faoliyatda foydalanib bo'lmaydi, lekin uni o'rganish kerak hamda foydalidir: uni (tarixni) bilish o'quvchilarning bilimlarini oshiradi, dunyoqarashni kengaytiradi.

Xulosa. Sharqdagi Uyg'onish davrida (IX-XI asrlar) arab, musulmon madaniyatining Yaqin hamda Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy hamda ma'naviy madaniyati bilan birlashishi negizida alohida sinkretik (yunoncha sinkretismos -birlashish, yaxlitlik, qo'shilish) madaniyat birlashgan turi vujudga kelgan. Allomalar Muhammad al-Xorazmiy (787-850 yillar), Abu Nasr Forobiy (870-950 yillar), Al-Kindiy (800-870 yillar), Abu Rayhon Beruniy (973-1050 yillar), Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) hamda boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur bo'ldilar. Bu madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo hududlarida joylashgan. Sharq mutafakkirlari o'z asarlarida ta'lim metodlari, qoidalari, tamoyillari, metodlari hamda shakllari negizida ta'lim amaliyotining mohiyatini ifoda etadilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora - tadbirlar to'g'risida" PQ-4307-son qarori

2. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - Toshkent, Abdulla qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.

3. Abu Rayxon Beruniy. Tanl. asarlar. 1 t. - Toshkent, 1968, 151-bet.

4. Al-Xorazmiy Muhammad ibn Muso. Tanlangan asarlar, "Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqa kitob". - Toshkent, 78 bet.

5. K. Hashimov, S.Nishonova "Pedagogika tarixi" Toshkent-2005y. 81-bet.

6. K. Hashimov, S.Nishonova "Pedagogika tarixi" Toshkent-2005y. 82-bet.

7. K.Hoshimov, S. Nishonova, M. Inomova, R. Hasanov "Pedagogika tarixi" O'quv qo'llanma - Toshkent. "O'qituvchi" 1996, 89 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.